O'LMAS NAZAR she'rlari
121 subscribers
5 photos
5 videos
2 files
4 links
Siz kutgan va siz izlagan she'rlar o'qing va bahra oling. Murojat uchun @olmasnazar
Download Telegram
             OTA O'RNI

Onadan so'z ketar, juda mehribon,
Farzandga jon tutar, shunday qadrdon,
Azizlar bilinglar, hech qachon, hech on,
Otani o'rnini bosolmas hech kim.

Topilar dunyoda, moling, davlating,
Yoningda bo'lmasa, yo'qdir savlating,
Davrida davroning, surushing baxting,
Otani o'rnini bosolmas hech kim.

Mehri tilidamas, dilida yashar,
Bolam degan so'zidan, sen shuncha yoshar,
Bilinglar dunyoda, ey ahli bashar,
Otani o'rnini bosolmas hech kim.

Qoqilsang suyagan, suyanching, tog'ing,
Yoningda men borman, degan har chog'ing,
Buyuklar buyugi, bo'lsin ardog'ing,
Otani o'rnini bosolmas hech kim.

Yonimda bo'lsalar, kuchga to'laman,
Xalqda bir hikmat bor, amal qilaman,
Albatta otamdek, inson bo'laman,
Otamni o'rnini bosolmas hech kim.

O'LMAS NAZAR she'rlari

@yorijon
Audio
🎼 O'lmas Nazar she'ri

📝 Ota o'rni

@yorijon
            VATAN

Kimlar madx etmagandir, kimlar ta'rif etmagam,
Qancha-qancha daholar, nomin bitmay ketmagan,
Senga mos ta'rifingni, hali hech kim bitmagan,
Sen bittasan o'zbegim, yagonasan o'zbegim.

Jannat deydi gohida, ona deydi bazilar,
Yurak jo'shib turganda, ota deydi bazilar,
Ona vatan deganda yurak yayrab yozilar,
Sen bittasan o'zbegim, yagonasan o'zbegim.

Onamdek azizimsan, otamdek qadrdonim,
Shularsiz o'tmagandek, sensiz o'tmas bir onim,
Fido etdim o'zimni, senga fido bu jonim,
Sen bittasan o'zbegim, yagonasan o'zbegim.

O'LMAS NAZAR she'rlari

@yorijon
Audio
VATAN

📝 O'lmas Nazar she'ri

🎤 B. Baratov ijrosida

@yorijon
SEVISH GUNOHMI

Ikki yonda, ikki dil,
Sarson bo'ldi bu ko'ngil,
Qo'llarida, so'lgan gul,
Sevish gunohmi ayting.

Sevdim desa so'zida,
Ko'rsa qaro ko'zida,
Sezsa yuzin, yuzida,
Sevish gunohmi ayting.

Ko'zlaridan tomsa yosh,
Ko'rmasa yetmas bardosh,
Yoniga bor tezroq shosh,
Sevish gunohmi ayting.

Yuraklarning hayrati,
Visol uning lazzati,
Sevgining yo'q nafrati,
Sevish gunohmi ayting.

O'LMAS NAZAR she'rlari

@yorijon
              OTA ONAM

Jonimning ardog'ida, bir- biridan ziyoda,
Ko'zimning qarog'ida, ular bitta dunyoda,
Sizlar mening qanotim, sezgum o'zim samoda,
Otam bo'lsa boshimda onam tursa qoshimda.

Biri kiprik qosh bo'lar, ikkinchisi bosh bo'lar,
Qishda issiq kiyimdek, yozda esa soch bo'lar,
Qo'li doim duoda, menga qanday xavf yo'lar,
Otam bo'lsa boshimda onam tursa qoshimda.

Ko'ngillari ozor cheksa, yurak bag'rim tilinar,
Mehrlari daryo- daryo, ko'zlaridan bilinar,
Topganlarin o'zi totmas, faqat menga ilinar,
Otam bo'lsa boshimda onam tursa qoshimda.

