“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
30.3K subscribers
9.12K photos
3.57K videos
154 files
10.9K links
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/yoshlar_kelajagimiz

✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ +998712074012
Download Telegram
🇺🇿⚡️ Slalomchilarimiz Osiyo chempionatida shohsupaga ko‘tarildi

Xitoyning Guychjou provinsiyasida slalomda eshkak eshish bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston, Xitoy, Qozog‘iston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston hamda boshqa davlatlarning eng kuchli sportchilari ishtirok etmoqda.


🇺🇿 Mazkur musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini 6 nafar sportchiAnvar Klevleyev, Sherzod Qurbonaliyev, Ibragim Nosirjonov, Pavel Eygel, Janibek Temirg‘aliyev va Samandar Saydullayev himoya qiladi. Quvonarlisi, chempionatning K1 dasturida Janibek Temirg‘aliyev 🥈kumush, Pavel Eygel esa 🥉bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👀1
💸 Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-18 yoshli maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.


🟡 Ishtirokchilar fizika, matematika yoki hayot haqidagi fanlar (biologiya, botanika, biokimyo va h.k.) boʻyicha 2 daqiqadan oshmaydigan qisqa video (ingliz tilida) topshirishi kerak.

🏆 Tanlov mukofoti:
🟡 Gʻolibning universitetda oʻqishi uchun 250 ming AQSH dollari mablagʻ;
🟡 Gʻolibning oʻqiydigan taʼlim muassasasida ilmiy laboratoriya tashkil qilish yoki laboratoriyani jihozlash uchun 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻ;
🟡 Gʻolibning oʻqituvchisiga 50 ming AQSH dollari mablagʻ.

✍️ Arizalar 2026-yil 15-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil:


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿⚡️Abdulaziz Alimjonov Osiyo chempionatida bronza medaliga ega chiqdi

Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Hindistonning Gandhinagar shahrida oʻtayotgan Osiyo chempionatida dastlabki medalini qoʻlga kiritdi. Uni -79 kg vazn toifasida ishtirok etgan Abdulaziz Alimjonov keltirdi.


🟡 Yosh sportchimiz siltab koʻtarish mashqida 191 kg natija qayd etishga erishdi. Bu koʻrsatkich unga mazkur dasturda bronza medalini taqdim etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
❗️ PREZIDENT MAKTABLARI 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

🎓 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 25-maydan – 14-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

⚫️oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati,
⚫️tug‘ilganlik haqida guvohnomasi (ya’ni metrikasi),
⚫️tegishli oʻquv yili natijalariga koʻra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi yoki QR-kod bilan tasdiqlangan elektron tabel,
⚫️ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti ma’lumotlari,
⚫️bog‘lanish uchun telefon raqamlar.


❗️DIQQAT


Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” (aʼlo) boʻlishi lozim.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

⚫️ Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun  Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
❗️Pedagoglarning kontraktda o‘qiydigan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30% chegirma joriy etilishi kutilmoqda

Bu haqdagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

🗒 Loyihaning asosiy jihatlari:

pedagog deganda barcha pedagoglar nazarda tutilmoqda, ya’ni ta’lim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar. Bunda stajining uzoq yil ekanligiga yoki toifasiga (masalan, oliy) qaralmaydi;

faqat davlat oliygohida o‘qiyotgan bo‘lsa, chegirma beriladi, xususiylarga chegirma yo‘q;

faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun chegirma beriladi, kechki, masofaviy yoki sirtqi uchun chegirma yo‘q;

faqat bakalavriat bosqichi uchun chegirma beriladi, magistraturaga chegirma yo‘q;

qo‘shma ta’lim dasturlari uchun ham chegirma berilmaydi;

super-kontrakt uchun chegirma berilmaydi;

faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun chegirma beriladi, xorijlik fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga chegirma berilmaydi;

chegirmani istalgan kursda olish mumkin va eng asosiysi, har bir o‘quv yili uchun bir martadan ushbu chegirmadan foydalansa bo‘ladi. Boshqacha aytganda, 4 yil davomida har yili chegirma olish mumkin;

chegirma 1 yillik shartnoma summasidan hisoblanadi, masalan, yillik shartnoma summasi 15 mln so‘m bo‘lsa, 4,5 mln so‘m chegirma beriladi va yillik summa 10,5 mln so‘mga tushadi;

chegirma olish uchun har safar onlayn ariza berish kerak bo‘ladi, o‘zi avtomat hisoblanmaydi;

talabaning otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.


