https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/14/bobur/
Men 10 ta savoldan 10 tasiga to‘g‘ri javobni topdim.
Jondin sizni koʻp sevarmiz, ey umri aziz. Sondin sizni koʻp sevarmiz, ey umri aziz!👏🏻
Siz ham "Test: Zahiriddin Muhammad Boburning asarlarini qanchalik yaxshi bilasiz?" testini yechib ko‘ring — ko‘ramiz, nechta savolga to‘g‘ri javob topa olarkinsiz?

Газета.uz
Test: Bu she’rni Zahiriddin Muhammad Bobur yozganmi yo boshqa shoir?
“Boburnoma”, “Muxtasar” va “Mubayyin” asarlari muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 14-fevralda 543 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta shoh va shoirning asarlari asosida test tayyorladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Akademik halollikni oʻzingizga qonun sifatida qabul qilib oling” – Qoʻngʻirotboy Sharipov
“Kelajak soati” loyihasining navbatdagi mehmoni – oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov. Vazir talabalarga murojaat qildi va akademik halollik nima ekanligi, ilmiy ish yozishda uning qoidalariga amal qilish lozimligiga toʻxtaldi.
Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.
Eslatma: Videokontent OTM talabalari uchun tayyorlandi.
Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Youtube | Facebook

❤1
Metrodagi yo'lovchi
Bugun bizda yangi kitob mutolaasi. 📖 kitob Akademnashrdan "akadem-nasr" seriyadida nashr qilingan. Qahramonlar noma'lum joyga tushib qolgan. Hozircha bu yerga nima sababdan, qanday tushib qolganini bilmayman. Bolalar kattalarsiz jamiyatda o'z holicha…
Esingizda bo‘lsa shu kitobni o'qiyapman. Biroz sog'liq bilan muammolar borligi uchun tugashi kechikdi.
Asarda hali ham bolalar qayerga ketayotganligi haqida gap yo'q. Yosh bolalar va o'smirlar ajrab qolyapti. Bolalar bolalarcha o‘yinqaroqlik bilan andarmon.
Merridev ovga tayyorlanyapti. Kuzatamiz u eplay olarmikan

🔥2
Metrodagi yo'lovchi
Bugun bizda yangi kitob mutolaasi. 📖 kitob Akademnashrdan "akadem-nasr" seriyadida nashr qilingan. Qahramonlar noma'lum joyga tushib qolgan. Hozircha bu yerga nima sababdan, qanday tushib qolganini bilmayman. Bolalar kattalarsiz jamiyatda o'z holicha…
Asar yakunlandi.
Bizni Piggi halok bo'ldi. U damqisma kasali, tuturuqsiz harakatlari bilan ba'zan mening ham jahlimni chiqarardi. Uning o'limini istamagandim.
Jak Merridev bu sinovni kattalarsiz erkinlik va o'yin deb o'yladi. Yovvoyi jamiyat quraman deb hamma narsani barbod qildi. U ov qila oldi, tong'izni ovladi. Shu bilan men hukmron bo'lishim kerak dedi. Yovvoyi jamiyat ham tuzdi. Bolalar ikkiga ajrab qoldi.
Ralf yaxshi yetakchi bo'lishga harakat qildi. Lekin unda ham kamchiliklar bor edi.
Orolga tushib qolgan bolalar, ular juda kichik edi. Ba'zan tuni bilan yig'lab ham chiqadigani bor edi. Ralf ularni ham o'ylaydi. Jak esa kichik bolalarni tan olgisi kelmasdi.
Ikki bolaning, Saymon va Piggining o'limiga Jak hamda uning ahmoqona yovvoyi siyosati sabab bo'ldi.
Yana bir gap juda yoqdi. Jak va uning tarafdorlari yuzlarini bo'yab olgandi. Ralf mana shu niqob yovvoyilarga hijolat va achinish hissini yashirish, yovvoyilik uchun imkon berishi mazmunida gapirgandi.
Zobitning gaplari juda ta'sirli chiqdi.
- Ochig'i, bir guruh britaniyalik bolalardan... - hammangiz britaniyliksiz, shunday emasmi - bunday uquvsizlik kutmagandim, - dedi.

😢2
Ha aytgancha, bu asar yakunlangan. Asar yozilishi kerakmidi yoki yo‘q bu boshqa masala.
Romanda Otabek, Yodgorbek, Ozodbek va Odilbek singari uch avlod taqdiri misolida yurtimizning qorong‘u kechasi ochib berishga harakat qilingan.
Yodgorbekning "Najot" maktabining nomida ham jadidlarning ta‘limdan najot qidirgani oydinlashadi
Germaniyaga yuborilgan talabalar haqida ham gap boradi. Qizig'i 70 nafar talabadan tashqari Ozodbek tomonidan yuborilgan yana bir talaba ham borligi menga yangilik bo'ldi

📚 “Ko‘rlik” — insoniyatning ichki qiyofasi haqida og‘riqli roman
Portugaliyalik adib Jose Saramagoning “Ko‘rlik” (Ensaio sobre a Cegueira) asari insoniyatning ma’naviy holatini ochib beruvchi kuchli falsafiy romandir. Muallif 1998-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel Prize bilan taqdirlangan.
Asarda noma’lum shaharda to‘satdan “oq ko‘rlik” epidemiyasi boshlanadi. Odamlar birin-ketin ko‘r bo‘lib qoladi. Hukumat kasallanganlarni izolyatsiya qiladi, ammo tartib-intizom tez orada yemiriladi. Jamiyatda vahima, zo‘ravonlik, ochko‘zlik va axloqiy tanazzul kuchayadi.
Roman markazida — ko‘r bo‘lmagan yagona ayol obrazi turadi. U boshqalarga yo‘l ko‘rsatadi, insoniylikni saqlab qolishga harakat qiladi. Shu obraz orqali muallif umid va vijdon ramzini yaratadi.
🔎 Asarning g‘oyasi
Saramago ko‘rlikni jismoniy emas, balki ma’naviy hodisa sifatida talqin qiladi. Odamlar ko‘rib turib ham:
boshqalarning dardini ko‘rmaydi,
adolatsizlikni sezmaydi,
insoniylikni qadrlamaydi.
Asar shuni ko‘rsatadiki, sivilizatsiya juda mo‘rt — sharoit o‘zgarsa, inson ichidagi yashirin instinktlar yuzaga chiqadi.
💭 Asarning dolzarbligi
Bugungi kunda ham “Ko‘rlik” o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. U bizni quyidagi savollar ustida o‘ylashga undaydi:
Haqiqiy ko‘rlik nima?
Inson qachon ma’naviy ko‘r bo‘ladi?
Qiyin vaziyatda biz insoniyligimizni saqlab qola olamizmi?
Roman asosida 2008-yilda Blindness filmi ham suratga olingan.
📌 “Ko‘rlik” — bu oddiy epidemiya haqidagi hikoya emas, balki inson qalbining sinovi haqida yozilgan asardir.
🚇📖 Agar bu fikr yo‘lda sizga hamroh bo‘lsa — kanalga obuna bo‘ling.

👍1👏1🌚1
Forwarded from Mutolaa
Ilovaga kirib, “Tanlov” bo‘limiga o‘tib, “Kimning tashvishi yo‘q” kitobi bo‘yicha testni ishlashingiz mumkin.
🎁 Tanlovda 1-2-3 o‘rinlarni egallagan g‘oliblar esa 1 yillik, 6 oylik va 3 oylik “Mutolaa Premium”lar bilan taqdirlanadilar.
Mutolaa ilovasini yuklab oling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🔥1
Bu havoda issiq kofe va kitob mutolaasi yaxshi ketadi.
Kim, qanday kitob o‘qiyapti?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
“Aqllimisan yoki ahmoq, kattamisan yoki kichik buni biror so'z aytmaganigcha bila olmaymiz”. (Sa’diy)
👍2👏2
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yangi darslik nashr qilindi. Mazkur darslik 70230104 - Adabiyotshunoslik( O’zbek adabiyoti), 70230104 - Adabiyotshunoslik (Adabiyot nazariyasi) magistratura talabalari uchun mo’ljallangan “Adabiyotshunoslik tarixi (O’zbek adabiyotshunosligi tarixi)”ning 1-qismi hisoblanadi.
Mazkur darslik muallifi Orzigul Hamroyevani yangi nashr bilan qutlaymiz.

#fikrdalar
Adabiyot borliqni ilmiy tafakkurdan farqli ravishda obrazlar orqali anglatib, insonning ichki olami, ruhiy kechinmalari va jamiyat hayotini badiiy yuksaklikda ifodalaydi. So‘z san’ati sifatida adabiyot barcha san’at turlarining imkoniyatlarini jamlab, hayotni nafaqat bayon qiladi, balki jonlantiradi va his ettiradi. Badiiy tasvir, xususan peyzaj, qahramon ruhiyati va g‘oyaviy mazmun bilan uyg‘unlashib, asarning estetik va ma’rifiy ta’sirini kuchaytiradi. Shu bois adabiyot inson, jamiyat va tabiatni qamrab olgan cheksiz olamni so‘z qudrati bilan qayta yaratib, o‘quvchi ongida chuqur va barqaror tasavvur hosil qiladi.

Telegram
Metrodagi yo'lovchi
Asqarov Dilmurod va yaqinlari o'zlarining o'qigan kitoblari haqida, adabiyot to'g'risida, so'z san'ati xususidagi qarashlarini sizlar bilan ulashishni istadi. @asqarov3 murojaat qilishingiz mumkin.
❤2
📚 “Qora yodgorlik” — urushdan keyingi sukut faryodi
Erix Maria Remarkning “Qora yodgorlik” romani — bu shunchaki tarixiy asar emas, balki urushdan keyingi inson ruhiyatining og‘riqli kundaligidir.
Asarda Birinchi jahon urushidan keyingi Germaniyadagi iqtisodiy inqiroz, ma’naviy bo‘shliq va yo‘qotilgan orzular tasvirlanadi. Bosh qahramon Lyudvig Bodmer qabrtosh sotuvchi firmada ishlaydi — ramziy ma’noda u o‘tgan orzular va yemirilgan qadriyatlar ustiga “yodgorlik” qo‘yadi.
Remark bu gal urushni jang maydonida emas, balki uning oqibatlari — ruhiy jarohatlar, umidsizlik va ichki iztiroblar orqali ko‘rsatadi.
Agar siz "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q" asarini o‘qigan bo‘lsangiz, “Qora yodgorlik”ni uning ruhiy davomidek his qilasiz: u yerda urush dahshati, bu yerda esa urushdan keyingi bo‘shliq…
✨ Bu roman — hayot ma’nosi, muhabbat va insoniylikni saqlab qolish haqidagi chuqur falsafiy asar.
O‘qiganmisiz? Fikringiz qanday?

“Yoshlar ishlari agentligi kubogi” kitob oʻqish marafoni boshlanishiga 10 soat qoldi va allaqachon 5000 dan ziyod kitobxonlar roʻyxatdan oʻtishga ulgurdilar!
Marra’da bitta kitobni 11 kun davomida mutolaa qilib, jami 10.000.000 so’m pul mukofotlari va 100 ta 1 yillik “Mutolaa Premium” egalaridan biriga aylanishingiz mumkin!
https://mutolaa.com/davra/post/190476
Mutolaa ilovasini yuklab oling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 Uch og‘a-ini — yurakni larzaga soladigan roman...
Erix Mariya Remarkning Uch og‘a-ini asari — bu shunchaki uch do‘st haqida hikoya emas. Bu urushdan keyingi avlodning yo‘qotilgan yoshliklari, singan orzulari va so‘nmagan umidlari haqida bitilgan iztirobli qissa.
Robert, Otto va Gottfrid — hayotning eng og‘ir sinovlaridan o‘tgan uch yurak. Ularni na qashshoqlik, na zamon notinchligi ajrata oladi. Chunki ular uchun do‘stlik — tirik qolishning o‘zi.
Robert va Patrisiya o‘rtasidagi muhabbat esa asarga nozik, ammo fojeaviy ohang beradi. Ba’zan sevgi — najot, ba’zan esa eng og‘riqli sinov…
💬 O‘lishni istaguninggacha yashab o‘tgandan ko‘ra, yashashni istagan paytingda ko‘z yumganing yaxshiroq.
Hech bir kimsa sen avval sevgan insoning kabi begonaroq bo‘la olmaydi.
Nima sababdan hozirgi yoshlar juda g‘alati? Tarixdan nafratlanasiz, bugunni mensimaysiz, kelajakka esa befarqsiz. Bu oxir-oqibat yaxshilikka olib kelmaydi.
Agar sevgiling bilan umrbod ajralishsang, u haqida chinakamiga qiziqa boshlaysan. Sevgining parodokslaridan biri.
Baxt nimaligini faqatgina baxtsiz biladi. Baxtli inson xuddi maniken kabi hayot quvonchlari qurshovida bo‘ladi: u faqatgina bu quvonchlarni namoyish etadi xolos. Lekin bu quvonchlar unga berilmagan. Chiroqlar yorug‘likda nur taratmaydi, u faqat yorug‘likda ziyo sochadi.
Baxt haqida besh daqiqa so‘zlash mumkin, undan ortiq emas. Sen o‘zingni baxtliligingdan ortiq hech nima deya olmaysan. Baxtsizlik haqida esa insonlar tongdan kun botgunga qadar so‘zlab berishlari mumkin.
Ahmoq bo‘lib tug‘ilish sharmandalik emas. Biroq ahmoq bo‘lib o‘lish uyatdir.
Inson o‘z aqlini ko‘z-ko‘z etayotganini ko‘rishdanda zerikarliroq tomosha yo‘q. Ayniqsa, zarracha ham aql yo‘q bo‘lsa.
Inson qanchalik ibtidoiylashgan bo‘lsa, o‘zi haqidagi fikri ham shuncha osmonda bo‘ladi.
Ayol — sizga metall buyum emas. U — bir gul kabi. U jiddiy munosabatni istaydi. Unga quyosh kabi qizdiruvchi shirin so‘zlar kerak. Yaxshisi unga har kuni qandaydir yoqimli so‘z ayting.
Tavba qilish — dunyodagi eng foydasiz narsa. Hech nimani ortga qaytara olmaysan. Hech nimani to‘g‘rilay olmaysan. Aks holda barchamiz aybsiz avliyolarga aylangan bo‘lar edik. Hayot bizlarni mukammalga aylantirish uchun berilmagan. Kimki mukammal bo‘lsa, uning joyi muzeyda.
Bu asar sizni sukutga cho‘mdiradi. O‘qib bo‘lgach, uzoq vaqt o‘ylantiradi… 🤍

Bayram yaqin kim sovg'a olishni xohlaydi?
Tanlov qilaylikmi? Nima deysizlar?
Tanlov qilaylikmi? Nima deysizlar?
Dadaxon Muhammadiyevning “Akademnashr” nashriyotida chop etilgan “Kechikkan yoʻlovchi” kitobida ma’lum bir sanalarga, voqealarga bagʻishlangan she’rlar kam uchraydi. Shoir faqat oʻzi bilgan, ishtirok etgan voqealarga ishoralar qiladi, oʻsha jarayondagi kechinmalarni tasvirlaydi va bu tasvirning oʻziyoq oʻquvchiga lirik kayfiyatni yuqtira oladi.
Sen maktublar yozasan har kech,
O‘qimayman ularni ammo.
Men termayman raqamingni hech,
Kelishingni kutaman hamon. (16-bet)
Bu kayfiyat ketish va qolish orasida ikkilanib turgan, izhorga lab juftlagan-u, aytishga istihola qilib turgan lirik qahramonning kayfiyatidir.
Maylimi ketmasam,
Maylimi qolsam.
Korsam bu zamonning bebosh zaylini?
Sizga keng, menga tor kelgan dunyoning,
Bir chetida yashab qolsam maylimi? (19-bet)
Yoki:
Ketish taraddudi bariga qodir,
Uning bu yerlardan ketgisi bordir.
…
Qolsa toqat yoqdir, yursa, yol qahat,
Ketish taradudi tinch qoymas faqat. (69-bet)
Aytish lozimki, “Kechikkan yoʻlovchi” toʻplamining boshlanmasidan xotimasiga qadar bu kayfiyat saqlangan. Bunday holat boshqa ijodkorlarda uchrashi qiyin. Shoirning hech kimnikiga oʻxshamagan kayfiyati bor va bu kayfiyat she’rdan she’rga sayqallanib boradi.
Shoir she’rlarida yoʻl va poyezd motivlari alohida ajralib turadi. Lirik qahramon doim taraddudda: goh yoʻl boshida turibdi, goh ketib boʻlgan poyezd ortidan qarab qolgan, goh poyezdda keta turib, xayoli vokzalda qolib ketgan... bu motivlardan lirik kayfiyatni tasvirlashda unumli foydalanadi.
Poyezdda haliyam bitta o‘rin bo‘sh, (30-bet)
***
Poyezdlar ketyapti orqaga, (35-bet)
***
Umid eng oxirda so‘ndi yo‘l qarab. (36-bet)
***
Qaytar yo‘ling yo‘l emas. (64-bet)
Shoir oʻzi istagan kayfiyatni tasvirlash uchun yoʻlovchi — lirik qahramonni poyezdlardan atay “kechiktiradi”. Bu “gʻalatilik” she’rda oʻta tabiiy tuyuladi.
Axir kuzatgani kelsangchi tezroq,
Poyezd bizni kutib turmaydi axir. (78-bet)
***
Poyezd ketib bo‘ldi. Endi qaytamiz.
Kechikkan yo‘lovchi ne kechar holing? (85-bet)
***
Ba’zi o‘rinlarda yangi topilmalar qilganligi ham ko‘zga tashlanadi.
Osmon birdan qarsillab sinar, (47-bet)
***
Soyaning ko‘ngli yarim. (59-bet)
***
Yelvizakda uchadi dardlar. (68-bet)
***
O‘rtada ishq – o‘gay singlimiz… (76-bet)
***
Bechora temirlar qayerdan bilsin. (78-bet)
***
Osmon ko‘z yoshlarin sidirib oldi. (88-bet)
***
Ko‘lmakda shalvirab yotgan barg bo‘lib. (88-bet)
***
Dadaxon Muhammadiyev — ayni bir lirik kayfiyat ustida badiiy izlanishlar qilayotgan, uni tobora sayqallab borayotgan shoir. Uning muttasil taradduddagi lirik qahramoni oʻquvchiga nimani anglatmoqchi? “Kechikkan yoʻlovchi” bizga shu haqda soʻzlaydi.
😎 Metrodagi yo‘lovchi

👍1