Kadastr - Live
4.54K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#Kadastr #taqdirlash

🔰Bugun O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori F.K.Umarov yil davomida sohada o'z xizmat vazifasini chin yurakdan bajargan, samarali mehnat qilgan, tashabbuskor, mehnatsevar va fidokor bir guruh xodimlarni bayram arafasida taqdirladi.🎉

Markaziy apparatning bir guruh xodimlaridan tashqari butun Respublikadagi tizim tashkilot xodimlari ham alohida e'tirof etildi. Ular ham diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.💐🎁

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yangi_yil #tabrik

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi oilasi, barcha kasbdoshlarimizni, yurtdoshlarimizni va Respublikamiz mehmonlarini kirib kelayotgan 2022-yil bilan chin yurakdan tabriklaydi.🎄🎉

Har biringiz xonadoningizga fayz-baraka, tinchlik-omonlik, sog'lik va quvonch tilaymiz.😊

BAYRAM MUBORAK AZIZ YURTDOSHLAR!🎊

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #yangi_yil #tabrik

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi oilasini, barcha kasbdoshlarimizni, yurtdoshlarimizni va Respublikamiz mehmonlarini kirib kelayotgan 2022-yil bilan chin yurakdan tabriklayman.

2021-yil agentligimiz ko‘plab yo‘nalishlarda yutuqlarga erishdi. Bunda barcha aholimiz va davlatimiz oldidagi majburiyatlarni bajarishga bo‘lgan masʼuliyat bizni tinimsiz izlanishda bo‘lishga undadi. Kirib kelayotgan Yangi yilda ham, oldimizga qo‘yilgan yangi vazifalarni bajarib, barcha maqsadlarimizga erishishda aslo to‘xtamaymiz va yangi marralarni zabt etishda shaxdam qadamlar bilan olg‘a yuramiz!

Bugun butun Respublikamiz bo‘ylab bayram shukuhi kezib yuribdi. Shu fursatdan foydalanib Aziz vatandoshlarimizni, 2022-yilda sog‘lik va salomatlik, baxt-saodat, farovonlik va oilaviy tinchlik hamrohingiz bo‘lishini tilayman!

Hurmat bilan,
F.Umarov
Kadastr agentligi direktori

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yil_sarhisobi

Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan hamda uning tizimida amalga oshirilgan ishlarda har bir xodimning mehnati va hissasi bor. 2021-yildagi faoliyatimiz haqida qisqacha "YIL SARHISOBI" rolik qilindi.

Batafsil📹

PS: bu rolikda atiga bir nechta yo'nalishimizni yoritib berdik. Boshqa yo'nalishlarimiz kamtarlik qilishdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Korrupsiya_taraqqiyot_dushmani

Kadastr agentligi tomonidan o'tkazilgan “Korrupsiya – taraqqiyot dushmani” mavzusidagi videoroliklar tanlovining "Eng yaxshi ssenariy" nominatsiyasini Kartografiya ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasi tomonidan tayyorlangan videorolik qo'lga kiritgan edi.

Marhamat tomosha qilib baho bering😊

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #ishonch_raqami #1097

🏢 Kadastr xizmatiga murojaat qilmoqchisiz, 🕐 lekin vaqtingiz yo'qmi?

Bu muammo emas!

📱1097
ishonch raqamiga qo'ng'iroq qiling va o'z murojaatingizni qoldiring.
Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

☎️ 1097 sizning xizmatingizda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Кадастр хужжатлари ва қайта хатловдан ўтказиш
#4jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
#kadastr #huquqiy_bilim #vm_731

📍O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi "BOG‘DORCHILIK-UZUMCHILIK SHIRKATLARI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISHNING QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi 731-son qaroriga muvofiq Davlat ro‘yxatidan o‘tgan shirkatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi o‘rtasida elektron hamkorlik orqali ma’lumotlar almashinuvi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Farg'ona viloyatining Kadastr idoralari tomonidan aholining muammolarini hal etish maqsadida amalga oshirayotgan ishlari haqida ZO'R TV kanalining "BU KUN" informatsion dasturida.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Matbuot_anjumani #Xorazm_viloyati

📣Jurnalistlar va blogerlar uchun Matbuot anjumani tashkil etiladi!

Joriy yilning 11- yanvar kuni soat 10:00 da Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olishda onlayn tizimining afzalliklari" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📍Manzil: Istiqlol ko‘chasi 14-uy Kadastr agentligining Xorazm viloyat boshqarmasi majlislar zali.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Matbuot_anjumani #Surxondaryo_viloyati

📣Jurnalistlar va blogerlar uchun Matbuot anjumani tashkil etiladi!

Joriy yilning 12 - yanvar kuni soat 10:00 da Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan "O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 15-noyabrdagi "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to'g‘risida" 728-sonli qonuni mazmun-mohiyatini to‘g‘risida mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📍Manzil: Surxondaryo viloyati Matbuot uyi

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Toshkent_shahar

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI TOSHKENT SHAHAR BOSHQARMASI

🏢Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi - bo‘limlar va 12ta tuman filiallaridan iborat.

🔹 Telegram;

🔹 Instagram;

🔹 Facebook;

🔹YouTube - ijtimoiy tarmoqlariga ega.

🏢Boshqarma haftaning dushanbadan jumasigacha soat 9:00dan 18:00gacha faoliyat ko‘rsatadi.

☎️Murojaatlarga o‘z vaqtida javob berib borish maqsadida +99871 231 68 51 telefon raqamlari;
📱@kadastruzb_bot telegram boti doimo faoliyatda.

📍Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani, KXAY ko‘chasi, 9-uyda joylashgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Tashabbus #Qashqadaryo_viloyati

🔹Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida korrupsiya holatlari haqida xabar berish qutisi tashkil etildi

🔹Bunda murojaatchilar kadastr xodimlarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlaridan, kasb madaniyatidan norozi bo‘lganida o‘z murojaatlarini qoldirishi mumkin bo‘ladi.

Korrupsiya qutisi ishchi-xodimlarni yana-da hushyorroq bo‘lishga, masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘ymaslikga undaydi. Korrupsiya qutisidagi asosli murojaatlar nazoratda bo‘ladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
DIQQAT E'LON❗️❗️❗️

Kanalimizning hurmatli obunachilari Kadastr agentligining yangi telegram kanali ishga tushirildi.
Endi sohadagi eng muhim va so'nggi yangiliklarni @uz_kadastr telegram kanalimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Bu kanalimizda esa qisqa satrlarni e'lon qilib boramiz.

Hoziroq Kadastr agentilgi yangi kanaliga obuna bo'ling va qaynoq yangiliklardan habardor bo'ling.

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

Внимание, объявление❗️❗️❗️

Уважаемые подписчики нашего канала. Запущен новый телеграм-канал Агенства по кадастру. Теперь о самых важных и последних новостях в сфере вы можете узнать в нашем канале @uz_kadastr . А в этом канале мы будем размещать анонсы. Сейчас же подпишитесь на новый канал Агенства по кадастру и первыми читайте самые горячие новости.
Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги томонидан “Кўчмас мулкларни давлат кадастр баҳолаш тўғрисида”ги қонун лойиҳаси ишлаб чиқилиб, муҳокама учун Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳалари муҳокамаси порталига жойлаштирилди.
Kadastr pasportini shakllantirish xizmatidan onlayn foydalaning.