Yosh fermerlar
1.56K subscribers
3.89K photos
648 videos
60 files
2.66K links
O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashining Telegramdagi rasmiy sahifasi

Web: http://yoshfermer.uz
Facebook: https://www.facebook.com/yoshfermer
Instagram: https://www.instagram.com/yoshfermer
Youtube: https://youtube.com/@yoshfermer5215
Download Telegram
https://president.uz/uz/2182

Қишлоқ хўжалиги ходимлари куни муносабати билан соҳа ривожига муносиб ҳисса қўшган юртдошларимиздан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони.
Yosh fermerlar Prezident tabrigiga nisbatan oʻz fikr-mulohazalarini bildirishmoqda

Kecha, 9-dekabr sanasi Oʻzbekistonda Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni sifatida keng nishonlandi. Ushbu sana munosabat bilan, Prezident Shavkat Mirziyoyev sohaning barcha xodimlariga oʻz tabrigini yoʻlladi.

Unda Prezident tomonidan bu yilgi mavsumda tabiat injiqliklari – bahorning quruq kelgani, kutilmagan jala va boʻronlar, yoz faslidagi kuchli suv tanqisligi, jazirama issiq, turli hasharot va kasalliklar ekin-tikinlarga katta xavf tugʻdirgani, kuzda esa yogʻin-sochinlarning barvaqt boshlangani soha xodimlarini jiddiy sinovdan oʻtkazgani, biroq ana shunday qiyinchiliklarga qaramasdan, fermerlar-u bobo dehqonlarimiz tomonidan moʻl hosil yetishtirish borasida yuqori natijalarga erishilgani aytildi.

Tabrik matnida, shuningdek, ushbu yilda yurtimiz boʻyicha 6 million 124 ming tonna gʻalla, 2 million 300 ming tonna paxta, 8 million 661 ming tonna sabzavot, 2 million 411 ming tonna kartoshka, 1 million 607 ming tonna poliz mahsulotlari, 2 million 100 ming tonnaga yaqin meva, 1 million 314 ming tonna uzum, 18 ming tonna pilla, 1 million 789 tonna goʻsht, 7 million 830 ming tonna sut tayyorlashga erishilgani qayd etildi. Muxtasar aytganda, jami boʻlib 58 trillion 181 milliard soʻmlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilgani ushbu soha vakillarining mardona mehnati mahsulidir, deyiladi tabrikda.

Respublika Prezidentining ushbu tabrigi yurtimizdagi barcha qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari, jumladan, yosh fermerlarni ham xursand qildi, ruhlantirdi.

Buni bugunning oʻzida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va tashkilot qoshidagi Oʻzbekiston yosh fermerlari kengashining internet sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga yosh fermerlardan kelib tushayotgan koʻplab fikr-mulohazalardan sezish qiyin emas.

Quyida ijtimoiy tarmoq va internet saytimizga yuborilgan ayrim fikrlarni keltirib oʻtamiz.

Alpomish Noraliyev, yosh fermer (Surxondaryo viloyati):

—Kecha ommaviy axborot vositalari orqali Prezident Shavkat Mirziyoyevning qishloq xoʻjaligi xodimlariga yoʻllagan tabrigi oʻqib eshittirildi. Sohaga daxldor yosh fermerlardan biri sifatida ushbu tabrikni katta qiziqish bilan tingladim. Unda jumladan, biz uchun oʻta muhim vazifa sifatida – qishloq xoʻjaligi uchun yuksak bilim va malakaga ega boʻlgan oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish lozimligi, bu borada xorijdagi yetakchi oliy oʻquv yurtlari bilan birga qoʻshma fakultetlar tashkil etish, yaqinda ish boshlagan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali agrar soha mutaxassislarini, yosh kadrlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarda oʻqitishga alohida ahamiyat berishni zamonning oʻzi talab etayotgani qayd etildi.

Shu yilning noyabr oyida Oʻzbekiston yosh fermerlari kengashi va Yaponiyaning JICA tashkiloti hamkorligi boʻyicha kunchiqar yurtda bir oy sohadagi malakamni oshirib qaytdim. Ushbu mamlakatda koʻrgan, oʻrgangan tajribalarimdan kelib chiqib aytishim mumkinki, qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish juda muhim hisoblanadi.

Yaponiya qishloq xoʻjaligini IT texnologiyalarsiz tasavvur etish qiyin. Aynan yangi texnologiyalar tufayli bugun ushbu mamlakat qishloq xoʻjaligi rivoj topmoqda. Shu bois prezidentimizning bildirgan fikrlarini toʻliq qoʻllab-quvvatlayman va ushbu jarayonda bor bilim va malakamni sarflashga vaʼda beraman.

Umidjon Eshonqulov, yosh fermer (Jizzax viloyati):

Bugun Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida katta koʻlamdagi islohotlar davom etmoqda. Jumladan, yuqori samara bermayotgan paxta va gʻalla maydonlarini qisqartirish uning oʻrniga eksportbop mahsulotlar yetishtirishni koʻpaytirish, chorvachilik, baliqchilik tarmoqlarini rivojlantirish uchun kredit mablagʻlari koʻpaytirilmoqda.

Oʻzim ham shu yil boshida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston yosh fermerlari kengashi yordami bilan chorvachilikka ixtisoslashgan yangi fermerlik faoliyatimni yoʻlga qoʻydim. Bugungi kunda xoʻjaligimda 100 bosh qoramol, 50 bosh qoʻy, 100 bosh zotdor oq echki, 25 dona yilqi va ikki bosh tuya parvarishlayapman.
Prezidentimizning kecha soha vakillariga yoʻllagan tabrigi va ushbu tabrikda belgilangan ustuvor vazifalar men va men kabi yosh fermerlarga katta qoʻllab-quvvatlov boʻldi.

Kelgusida faoliyatimni Prezidentimiz bizdan kutayotgani kabi koʻp tarmoqli soha sifatida tashkil etib ishchi oʻrinlarni yanada koʻpaytirish niyatidaman.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va tashkilot qoshidagi Oʻzbekiston yosh fermerlari kengashi tashkil topgandan buyon turli xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam aloqalarni yoʻlga qoʻyishga intilmoqda. Buning natijasida 2018 yilning oʻzida 10 ga yaqin yoshlar Turkiyaning TIKA va Yaponiyaning JICA tashkilotlari bilan qilingan kelishuv asosida ushbu davlatlarda malaka oshirib qaytdi.

Mazkur xalqaro tashkilotlar bilan shu yilning 6 dekabrida oʻtgan yana bir hamkorlik uchrashuvida esa 2019 yilda malaka oshirishga yuboriladigan yosh fermerlar sonini yanada koʻpaytirishga kelishib olindi.



Ilyos Safarov, O'zbekiston yosh fermerlar kengashi matbuot xizmati rahbari.
https://t.me/uzyfk
Yosh fermerlar Prezident tabrigiga nisbatan oʻz fikr-mulohazalarini bildirishmoqda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Фарғонанинг Олтариқ узумлари. Токдан ҳали узилмаган. Ташқарида ҳарорат -4°С. Боғбон Фарход ака хонадони.
https://t.me/uzyfk
Toshkent qishloq xo'jaligi mashinasozligi zavodi OAJda ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi texnikalarining yangi narxlari e'lon qilindi.

Fermer va tadbirkorlarni xursand qiladigan jihati texnikalar narxi avvalgiga nisbatan birmuncha pastlagan.
Jumladan, "TTZ lS-100hC" traktorining avvalgi narxi 250 000 000ni tashkil etgan bo'lsa, uning yangi bahosi 31 millionga pastlagan holda, 219 000 000 etib belgilangan.
Shu va boshqa texnikalarning yangi narxlari quyidagi taqdimotdan ko'rishingiz mumkin:

https://t.me/uzyfk
Ҳалқалаш ва гормонлар ҳақида.pdf
2 MB
узум зангини халқалаш ва унинг аҳамияти ҳақида қисқа кўргазмали қўлланма.

Bog'dorchilik kanalidan olindi.
Yosh fermerlar: Foyda keltirmayotgan paxta va gʻalla maydonlarini qisqartirish kerak

Shu yilning 10 dekabr kuni Jizzax shahridagi 1-sonli musiqa va sanʼat maktabida qishki mavsumdan foydalangan holda jizzaxlik yosh fermerlarning sohadagi malakalarini oshirish, qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida qabul qilinayotgan yangi qonun hujjatlari bilan tanishtirishga qaratilgan “Kelajak fermeri” oʻquv seminarlariga start berildi.

Seminarda yosh fermerlar uchun xoʻjalikda don-dukkakli, moyli hamda yem xashak ekinlarini yetishtirish, ulardan olinadigan hosilni yanada oshirish, bu borada qilinadigan ishlar borasida maʼlumot berildi.
Seminarni Toshkent davlat agrar universitetining professor oʻqituvchilari olib borishdi. Unda 100 nafardan ortiq yosh fermerlar ishtirok etishdi.

Maʼlumki, bugungi kun talabi Respublikaning ayrim hududlarida yetishtirilayotgan va koʻzlangan hosilni bermayotgan paxta va gʻalla maydonlarida eksportbop, ichki va tashqi bozorda talab katta boʻlgan ekinlar ekish, boshqacha aytganda, har bir xoʻjalik va tumanning ixtisoslashuvini qayta koʻrib chiqishni taqozo etmoqda. Seminar trenerlari sohaning ushbu jihatlariga ham alohida eʼtibor qaratishdi.

Xususan, ekin maydonlarida don-dukkakli, moyli hamda yem xashak ekinlarini yetishtirish, ulardan olinadigan hosilni yanada oshirish, bu borada yerga kuzgi va bahorgi ishlov berishning ahamiyati va oʻgʻit meʼyorlari haqida maʼlumot berildi.
Seminarda bir guruh yosh fermerlar oʻz xoʻjaliklarida ham gʻalla va paxta uchun tavsiya etilgan biroq yetarli hosil olish imkoni boʻlmagan maydonlar mavjud ekanligini bildirishdi. Bunday maydonlarga yerning imkoniyatidan kelib chiqqan holda ekin rejasi berilsa maqsadga muvofiq boʻlardi, dedi ular.

Shuningdek, yosh fermerlar xoʻjaliklarida yetishtirilayotgan mahsulotlar eksportini tashkil qilishda amalga oshiriladigan ishlar toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Maʼlumot uchun “Kelajak fermeri” oʻquv seminarlari dekabr oyi davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda oʻtkazilmoqda. Unda barcha yosh fermerlar va qishloq xoʻjaligiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Yosh fermerlar: Foyda keltirmayotgan paxta va gʻalla maydonlarini qisqartirish kerak

@uzyfk
Кўп тармоқли фермер хўжалиги нима, у аслида қандай бўлиши керак?


Кеча, 12 ноябрь куни Самарқанд ветеринария ва медицинаси институтида вилоятнинг ёш фермерлари учун кўп тармоқли фермер хўжаликларини ташкил қилиш, бу борада ривожланган дунё давлатлари тажрибаси, шунингдек, Ўзбекистон қишлоқ хўжалигида қабул қилинаётган қонун ва қарорлар моҳиятини тушунтиришга қаратилган “Келажак фермери” номли ўқув семинари ўтказилди.

Ўқув Ўзбекистон ёшлар иттифоқи қошидаги Ўзбекистон ёш фермерлари кенгаши томонидан ташкил этилди. Унда Тошкент давлат аграр университети, Самарқанд ветеринария ва медицинаси институти профессор ўқитувчилари, шунингдек, вилоятнинг 150 нафардан ортиқ ёш фермерлар ва фермерликка қизиқувчи ёшлар тингловчи сифатида иштирок этди.

Ўқув семинарида тренер сифатида иштирок этган Тошкент давлат аграр университети ўқитувчиси Абдураҳим Тошбоевнинг маълум қилишича, - кўп тармоқли ишлаб чиқаришни ташкил қилишдаги муҳим шартлардан бири бу - ҳар қандай фермер хўжалиги ўз даромадини ошириш мақсадида ўз хоҳишига кўра ихтиёрий равишда қўшимча тармоқларни ташкил этган ҳолда кўп тармоқли фермер хўжалигига айланиши мумкинлигидир.

Унга кўра, кўп тармоқли фермер хўжалиги - қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини етиштириш билан боғлиқ бўлган фаолияти билан биргаликда қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини қайта ишлаш, сақлаш ва сотиш, саноат ишлаб чиқариши, ишлар бажариш, хизматлар кўрсатиш ва қонун ҳужжатларида тақиқланмаган бошқа фаолият билан шуғулланувчи фермер хўжалигидир.

Қўшимча тармоқ турли йўналишларда бўлиши мумкин. Энг муҳими мавжуд қонунларимиз билан тақиқланмаган ва бошқа фермер хўжаликларига зарар келтирмайдиган ишлаб чиқариш ва хизматлар кўрсатиш фаолияти бўлиши керак.

Бунда, қўшимча тармоқ асосий тармоқ билан боғлиқ бўлмаган ҳолда ташкил этилганлигига алоҳида эътибор қаратиш лозим. Пахтачилик-ғаллачилик ихтисослашувидаги фермер хўжаликларига боғдорчилик ёки сабзавотчилик йўналишида ер майдонлари ажратиш билан мазкур фермер хўжаликларини кўп тармоқли ҳисоблаш нотўғри ёндашувдир.

Чунки, кўп тармоқли фермер хўжалиги ташкил этишда қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари етиштиришдан ташқари қўшимча тармоқ сифатида аҳолига маиший хизмат ёки транспорт хизматлари кўрсатиш ёхуд ишлаб чиқарилган бир турдаги маҳсулотдан қуритиш, қайта ишлаш натижасида бошқа турдаги маҳсулотларни ишлаб чиқариш (масалан, чорвачиликда сутни қайта ишлаб, қадоқланган қатиқ, қаймоқ, сарёғ, творог, пишлоқ ёки гўштдан консерва маҳсулотлари) каби соҳаларда ўз фаолиятини кенгайтириши назарда тутилади. Кўп ҳолларда фермерларимиз кўп тармоқли фаолиятни йўлга қўйиш учун экин ерларини ажратиш сўраб мурожаат этадилар. Лекин, юқорида таъкидланганидек, тармоқларни ташкил этиш учун деярли ушбу ер майдони олинишига эҳтиёж йўқ, - деди у.

Семинарда шунингдек, Самарқанд ветеринария медицинаси институти катта ўқитувчиси Муродбек Мардонов ёш фермерларга кўп тармоқли фермер хўжаликларини оптималлаштиришда Германия тажрибаси мавзусида ўз билимларини бўлишди.

Ўқув давомида ёш фермерлар кўп тармоқли фермер хўжалиги ташкил қилишдаги муаммоларни билдириб, уларга мутахассисларнинг берган тавсиялари асосида жавоб олишди.

Тадбирда шунингдек, ёш фермерларнинг сабзавот ва полиз маҳсулотлари кўргазмаси, мезбон институт иссиқхонаси ва қишлоқ хўжалик техникалари корхонасига саёҳатлар уюштирилди.

Кўп тармоқли фермер хўжалиги нима, у аслида қандай бўлиши керак?

https://t.me/uzyfk
Кўп тармоқли фермер хўжалиги нима, у аслида қандай бўлиши керак?


Кеча, 12 декабрь куни Самарқанд ветеринария ва медицинаси институтида вилоятнинг ёш фермерлари учун кўп тармоқли фермер хўжаликларини ташкил қилиш, бу борада ривожланган дунё давлатлари тажрибаси, шунингдек, Ўзбекистон қишлоқ хўжалигида қабул қилинаётган қонун ва қарорлар моҳиятини тушунтиришга қаратилган “Келажак фермери” номли ўқув семинари ўтказилди.
Ўқув Ўзбекистон ёшлар иттифоқи қошидаги Ўзбекистон ёш фермерлари кенгаши томонидан ташкил этилди. Унда Тошкент давлат аграр университети, Самарқанд ветеринария ва медицинаси институти профессор ўқитувчилари, шунингдек, вилоятнинг 150 нафардан ортиқ ёш фермерлар ва фермерликка қизиқувчи ёшлар тингловчи сифатида иштирок этди.

Ўқув семинарида тренер сифатида иштирок этган Тошкент давлат аграр университети ўқитувчиси Абдураҳим Тошбоевнинг маълум қилишича, - кўп тармоқли ишлаб чиқаришни ташкил қилишдаги муҳим шартлардан бири бу - ҳар қандай фермер хўжалиги ўз даромадини ошириш мақсадида ўз хоҳишига кўра ихтиёрий равишда қўшимча тармоқларни ташкил этган ҳолда кўп тармоқли фермер хўжалигига айланиши мумкинлигидир.