Yoshlar ishlari agentligi
196K subscribers
10.4K photos
1.9K videos
7 files
4.58K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
O‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazishga tayyormisiz?

⚡️Turli yo‘nalishlarni qamrab olgan “ZUKKOTEST” loyihasining 2-to‘plam test jarayonlari boshlandi. Ushbu onlayn tanlovda ishtirok etib zamonaviy kasblar, kitobxonlik, shaxmat, chet tillari va intellektual salohiyatingizni oshirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz! G‘oliblarni ajoyib sovg‘alar kutmoqda.

👉Hoziroq @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘ting va omadingizni sinab ko‘ring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Prezident sovg‘alari o‘z egalarini kutmoqda!

Bugun, soat 16:00 da, poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlanadi.

📚Uchta yosh toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan yosh kitobxonlarga Prezident sovg‘asi — BYD Chazor elektromobilining kalitlari topshiriladi! Kitobxonlikka qiziqqan barcha bilimdon yoshlarni taklif etamiz!

Manzil: Yoshlar ijod saroyi

Tanlovning yangi mavsumini kutayotganlar bo‘lsa izohlarda ⚡️belgisini qoldiring!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Samarqand shahrida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tmoqda.

#Mirziyoyev #sammit #hamkorlik

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yosh kitobxonlarga Prezident sovg‘asi BYD Chazor elektromobillari topshirildi!

📚Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida ”Yosh kitobxon” tanlovining 2024-2025-yilgi mavsum g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Eng quvonarli jihati, g‘oliblarning barchasi qizlar! Bu esa qizlarga berilayotgan e’tibor, ularning bilimga chanqoqligi va kitobga bo‘lgan qiziqishi qanchalik ortganligining belgisi.

G‘oliblar bilan tanishing;

Dilbarxon Haydarova — Toshkent shahar “Bo‘z” mahallasidan 10-14 yosh toifasi g‘olibi. Otasi Bo‘ronov Firuzbek, hisobchi.

O‘g‘iljayron Xaldurdiyeva — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani “Kaltaminor” mahallasidan 15-19 yosh toifasi g‘olibi. Toshkent shahri O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi. Otasi So‘yunov Abajan, yakka tadbirkor. Dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.

Maftuna Ochilova — Xorazm viloyati, “Nurli hayot” mahallasidan 20-30 yosh toifasi g‘olibi. Onasi Ochilova Dildora, nafaqada.

👏Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan barcha g‘olib kitobxonlarimizni va ularning ota-onalarini chin yurakdan tabriklaymiz!

Keyingi postlarimizda g‘oliblarimizdan eksklyuziv intervyularni ulashamiz!

#YoshKitobxon

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚀 TopCoach Platformasi taqdimotiga taklif etamiz!

Bugun soat 11:00 da Yoshlar ijod saroyida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan Top 100 Uni loyihasining TopCoach platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Taqdimot davomida siz nafaqat platforma haqida batafsil maʼlumot olasiz, balki muvaffaqiyatli insonlarning nutqlarini tinglash va unutilmas sovg‘alarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!

Manzil: Yoshlar ijod saroyi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#1000kitob #1000kitobmaktabi

Yoshlar ishlari agentligining 1000KITOB loyihasi tarjimon va muharrirlar uchun ikki haftalik intensiv maktabni yo‘lga qo‘ymoqda!

Bu yerda siz tajribali ustozlardan ilmiy-ommabop tarjima va tahrir bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlar olasiz. Bitiruvchilar 1000KITOB bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Ishtirokchilarga yosh, jins va ish tajribasi bo‘yicha cheklovlar qo‘yilmaydi. Asosiy urg‘u inglizchadan o‘zbekchaga tarjimaga beriladi, lekin boshqa tillardan tarjima qiluvchi mutaxassislar ham ishtirok etishi mumkin.

👉 Ariza topshirish:

Murojaat uchun: @mingkitob_admin

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahalla yoshlari harbiy-sport musobaqasida kuch sinashdi!

🇺🇿Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasi mahalla yoshlari uchun nafaqat jismoniy tayyorgarlik sinovi, balki vatanparvarlik, jasorat va jamoaviylik ruhini mustahkamlovchi katta maktabga aylanmoqda.

Kuni kecha, Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida joylashgan harbiy qismda musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. 18-22 yosh toifasidagi o‘g‘il-qizlar 7 ta shart asosida o‘z iqtidor va jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazishdi. Eng kuchli va shijoatli jamoalar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fortepianoning mohir yulduzlari sahnada

🖐Mamlakatimiz bo‘ylab yosh iste’dodlarni kashf etishga xizmat qilayotgan “Mohir fortepianochi” tanlovining sektor bosqichi qizg‘in pallaga kirdi. Tanlovda 3 yosh toifasidagi ishtirokchilar 2 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z mahoratini namoyon etmoqda.

📹Jarayonlar Qashqadaryo viloyatidan.

#Beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gandbolchi yoshlar tuman-shahar bosqichida bellashadi

🖐 Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi uchun o‘tkazilayotgan gandbol musobaqalarining sektor bosqichlari katta shiddat va kurashlarga boy tarzda o‘tdi.

Ayniqsa, Sirdaryo viloyatining Guliston va Boyovut tumanlarida o‘tgan musobaqa jarayonlarida yoshlarning gandbolga bo‘lgan qiziqishi va faolligini ko‘rishingiz mumkin.

⚡️Eslatib o‘tamiz, 7–8-aprel kunlari respublikamizning barcha hududlarida musobaqaning tuman-shahar bosqichi bo‘lib o‘tadi!

#Beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasidagi nutqi

#Mirziyoyev

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Prezidentimiz Yoshlar parlamentlari global platformasini tashkil etishni taklif etdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida yoshlarning parlament faoliyati bilan bir qatorda jamiyat hayotining barcha jabhalarida to‘laqonli ishtirok etishi uchun ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish o‘ta dolzarb masala ekanligini, shu sababli, Parlamentlararo Ittifoq tizimi doirasida Yoshlar parlamentlari global platformasini tashkil etish va uning ta’sis forumini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildilar.

#Mirziyoyev

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar kelajakka ishonch va umid bilan qarashmoqda

🇺🇿Davlatimiz rahbari boshchiligida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Samarqand iqlim forumi” doirasida bir qator yuqori darajadagi sessiyalar tashkil etildi.

Jumladan, “Yoshlar kelajakka ishonch va umid bilan qarashmoqda” sessiyasida Markaziy Osiyo va Turkiy mamlakatlar vazirlari yosh ekologiya faollari bilan iqlim muammolari yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar. Ushbu muloqot yoshlarga o‘z mamlakatlari va mintaqalarida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha takliflar va tashabbuslarni bildirish imkonini yaratdi.

Sessiyada Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Butunjahon yoshlar ofisi va uning qoshida Xalqaro yoshlar qo‘mitasi tuzilgani hamda yoshlarni iqlim harakatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar alohida qayd etildi.

Forum doirasida ilk bor tashkil etilgan COP muzokaralari simulyatsiyasida o‘zbekistonlik 100 ga yaqin eko volontyor yoshlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar xalqaro iqlim bitimlari doirasida siyosiy muzokaralar olib borish jarayonini real vaqt rejimida amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Saida Mirziyoyeva forum ishtirokchilari bilan uchrashib, kelgusi faoliyatlariga omad tiladi.

Shuningdek, sessiya ishtirokchilari 15–18-may kunlari Toshkent shahrida va Orolbo‘yi mintaqasida bo‘lib o‘tadigan Raqamli “Yashil” tashabbuslar Global yoshlar festivaliga taklif etildi.

#Samarkand2025

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun premyera!

Bolajonlarimizga ekologik bilim ulashuvchi “Yashil makon” animatsion multseriali haqida ko‘pchilik yaxshi biladi. Biz ushbu multserial qahramonlari orqali daraxtlar, qushlar, suv va havoga qanday munosabatda bo‘lish kerakligini kichkintoylarga o‘rgatishni maqsad qilganmiz.

Hozirgacha multserialning 4 ta qismi YouTube sahifalarida e’lon qilingan.

1-qism Sarguzashtlar boshlanishihttps://www.youtube.com/watch?v=tLKC0V3_-1k

2-qism Xazonrezgilikhttps://www.youtube.com/watch?v=vOdJQTdMTJI

3-qism Eko mashinalar qanday yasaladi?https://www.youtube.com/watch?v=qD4UGJsi-5g

4-qismni bugun 20:00 da tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=VKv6DWZhMu8

Albatta, bu yangilikni yaqinlaringizga ulashing. Farzandingiz bilan birgalikda tomosha qiling va tabiat haqida suhbatlashing!
Yoshlar siyosati tizimidagi faol xotin-qizlar e’tirof etildi

🇺🇿Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynab kelayotgan Yoshlar ishlari agentligi tizimida 1000 dan ortiq xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda.

Ular orasidan eng faol 36 nafar xotin-qizning oliy ta’lim muassasalaridagi to‘lov-kontrakt mablag‘lari to‘lab berildi.

Bu albatta davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz xotin-qizlariga qaratilayotgan e’tibor va ishonchning yaqqol namunasidir!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yoshlar uchun eng dolzarb mavzular efirda!

Bugun, 8-aprel soat 16:50 da, “Yoshlar” telekanalida “Yoshlar press klubi”ning navbatdagi soni efirga uzatiladi.

🇺🇿Unda davlatimiz rahbarining faol yigit-qizlar bilan uchrashuvida ko‘tarilgan muhim masalalar, taklif va tashabbuslar hamda yoshlar hayotiga bevosita ta’sir qilayotgan yirik loyihalar haqida so‘z boradi.

Yoshlar uchun muhim bo‘lgan mavzularni o‘tkazib yubormang!

#YoshlarPressKlubi #YoshlarTelekanali

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM