Kadastr - Live
4.54K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#Kadastr_agentligi #infografika

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga muvofiq "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi" INFOGRAFIKADA.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr_agentligi #infografika

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qaroriga muvofiq"Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari faoliyatiga ko‘maklashish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi" INFOGRAFIKADA.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr_agentligi #xususiylashtirish

“Қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкаларини хусусийлаштириш тўғрисида”ги Қонунга кўра

Қуйидаги ерлар хусусийлаштирилиши мумкин:

🔹юридик шахсларга тадбиркорлик ва шаҳарсозлик учун берилган ерлар;
🔹фуқароларга якка тартибда уй-жой қуриш ва уй-жойни ободонлаштириш, тадбиркорлик ва шаҳарсозлик учун берилган ерлар (илгари ЯТТларнинг хусусийлаштирилиши назарда тутилмаган);
🔹хусусийлаштириладиган давлат объектлари жойлашган ерлар (илгари бу рухсат берилмаган);
🔹бўш турган ерлар.

Ер участкалари қуйидаги шаклларда хусусийлаштирилади:
📝 умрбод эгалик қилиш ҳуқуқи асосида тегишли бўлган ерни сотиб олиш;
💻ерни электрон онлайн-аукцион орқали сотиб олиш.

Қуйидагилар хусусийлаштиришни рад этиш учун асос ҳисобланади:
хусусийлаштириш учун асос мавжуд эмаслиги;
ерга нисбатан тугалланмаган суд ишларининг мавжудлиги;
ерда жойлашган кўчмас мулкка қўйилган тақиқнинг ёки хатловнинг мавжудлиги;
аҳоли пунктларининг тасдиқланган бош режаларида, аҳоли пункти лойиҳаларида хусусийлаштиришга монелик қиладиган маълумотларнинг мавжудлиги;
давлат ва жамият эҳтиёжлари учун ер участкаларини олиб қўйиш тўғрисида қарор мавжудлиги;
хусусийлаштириладиган ер участкасини сотишга ёки бошқача тарзда ўзга шахсга ўтказишга нисбатан тақиқнинг мавжудлиги;
аризада нотўғри, бир-бирига зид бўлган ёки бузиб кўрсатилган маълумотлар аниқланганлиги;
хусусийлаштириладиган ер пули тўланмаганлиги.
Салбий қарор асослантирилган шаклда бўлиши шарт.

📌Бўш турган ер участкалари электрон онлайн-аукцион орқали хусусийлаштирилади.

🕐 Ерга бўлган мулк ҳуқуқи учун давлат ордери ер учун тўлов қилинганидан сўнг 1 иш кунида Давлат активларини бошқариш агентлиги томонидан берилади.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Surxondaryo viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Surxondaryo viloyati Qumqo'rg'on tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 27-dekabr kuni soat 14:30 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Abdullayev To'lqin Mansurovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Surxondaryo viloyati Qumqo'rg'on tumani, Yangi shahar mahallasi, Ibn Sino ko'chasi 12-uy. 11-son Bolalar musiqa va san’at maktabi binosi.

🔰Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
АОКАда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов иштирокида соҳадаги янгиликлар, қонунчиликдаги ўзгаришлар масалалари юзасидан брифинг бўлиб ўтди.

Қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган қандай ерларни ва қандай шаклда хусусийлаштириш мумкин? Қандай ҳолатларда рад этиш белгиланган?

Давлат кадастрлари соҳасида давлат хизматлари нархларини белгилашда табақалаштирилган ёндашув тартиби қандай?

🖇Ер участкаларини ўзбошимчалик билан ўзлаштириш, қонунбузилиш ҳолатларини бартараф этиш, қонуний чоралар кўриш бўйича амалга оширилган ишлар ҳисоботи

✍️ Батафсил
_______________

Расмий хабарлар | Медиабанк
Тошкент вилоятида 5,5 минг гектардан кўпроқ ер майдони ёшларга ажратиб берилади

“Дафтар”ларда рўйхатда турувчи жами 38,067 нафар ёшларга вилоят ҳудудининг 15та туманидан балл бонитети ўртача 60дан кам бўлмаган, жами 5,531 гектар ер майдони ажратилади.

➡️
https://effect.uz/qbha

🌐 EFFECT.UZ веб-сайтининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar #kadastr

190 ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi

“Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yana-da takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5263-son, 22.10.2021 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi joriy etiladi. Bunda:

amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bosqichma-bosqich to‘liq korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘yicha namunaviy shakldagi savolnoma (cheklist) to‘ldirilib, loyiha qabul qilingunigacha bo‘lgan bosqichlarda unga ilova qilinadi;

cheklist to‘ldirilmagan loyihalar adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaydi va ishlab chiquvchiga qaytariladi;

normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarida aniqlangan korrupsiyaviy omillar tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilanadi.

🔎 Qarorga ko‘ra, 2021 yilda amaldagi 190 ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi.

2022 yil 1 yanvardan ilmiy tashkilotlar va OTM vakillari hamda jismoniy shaxslar – mustaqil ekspertlar normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ilmiy va mustaqil ekspertizadan o‘tkazishi mumkin.

❗️Ekspertizadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha xulosalar tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy ko‘rib chiqiladi.

📊 Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyati har olti oy yakunida baholanadi.

📌 Shunga ko‘ra, xodimlarni lavozim maoshlarining 100 foizi miqdorida bir martalik pul mablag‘lari berish orqali rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash bo‘yicha choralar ko‘riladi.

📋 Qaror bilan shuningdek, qurilish, sog‘liqni saqlash, oliy taʼlim va davlat xaridlari sohalaridagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish natijasida aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from FARG'ONA KADASTR
KADASTR SOHASI VAKILLARIDAN YANA BIR G‘ALABA

Soliq tizimi xodimlari va kadastr sohasi vakillari “Zakovat intellektual o‘yini bo'yicha “Davlat soliq qo‘mitasi Raisining kubogi” Farg‘ona viloyati bosqichida 175 nafar ishtirokchi 25 ta jamoaga bo‘lingan holda ishtirok eshitishdi. Bu bosqichda jami 36 ta savollar berildi. Har bir savol uchun bir daqiqa vaqt belgilangan.

Shiddatli va qizg‘in ruhda bo‘lib o‘tgan turnirda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmalarining "Farg‘oniy avlodlari–1" jamoasi 13 ball to‘plab birinchi o'rinni qo‘lga kiritdi.

Viloyat bosqichi g‘oliblari Respsublika bosqichida viloyat sha‘nini himoya qilashadi.

KADASTR AGENTLIGI FARG‘ONA VILOYAT BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #SevimliTV_Zamon

Қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган қандай ерларни ва қандай шаклда хусусийлаштириш мумкин? Қандай ҳолатларда рад этиш белгиланган?

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Ўзбошимчалик билан эгалланган ерлар: Сирдарёда ҳолат қандай?

📍 http://uza.uz/posts/329613

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
#Kadastr_agentligi #infografika

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori mazmun-mohiyati bilan infografikalarda tanishing!

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt