Yoshlar ishlari agentligi
68.9K subscribers
8.34K photos
1.48K videos
7 files
3.5K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
"Biznes marafon" tadbirkorlikka qiziquvchi Sirdaryolik yoshlarni o'z atrofida jamladi

Guliston shahridagi viloyat musiqali drama teatri hamda Xovos tumani Temiryo‘lchilar madaniyat saroyida o'tkazilgan tadbirda Hasan, Husan Mamasaidov, Laziz Adhamov, Firuz Allaev, Temurbek Adhamov, Jahongir Po'latov kabi muvaffaqiyatli tadbirkorlar o'z tajribalarini ishtirokchilar bilan bo'lishdilar.

Shuningdek, qatnashchilarni qiziqtirgan tadbirkorlikka oid savollariga javob berib, ularga o'z tavsiyalari bilan berdilar.

#BiznesMarafon

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Jizzax viloyatida Mehribonlik uyi bitiruvchilari uchun "Iqtidor" loyihasiga start berildi

💫 Loyihaga respublikamizning barcha hududlaridagi 17 ta mehribonlik uylari va 4 ta bolalar shaharchalaridagi jami 215 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari jalb etilgan bo'lib, shu yilning 23-25-aprel kunlari "Zomin" bolalar oromgohida maxsus darslar o'tkaziladi.

🔰 Loyihaning ilk kunida yoshlarning bandligini ta'minlash, kasb-hunar o'rgatish, volontyorlik hamda kitobxonlik to'g'risida spikerlarning ma'ruzalari tinglandi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"Yosh chegarachilar" musobaqasining Andijon viloyat bosqichi o'tkazildi

🔰 Yoshlarni sportga qiziqtirish va keng targ'ib etish, ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan "Yosh chegarachilar" musobaqasining Andijon viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

🔹 Musobaqada oldingi bosqichlarda o'z salohiyatini namoyon etib, yuqori natija ko'rsatgan 7 ta jamoa o'zaro kuch sinashdi. Yakuniy natijalarga ko'ra 1-o'rin Xonobod shahar "Temuriylar" jamoasiga nasib etdi, Paxtaobod tumani "Turon" jamoasi esa 2-o'ringa loyiq ko'rilib, kuchli uchlikni Xoʻjaobod tumani "Vatanparvar" jamoasi yakunlab berdi.

🔸 Shuningdek, Aʼloxon Muxtorova "Eng ilgʻor qiz", Jamshidbek Oʻlmasbekov "Eng ilgʻor yigit" nominatsiyasiga munosib topilib, tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Talabalarni qo'llab-quvvatlash. Yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish. Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash.

🔰
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni yuzasidan brifing o'tkazildi.

🔗 Batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Rossiya Federatsiyasida o'tkaziladigan "Kelajak muhandislari - 2021" forumida ishtirok etishni istaysizmi?

👷🏻‍♂️ Muhandislikka oid eng zamonaviy ma'lumotlar, yangi bilimlarni yoshlarga yetkazishga yo'naltirilgan xalqaro yoshlar sanoat forumida 63 davlatdan kelgan 100 dan ortiq delegatlar ishtirok etadi.

📩 Ishtirok etishni istagan yoshlar shu yilning 30-aprel sanasiga qadar @yosh_bot orqali ro'yxatdan o'tishlari so'raladi.

🔹 Eslatib o'tamiz, aviareys xarajatlari ishtirokchilar tomonidan qoplanadi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"Iqtidor" loyihasi davom etmoqda!

🔰 Xabaringiz bor, Jizzax viloyatida Mehribonlik uyi bitiruvchilari uchun "Iqtidor" loyihasiga start berilgandi. Tadbirda Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari Hojiakbar Ibragimov, "asaxiy.uz" internet do'koni asoschisi - Firuz Allaev, Toshkent shahridagi "Inha" universiteti rektori - Muzaffar Jalilov, O'zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi rahbari Shirin Obidova, Aqliy sport federatsiyasi prezidenti Saidmurodxon Muydinovlar ishtirokida mahorat darslari o'tkazildi.

🔸 Shuningdek, loyiha bitiruvchilari ishtirokida sportning futbol, voleybol hamda stol tennisi turlari bo'yicha do'stlik musobaqalari bo'lib o'tdi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Yoshlar ishlari agentligi faoliyatidagi haftaning eng muhim voqealari dayjesti bilan tanishing:

🌱 Nukus shahrida «Toza shahar» loyihasi tashkil etilib, 24 mingdan ziyod ko'chatlar o'tqazdi;

💪 Jasorat, matonat va metin iroda namoyondalari xotirasiga bag‘ishlangan "Shon-sharaf" respublika harbiy festivali o'tkazildi;

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi uchun e'lon qilingan tanlovga arizalar qabul qilish muddati 24-mayga qadar uzaytirildi;

🔰 Yoshlar ishlari agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni yuzasidan brifing o'tkazildi.

🔹 Tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar uchun Sirdaryo viloyatida "Biznes marafon" loyihasi tashkil etildi;

🤝 "Zomin" bolalar oromgohida 23-25-aprel kunlari mehribonlik uyi bitiruvchilari uchun "Iqtidor" loyihasi o'tkazildi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"Yosh kitobxon oila" tanlovi uchun arizalar qabul qilish davom etmoqda

📖 Xabaringiz bor, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Yosh kitobxon oila” tanlovi e'lon qilingandi.

📩 Arizalar qabul qilish jarayonlari @kitobxonoila_bot orqali shu yilning 30-may sanasiga qadar davom etadi.

📚 Tanlov uchun zarur adabiyotlarni ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

🔖 Tanlov nizomi

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi