Yoshlar ishlari agentligi
71.5K subscribers
8.74K photos
1.53K videos
7 files
3.64K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Yoshlar bandligini ta'minlash, bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, muammolarini o'rganish - Samarqand yoshlari bilan o'tkazilgan muloqotning asosiy yo'nalishlari bo'ldi

🇺🇿 Samarqand shahridagi Yoshlar markazida Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev samarqandlik yoshlar bilan uchrashib, ularning fikr va takliflarini tinglab, ochiq muloqot o'tkazdi.

🔰 Uchrashuvda viloyatning barcha tuman(shahar)laridan 3 nafardan vakillar hamda tashabbuskor yoshlar ishtirok etib, o'z takliflarini mas'ullarga bildirdilar.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Yoshlar ishlari agentligi faoliyatidagi haftaning eng muhim voqealari dayjesti bilan tanishing:

💫 Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaning 76 yilligi munosabati bilan, shu yilning 20-aprel sanasida "G'alaba bog'ida" "Shon-sharaf" respublika harbiy festivali bo'lib o'tadi;

🔰 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar bandligi va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazdi;

📄 Hukumat qarori (209-son, 13.04.2021 y.) bilan Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi;

🔖 Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, kasb-hunarga o'rgatishga qaratilgan “kouching” video materiallar, darsliklar va motivatsion roliklar tayyorlash uchun davlat ijtimoiy buyurtmasiga tanlov e'lon qiladi;

"Intellekt" grant loyihasi bitiruvchilari taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi;

🤝 Yoshlar ishlari agentligi loyihalar boshqaruvi sohasida tajriba orttirishni istagan talabalarni o'z safiga chorlaydi;

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev samarqandlik yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

#Dayjest

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Nukus shahrini ko'kalamzorlashtirishga bel bog'lagan yoshlar 24 mingdan ziyod ko'chatlar o'tqazdi

🔰 Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahrida «Yangi O‘zbekistonda erkin va obod yashaylik!» shiori ostida «Toza shahar» loyihasi doirasida ommaviy obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish aksiyasi bo'lib o'tdi.

🌱 Aksiya doirasida Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan www.ncity.uz sayti orqali obodonlashtirilishi zarur bo‘lgan 61 ta hudud xaritaga joylashtirilib, 4 250 tup mevali, 19 260 tup manzarali va 750 tup gul ko‘chati ekildi, 225 tonna chiqindi olib chiqildi.

🌳 Aksiya respublikaning barcha hududlarida davom ettirilmoqda.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Harbiy paradlar. Faxriylar bilan uchrashuvlar. "G'alaba bog'i" bo'ylab ekskursiya.

💫 Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaning 76 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan "Shon-sharaf" respublika harbiy paradini Yoshlar ishlari agentligi Facebook sahifasida jonli tarzda kuzatib boring.

#ShonSharaf

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"Yosh kitobxon" tanlovi final bosqichi bellashuvlarini endilikda siz Yoshlar ishlari agentligi YouTube sahifasida tomosha qilish imkoniga egasiz!

📖 Xabaringiz bor, shu yilning 1-10-aprel kunlari Yoshlar ijod saroyida kitobxonlar tanlovining so'nggi bosqichi bo'lib o'tdi. Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilar o'zaro 5 ta shart bo'yicha bellashdilar.

💫 "Yosh kitobxon" tanlovi 10-14 yosh toifasi "Badiiy asarlar bilimdoni" sharti doirasidagi murosasiz bahslarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Jasorat, matonat va metin iroda namoyondalari xotirasiga bag‘ishlangan "Shon-sharaf" respublika harbiy festivali o'tkazildi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat Bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan "Shon-sharaf" respublika harbiy festivali “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida tashkil etildi.

🔸 Faxriylar bilan uchrashuvlar, harbiy parad va ekskursiyalarni o'z ichiga olgan festivalda harbiy xizmatchilar, “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olingan hamda faol yoshlar, OAV vakillaridan iborat jami 1000 dan ortiq qatnashchilar ishtirok etdi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Ko'cha sporti va madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan "KARDO" loyihasida ishtirok eting

🔰 "KARDO" loyihasi ko'cha madaniyati va san'ati ixlosmandlarini jamlash, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan loyiha bo'lib, Rossiya,Braziliya, Hindiston, Xitoy, AQSh, Ispaniya, Yaponiya, O'zbekiston, Germaniya, Chexiya kabi 35 ta davlatdan iqtidorlarni kashf etishga mo'ljallangan.

🔹 Loyihaning 4-mavsumi shu yilning 19-23-may kunlari Rossiya Federatsiyasining Pyatigorsk shahrida ko'cha loyihalari (ijtimoiy loyihalar, medialoyihalar, biznes, strit-art loyihalar), ko'cha raqsi (hip-hop, breaking) hamda ko'cha sporti (parkour, freerunning, workout, tricking, skateboarding, bmx, scoot) yo'nalishlarida bo'lib o'tadi.

🛫 Aviareys xarajatlari ishtirokchilar tomonidan qoplanadi.

🏆 G'oliblar pul mukofotlari hamda maxsus statuetkalar bilan taqdirlanadilar.

📩 Ro'yxatdan o'tish👉@yosh_bot

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi