🇺🇿 Yo'l harakati qoidalari |Rasmiy Kanal🚦🇺🇿
2.1K subscribers
789 photos
1.07K videos
126 files
620 links
O'zbekiston Respublikasi xududida transport va axoli uchun kerak bo'ladigan yo'l belgilari haqida malumot berib boramiz. Bizdan uzoqlashmang...

📌Hamma ma'lumot kanalda bor‼️⁉️

Admin: @Raxbar
Download Telegram
Олдин билимларга пул тикиш лозим, кейин билимларни пулга. Бу – ҳар қиндай ривожланишнинг модели.
Михаил Прохоров

Ўз меҳнати натижасини бирданига кўрмоқчи бўлган одам этикдўз бўлиши керак.
Альберт Эйнштейн

Янги иш очаётган, корхонасини рўйхатдан ўтказаётган барчага шахсий матонати учун медал бериш керак.
Владимир Путин

👇Yagona yo'l xarakati kanali
@yolbelgi
Coca-Cola butun dunyo bo‘ylab 2,2 ming ish o‘rnini qisqartirmoqda

▪️Bunga pandemiya tufayli kompaniya ichimliklari sotiladigan ko‘plab joylarning yopilishi sabab bo‘lgan.

Ish o‘rinlarini qisqartirish bilan Coca-Cola $350-550 mln atrofida tejab qolishga umid qilmoqda.

👇Yagona yo'l xarakati kanali
@yolbelgi
Xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarni import qilish hajmi ma'lum bo‘ldi

Qayd etilishicha, aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalarga 1,9 mlrd dollar sarflangan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari uchun 838,9 mln dollar to‘langan.

Shuningdek, avtomobillar, asosan yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtoulovlar (10 va undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan transport vositalaridan tashqari) 418,6 mln dollarga tushgan. Sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashinalar va ularning detallariga 1,6 mlrd dollar sarflangan.

Elektr aloqasi, ovozni yozish va eshittirish apparaturalari va uskunalariga 460 mln dollar ketgan bo‘lsa, elektr mashinalari, apparatlar, asboblar va ularning ehtiyot qismlari 592 mln dollarga tushgan.

👇Yagona yo'l xarakati kanali
@yolbelgi
Talaba va o‘quvchilarga poyezd chiptalari uchun 50 foiz chegirma beriladi

2020 yil 28 dekabrdan 2021 yil 10 yanvargacha oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida ta'lim olayotgan talabalar hamda o‘quvchilarga poyezd chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma beriladi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, mazkur chegirmalar talabalar va o‘quvchilarning qishki o‘quv ta'tilini maroqli o‘tkazishi hamda mamlakat bo‘ylab sayohat qilishiga qulaylik yaratish maqsadida joriy etilmoqda.

«Qo‘shimcha ma'lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olish mumkin», deyiladi xabarda.

👇Yagona yo'l xarakati kanali
@yolbelgi
ЙПХ автомашинаси ёниб кетди

ИИВ ЙҲХББ ахборот хизмати хабар беришича, жорий йилнинг 18 декабрь куни соат 16:50ларда, Қашқадарё вилояти, Қарши шаҳар, Мустақиллик кўчасида жойлашган вилоят ҳокимлиги биносининг рўпарасида вилоят ИИБ ЙҲХБ ЙПХ ходими М.Оймуродов бошқарувидаги «Ласетти» русумли махсус хизмат автомобилининг двигатель қисмида ёнғин юзага келган.

Ёнғин натижасида тан жароҳати олганлар йўқ. Ҳодисадан транспорт воситасининг двигатель ва капот қисми зарарланган.

Мазкур ҳодиса юзасидан Қарши шаҳар ИИБ ЙҲХБ ва ФВБ томонидан суриштирув ишлари олиб борилиб, ёнғин юзага келиш сабабларига аниқлик киритилмоқда.

👇Yagona yo'l xarakati kanali
@yolbelgi
​​Qorbobo va Coca Cola ichimligi haqidagi eng qiziqarli faktlar.

• Qorboboning asoschisi Coca Cola kompaniyasi deb hisoblanadi.

• Yangi Yilda baʼzi Super market va xususiy doʻkonlarda Qorbobo kiyimini sotib yoki ijaraga olganlar uchun Coca Cola ichimligi bepul sovgʻa qilinadi.

• 2015-yildan boshlab har yili Yangi Yilda Qorbobo qalpoqlari 6mlrdga, Qorqiz qalpoqlari esa 5mlrdga yaqin sotiladi.

• Biz isteʼmol qilayotgan Coca Cola retsepi saqlanuvchi xona maxsus qoʻriqlanadi va u yerga kompaniya bosh direktori ham kirishi mumkin emas.

• Baʼzi bir davlatlarda chaqirilmagan Qorbobo va Qorqiz uyga kelganda uy egalari ularni politsiyaga berishi va ular chaqirilmagan mehmon boʻlgani uchun ular uy egalariga jarima toʻlashadi.

• Qorbobolik reklamalaridan foydalanib, u orqali reklama gonorari toʻlamaydigan yagona kompaniya bu - Coca Cola. Qorbobolik reklama gonoraridan tushgan pul Qorbobo assotsiyasiga toʻlanadi va bu pullar kambagʻal davlat bolalariga Yangi Yilda sovgʻa uchun sarflanadi.

@Yolbelgi
💡 #Тезкор

Бугун 22 декабрь – Энергетика ходимлари куни, яъни свет ўчмайдиган кун❗️

Тезроқ яқинлардан суюнчи олинг ва ушбу хабарни барча группаларга тарқатинг 😅

P.S.: Агар, кимнингдир уйида свет ўчса, билингки ўша ҳудудда 🍾 байрам зўр бўлаяпти 🤦🏻‍♂

👇Yagona yo'l xarakati kanali
@yolbelgi
Toshkentda yuk avtomobillari harakati uchun cheklovlar o‘rnatiladi
Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahar ko‘chalaridagi tirbandlikning oldini olish maqsadida transport vositalari harakatini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Toshkent shahar ko‘chalaridagi tirbandlikning oldini olish maqsadida, poytaxt hududida N1 toifali (yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 t.dan oshmaydigan) avtotransport vositalaridan yuqori transport vositalari harakati tig‘iz vaqtlarda, ya'ni ertalabki soat 07:00dan 10:00ga qadar, kechki soat 17:00dan 20:00ga qadar foydalanish cheklanishi mumkin.

Favqulodda va shunga o‘xshash kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rilishi talab etiladigan hollarda qonun va qonunosti hujjatlari bilan belgilangan imtiyozli maxsus transport vositalarining harakatlanishi bundan mustasno.

👇Yagona yo'l xarakati kanali
@yolbelgi
#Биласизми

Барча учун муҳим рақамлар

🔰 Ҳозирги кунда Ўзбекистон Республикаси ҳудудида:

🔹 меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – 679 330 сўм;
🔹 базавий ҳисоблаш миқдори – 223 000 сўм;
🔹 пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – 262 470 сўм;
🔹 ёшга доир энг кам пенсиялар – 513 350 сўм;
🔹 болаликдан ногиронлиги бўлган шахсларга бериладиган нафақа – 513 350 сўм;
🔹 зарур иш стажига эга бўлмаган кекса ёшдаги ва меҳнатга лаёқатсиз фуқароларга бериладиган нафақа – 315 030 сўмдан иборат.

👇Yagona yo'l xarakati kanali
@yolbelgi
Apple 2021-yilda elektr avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtiryapti

▪️Apple elektr mashinalar uchun tayvanlik kompaniyalar bilan shartnoma qilgani haqida xabarlar tarqalgan. Ammo kompaniya buni rasman e’lon qilmagan.

Lekin, dastlab, kompaniya o‘z avtomobilini yaratish ustida ishlayotganini 2015-yilda ma’lum qilgandi.

👇Yagona yo'l xarakati kanali
@yolbelgi
Taksistlar nega o‘zini o‘zi band qiluvchilar ro‘yxatiga kiritilmayapti?

▪️"Kirakash o‘zini o‘zi band qiluvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, aholining xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masala yuzaga keladi", - deb javob qaytardi savolga Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Fazliddin Umarov.

Unga ko‘ra, aholi tashish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga qo‘yiladigan talablarni har bir o‘zini o‘zi band qilgan kirakash ham bajarishi kerakligi uchun haydovchilar 67talik ro‘yxatdan chiqarib tashlangan. Hozir ishchi guruh holatga yechim izlayapti, lekin hali natija "qachon ro‘y berishi" noma’lum.

