Kadastr - Live
4.56K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#Kadastr #malumot

🔰“Yer kadastriga doir axborotlarni manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga berish tartibi to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

📝Yer kadastriga doir axborotlarni shakllantirilishida ma’lumotlar va hujjatlar olinadigan ma’lumotlar bazasiga ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri ham kiritildi.

📝Yer kadastriga doir axborotni uning shakllantirilishiga, saqlanishiga, yangilab borilishiga va turiga qarab foydalanuvchilarga taqdim etadigan tashkilotlar ro‘yxati belgilandi.

📝Yer kadastriga doir axborot olmoqchi bo‘lgan manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga tegishli yer uchastkasining o‘rnashgan joyi bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmalariga murojaat qilishlari mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
​​#Kadastr #manaviyat_va_marifat

TAVSIFNOMA

📝Tavsifnomaning zaruriy qismlari:
🔷Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar:
🔷ismi, otasining ismi, familiyasi; tug‘ilgan yili;
🔷millati; partiyaviyligi;
🔷ma’lumoti; lavozimi;
🔷ilmiy darajasi va unvoni;

📑Hujjat nomi (Tavsifnoma).
🔖Matn.
🖊Imzolar, sana, muhr.

📒Tavsifnoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tarkibiy qismga ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi qismda shaxsning mehnat faoliyati, ya’ni mutaxassisligi, aynan shu korxona, tashkilot va boshqa joylarda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot beriladi.

📕Ikkinchi qismda xodimning shaxsiy tavsifi, ya’ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, siyosiy saviyasi, tashkilotchilik qobiliyati, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hatto ba’zida siyrati, jamoa a’zolariga munosabati, qanday mukofotlarga sazovor bo‘lganligi va boshqa asosiy rag‘batlantirishlari qayd etiladi. Xolis bo‘lish uchun kamchiligi ham ko‘rsatilib, istak bildiriladi.

📗Uchinchi qismda esa yuqorida bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi ko‘rsatiladi.

📙Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. Xodimni tavsiflashda “halol”, “topshiriqlarni vaqtida bajaradigan”, “mehnatsevar”, “talabchan”, “tashabbuskor”, “tezkor”, “intizomli” kabi sifatlardan foydalaniladi. Agar tavsifnoma jamoat tashkilotlari yig‘ilishida tasdiqlangan bo‘lsa shu yig‘ilish bayonnomasi raqami va sanasiga havola bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra tavsifnomaga ikki shaxs: muassasa (yoki bo‘linma) boshlig‘i va kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi. Tavsifnoma xodimning qo‘liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muassasaga jo‘natiladi. Tavsifnomalarning “ishlab chiqarish tavsifnomasi”, “Tavsifiy tavsiyanoma”, “xizmat tavsifnomasi” kabi turlari mavjud bo‘lib, ular ayrim xususiyatlari jihatidan o‘zaro farqlanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #IT_texnologiyalari

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i - O. Umarov Kadastr agentligining markaziy apparatiga tashrifi kuni “ArcGIS” dasturi yordamida interfaol xaritada kuzatish imkoniyatiga ega yagona axborot bazasi 21 turdagi qatlamlarning sohalar, hududlar va yo‘llar kesimida raqamlashtirilganlik darajasi yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Prezident #Kadastr #Xalq_bilan_birga #Tashkiliy_nazorat

Ижобий ҳал бўлган мурожаатлар ҳудудлар кесимида:

Қорақалпоғистон Республикаси - 457 та
Андижон вилояти - 705 та
Бухоро вилояти - 786 та
Жиззах вилояти - 760 та
Қашқадарё вилояти - 1 185 та
Навоий вилояти - 257 та
Наманган вилояти - 561 та
Самарқанд вилояти - 927 та
Сурхондарё вилояти - 1 523 та
Сирдарё вилояти - 389 та
Тошкент вилояти - 1 171 та
Фарғона вилояти - 1 624 та
Хоразм вилояти - 824 та
Тошкент шаҳар - 508 та

Telegram Instagram YouTube Facebook
DIQQAT E’LON!

Hurmatli Beruniy tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 10-noyabr kuni soat 11-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi direktori Umarov Fazliddin Karimovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Beruniy tumani Xalqlar do‘stligi ko‘chasi «Yoshlar markazi» binosida.

‼️Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

Murojaat uchun telefon: (+99891) 370-07-68

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Ерлар очиқ аукционга чиқарилади ва қайси тадбиркор уйнинг нархини арзон қилиб бериш мажбуриятини олса унга афзалликлар берилади

📍
http://uza.uz/posts/316969

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
Audio
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA #PF_6243

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 08-iyundagi PF-6243-son Farmoni yuzasidan fuqarolarni qiziqtirgan savollariga Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Yer va kadastr nazorati bo‘limi bosh mutaxassisi E.Kamalov O'zbekiston radio kanali orqali batafsil javob berdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
📢 3 ноябрь, чоршанба куни ўтказилиши режалаштирилган тадбирлар:

〰️〰️〰️

🔰Матбуот анжумани

Мавзу: "Ер муносабатларида тенглик ва шаффофликни таъминлаш, ерга бўлган ҳуқуқларни ишончли ҳимоя қилиш ва уларни бозор активига айлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармони ижроси юзасидан
● Вақти: 14:00
● Иштирок этади: Адлия вазирлиги, Бош прокуратура ва Кадастр агентлиги мутасаддилари
〰️〰️〰️

🔰Брифинг

● Мавзу:
Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш агентлиги томонидан реклама соҳасида амалга оширилган ишлар таҳлили
● Вақти: 15:00
● Иштирок этади: Моҳрухсор Тоғаева, Агентлик ахборот хизмати раҳбари
〰️〰️〰️

🔰Брифинг

● Мавзу:
Мажбурий ижро бюроси томонидан вояга етмаган шахсларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш ҳамда алимент масаласига доир амалга оширилаётган ишлар
● Вақти: 16:00
● Иштирок этади: Фаррух Тошпўлатов, Мажбурий ижро бюроси ахборот хизмати раҳбари
〰️〰️〰️

✏️ Саволларни @Rasmiy_aloqabot га жўнатишингиз мумкин. ОАВ ходимлари таклиф этилади.

https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official
#Kadastr #Namangan_viloyati

Namangan shahridan Yangi Namangan tumani tasarrufiga o‘tkazilgan obyektlar soni va yer maydonlari haqida maʼlumot.

🔷Umumiy yer maydoni 8 223 gektar;
🔷MFYlar soni 24 ta;
🔷Yakka tartibdagi uy joylar soni 22 770 ta, maydoni 1 509 gektar;
🔷Ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar soni 5033 ta, umumiy maydoni 353 878 kv.m;
🔷Noturar joylar soni 1 599 ta, maydoni 918 gektar;

Shundan ijtimoiy soha obyektlari:

🔷Maktabgacha taʼlim muassasalari soni 19 ta, maydoni 10 gektar;
🔷Maktablar soni 16 ta, maydoni 26 gektar;
🔷Kollejlar soni 5 ta, maydoni 15 gektar;
🔷Oliygohlar soni 1 ta, maydoni 12 gektar;
🔷Sog‘liqni saqlash obyektlari 22 ta, maydoni 30 gektar;
🔷Qishloq xo‘jaligi yerlari 1 467 gektarni tashkil qiladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #matbuot_anjumani

Ayni damda ""Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo'lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Farmoni ijrosi, sohada yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari" mavzusida Adliya Vazirligi, Bosh prokuratura hamda Kadastr agentligi mas'ullari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

Anjumanda Kadastr agentligi Metodologiya boshqarmasi boshlig'i B.Nishonov so'zga chiqib Yer munosabatlarida Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berib o'tdi.
#Kadastr #Matbuot_anjumani #Davlat_kadastrlari_palatasi #Surxondaryo_viloyati

Hurmatli fuqarolar, jurnalist va blogerlar

📌Joriy yilning 04-noyabr kuni soat 10:00 da Surxondaryo viloyati matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan "Kadastr tizimida Yer nazorati yuritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda Madaniy meros obyektlari yerlarini muhofaza qilish" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

👉 Ushbu matbuot anjumanlariga jurnalistlarni va blogerlarni taklif qilamiz.

📍Manzil: Termiz shahri Barkamol avlod ko‘chasi 30-uy

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from 67 studio
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Ер муносабатларида тенглик ва шаффофликни таъминлаш, ерга бўлган ҳуқуқларни ишончли ҳимоя қилиш ва уларни бозор активига айлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармони ижроси юзасидан матбуот анжумани

Бегзод Нишонов, Кадастр агентлиги бошқарма бошлиғи:

Йил бошидан буён кадастр агентлиги республика бўйича жами 14530 та ҳолатда 2406 гектар ер майдонлари ўзбошимчалик билан эгаллаб олинганлиги аниқланди. Шу ҳолатлардан 8530 таси бу уй-жой қуриш учун ер майдонларини ўзбошимчалик билан эгаллаб олиш билан боғлиқ. Бу ҳолатлар бўйича тегишли органларга тақдимномалар киритилган.
© UzReport

Каналга уланиш https://t.me/studio_67
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Tashqi_OAV #Nasaf_tv

Kadastr faoliyatiga nazar Nasaf telekanalining "XABARLAR" informatsion dasturida.