⌛️Muhokama 29-mayga qadar davom etadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qabristonlarni obod qilaylik, o'tganlar ruhini shod etib, ularni ziyorat qilaylik

Faqat uyingizni emas, bir kun borib yotadigan joyingizni ham obod qiling!


#ObodYurt

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining “Sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanish” mavzusidagi norasmiy sammitida ishtirok etib, nutq so‘zladi.

🇺🇿 Davlatimiz rahbari nutqida ilm-fan, taʼlim, sunʼiy intellekt, innovatsiya va yoshlar masalalariga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Davlat rahbari turkiy dunyoning yangi raqamli taraqqiyot davrini barpo etishda ilm-fan va texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini taʼkidlab, sunʼiy intellekt sohasida strategik hamkorlik tarmogʻini shakllantirish tashabbusini ilgari surdi. Shuningdek, Toshkent shahrida aʼzo davlatlar ishtirokida Texnologiyalar forumini oʻtkazish rejalashtirilayotgani qayd etildi.

Prezidentimiz oʻz nutqida ilm-fan, taʼlim va yoshlar masalalarida hamkorlikni chuqurlashtirish umumiy maqsad ekanini alohida urgʻulab, Toshkent shahrida barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi bugun mintaqaviy yirik ilmiy-maʼrifiy maskanga aylanib borayotganini taʼkidladi. Shu bilan birga, tarixiy-madaniy manbalarni yagona “katta maʼlumotlar” platformasiga jamlash tashabbusi ham ilgari surildi.

Nutqda yoshlarni zamonaviy bilim va koʻnikmalar bilan taʼminlash masalasiga ham katta eʼtibor qaratildi. Xususan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “5 million sunʼiy intellekt yetakchilari” dasturi doirasida hozirga qadar 1 milliondan ortiq yoshlar boshlangʻich koʻnikmalarga ega boʻlgani qayd etildi.

Prezidentimiz tomonidan yoshlarning startap va innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, qoʻshma venchur jamgʻarmalarini tashkil etish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish boʻyicha belgilangan vazifalar muhim ustuvor yoʻnalishlardan biri hisoblanadi.


💬 Shuningdek, Toshkentdagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetida Turkiy davlatlar yoshlari uchun 2026–2027 oʻquv yilida 50 ta grant ajratilishi taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikning yana bir amaliy ifodasi sifatida eʼtirof etildi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
🇩🇪 Germaniyadagi vatandoshlarimiz diqqatiga!

Germaniyada muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik tadbirkorlar, mutaxassislar va faol yoshlarni o‘zaro tajriba almashish va mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan “Vatandoshlar xalqaro biznes marafoni”ga taklif qilamiz.

Bu yerda o‘zaro tajriba almashish hamda o‘z loyihalaringizni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

🔴 Kuni va soati: 21-may, 17:00

📍 Manzil: O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi binosi

🚀 Kelajakdagi katta loyihalar va biznes hamkorliklar shu yerdan boshlanadi. Keling, tanishamiz, fikrlashamiz va birgalikda yangi marralarni zabt etamiz!

👉 Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish👈

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🇺🇿⚡️ Yigirma yillik rekord yangilandi

Olimpiya shaharchasida yengil atletika boʻyicha oʻtkazilgan Markaziy Osiyo U18 chempionatida Navoiy shahar sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi sportchisi Odilbek Hamdamov yuqori natija qayd etdi.

🟡 Sportchi 400 metr masofaga yugurishda 50,87 soniya natija koʻrsatib, 16 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida yangi Oʻzbekiston rekordini oʻrnatdi.

🥳 Mazkur natija bilan yosh sportchi 2006-yildan buyon saqlanib kelgan va Rustam Mirabidovga tegishli boʻlgan 50,9 soniyalik rekord yangilandi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31
🧑‍🎓O‘zbekistonliklar o‘qish uchun qaysi davlatlarga bormoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-mart oylarida 5 862 nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga safar qilgan.


🌐 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming nafarga yoki 21,2 foizga kamaygan. Mazkur davrda O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida eng ko‘p borgan davlatlar quyidagilar:

Rossiya – 1 241 nafar;
Koreya R. – 1 131 nafar;
Qirg‘iz R. – 1 059 nafar;
Xitoy – 424 nafar;
Turkiya – 423 nafar;
Tojikiston – 381 nafar;
Buyuk Britaniya – 292 nafar;
Boshqa davlatlar – 911 nafar.


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿⚡️ Yosh atletlarimiz Markaziy Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi

"Olimpiya shaharchasi"da joylashgan Olimpiya stadionida yengil atletika bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan atletlar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati yuqori saviyada tashkil etildi. Musobaqa davomida poytaxtimiz Toshkent shahri mintaqaning eng iqtidorli yosh atletlarini bir maydonga jamladi.


🌐 Chempionatda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda O‘zbekiston terma jamoalari tarkibidagi jami 250 nafarga yaqin yigitlar va qizlar ishtirok etdi. Ular yengil atletikaning yugurish, sakrash, uloqtirish va estafeta kabi jami 39 ta yo‘nalishida o‘z mahoratlarini namoyish qildi.

🏆 O‘zbekistonlik atlet yoshlar va qizlar barcha yo‘nalishlarda munosib ishtirok etib, yakunda 19 ta oltin, 24 ta kumush va 20 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Qizlar o‘rtasida uch hatlab sakrash, 2000 metr to‘siqlar osha yugurish va langarcho‘p bilan sakrash, shuningdek yoshlar o‘rtasida uch hatlab sakrash, bosqon uloqtirish va langarcho‘p bilan sakrash musobaqalarida yurtimiz sportchilari mutlaq ustunlikni namoyish etdi.


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🇺🇿⚡️Sayfullayeva hamda Anvarov Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritishdi

Xitoyning Chunsin shahrida yengil atletikaning sakrash dasturlari boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazilmoqda. Ilk bor alohida tartibda tashkil etilgan ushbu qit’a birinchiligining dastlabki kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin medalga sazovor boʻldi.


🟡 Balandlikka sakrash sektorida Barnoxon Sayfullayeva 1.83 metr natija bilan eng yuqori natijani qayd etib, Osiyo chempionligiga erishdi. Kuni kecha oʻtkazilgan “Brilliant liga”ning ilk bosqichida shohsupaga koʻtarilgan Anvar Anvarov joriy musobaqada 8.06 metr bilan zafar quchdi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿“Yurt qayg‘usida 365 kun”

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil davomidagi serqirra faoliyati, davlat boshqaruvi, xalqaro diplomatiya, iqtisodiy islohotlar, ekologik barqarorlik, ijtimoiy himoya, ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida amalga oshirgan ishlarini hujjatli manbalar, tahliliy sharhlar va fotolavhalar asosida jamlagan keng qamrovli to‘plam — “Yurt qayg‘usida 365 kun” kitobi nashr qilindi.


💬 Nashr yil davomida yuz bergan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni muayyan xronologik ketma-ketlik asosida yoritadi. Kitob oylar kesimida tartiblangan bo‘lib, har bir oy avvalida Prezident faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qisqacha jamlangan. Shundan so‘ng muhim voqealar, tashriflar, uchrashuvlar, videoselektor yig‘ilishlari, xalqaro muzokaralar, imzolangan hujjatlar, tashabbus va loyihalar alohida bo‘limlar kesimida batafsil sharhlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
✍️ Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi
 
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-maydagi 250-son qarori bilan “Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

 
🌐 Xalqaro olimpiadaning maqsadi xorijiy davlatlarda o‘zbek tili yoki xorijiy tillarda ta’lim olayotgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘zbek tilini o‘rganishni keng targ‘ib qilish va xorijiy davlatlarda o‘quvchilarning o‘zbek tilini chuqur o‘rganishga qiziqishlarini oshirishdan iborat.
 
💬 Nizomga ko‘ra, xalqaro olimpiadada 14-18 yoshdagi chet elda istiqomat qiluvchi vatandosh bo‘lgan maktab o‘quvchilari yakka yoki jamoaviy tarzda ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi. Xalqaro olimpiada har yili oktyabr oyigacha 2 bosqichda (test topshiriqlari va yozma ish shaklida) o‘tkaziladi.
 
📱 Ishtirokchilar jamoaviy yoki yakka tartibda offlayn va onlayn shaklda ishtirok etishlari mumkin. Xalqaro olimpiada g‘oliblari Respublika oliy ta’lim tashkilotlarining “Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishlariga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ESLATMA

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga grant asosida o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma berish boshlandi!

💻 Arizalar my.gov.uz portali orqali onlayn qabul qilinmoqda. Ariza topshirish havolasi: https://my.gov.uz/uz/service/1432


Kimlar ishtirok eta oladi?

👉 Maktabning 11-sinfini, kollej yoki texnikumni tamomlagan hamda quyidagi mezonlardan biriga mos keluvchi xotin-qizlar:

"Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan oilalar vakillari;
To‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ota yoki onasidan (yoki ikkalasidan ham) ayrilgan qizlar;
Turmush o‘rtog‘i vafot etgan va voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ayollar;
Nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi ayollar/qizlar;
2 va undan ortiq farzandi bor, ijarada alohida yashayotgan yolg‘iz ayollarning qizlari;
Ota-onasidan biri yoki har ikkisi I yo II guruh nogironi bo‘lgan oilalar qizlari.

❗️Muhim: Tavsiyanomа yuqoridagi mezonlarga mos kelgan barcha talabgor xotin-qizlarga beriladi. Talabgor keltirilgan mezonlardan biriga to'g'ri kelsa, tavsiyanoма Oila va xotin-qizlar qo'mitasining axborot tizimida avtomatik shakllanadi va taqdim etiladi.

Zarur hollarda oilaning ehtiyojmandlik darajasi "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" ma'lumotlari orqali aniqlanadi.

❗️Eslatma: Tavsiyanomа faqat birinchi marta oliy ta'lim olish uchun tanlovda ishtirok etish huquqini beradi. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim olish uchun tatbiq etilmaydi.

Ushbu imkoniyatdan foydalanishni istagan xotin-qizlar my.gov.uz portali orqali murojaat qilishlari mumkin.

 
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
💸 2,5 million dollardan ortiq grant sohibi bo‘lgan litsey o‘quvchisi

Samarqand davlat universiteti akademik litseyi o‘quvchisi Faxriddin Po‘latov dunyoning qator nufuzli universitetlaridan qabul xatlarini qo‘lga kiritib, umumiy qiymati 2,5 million AQSH dollaridan ortiq grant va stipendiyalarga sazovor bo‘ldi.

💬 Faxriddin AQSHning qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari, jumladan, University of Michigan Ross School of Business, Syracuse University, Drexel University, Loyola University Chicago, University of Oklahoma hamda boshqa ko‘plab universitetlardan grant asosida ta’lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, u ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan ham shug‘ullanib, xalqaro miqyosdagi ilmiy maqolalar muallifi sifatida faoliyat olib bormoqda.


💬 Faxriddinning akademik yutuqlari ham tahsinga sazovor:

— SAT: 1530 (Matematika — 800, EBRW — 730)
— IELTS: 8.0
— EF SET: C2 Proficient

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Instagram
📱Facebook 🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👏1🤔1