Yoshlar ishlari agentligi
175 subscribers
171 photos
23 videos
51 links
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
Download Telegram
"Yosh chegarachilar" musobaqasining Andijon viloyat bosqichi o'tkazildi

🔰 Yoshlarni sportga qiziqtirish va keng targ'ib etish, ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan "Yosh chegarachilar" musobaqasining Andijon viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

🔹 Musobaqada oldingi bosqichlarda o'z salohiyatini namoyon etib, yuqori natija ko'rsatgan 7 ta jamoa o'zaro kuch sinashdi. Yakuniy natijalarga ko'ra 1-o'rin Xonobod shahar "Temuriylar" jamoasiga nasib etdi, Paxtaobod tumani "Turon" jamoasi esa 2-o'ringa loyiq ko'rilib, kuchli uchlikni Xoʻjaobod tumani "Vatanparvar" jamoasi yakunlab berdi.

🔸 Shuningdek, Aʼloxon Muxtorova "Eng ilgʻor qiz", Jamshidbek Oʻlmasbekov "Eng ilgʻor yigit" nominatsiyasiga munosib topilib, tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.

Telegram sahifamiz👇
@yoshlar_agentligi_rasmiy
Rossiya Federatsiyasida o'tkaziladigan "Kelajak muhandislari - 2021" forumida ishtirok etishni istaysizmi?

👷🏻‍♂️ Muhandislikka oid eng zamonaviy ma'lumotlar, yangi bilimlarni yoshlarga yetkazishga yo'naltirilgan xalqaro yoshlar sanoat forumida 3 davlatdan kelgan 100 dan ortiq delegatlar ishtirok etadi.

📩 Ishtirok etishni istagan yoshlar shu yilning 30-aprel sanasiga qadar @yosh_bot orqali ro'yxatdan o'tishlari so'raladi.

🔹 Eslatib o'tamiz, aviareys xarajatlari ishtirokchilar tomonidan qoplanadi.

Telegram sahifamiz👇
@yoshlar_agentligi_rasmiy
"Iqtidor" loyihasi davom etmoqda!

🔰 Xabaringiz bor, Jizzax viloyatida Mehribonlik uyi bitiruvchilari uchun "Iqtidor" loyihasiga start berilgandi. Tadbirda Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari Hojiakbar Ibragimov, "asaxiy.uz" internet do'koni asoschisi - Firuz Allaev, Toshkent shahridagi "Inha" universiteti rektori - Muzaffar Jalilov, O'zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi rahbari Shirin Obidova, Aqliy sport federatsiyasi prezidenti Saidmurodxon Muydinovlar ishtirokida mahorat darslari o'tkazildi.

🔸 Shuningdek, loyiha bitiruvchilari ishtirokida sportning futbol, voleybol hamda stol tennisi turlari bo'yicha do'stlik musobaqalari bo'lib o'tdi.

Telegram sahifamiz👇
@yoshlar_agentligi_rasmiy
"Yosh kitobxon oila" tanlovi uchun arizalar qabul qilish davom etmoqda

📖 Xabaringiz bor, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Yosh kitobxon oila” tanlovi e'lon qilingandi.

📩 Arizalar qabul qilish jarayonlari @kitobxonoila_bot orqali shu yilning 30-may sanasiga qadar davom etadi.

📚 Tanlov uchun zarur adabiyotlarni ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

🔖 Tanlov nizomi

Telegram sahifamiz👇
@yoshlar_agentligi_rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Modul5" loyihasining "Qizlar ovozi" forumidagi maxsus sonini tomosha qiling!

💫 Yoshlar uchun bilim va motivatsiya maydonchasiga aylanib ulgurgan loyihaning ushbu sonida Nigora Akilova, Rayhon Ulasenova, Ra'no Shodiyeva, Farangiz Zaynobiddinova, Shahnoza Soatovalar spiker sifatida ishtirok etib ayollar muammolari, huquq va manfaatlari hamda muvaffaqiyat to'g'risidagi fikrlarini ishtirokchilar bilan bo'lishdilar.

🔸 Loyihaning ushbu sonini batafsil quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👇
@yoshlar_agentligi_rasmiy
"Iqtidor" loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi

🔰 Shu yilning 23-25-aprel kunlari Zomin bolalar oromgohida mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun "Iqtidor" ta'lim va motivatsiya loyihasi bo'lib o'tdi.

Loyiha davomida muvaffaqiyatli tadbirkorlar, mas'ul rahbar va deputatlar ishtirokida mahorat darslari, sportning bir necha turlari bo'yicha musobaqalar, ko'ngilochar dasturlar hamda tanlovlar o'tkazildi.

Telegram sahifamiz👇
@yoshlar_agentligi_rasmiy
1 ta oltin, 4 ta kumush, 2 ta bronza: Mendeleyev nomidagi Xalqaro olimpiadada yurtdoshlarimiz munosib ishtirok etdi!

👨‍🔬🧑‍🔬 An'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan 55-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida Avstriya, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Isroil, Xorvatiya, O'zbekiston, Vengriya kabi davlatlardan ishtirokchilar ikki bosqichda o'zaro bellashdi.

🏅 Yakuniy natijalarga ko'ra yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Firdavs Sobirov - oltin medalni, Azimjon Jamolov, Sobirjon Amanov, Nafisa Normurodova, Durdona Muxtarxo‘jayevalar - kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Ikromiddin Boymahammadov va Begzod Ro‘ziboyevlar O'zbekiston hisobiga 2 ta bronza medalni yozib qo'ydi.

🇺🇿 G'oliblarni mehnatlarining munosib e'tirofi bilan qutlaymiz, kelajakda bundanda yuqori marralarni zabt etishlarini tilaymiz!

Telegram sahifamiz👇
@yoshlar_agentligi_rasmiy
Yoshlar ishlari bo‘yicha MDH davlatlari Kengashining 28-majlisi ishtirokchilari bilan tanishing!

🇺🇳 Xabaringiz bor, poytaxtimizda O‘zbekiston va MDH davlatlarining yoshlar bilan ishlash va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha asosiy tashkilotlari vakillari ishtirokida Yoshlar ishlari bo‘yicha MDH davlatlari Kengashining 28-majlisi bo'lib o'tmoqda.

🔰 Uchrashuv ishtirokchilari bilan ushbu infografika orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, xalqaro tadbir 29-30-aprel kunlari soat 11:00 da "Hilton" mehmonxonasida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Telegram sahifamiz👇
@yoshlar_agentligi_rasmiy
Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasi yoshlar siyosatida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar muammolari hamda bandlik masalalariga bag'ishlandi

🔰 Yoshlar bandligini ta'minlash, ularga tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish uchrashuvning kun mavzusiga aylandi.

📺 Xalqaro press klubning ushbu sonini tez kunda "O'zbekiston24" telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👇
@yoshlar_agentligi_rasmiy