Kadastr - Live
4.48K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
Ер ислоҳоти: 7,5 миллионта кўчмас мулк объектларининг архив ҳужжатлари рақамлаштирилди

👉 БАТАФСИЛ

Facebook | Telegram | YouTube| Instagram
#kadastr #yer_va_kadastr_nazorati

🏢 Kadastr agentligi organlari tomonidan joriy yilning 11 oyi davomida yer va kadastr nazorati sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha jami 26 267 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan.

Xususan:

📝 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganlik uchun 25 676 nafar shaxs;

📍yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun 239 nafar shaxs;

🏗 o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun 85 nafar shaxs;

sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora ko‘rmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlarni xabardor etmaganligi uchun 12 nafar shaxs;

🏘 Tegishli ruxsat bo‘lmay, shuningdek tegishli organlar bilan kelishmasdan turib obyektlar qurganlik uchun 237 nafar shaxs maʼmuriy jazoga tortilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #konstitutsiya

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi jamoasi Respublikamizning Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi bilan butun O'zbekiston xalqini tabriklaydi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Konstitusiya

Bosh qomusimizning 29 yillik bayrami muborak bo‘lsin!

Qadrli yurtdoshlar, Kadastr agentligi jamoasi nomidan Sizlarni bosh qomusimiz, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 29 yil to’lgani munosabati bilan muborakbod etaman!

Har bir davlatning huquqiy poydevori Konstitutsiya va qonunlaridir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz kechirayotgan farovon hayotining asosidir.

Konstitutsiyamiz qariyb yigirma to’qqiz yildirki xalqimizning erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda.

Yigirma to’qqiz yil – tarix uchun qisqa davrdir. Ammo shu qisqa davrda O‘zbekiston dunyo hamjamiyatiga yuz tutdi va ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi .

Vatanimizning kelajagini barpo etishda har bir insonning hatto beshikda yotgan chaqaloqning ham o’rni bor. Biz yurt ravnaqi, millat kelajagi uchun jonajon xalqimiz bilan birga mehnat qilayotganimizdan faxrlanamiz.

Aziz Vatandoshlar,
Sizlarni 8-dekabr Konstitutsiya kuni bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan muborakbod etaman. Quyoshli o’lkaning fayzli insonlari barcha-barchamizga tinchlik va farovonlik, baxt-saodat yor bo’lsin!

Fazliddin Umarov,
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Birlashgan Millatlar Tashkilotining tegishli qaroriga asosan 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

Aslini olganda bu illatga qarshi har kuni kurashish zarur.
Korrupsiya millat kelajagiga, insonlarning osoyishta hayotiga va taraqqiyotga xavf soladi.

Kadastr agentligi jamoasi soha xodimlarini, fuqaro hamda tadbirkorlarimizni korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashga chorlaydi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Xalqaro_hamkorlik

Ayni damda 🇹🇯 Tojikiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Bosh prokurori o’rinbosari Rofizoda Mirzaomon Xamdam boshchiligidagi delegatsiya Kadastr agentligida bo’lib, 🇺🇿 O’zbekistonda yer munosabatlari hamda kadastr sohasiga joriy qilinayotgan axborot tizimlari borasidagi islohotlar bilan tanishmoqda.

Uchrashuvda tomonlar ushbu yo’nalishdagi tajribalari va zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish borasida olib borayotgan ishlari bilan o’rtoqlashmoqdalar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr_agentligi #yer_nazorati

Жорий йилнинг 11 ойи давомида Ер участкаларининг ўзбошимчалик билан эгаллаб олиниши ва ушбу ер участкаларида ўзбошимчалик билан иморат қурилишига оид 15 416 та (2 496,5 га) қонунбузилиш ҳолатлари аниқланди.

Шундан:
🔹 қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ерларда 8 395 та (1 911 га);
🔸 аҳоли пунктлари ерларда 6 331 та (487 га);
🔹 саноат, транспорт, алоқа, мудофаа ва бошқа мақсадларга мўлжалланган ерларда 17 та (2 га);
🔸 ўрмон фонди ерларда 31 та (3 га);
🔹 сув фонди ерларда 83 та (2 га),
🔸 захира ерларда 559 та (91 га)ни ташкил этади.

Аниқланган ер қонун бузилиш ҳолатларини бартараф этиш бўйича кўрилган чоралар:

✉️ 15 416 та
ер қонун бузилишини содир этган шахсларга огоҳлантириш хатлари юборилди;
📝
ер қонун бузилиш ҳолатларини бартараф этиш юзасидан туман (шаҳар) ҳокимликларига 8 500 та (1 173 га) тақдимномалар киритилди;
⚖️ 2 655 та (260,3 га) ҳолатда судларга киритилган даъво аризаларига асосан 496 та (26,7 гектар) ҳолатда суднинг ҳал қилув қарори (ноқонуний қурилмаларни бузиш бўйича) қабул қилинди, 2 159 та (233,6 га) ҳолат бўйича суд жараёни давом этмоқда;

📋 ҳуқуқбузарларга нисбатан қонуний чора кўриш учун
4 720 та (805,9 га) ҳолат юзасидан прокуратура органларига маълумотлар тақдим этилиб, ҳозирги кунда бартараф этиш чоралари кўрилмоқда.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Audio
#Kadastr #uzbekiston_madhiyasi

Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

*********************************

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

*********************************

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

*********************************

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #uzbekiston_madhiya #faxrim_madhiyam

🇺🇿Ulugʻ xalqning mangu qoʻshigʻi ona Vatanimizdan gʻururlanishga, uni sevishga, mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga, bundanda yuksak choʻqqilarni zabt etishga undayveradi. O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklaymiz.

Kadastr agentligi jamoasi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Вакансия

Диққат, Вакансия!!!

Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлигининг марказий аппаратида мавжуд бўш иш ўринлари билан қуйидаги ҳавола орқали танишинг.

Батафсил

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr_agentligi #infografika

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qaroriga muvofiq "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirishdagi ustuvor vazifalar" INFOGRAFIKADA.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr_agentligi #infografika

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qaroriga muvofiq "Qishloq xo‘jaligi yerlarining dehqon xo‘jaliklariga berilishi tartibi" INFOGRAFIKADA.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr_agentligi #infografika

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga muvofiq "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlar" to'g'risidagi ma'lumotlar INFOGRAFIKADA.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr_agentligi #infografika

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga muvofiq "Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi" to'g'risidagi ma'lumotlar INFOGRAFIKADA.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #uzbekiston_madhiyasi

Joriy yilning 10 dekabr kuni 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Yurtimiz madhiyasi 29 yoshda" deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy arxivida doimiy saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII- sonli “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonunidan foydalangan xolda xodimlarga Davlat madhiyasi ishlab chiqilishi va qabul qilinish jarayoni to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Shu bilan birga tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 15 noyabrdagi O‘RQ-728-sonli “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati xodimlarga tushuntirildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #haftalik_xisobot #axborot_xizmati

HAFTA DAVOMIDA KADASTR AGENTLIGI TIZIMIDA SODIR BO'LGAN ENG ASOSIY YANGILIKLAR.

1.
🇹🇯Tojikiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Bosh prokurori o’rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Kadastr agentligida bo’lib, 🇺🇿 O’zbekistonda yer munosabatlari hamda kadastr sohasiga joriy qilinayotgan axborot tizimlari borasidagi islohotlar bilan tanishdi.

2.“Korrupsiya – taraqqiyot dushmani” mavzusidagi videoroliklar tanlovining finalchilari aniqlab olindi.

3.Joriy yilning 11 oyi davomida Yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan imorat qurilishiga oid 15 416 ta (2 496,5 ga) qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

4. Kadastr agentligi xodimlariga “TARGET” ta’lim muassasasi tomonidan sertifikatlar beriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt