Forwarded from Mutolaa
Ilovaga kirib, “Tanlov” bo‘limiga o‘tib, “Kimning tashvishi yo‘q” kitobi bo‘yicha testni ishlashingiz mumkin.
🎁 Tanlovda 1-2-3 o‘rinlarni egallagan g‘oliblar esa 1 yillik, 6 oylik va 3 oylik “Mutolaa Premium”lar bilan taqdirlanadilar.
Mutolaa ilovasini yuklab oling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🔥1
Bu havoda issiq kofe va kitob mutolaasi yaxshi ketadi.
Kim, qanday kitob o‘qiyapti?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
“Aqllimisan yoki ahmoq, kattamisan yoki kichik buni biror so'z aytmaganigcha bila olmaymiz”. (Sa’diy)
👍2👏2
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yangi darslik nashr qilindi. Mazkur darslik 70230104 - Adabiyotshunoslik( O’zbek adabiyoti), 70230104 - Adabiyotshunoslik (Adabiyot nazariyasi) magistratura talabalari uchun mo’ljallangan “Adabiyotshunoslik tarixi (O’zbek adabiyotshunosligi tarixi)”ning 1-qismi hisoblanadi.
Mazkur darslik muallifi Orzigul Hamroyevani yangi nashr bilan qutlaymiz.

#fikrdalar
Adabiyot borliqni ilmiy tafakkurdan farqli ravishda obrazlar orqali anglatib, insonning ichki olami, ruhiy kechinmalari va jamiyat hayotini badiiy yuksaklikda ifodalaydi. So‘z san’ati sifatida adabiyot barcha san’at turlarining imkoniyatlarini jamlab, hayotni nafaqat bayon qiladi, balki jonlantiradi va his ettiradi. Badiiy tasvir, xususan peyzaj, qahramon ruhiyati va g‘oyaviy mazmun bilan uyg‘unlashib, asarning estetik va ma’rifiy ta’sirini kuchaytiradi. Shu bois adabiyot inson, jamiyat va tabiatni qamrab olgan cheksiz olamni so‘z qudrati bilan qayta yaratib, o‘quvchi ongida chuqur va barqaror tasavvur hosil qiladi.
🚇📖 Agar bu fikr yo‘lda sizga hamroh bo‘lsa — kanalga obuna bo‘ling.

Telegram
Metrodagi yo'lovchi
Asqarov Dilmurod va yaqinlari o'zlarining o'qigan kitoblari haqida, adabiyot to'g'risida, so'z san'ati xususidagi qarashlarini sizlar bilan ulashishni istadi. @asqarov3 murojaat qilishingiz mumkin.
❤2
📚 “Qora yodgorlik” — urushdan keyingi sukut faryodi
Erix Maria Remarkning “Qora yodgorlik” romani — bu shunchaki tarixiy asar emas, balki urushdan keyingi inson ruhiyatining og‘riqli kundaligidir.
Asarda Birinchi jahon urushidan keyingi Germaniyadagi iqtisodiy inqiroz, ma’naviy bo‘shliq va yo‘qotilgan orzular tasvirlanadi. Bosh qahramon Lyudvig Bodmer qabrtosh sotuvchi firmada ishlaydi — ramziy ma’noda u o‘tgan orzular va yemirilgan qadriyatlar ustiga “yodgorlik” qo‘yadi.
Remark bu gal urushni jang maydonida emas, balki uning oqibatlari — ruhiy jarohatlar, umidsizlik va ichki iztiroblar orqali ko‘rsatadi.
Agar siz "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q" asarini o‘qigan bo‘lsangiz, “Qora yodgorlik”ni uning ruhiy davomidek his qilasiz: u yerda urush dahshati, bu yerda esa urushdan keyingi bo‘shliq…
✨ Bu roman — hayot ma’nosi, muhabbat va insoniylikni saqlab qolish haqidagi chuqur falsafiy asar.
O‘qiganmisiz? Fikringiz qanday?

“Yoshlar ishlari agentligi kubogi” kitob oʻqish marafoni boshlanishiga 10 soat qoldi va allaqachon 5000 dan ziyod kitobxonlar roʻyxatdan oʻtishga ulgurdilar!
Marra’da bitta kitobni 11 kun davomida mutolaa qilib, jami 10.000.000 so’m pul mukofotlari va 100 ta 1 yillik “Mutolaa Premium” egalaridan biriga aylanishingiz mumkin!
https://mutolaa.com/davra/post/190476
Mutolaa ilovasini yuklab oling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 Uch og‘a-ini — yurakni larzaga soladigan roman...
Erix Mariya Remarkning Uch og‘a-ini asari — bu shunchaki uch do‘st haqida hikoya emas. Bu urushdan keyingi avlodning yo‘qotilgan yoshliklari, singan orzulari va so‘nmagan umidlari haqida bitilgan iztirobli qissa.
Robert, Otto va Gottfrid — hayotning eng og‘ir sinovlaridan o‘tgan uch yurak. Ularni na qashshoqlik, na zamon notinchligi ajrata oladi. Chunki ular uchun do‘stlik — tirik qolishning o‘zi.
Robert va Patrisiya o‘rtasidagi muhabbat esa asarga nozik, ammo fojeaviy ohang beradi. Ba’zan sevgi — najot, ba’zan esa eng og‘riqli sinov…
💬 O‘lishni istaguninggacha yashab o‘tgandan ko‘ra, yashashni istagan paytingda ko‘z yumganing yaxshiroq.
Hech bir kimsa sen avval sevgan insoning kabi begonaroq bo‘la olmaydi.
Nima sababdan hozirgi yoshlar juda g‘alati? Tarixdan nafratlanasiz, bugunni mensimaysiz, kelajakka esa befarqsiz. Bu oxir-oqibat yaxshilikka olib kelmaydi.
Agar sevgiling bilan umrbod ajralishsang, u haqida chinakamiga qiziqa boshlaysan. Sevgining parodokslaridan biri.
Baxt nimaligini faqatgina baxtsiz biladi. Baxtli inson xuddi maniken kabi hayot quvonchlari qurshovida bo‘ladi: u faqatgina bu quvonchlarni namoyish etadi xolos. Lekin bu quvonchlar unga berilmagan. Chiroqlar yorug‘likda nur taratmaydi, u faqat yorug‘likda ziyo sochadi.
Baxt haqida besh daqiqa so‘zlash mumkin, undan ortiq emas. Sen o‘zingni baxtliligingdan ortiq hech nima deya olmaysan. Baxtsizlik haqida esa insonlar tongdan kun botgunga qadar so‘zlab berishlari mumkin.
Ahmoq bo‘lib tug‘ilish sharmandalik emas. Biroq ahmoq bo‘lib o‘lish uyatdir.
Inson o‘z aqlini ko‘z-ko‘z etayotganini ko‘rishdanda zerikarliroq tomosha yo‘q. Ayniqsa, zarracha ham aql yo‘q bo‘lsa.
Inson qanchalik ibtidoiylashgan bo‘lsa, o‘zi haqidagi fikri ham shuncha osmonda bo‘ladi.
Ayol — sizga metall buyum emas. U — bir gul kabi. U jiddiy munosabatni istaydi. Unga quyosh kabi qizdiruvchi shirin so‘zlar kerak. Yaxshisi unga har kuni qandaydir yoqimli so‘z ayting.
Tavba qilish — dunyodagi eng foydasiz narsa. Hech nimani ortga qaytara olmaysan. Hech nimani to‘g‘rilay olmaysan. Aks holda barchamiz aybsiz avliyolarga aylangan bo‘lar edik. Hayot bizlarni mukammalga aylantirish uchun berilmagan. Kimki mukammal bo‘lsa, uning joyi muzeyda.
Bu asar sizni sukutga cho‘mdiradi. O‘qib bo‘lgach, uzoq vaqt o‘ylantiradi… 🤍

❤1
Bayram yaqin kim sovg'a olishni xohlaydi?
Tanlov qilaylikmi? Nima deysizlar?
Tanlov qilaylikmi? Nima deysizlar?
Dadaxon Muhammadiyevning “Akademnashr” nashriyotida chop etilgan “Kechikkan yoʻlovchi” kitobida ma’lum bir sanalarga, voqealarga bagʻishlangan she’rlar kam uchraydi. Shoir faqat oʻzi bilgan, ishtirok etgan voqealarga ishoralar qiladi, oʻsha jarayondagi kechinmalarni tasvirlaydi va bu tasvirning oʻziyoq oʻquvchiga lirik kayfiyatni yuqtira oladi.
Sen maktublar yozasan har kech,
O‘qimayman ularni ammo.
Men termayman raqamingni hech,
Kelishingni kutaman hamon. (16-bet)
Bu kayfiyat ketish va qolish orasida ikkilanib turgan, izhorga lab juftlagan-u, aytishga istihola qilib turgan lirik qahramonning kayfiyatidir.
Maylimi ketmasam,
Maylimi qolsam.
Korsam bu zamonning bebosh zaylini?
Sizga keng, menga tor kelgan dunyoning,
Bir chetida yashab qolsam maylimi? (19-bet)
Yoki:
Ketish taraddudi bariga qodir,
Uning bu yerlardan ketgisi bordir.
…
Qolsa toqat yoqdir, yursa, yol qahat,
Ketish taradudi tinch qoymas faqat. (69-bet)
Aytish lozimki, “Kechikkan yoʻlovchi” toʻplamining boshlanmasidan xotimasiga qadar bu kayfiyat saqlangan. Bunday holat boshqa ijodkorlarda uchrashi qiyin. Shoirning hech kimnikiga oʻxshamagan kayfiyati bor va bu kayfiyat she’rdan she’rga sayqallanib boradi.
Shoir she’rlarida yoʻl va poyezd motivlari alohida ajralib turadi. Lirik qahramon doim taraddudda: goh yoʻl boshida turibdi, goh ketib boʻlgan poyezd ortidan qarab qolgan, goh poyezdda keta turib, xayoli vokzalda qolib ketgan... bu motivlardan lirik kayfiyatni tasvirlashda unumli foydalanadi.
Poyezdda haliyam bitta o‘rin bo‘sh, (30-bet)
***
Poyezdlar ketyapti orqaga, (35-bet)
***
Umid eng oxirda so‘ndi yo‘l qarab. (36-bet)
***
Qaytar yo‘ling yo‘l emas. (64-bet)
Shoir oʻzi istagan kayfiyatni tasvirlash uchun yoʻlovchi — lirik qahramonni poyezdlardan atay “kechiktiradi”. Bu “gʻalatilik” she’rda oʻta tabiiy tuyuladi.
Axir kuzatgani kelsangchi tezroq,
Poyezd bizni kutib turmaydi axir. (78-bet)
***
Poyezd ketib bo‘ldi. Endi qaytamiz.
Kechikkan yo‘lovchi ne kechar holing? (85-bet)
***
Ba’zi o‘rinlarda yangi topilmalar qilganligi ham ko‘zga tashlanadi.
Osmon birdan qarsillab sinar, (47-bet)
***
Soyaning ko‘ngli yarim. (59-bet)
***
Yelvizakda uchadi dardlar. (68-bet)
***
O‘rtada ishq – o‘gay singlimiz… (76-bet)
***
Bechora temirlar qayerdan bilsin. (78-bet)
***
Osmon ko‘z yoshlarin sidirib oldi. (88-bet)
***
Ko‘lmakda shalvirab yotgan barg bo‘lib. (88-bet)
***
Dadaxon Muhammadiyev — ayni bir lirik kayfiyat ustida badiiy izlanishlar qilayotgan, uni tobora sayqallab borayotgan shoir. Uning muttasil taradduddagi lirik qahramoni oʻquvchiga nimani anglatmoqchi? “Kechikkan yoʻlovchi” bizga shu haqda soʻzlaydi.
😎 Metrodagi yo‘lovchi

👍1
Forwarded from Kun.uz | Расмий канал
Андижонлик қиз келинлик уйига 800 та китобдан иборат сеп билан борди
Қашқадарё вилояти Кўкдала туманига Андижондан келин бўлиб тушган Насибахон Иброҳимованинг сепи ижтимоий тармоқларда олқишларга сазовор бўлмоқда. У келинлик уйига 800 та китоб билан борган.
Турмуш ўртоғи Миржалол Маҳмарайимовнинг Kun.uz'га айтишича, бўлажак рафиқаси билан бир неча йил биргаликда китоб йиғишган, тўйдан кейин эса жуфтликнинг қўшма кутубхонасидаги китоблар сони 1,5 мингтага етган.
👉 https://kun.uz/kr/70126027
Kun.uz расмий канали