Eslatib o'tamiz, jismoniy shaxslarning taksichilik qilishiga ruxsat etilishi haqida 2017-, 2018- va 2019-yillarda ham aytilgan; bu masala 2020-yilgi davlat dasturiga kiritilgan edi. 2020-yil mayida prezident videoselektorida taksi haydovchilari daromad solig‘idan ozod etilishi e'lon qilingandi, ammo yakunda bu imtiyozni olgan o’nlab kasb egalari ro’yxatiga taksichilar kiritilmadi. Keyinroq prezident farmoni loyihasida aks etgan band u qabul qilinishida yana tushirib qoldirildi.

👇Yagona yo'l xarakati kanali
@yolbelgi
ТОШКЕНТДА ЙЎЛОВЧИЛАР ЭНГ КЎП ВА ЭНГ КАМ ФОЙДАЛАНГАН АВТОБУС ЙЎНАЛИШЛАРИ АНИҚЛАНДИ

“Тошшаҳартрансхизмат” бир ҳафталик кузатув натижаларини маълум қилди.

“Тошшаҳартрансхизмат” АЖ бир ҳафта давомида Тошкент шаҳрида автобуслардан фойдаланган йўловчилар сони ҳақида маълум қилди.
 
Жорий йил 14-21 декабрь ҳолатига кўра, жамоат транспорти (автобуслар) дан ҳафта мобайнида 128 та йўналиш бўйича жами 1 913 848 нафар йўловчига хизмат кўрсатилган.
 
Жумладан, энг кўп фойдаланилган йўналишлар:
 
– 131-сонли йўналиш - 61 684 та
– 24-сонли йўналиш - 36 977 та
– 147-сонли йўналиш - 36 681 та
 
Энг кам фойдаланилган йўналишлар:
 
– 185-сонли йўналиш - 332 та
– 79-сонли йўналиш - 726 та
– 113-сонли йўналиш - 1 300 та
 
Автобус русуми бўйича ташилган йўловчилар сони:
 
– Mercedes-Benz LF - 779 593 та
– Isuzu - 617 648 та
– Man - 356 808 та
– Saz LE 60 - 159 799 та👇

👇Yagona yo'l xarakati kanali
@yolbelgi
Metroning Sergeli yo‘nalishi 1 yanvargacha bepul bo‘ladi

Toshkent yerusti metrosining Sergeli yo‘nalishida yo‘lovchilar 1 yanvargacha metrodan tekinga foydalanishlari mumkin.

26 dekabr soat 16:00dan boshlab Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi xizmat ko‘rsata boshladi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmatining xabar berishicha, yo‘nalish ishga tushgandan boshlab 2021 yil 1 yanvar soat 8:00 ga qadar ushbu yo‘nalishda yangi ochilgan «Bekat-1», «Bekat-2», «Bekat-3», «Bekat-4», «Bekat-5» stansiyalarida harakatlanish bepul bo‘ladi.

Metroda bepul xizmat faqat yangi yo‘nalishdagi poyezdlarga chiqilganda mumkin bo‘ladi. Toshkent metropolitenining boshqa yo‘nalishlarida xizmat pullik bo‘ladi.

👇Yagona yo'l xarakati kanali
@yolbelgi
#Тезкор #Сюрприз

⚡️2021 йил 1 январдан ДРОНЛАР ёрдамида ҳуқуқбузарликлар аниқланади
(Хозирча Фарғонада)

Ушбу қурилмалар ёрдамида куну-тун патруллик ташкил этилиб, белгиланган тезликка, йўл чизиқларига, светафор ишораларига амал қилмаган, пиёдалар ўтиш жойларида пиёдаларга йўл бермаган ҳайдовчиларни ҳамда тиббий ниқобдан фойдаланмаган, жамоат тартибини бузган фуқароларнинг ҳуқуқбузарликлари аниқланади.

❗️Ҳаммага тарқатинг жарима тўлаб юришмасин 👇

👇Yagona yo'l xarakati kanali
@yolbelgi
BMW 2023-yilgacha o‘z mashinalarining 20 foizi elektromobillar bo'lishini ma'lum qildi

▪️2023-yilda har beshinchi BMW mashinasi elektr bilan harakatlanadi. Lekin ungacha quvvatlantiruvchi "zapravka"lar masalasi ham hal qilinishi kerak.

👇Yagona yo'l xarakati kanali
@yolbelgi
" Yo'lbelgi " канали учун 2020 йил қандай ўтди?

🔸 Каналимиз Республикадаги каналлар ичида 80-ўринни эгаллади

🔸 Каналимиз хабарларининг жами ўқилиши сони 961901 ташкил этди

🔸Энг кўп ўқилган хабар ( 30 247) фойдаланувчи томонидан кўрилди

🔸12 та канал биздан иқтибос олди

Barchaga qo'llab quvatlaganliklari uchun raxmat 😊

👇Yagona yo'l xarakati kanali
@yolbelgi
UzAuto Motors avgust–sentabr oylarida rejadagidan 562 mlrd so‘m kam daromad oldi. Kompaniyaning fikricha, bunga “zakaz-maqolalar” aybdor

▪️UzAuto Motors bayonotida aytilishicha, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda “maxsus buyurtma asosida bo'hton va asossiz xabarlar tarqatib borilayotgani” nafaqat milliy brend nufuziga, balki mamlakat investitsion jozibadorligiga ham salbiy ta'sir qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors yilning 9 oyida 582,6 milliard so‘mni byudjetga to‘lamagan. Bu mablag‘ har bir avtomobil narxidan 3 foiz hisoblanib, Respublika yo‘l fondiga o‘tkazilishi kerak edi.

Avvalroq ma’lum bo‘lgandiki, kompaniya Equinox avtomobilini 22,8 ming dollardan olib, 33,6 ming dollarga sotmoqda.

👇Yagona yo'l xarakati kanali
@yolbelgi
Toshkentda YPX inspektorlari yangi namunadagi xizmat kiyimlarini oldi

▪️Yangicha ko‘rinishli xizmat kiyimi sinovdan ijobiy o‘tsa, forma respublikaning barcha YPX inspektorlariga tarqatiladi.

👇Yagona yo'l xarakati kanali
@yolbelgi
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Мототранспорт ва велосипедда ҳаракатланишни тақиқловчи йўл белгиларини тегишли ҳаракат йўналишларида олиб ташлаш чоралари кўрилади

🔰 “Автомототранспорт воситаларини ёллаш ва ижарага бериш фаолиятини қўллаб-қувватлаш, электромобиллар ва мототранспортлардан фойдаланиш, шунингдек, велосипедда мамлакат бўйлаб ҳаракатланишни ривожлантиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Ҳукумат қарори (812-сон, 29.12.2020 й.) қабул қилинди.

Қарорга кўра, 2021 йил 10 январдан каршеринг ташкилотлари нотариал расмийлаштирмасдан ва ички ишлар органларида рўйхатдан ўтказмасдан йўловчилар автотранспорти ва мототранспорт воситаларини 30 кунгача муддатга қисқа муддатли ижарага бериш ҳуқуқига эга бўлади.

👉 Каршеринг ташкилотларининг автомототранспорт воситалари махсус таниқлик белгига эга бўлиши шарт.

👉 Автомототранспортларни қисқа муддатли ижарага бериш бўйича фаолият Иқтисодий фаолият турларининг умумдавлат таснифлагичига киритилади.

Шунингдек, автомототранспорт воситаларини каршеринг ташкилотларидан ижарага олган шахслар томонидан йўл ҳаракати қоидалари бузилганлиги тўғрисидаги маълумотларнинг мавжудлигини аниқлаш мақсадида мазкур ташкилотларга “Маъмурий амалиёт” автоматлаштирилган ахборот тизимига кириш имконияти берилади.

☑️ Бундан ташқари, бутун мамлакат бўйлаб ўрнатилган мототранспорт ва велосипедда ҳаракатланишни тақиқловчи йўл белгилари танқидий таҳлил қилиниб, тегишли ҳаракат йўналишларида уларни олиб ташлаш чоралари кўрилади.

☑️ Транспорт вазирлиги
мамлакатда велосипед транспорти, велоинфратузилма, велошеринг (байкшеринг) фаолиятини (ижарага бериш) ривожлантиришни режалаштириш бўйича ваколатли давлат органи этиб белгиланди.

Эслатиб ўтамиз, каршеринг жисмоний шахсларга, шу жумладан чет эл фуқароларига автомотранспорт воситаларини ижарага ва прокатга бериш бўйича хизматларни кўрсатиш фаолияти ҳисобланади.

👇Yagona yo'l xarakati kanali
@yolbelgi