Biri quyosh, biri oy, ikkisi ham nurga boy,
Yuzidan yog'ilar nur, shunchadur bo'lsa chiroy,
Uyim to'ri sizniki, yo'qsa ko'nglimdadir joy,
Otam bo'lsa boshimda onam tursa qoshimda.

O'LMAS NAZAR she'rlari

@yorijon
VATAN UCHUN

Tirik jonning unib o'sgan yurti bordir,
Mard o'g'lonning yuragida o'ti bordir,
Bu tuyg'uni tuyolganlar baxtiyordir, Vatan uchun keling do'stlar vatan uchun.

Birdamlikda tinchlik uchun posbon bo'lib,
O'zbek nomin ko'taraylik osmon qilib,
Singdiraylik yuraklarga mahkam turib,
Vatan uchun keling do'stlar vatan uchun.

Har onimiz shu yurt uchun sarf etaylik,
Maqsad bitta maqsad qildik biz yetaylik,
O'z nomimiz zarxal qilib biz bitaylik,
Vatan uchun keling do'stlar vatan uchun.

Gul ekaylik, bog' qilaylik, bog'bon bo'lib,
Yer chopaylik tanti bobo dehqon bo'lib,
Shu el uchun shu yurt uchun qalqon bo'lib,
Vatan uchun keling do'stlar vatan uchun.

Jaloliddin Temuriydek qalqon bo'lib,
Haqdan keldi haqiqatgo'y sarbon bo'lib,
Olg'a xalqim, bir musht, bitta karvon bo'lib,
Vatan uchun keling do'stlar vatan uchun.

O'LMAS NAZAR she'rlari

@yorijon
Yosh shoirlar uchun e'lon
Biz she'r yozish mahorad maktabini o'taymiz
She'rlaringizni ommaga ta'nitamiz
She'r yozishda nimalarga e'tibor qilishni o'rgatamiz
        NOM UCHUN YASHA

O'tgan dunyo o'tib ketadi,
Bosgan izing o'chib ketadi,
Boylikni qo'y uchib ketadi,
Non uchunmas, nom uchun yasha.

Qo'lingni tut yordamga oshiq,
Baxil bo'lma, bo'l ko'ngli ochiq,
Xudo bilar yo'ling ham ochiq,
Non uchunmas nom uchun yasha.

Ko'zingga surt nonning ushog'in,
Kamsitmagin boy deb qashshog'in,
Olma zinhor yomonlik dog'in,
Non uchunmas nom uchun yasha.

Insonmiz biz bo'laylik inson,
Tark etmasin qalblardan iymon,
Yorug' yuzla yashab jo'rajon,
Non uchunmas nom uchun yasha.

O'LMAS NAZAR she'rlari

@yorijon
Одамзот умри у эшикдан кириб, бу эшикдан чиқиб кетишдай гап. Бир хил одамлар бор: у эшикдан кириб, бу эшикдан чиқиб кетаётганда қўлидан келганча савоб иш қилади. Ҳаёт деган иморатга ақалли битта ғишт қўйиб кетади. Яна бир хиллари бор: ўша иморатдан ақалли битта ғиштни ўғирлаб кетгиси келади. Ўғирлабку, ҳеч қаёққа боролмайди, нариги эшик олдига борганда барибир ташлаб кетади. Икки орада иморатни бузгани қолади...

Ўткир Ҳошимов «Икки эшик ораси»

@yorijon
     SHAYDO QILDINGKU

Ko'zlaringda mano bor,
Boqib ado qildingku,
Bir boqishda rom aylab,
Mani shaydo qildingku.

Noz qilasan noz firoq,
Yurak o'ynoq qo'l titroq,
Mendan ketma sen yiroq,
Mani shaydo qildingku.

Ko'zlaring o'q qosh kamon,
Ketolmay qoldim yomon,
Boqqan zamon men tomon,
Mani shaydo qildingku.

Yurakka o't yoqib sen,
Sevgi paydo qildingku,
Alaming bordek mendan,
Mani shaydo qildingku.

Beparvosan o'zingcha,
Men deb jondan to'ydingku,
Kel bo'laylik biz birga,
Mani shaydo qildingku.

O'LMAS NAZAR she'rlari

@yorijon
        ONAM BOR

Onadek o'ylamas, farzandni hech kim,
Bolasin ardoqlab, toparlar tinim,
Onamsiz yasholmam, yasholmam bir zum,
Onam bor olamda, olam tatiydi,
Boshimda ko'tarsam onam arziydi.

So'zlari sehrdir, ko'zlari mehr,
Doimo parvona, boshimda axir,
Uzolmam qarzimni, hatto ming asr,
Onam bor olamda, olam tatiydi,
Boshimda ko'tarsam onam arziydi.

Tergaydi gohida, yaxshi bo'lgin deb,
Yonimda doimo, o'ynab kulgin deb,
Bolam deb erkalar, berib oro zeb,
Onam bor olamda, olam tatiydi,
Boshimda ko'tarsam onam arziydi.

Quvonsam sherikdir, yig'lasam ovunch,
She'r yozsam onamga, ko'zda yosh quvonch,
Do'stimsiz, sirdoshim, yurakda ishonch,
Onam bor olamda, olam tatiydi,
Boshimda ko'tarsam, onam arziydi.

O'LMAS NAZAR she'rlari

@yorijon
            YANGI YIL

Bayramlar shoxi bu, bayramlar shoxi,
Barchaning shundadir, shunda nigohi.
Intiqib kutamiz ulg'ayib gohi,
Azizlar, yangi yil muborak bo'lsin!

Ketadigan yilning ham o'z tarixi bor,
Kimga baxtlar kuldi, kimga omad yor.
Qutlaymiz chin dildan takror va takror,
Azizlar, yangi yil muborak bo'lsin!

Yurak zarbasidek bongin kutamiz,
Tilak bildiramiz qo'ldan tutamiz,
Yangi orzularga albat yetamiz,
Azizlar, yangi yil muborak bo'lsin!

Kimning oltin davri shunda mujassam,
Shirin xotira bor eski yilda ham.
Kelinglar, kutamiz birga bo'lib jam,
Azizlar, yangi yil muborak bo'lsin!!!

O'LMAS NAZAR she'rlari

@yorijon    
Forwarded from Ma'ruf Nazar
MEHR KERAK

Baxt qo'shig'in kuylamoq uchun,
Dushmanni do'st aylamoq uchun,
Ollox o'zi siylamoq uchun,
Mehr kerak oqibat kerak.

Pok saqlamoq kerak iymonni,
Qo'ldan bermay shunday imkonni,
Qadri baland yurtda insonni,
Mehr kerak oqibat kerak.

Otang onang xizmatin qilgin,
Nasihatin quloqqa ilgin,
Dunyoying kerakmas, ularga bilgin,
Mehr kerak oqibat kerak.

Bir yoqadan chiqsa bu boshlar,
Ko'zdan oqsa eh sevinch yoshlar,
Bo'lsin desang ko'p do'st sirdoshlar,
Mehr kerak oqibat kerak.

@sheriyonlar

https://telegram.me/sheriyonlar
          QARAB QO'Y

Shaydo qilding go'zal qiz,
Bir boqib qo'y yoringga,
Tunlari seni o'ylar,
Qarab qo'y bedoringga.

Kulguchlaring rom aylab,
Yurakka soldi olov,
Uzoq ketolmay qoldim,
Yoningga qaytdim darrov.

Isming bilmam so'rolmam,
Lol bo'laman yoningda,
Mening hayolim senda,
Kim bor sening yodingda.

Farishtami yo malak,
Bilmay qoldim termulib,
Aqlu hushim olganding,
Jilmayib bir bor kulib.

Men shoir emasman lek,
Sen uchun bitdim g'azal,
Javobingni kutarman,
Oshig'ing o'lmas nazar.

O'LMAS NAZAR she'rlari

@yorijon
      DO'STLAR DAVRASI

Ko'ngil quvnab, shodlanadi dil,
Orasidan o'tolmaydi qil,
Yomonlik fitnalar o'rtada chil-chil,
Do'stlar davrasida, do'st davrasinda.

Bir-biriga og'a inidek,
Saqlanmaydi orasinda kek,
Bu davrada hammalari bek,
Do'stlar davrasida, do'st davrasinda.

O'tolmaydi g'animlar toshi,
Qirqga bo'linadi yeydigan oshi,
Omon bo'lsin barchasin boshi,
Do'stlar davrasida, do'st davrasinda.

Koshonangni to'ldiradi to'p,
Baxtlidirsan qancha bo'lsa ko'p,
Sinib ketar hatto mingta cho'p,
Do'stlar davrasida, do'st davrasinda.

05 01 2019 yil

O'LMAS NAZAR she'rlari

@yorijon
          XIYONAT

Bir dasturxonda tuz totgansan, bo'lib berib noningni,
Ishonchingga kirishganlar, beray deysan joningni,
Asli o'zi yurar ekan, bulg'ash uchun nomingni,
Do'stman deya do'stin sotgan odamsifat shaytonlar.

Omad kelsa, davralarda, noming aytar ulug'lar,
Bilolmaysan, sababi ne, nega buncha qutlug'lar,
Bir qo'lida bolta turar, birida esa cho'g'lar,
Do'stman deya do'stin sotgan odamsifat shaytonlar.

Tushungda ham o'ylamaysan, shubhaga ham bormaysan,
Ehtiyot bo'l kech bilsang gar, yiqilmasdan qolmaysan,
Yoningda gar chin do'st bo'lsa, hech qachon sen toymaysan,
Do'stman deya do'stin sotib ketmasa gar nodonlar.

Zavq olarmu bu ishidan, bilolmaysan  hech zamon,
Ajratolmay qolarkansan, kim yaxshiyu, kim yomon,
O'zing gapir nima deysan, bu ishingga jo'rajon,
Do'stman deya do'stin sotgan odamsifat shaytonlar.

O'LMAS NAZAR she'rlari

@yorijon
    MARD O'G'LONLAR

Vatan uchun qalqon bo'lar,
Ozodligin g'urur bilar,
Tinchin ko'rib ko'ngli to'lar,
O'zbekning mard o'g'lonlari.

Bir musht bo'lib tugulganlar,
Birikkanlar yugurganlar,
Yurtim deya tug'ilgan,
O'zbekning mard o'g'lonlari.

Qadam bosar salobatli,
Yuraklari matonatli,
Asli o'zi saxovatli,
O'zbekning mard o'g'lonlari.

Bir-biriga bo'lib tirgak,
Doim ogoh doim sergak,
Sizlar doim yurtga kerak,
O'zbekning mard o'g'lonlari.

O'LMAS NAZAR she'rlari

@yorijon
          MARD ASKARLAR

Matonatli, jasur, mard,
Yetkazmagay hech ham gard,
Bo'lsin deya yurt obod,
Jonin fido etgaydir,
Mard askarlar posbondir.

Haybatidan qo'rqar sher,
Havas qilib botir der,
Vatanni sev jon dildan,
Shunday o'g'lon bo'lgin der,
Mard askarlar posbondir.

Qo'rqmas yo'lbars yuraklar,
Ushlaganin uzar bilaklar,
Pahlavonlar yurtga tirgaklar,
Bular askar o'g'londir,
Mard askarlar posbondir.
 
O'LMAS NAZAR she'rlari

@yorijon