👍6
Kun.uz | Расмий канал
Андижонлик қиз келинлик уйига 800 та китобдан иборат сеп билан борди Қашқадарё вилояти Кўкдала туманига Андижондан келин бўлиб тушган Насибахон Иброҳимованинг сепи ижтимоий тармоқларда олқишларга сазовор бўлмоқда. У келинлик уйига 800 та китоб билан борган.…
Bu ikki yoshni ancha oldin shu kanaldagi tanlovlarda kitobni pochta orqali yuborishda va o'zlari asos solgan kitob savdosi kanali sabab tanigandim. Har ikkisi ham kitobxon, samimiy yoshlar. Qachon ko'rishsak, rejalari bir olam, hali u narsaning rejasi, hali bu. Ikkisi ham bir-biriga munosib yoshlar. Kelajakda farzandlarini ham shunday kitobxon qilib tarbiya qilishsin
❤🔥1🔥1
📢 Тескари ҳақиқатлар
1. Қалбингда пулга муҳаббат пасайгани сари — пул сенга кўпроқ муҳаббат қўйишни бошлайди.
2. Илминг ошгани сари — оғриғинг ҳам каттариб боради.
3. Шариат қонун-қоидаларини ўрганганинг сари — ҳаётинг оғирлашмайди, аксинча, енгиллашиб бораверади.
4. Ўзингни камтар тутганинг сари — ҳайбатинг ошиб бораверади.
5. Аллоҳдан қўрққанинг сари — унга яқинлашиб кетаверасан.
6. Эҳсон қилганинг сари — пулинг кўпаяди.
7. Илмингни улашганинг сари — илминг ортади.
8. Ўз айбларингни тан олганинг сари — ўзингга бўлган ишонч ортиб бораверади.
9. Жангга тайёрланганинг сари — тинч яшашни бошлайсан.
10. Ўзингда иҳлосни кўрганинг сари — мунофиқлашасан.
11. Одамларга ёқмоқчи бўлганинг сари — улар олдида ҳайбатинг тушади.
12. «Йўқ» дейишни кўпайтирганинг сари — сенга таклифлар ортади.
13. Осон ҳаёт истаганинг сари — қийинчиликка тушасан.
Сен қандай тескари ҳақиқатларни биласан? Ёзиб қолдир, менга фикринг жуда қизиқ!
©Ustoz_kundaligi

👍3
#Yanginashr
Tirana. Yakin kelajak. Shaharni “Nizom" - mutlaq, mantiq va hisob-kitobga asoslangan Oliy Sun’iy ong boshqarmoqda. Bu yerda jinoyat, korrupsiya, baxtsizlik yo'q. Chunki insoniy hissiyotlar — qo'rquv, sevgi, nafrat - "xatolik" sifatida jamiyatdan supurib tashlangan.
Ammo bir kuni Diala “ Nizom“ning ovozli interfeysi tizimda kutilmagan “virus"ni payqab qoladi. Bu virus tarmoqdan tashqarida yashovchi yolgiz yigit -- Ardiandan kelayotgandi. Uning ismi
"ichki shovqin", uning quroli esa -- oddiy so'zlar edi.
Diala bu “xato”ni uchirish o'rniga, uni... tinglashni boshlaydi. Va hissiz mashina ilk bor daxshatli haqiqatni anglaydi: ”His qilish - anglashning og'rig'idir".

Forwarded from Bank va ma’rifat – 365
#bilarmidingiz
Jeyn Ostin va £10 voqeasi
✍️ 2017-yilda Angliya banki buyuk adiba Jeyn Ostin vafotining 200 yilligiga bagʻishlab yangi 10 funt sterlinglik banknotani muomalaga chiqardi.
🖼 Unda yozuvchi tasviri hamda “Andisha va gʻurur” asaridan quyidagi iqtibos aks etgandi:
📎 Bir qarashda hammasi joyida. Ammo pul muomalaga chiqishi bilan adabiyotshunoslar va kitobxonlar Angliya bankini tanqid qila boshlashadi.
🔅 Ba’zilar hatto “xuddi Gitlerning tinchlik haqidagi gapini yozganga oʻxshabdi” deya munosabat bildirishadi.
📑 Gap shundaki, mazkur iqtibos asarda ijobiy qahramon emas, Karolayn nomli munofiq ayol tilidan aytilgan. U aslida mutolaani xushlamas, janob Darsiga yoqish uchungina shunday soʻzlarni aytgandi.
🎤 Siz nima deb oʻylaysiz, asarda bu gapni kim aytgani muhimmi yoki uning kontekstdan tashqaridagi ma’nosimi?
Jeyn Ostin va £10 voqeasi
“Aminmanki, mutolaadan zavqliroq mashgʻulot yoʻq!”
@bankvamarifat — birgalikda yaxshiroq
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1🔥1
📚 Bolalik sarguzashtlari va erkinlik ruhi
Tom Soyerning sarguzashtlari — jahon bolalar adabiyotining eng mashhur asarlaridan biri hisoblanadi. Asarda sho‘x, qiziquvchan va sarguzashtni sevuvchi bola — Tom Soyer ning hayoti tasvirlanadi.
Tom oddiy qishloqda yashaydi, ammo uning tasavvur dunyosi juda keng. U do‘sti Halkberri Finn bilan turli sarguzashtlarni boshdan kechiradi: qabristondagi sirli voqealar, g‘orda adashib qolish, xazina izlash kabi hodisalar asarga katta qiziqish bag‘ishlaydi.
Asarning asosiy g‘oyasi — bolalik erkinligi, tasavvur kuchi va shaxsning ma’naviy o‘sishidir. Dastlab Tom sho‘x va mas’uliyatsiz boladek ko‘rinsa-da, voqealar davomida u jasorat, do‘stlik va adolatning qadrini anglay boshlaydi. Ayniqsa, qabristondagi voqea orqali Tomning vijdoni va adolat tuyg‘usi namoyon bo‘ladi.
Mark Tven ushbu asar orqali bolalik dunyosini nihoyatda tabiiy va samimiy tasvirlaydi. Tomning sarguzashtlari orqali bolalar hayotni o‘rganishi, qo‘rquvni yengishi va to‘g‘ri qaror qabul qilishni anglash jarayoni ko‘rsatiladi.
✨ Xulosa:
Bu asar faqat qiziqarli sarguzashtlar haqida emas. U bolalikning erkin ruhi, do‘stlik, jasorat va haqiqat uchun kurash kabi muhim qadriyatlarni ham yoritadi. Shu sababli “Tom Soyerning sarguzashtlari” bugungi kunda ham o‘quvchilar tomonidan sevib o‘qiladigan asarlardan biridir.
Asarda o'z bolaligingizni, iliq xotiralarni uchratasiz. Yoqimli mutolaa tilayman.
Asarni Asaxiybooksdan sotib olishingiz yoki mutolaa ilovasidan o‘qishingiz mumkin.
😎 Bizni telegramda kuzatib boring. Metrodagi yo'lovchi

Forwarded from Bahodir Mahmud
💪 Agar loyihamiz boshlanganda biz bilan kitob o'qishni odatga aylantirganingizda edi, hozir allaqachon 14 ta kitobni "boshini yegan" bo'lar edingiz. ) Muhokamalardagi xulosalar va fikrlarni go'zalligini aytmay qo'yaqolay!
Hali ham kech emas...
Hali ham kech emas...
Forwarded from Bahodir Mahmud
Bahodir Mahmud
💪 Agar loyihamiz boshlanganda biz bilan kitob o'qishni odatga aylantirganingizda edi, hozir allaqachon 14 ta kitobni "boshini yegan" bo'lar edingiz. ) Muhokamalardagi xulosalar va fikrlarni go'zalligini aytmay qo'yaqolay! Hali ham kech emas...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Videoda kitobxonlik klubimiz a'zosi Umidjonning havaskorona ishlangan "ijodi"ga guvoh boʻlishingiz mumkin.
Muhit va zavq masalasi alohida.🔥
Muhit va zavq masalasi alohida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM