Yoshlar ishlari agentligi
68.9K subscribers
8.34K photos
1.49K videos
7 files
3.5K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
"Yosh kitobxon oila" tanlovi uchun arizalar qabul qilish davom etmoqda

📖 Xabaringiz bor, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Yosh kitobxon oila” tanlovi e'lon qilingandi.

📩 Arizalar qabul qilish jarayonlari @kitobxonoila_bot orqali shu yilning 30-may sanasiga qadar davom etadi.

📚 Tanlov uchun zarur adabiyotlarni ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

🔖 Tanlov nizomi

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Modul5" loyihasining "Qizlar ovozi" forumidagi maxsus sonini tomosha qiling!

💫 Yoshlar uchun bilim va motivatsiya maydonchasiga aylanib ulgurgan loyihaning ushbu sonida Nigora Akilova, Rayhon Ulasenova, Ra'no Shodiyeva, Farangiz Zaynobiddinova, Shahnoza Soatovalar spiker sifatida ishtirok etib ayollar muammolari, huquq va manfaatlari hamda muvaffaqiyat to'g'risidagi fikrlarini ishtirokchilar bilan bo'lishdilar.

🔸 Loyihaning ushbu sonini batafsil quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"Iqtidor" loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi

🔰 Shu yilning 23-25-aprel kunlari Zomin bolalar oromgohida mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun "Iqtidor" ta'lim va motivatsiya loyihasi bo'lib o'tdi.

Loyiha davomida muvaffaqiyatli tadbirkorlar, mas'ul rahbar va deputatlar ishtirokida mahorat darslari, sportning bir necha turlari bo'yicha musobaqalar, ko'ngilochar dasturlar hamda tanlovlar o'tkazildi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
1 ta oltin, 4 ta kumush, 2 ta bronza: Mendeleyev nomidagi Xalqaro olimpiadada yurtdoshlarimiz munosib ishtirok etdi!

👨‍🔬🧑‍🔬 An'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan 55-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida Avstriya, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Isroil, Xorvatiya, O'zbekiston, Vengriya kabi davlatlardan ishtirokchilar ikki bosqichda o'zaro bellashdi.

🏅 Yakuniy natijalarga ko'ra yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Firdavs Sobirov - oltin medalni, Azimjon Jamolov, Sobirjon Amanov, Nafisa Normurodova, Durdona Muxtarxo‘jayevalar - kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Ikromiddin Boymahammadov va Begzod Ro‘ziboyevlar O'zbekiston hisobiga 2 ta bronza medalni yozib qo'ydi.

🇺🇿 G'oliblarni mehnatlarining munosib e'tirofi bilan qutlaymiz, kelajakda bundanda yuqori marralarni zabt etishlarini tilaymiz!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kitobxonlikni oiladan boshlab koʼnikmaga aylantiramiz!

👨‍👩‍👧‍👦 Yosh oilalarning intilishlarini qoʼllab-quvvatlash, kitobxonlikni mamlakatimiz boʼylab koʼnikmaga aylantirish, joylarda adabiy muhit yaratish maqsadida "Yosh kitobxon oila" respublika tanlovi eʼlon qilinadi.

Tanlov millionlab kitobxonlarni birlashtirgan "Yosh kitobxon"ning uzviy davomi sifatida ziyoli yosh oilalar qatlamini rivojlantirishga xizmat qiladi.

📌 Ishtirok etish istagida boʼlgan yosh oilalar @kitobxonoila_bot orqali joriy yilning 30-may sanasiga qadar roʼyxatdan oʼtishlari lozim.

☝️3 bosqichli tanlovning barcha jarayonlari bilan bogʼliq boʼlgan adabiyotlarni bepul yuklab olishingiz mumkin. Tanlov Nizomi ushbu havolada.

Eng muvaffaqiyatli yosh oilani Prezident sovgʼasi — "Spark" avtomashinasi kutmoqda.

📚Tanlovda ishtirok etib, kelajak uchun ziyoli avlodni shakllantirishga munosib hissangizni qoʼshing!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
O'z rejalaringizga "Biznes marafon"da ishtirok etishni ham qo'shib qo'ying!

💫 Muvaffaqiyatli tadbirkorlar ishtirokida soha qiziquvchilariga zarur va foydali ma'lumotlarni yetkazish maqsadida respublikamiz bo'ylab o'tkazilayotgan "Biznes marafon" loyihasi - Toshkent viloyatida!

📍 Marafon bugun, soat 14:00 da Toshkent viloyatining Bekobod va Olmaliq shaharlarida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

🔰 Ma'lumot uchun: Marafonda ishtirok etish mutlaqo bepul bo'lib, qatnashchilar @biznesmarafon_bot orqali ro'yxatdan o'tishlari zarur.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Yoshlar ishlari agentligi va Xalqaro press klub hamkorligida navbatdagi loyiha - "O‘zbekistonda yoshlar siyosati: yangi istiqbollar" mavzusida sessiya

🇺🇿 Sessiyada Yoshlar ishlari agentligi, hokimliklar, tadbirkorlar va albatta faol yoshlar bugungi kunda yoshlar uchun dolzarb mavzularda suhbatlashadilar.

📺 O'tkazib yubormang! Xalqaro press klubning ushbu sessiyasini bugun, soat 11:15 da "O'zbekiston 24" va "UzReport" telekanallari orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatib boring.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Ayni paytda Xalqaro press klubning "O‘zbekistonda yoshlar siyosati: yangi istiqbollar" mavzusidagi sessiyasi bo'lib o'tmoqda.

Yoshlar ishlari agentligi mas'ul rahbarlari ishtirokidagi muloqotni jonli tarzda ushbu havola orqali kuzatib boring.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Yoshlar ishlari bo‘yicha MDH davlatlari Kengashining 28-majlisi ishtirokchilari bilan tanishing!

🇺🇳 Xabaringiz bor, poytaxtimizda O‘zbekiston va MDH davlatlarining yoshlar bilan ishlash va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha asosiy tashkilotlari vakillari ishtirokida Yoshlar ishlari bo‘yicha MDH davlatlari Kengashining 28-majlisi bo'lib o'tmoqda.

🔰 Uchrashuv ishtirokchilari bilan ushbu infografika orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, xalqaro tadbir 29-30-aprel kunlari soat 11:00 da "Hilton" mehmonxonasida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasi yoshlar siyosatida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar muammolari hamda bandlik masalalariga bag'ishlandi

🔰 Yoshlar bandligini ta'minlash, ularga tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish uchrashuvning kun mavzusiga aylandi.

📺 Xalqaro press klubning ushbu sonini tez kunda "O'zbekiston24" telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi