“Yosh kitobxon” INFO
39.1K subscribers
3.46K photos
355 videos
511 files
1.28K links
Download Telegram
Tinimsiz mehnatlarlarning munosib e'tirofi: "Yosh kitobxon" tanlovi g'oliblari aniqlandi

📖 Tanlovning 20-30 yosh toifasi bo'yicha respublika bosqichida nafaqat zarur kitoblardan olgan bilimlari, balki dunyoqarash va fikrlashlari ham chinakam sinovdan o'tkazildi.

🔰 Marraga esa eng kuchli, salohiyatli va albatta irodalilar birinchilardan bo'lib yetib keldilar. Demak, g'oliblar bilan tanishing:

- Mamtaliyeva Fotima (Andijon viloyati) - 369 ball bilan, 1-o'rin;

- Xamdamova Shamshoda (Buxoro viloyati) - 361,3 ball bilan, 2-o'rin;

- Shotemirov Sanjar (Surxondaryo viloyati) - 319 ball bilan, 3-o'ringa loyiq ko'rildi.

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi kitobsevarlarni g'oliblik bilan qutlaydi, kelajakda bundanda katta marralarni zabt etishlarini tilab qoladi.

Yosh kitobxon tanlovining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari👇
TelegramInstagramFacebookYoutube
Forwarded from Segment.uz
⚡️"Ёш китобхон” танлови ғолибларига Президент совғаси топширилди

Президентнинг беш муҳим ташаббуси доирасида Ёшлар ишлари агентлиги, Ўзбекистон ёшлар иттифоқи, мутасадди вазирлик ва идоралар ҳамкорлигида ўтказилган “Ёш китобхон” танловининг яна бир мавсуми якунланди.

☝️Танловда 300 минг нафарга яқин ёшлар иштирок этди. Ҳар бир ҳудуддан 3 та ёш тоифаси бўйича бир нафардан жами 42 нафар ғолиблар республика финал босқичида иштирок этиш ҳуқуқини қўлга киритди.

🔰Танловнинг республика босқичи телевизион тарзда ўтказилди. Шартлар якунига кўра, энг кучлиларга ғалаба насиб қилди.

➡️ 1-ўрин – Исмоилов Муҳаммадфозил, Фарғона вилояти (10-14 ёшлилар тоифаси)
➡️ 1-ўрин – Умарова Мафтуна, Тошкент шаҳри, (15-19 ёшлилар тоифаси)
➡️1-ўрин – Мамталиева Фотима, Aндижон вилояти, (20-30 ёшлилар тоифаси)

Ғолибларга, 1-ўринга “Спарк” автомашинаси, 2-ўринга 30 миллион сўм, 3-ўринга эса 15 миллион сўм пул мукофоти топширилди.

Каналга уланиш — @yangiuzbekiston_uz
"Yosh kitobxon" tanlovi g'oliblari taqdirlash marosimi ko'tarinki ruh va yuqori saviyada o'tkazildi!

🚙 O'z bilimiga ishongan, dunyoqarashi keng va salohiyatli ushbu kitobsevarlarga Prezident sovg'asi - "Spark" avtomashinalari tantanali ravishda topshirildi.

🔰 Eslatib o'tamiz, 10-14 yosh toifasi bo'yicha Muhammadfozil Ismoilov(Farg'ona viloyati) g'olib deb topilgan bo'lsa, 15-19 yoshlilar orasida Maftuna Umarovaga(Toshkent shahri) teng keladigani topilmadi, 20-30 yosh toifasi bo'yicha esa g'oliblik Mamtaliyeva Fotimaga(Andijon viloyati) nasib etdi.

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi g'oliblarni ushbu yuksak e'tirof hamda yutuq bilan qutlaydi, kelajakda bilimli va yetuk mutaxassis bo'lib yetishishlariga ishonch bildiradi!

Yosh kitobxon tanlovining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari👇
TelegramInstagramFacebookYoutube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G'alabaga bo'lgan kuchli ishonch va tinimsiz mehnat bu yigitni muvaffaqiyat tomon yetakladi!

"Yosh kitobxon" tanlovi, 10-14 yosh toifasi bo'yicha respublika bosqichi g'olibi Muhammadfozil Ismoilovning g'alaba tarixi, tanlov haqidagi fikrlari har birimizni mulohaza qilishga undaydi.

Yurtimizda Muhammadfozil Ismoilovdek shijoatli, harakatchan va kitobsevar yoshlar safi kengayib borayotganidan mamnunmiz!

👁 Youtube orqali ko‘rish

Yosh kitobxon tanlovining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari👇
TelegramInstagramFacebookYoutube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshkitobxon #Yoshlaragentligi #YoshlarTV

Millionlab yoshlarni o'zida jamlagan "Yosh kitobxon" loyihasining final bosqichini tomosha qilishga tayyormisiz?

📖 Murosasiz kechgan bahslar namoyishi 19-aprel kuni soat 15:00 da boshlanadi!

Bilimdon yoshlar bellashuvini "Yoshlar" telekanalida birgalikda tomosha qilamiz!

#Yoshkitobxon #final #Respublikabosqichi

@yoshlar_tv
"Yosh kitobxon" tanlovi final bosqichi bellashuvlarini endilikda siz Yoshlar ishlari agentligi YouTube sahifasida tomosha qilish imkoniga egasiz!

📖 Xabaringiz bor, shu yilning 1-10-aprel kunlari Yoshlar ijod saroyida kitobxonlar tanlovining so'nggi bosqichi bo'lib o'tdi. Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilar o'zaro 5 ta shart bo'yicha bellashdilar.

💫 "Yosh kitobxon" tanlovi 10-14 yosh toifasi "Badiiy asarlar bilimdoni" sharti doirasidagi murosasiz bahslarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Yosh kitobxon tanlovining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari👇
TelegramInstagramFacebookYoutube