Batafsil video lavhada.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Ўзбекистонда 9 ойда қанча ер майдони аукционга қўйилгани маълум бўлди

Шу вақтгача 444 гектар ер электрон аукционда сотилган

Батафсил — bugun.uz/88283

Расмий | LIVE | Дайжест
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #xatlov #farmon6243

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan xatlov ishlari yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani tafsilotlari
Yoshlar telekanalining YANGI DAVR infarmatsion dasturida

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#kadastr #Qoraqalpoqiston_Respublikasi

Bul boyınsha Ózbekstan Respublikası hákimshilik juwapkershilik haqqındaǵı kodeksinıń 60¹-statiyasında tómendegishe jazılǵan.

Suwǵarılatuǵın jerlerdi óz basımshalıq penen iyelep alınǵan jaǵdayda (qurılıs qurılsa, jerge zıyan tiygiziwshi qurımalar qurılsa, sol siyaqlı háreketler alıp barılsa) jer iyesi, jerden paydalanıwshı yamasa waqtınsha paydalanıwshı tárepinen ózbasımshalıq penen iyelep alınǵanlıǵı haqqınmda tiyisli organlarǵa, jergilikli jamiyetshilik orınlarǵa xabar bermese, puqaralarǵa bazalıq esaplaw muǵdarınıń jigirma esesi, lawazımlı shaxslarǵa bolsa — eliw esesi muǵdarında járiyma salıwǵa sebep boladı.

Ózbasımshalıq penen iyelengen jer uchaskalarına kóriletugın shara tártipleri haqqında tolıq biliwdi qáleseńiz Ózbekstan Respublikasınıń 2021-jıl ÓRN-708-sanlı Nızamı menen tanısıp shıqsańız boladı.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#sayyor_qabul #kadastr #xorazm_viloyati

DIQQAT E’LON!

Hurmatli Xorazm viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Xorazm viloyati Yangibozor tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 11-noyabr kuni soat 11-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Allaberganov Atabek Validjanovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Xorazm viloyati Yangibozor tumani Yukoriboshqir mahallasi, Tantana ko‘chasi 7-uy, "Yangibozor tumani madaniyat markazi"

‼️Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

Murojaat uchun telefon: (+998 97) 457-92-00 ( +998 93) 747-87-47

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #manaviyat_va_marifat

Qiziquvchanlik

Qiziquvchanlik odamning tabiatiga xos. Ayniqsa, bolalar haddan tashqari qiziquvchan boʻladi. “Osmon nega koʻk?”, “Nimaga yomgʻir yogʻadi?”, “Nimaga barglar sargʻayadi?” kabi savollarni yogʻdirib tashlaydi. Aniqlanishicha, bola besh yoshgacha oʻta soʻrovchan boʻladi. U shu orqali olamni idrok etadi.

Ammo, Glebning fikricha, bola maktabga borgach, savollardan koʻra javoblar muhimroq ekanini anglaydi va undagi yuqori qiziquvchanlik soʻnadi. Buyuklarda esa bu xususiyat bir umr saqlanib qoladi.

Savol berishdan charchamang. Javob qidirish insonni olgʻa yetaklaydigan muhim jihatdir.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
📢 4 ноябрь, пайшанба куни ўтказилиши режалаштирилган брифинг:

● Мавзу: Кадастр соҳаси бўйича аҳолидан келиб тушган мурожаатлар таҳлили
● Вақти: 16:00
● Иштирок этади: Неъмат Атамуратов, Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Navoiy_viloyati

📝Joriy yilning Oktabr oyida Navoiy viloyati bo'yicha 331 ta ko'chmas mulk obyektlariga manzil berildi.

Jumaladan,

🔹Karmana tumani - 105 ta
🔹Navoiy shahar - 68 ta
🔹Qiziltepa tumani - 58 ta
🔹Zarafshon shahar - 34 ta
🔹Navbahor tumani - 21 ta
🔹Xatirchi tumani - 15 ta
🔹Nurota tumani - 14 ta
🔹Konimex tumani - 14 ta
🔹Uchquduq tumani - 2 ta

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt