Metrodagi yo'lovchi
1.32K subscribers
393 photos
86 videos
3 files
325 links
Asqarov Dilmurod va yaqinlari o'zlarining o'qigan kitoblari haqida, adabiyot to'g'risida, so'z san'ati xususidagi qarashlarini sizlar bilan ulashishni istadi. @asqarov3 murojaat qilishingiz mumkin.
Download Telegram
#7
Hayotning dag'al muomalasidan begona, faqat uning chuchuk so'zlarinigina tinglab kelgan yigit.
Anonymous Quiz
44%
Otabek
16%
Sodiq
16%
Sharif
24%
Sayfi
8
Sariq tanlik, ukkining ko'zidek chaqchayib o‘ynab yonib turg'an qizil ko'zlik, yuzida parchinlangandek yuza burunlik, manglayi qancha tashqariga o'sib chiqqan bo'lsa, yuzi o'shancha ichkariga ketgan, qisqasi vaqtsizroq yaratilib qolg'an bir maxluq edi.
Anonymous Quiz
28%
Sodiq
12%
Safarali
48%
Homid
12%
Sayfi
#9
Bo‘zaxonada mashshoqlar Otabek uchun waysi kuyni schalishadi?
Anonymous Quiz
67%
Haydalish
15%
Navo
7%
Omon-omon
11%
Ketarman
#10
Go'yo ustidan bir chelak qaynag'an suv ag'darg'an edilar-da, butun terisi oyog'iga sidirilib tushkan edi.
Anonymous Quiz
28%
Kumushbibi
24%
Zaynab
8%
Hasanali
40%
Otabek
Nechta savolga to‘g‘ri javob berdingiz?

10 — 💯
9 — 🎉
8 — 💔
7 — ⚡️
6 — 🙉
5 — 🤝
4 — 🌚
3 — 😨
2 — 🙈
1 — 🗿

Bizni kuzatishda davom eting!
🙉3🌚2🤝21💯1💔1😨1🗿1
Nurafshon TV ning "Zavqli kun" dasturida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida chiqish qildik
🔥2
Forwarded from Jasurbek Islomov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Mutolaa
🥳 Mutolaa’dan “Xalqaro kitob hadya qilish kuni” uchun maxsus sovg‘a!

📚 Mutolaa Premium’ni bugun bayram munosabati bilan 25% chegirmada xarid qilishingiz mumkin!

Mutolaa Premium orqali siz ko‘plab imkoniyatlar va kitoblarga ega bo‘lasiz. Bundan tashqari, sizda offlayn mutolaa qilish va shaxsiy statistikangizni kuzatish imkoniyati bo‘ladi!


😉 Bunday imkoniyat har doim ham bo‘lavermaydi! Foydalanib qoling.

🔑 Promokod: kitobxon

Mutolaa ilovasini yuklab oling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/14/bobur/
Men 10 ta savoldan 10 tasiga to‘g‘ri javobni topdim.

Jondin sizni koʻp sevarmiz, ey umri aziz. Sondin sizni koʻp sevarmiz, ey umri aziz!👏🏻

Siz ham "Test: Zahiriddin Muhammad Boburning asarlarini qanchalik yaxshi bilasiz?" testini yechib ko‘ring — ko‘ramiz, nechta savolga to‘g‘ri javob topa olarkinsiz?
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Akademik halollikni oʻzingizga qonun sifatida qabul qilib oling” – Qoʻngʻirotboy Sharipov

“Kelajak soati” loyihasining navbatdagi mehmoni – oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov. Vazir talabalarga murojaat qildi va akademik halollik nima ekanligi, ilmiy ish yozishda uning qoidalariga amal qilish lozimligiga toʻxtaldi.

Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.

Eslatma: Videokontent OTM talabalari uchun tayyorlandi.

Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
1
Metrodagi yo'lovchi
Bugun bizda yangi kitob mutolaasi. 📖 kitob Akademnashrdan "akadem-nasr" seriyadida nashr qilingan. Qahramonlar noma'lum joyga tushib qolgan. Hozircha bu yerga nima sababdan, qanday tushib qolganini bilmayman. Bolalar kattalarsiz jamiyatda o'z holicha…
Esingizda bo‘lsa shu kitobni o'qiyapman. Biroz sog'liq bilan muammolar borligi uchun tugashi kechikdi.


Asarda hali ham bolalar qayerga ketayotganligi haqida gap yo'q. Yosh bolalar va o'smirlar ajrab qolyapti. Bolalar bolalarcha o‘yinqaroqlik bilan andarmon.

Merridev ovga tayyorlanyapti. Kuzatamiz u eplay olarmikan
🔥2
Metrodagi yo'lovchi
Bugun bizda yangi kitob mutolaasi. 📖 kitob Akademnashrdan "akadem-nasr" seriyadida nashr qilingan. Qahramonlar noma'lum joyga tushib qolgan. Hozircha bu yerga nima sababdan, qanday tushib qolganini bilmayman. Bolalar kattalarsiz jamiyatda o'z holicha…
Asar yakunlandi.


Bizni Piggi halok bo'ldi. U damqisma kasali, tuturuqsiz harakatlari bilan ba'zan mening ham jahlimni chiqarardi. Uning o'limini istamagandim.

Jak Merridev bu sinovni kattalarsiz erkinlik va o'yin deb o'yladi. Yovvoyi jamiyat quraman deb hamma narsani barbod qildi. U ov qila oldi, tong'izni ovladi. Shu bilan men hukmron bo'lishim kerak dedi. Yovvoyi jamiyat ham tuzdi. Bolalar ikkiga ajrab qoldi.

Ralf yaxshi yetakchi bo'lishga harakat qildi. Lekin unda ham kamchiliklar bor edi.

Orolga tushib qolgan bolalar, ular juda kichik edi. Ba'zan tuni bilan yig'lab ham chiqadigani bor edi. Ralf ularni ham o'ylaydi. Jak esa kichik bolalarni tan olgisi kelmasdi.

Ikki bolaning, Saymon va Piggining o'limiga Jak hamda uning ahmoqona yovvoyi siyosati sabab bo'ldi.
Yana bir gap juda yoqdi. Jak va uning tarafdorlari yuzlarini bo'yab olgandi. Ralf mana shu niqob yovvoyilarga hijolat va achinish hissini yashirish, yovvoyilik uchun imkon berishi mazmunida gapirgandi.

Zobitning gaplari juda ta'sirli chiqdi.

- Ochig'i, bir guruh britaniyalik bolalardan... - hammangiz britaniyliksiz, shunday emasmi - bunday uquvsizlik kutmagandim, - dedi.
😢2
#mutolaada


Yangi asar mutolaasini boshladim.

Kitob sifati zo'r, o‘qish uchun mazzzaaaa
4
Ha aytgancha, bu asar yakunlangan. Asar yozilishi kerakmidi yoki yo‘q bu boshqa masala.

Romanda Otabek, Yodgorbek, Ozodbek va Odilbek singari uch avlod taqdiri misolida yurtimizning qorong‘u kechasi ochib berishga harakat qilingan.

Yodgorbekning "Najot" maktabining nomida ham jadidlarning ta‘limdan najot qidirgani oydinlashadi

Germaniyaga yuborilgan talabalar haqida ham gap boradi. Qizig'i 70 nafar talabadan tashqari Ozodbek tomonidan yuborilgan yana bir talaba ham borligi menga yangilik bo'ldi
📚 “Ko‘rlik” — insoniyatning ichki qiyofasi haqida og‘riqli roman

Portugaliyalik adib Jose Saramagoning “Ko‘rlik” (Ensaio sobre a Cegueira) asari insoniyatning ma’naviy holatini ochib beruvchi kuchli falsafiy romandir. Muallif 1998-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel Prize bilan taqdirlangan.

Asarda noma’lum shaharda to‘satdan “oq ko‘rlik” epidemiyasi boshlanadi. Odamlar birin-ketin ko‘r bo‘lib qoladi. Hukumat kasallanganlarni izolyatsiya qiladi, ammo tartib-intizom tez orada yemiriladi. Jamiyatda vahima, zo‘ravonlik, ochko‘zlik va axloqiy tanazzul kuchayadi.

Roman markazida — ko‘r bo‘lmagan yagona ayol obrazi turadi. U boshqalarga yo‘l ko‘rsatadi, insoniylikni saqlab qolishga harakat qiladi. Shu obraz orqali muallif umid va vijdon ramzini yaratadi.

🔎 Asarning g‘oyasi

Saramago ko‘rlikni jismoniy emas, balki ma’naviy hodisa sifatida talqin qiladi. Odamlar ko‘rib turib ham:

boshqalarning dardini ko‘rmaydi,

adolatsizlikni sezmaydi,

insoniylikni qadrlamaydi.


Asar shuni ko‘rsatadiki, sivilizatsiya juda mo‘rt — sharoit o‘zgarsa, inson ichidagi yashirin instinktlar yuzaga chiqadi.

💭 Asarning dolzarbligi

Bugungi kunda ham “Ko‘rlik” o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. U bizni quyidagi savollar ustida o‘ylashga undaydi:

Haqiqiy ko‘rlik nima?

Inson qachon ma’naviy ko‘r bo‘ladi?

Qiyin vaziyatda biz insoniyligimizni saqlab qola olamizmi?


Roman asosida 2008-yilda Blindness filmi ham suratga olingan.

📌 “Ko‘rlik” — bu oddiy epidemiya haqidagi hikoya emas, balki inson qalbining sinovi haqida yozilgan asardir.

🚇📖 Agar bu fikr yo‘lda sizga hamroh bo‘lsa — kanalga obuna bo‘ling.
👍1👏1🌚1
Bugun yozishga imkon bo‘lib qoldi, o'qib qo‘yarsizlar
👍31
Forwarded from Mutolaa
“Hafta kitobi” testi boshlandi!

Ilovaga kirib, “Tanlov” bo‘limiga o‘tib, “Kimning tashvishi yo‘q” kitobi bo‘yicha testni ishlashingiz mumkin.

‼️ Testni ilovada faqat 19:00-20:00 vaqt oralig‘ida ishlashingiz mumkin!

🏆 Eng kop togri javoblarni eng kam vaqtda topgan kitobxonlar g‘olib deb e’lon qilinadi.

🎁 Tanlovda 1-2-3 orinlarni egallagan g‘oliblar esa 1 yillik, 6 oylik va 3 oylik “Mutolaa Premium”lar bilan taqdirlanadilar.


Mutolaa ilovasini yuklab oling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
Hafta kitobi bo‘yicha sal kamroq chiqdi
1👏1
🌧🌧🌧🌧🌧
🗓Bugun Toshkentda yomg'irli havo....

💧💧💧💧💧💧
Bu havoda issiq kofe va kitob mutolaasi yaxshi ketadi.
📔📚📓
Kim, qanday kitob o‘qiyapti?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3