Kadastr - Live
4.45K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining texnik ko'magini ko'rsatish bo'yicha ishchi guruh vakillari Davlat kadastrlari palatasiga tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati ishtirok etishdi.

Ushbu uchrashuv davomida 2021-2022-yillarda Rossiya Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga texnik yordam ko‘rsatish doirasida soliq solish maqsadida ko‘chmas mulk ob’ektlarining kadastr qiymatini aniqlash bo'yicha taqdimot bo'lib o'tdi
.
​​#Kadastr #Andijon_viloyati

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-avgustdagi “Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlarida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 520-sonli qarori ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Xususan,

💠Shahrixon tumanida Kadastr va Soliq organlari xodimlari bilan hamkorlikda jami bo‘lib, 15 930 ta obyektlar xatlovdan o‘tkazildi (25 ta mahalla).

📌Shundan, 2 402 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tganligi va 13 528 tasi ro‘yxatdan o‘tmaganligi aniqlandi.

🔷Bundan tashqari, 11 818 ta obyekt egalari tomonidan to‘langan soliq summalari o‘rganildi.
Jumladan:
➡️15 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 5 298 tani;
➡️11-14 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 2 287 tani;
➡️6-10 yillik soliq to‘lagan obyektlarii soni 2 279 tani;
➡️1-5 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 1 939 tani tashkil etmoqda.

Bu borada ishlar Shahrixon tumanida tashkil etilgan «Shtab» tomonidan kunlik tahlil qilinib kunbay nazorat olib borilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#kadastr #dunyo_yozuvlari #manaviyat_va_marifat

📚Bugungi kunda eng keng tarqalgan yozuv turi lotin alifbosiga asoslangan yozuvlardir va ulardan dunyoning 42,8 foiz aholisi foydalanadi.

🈯️Xitoy iyerogliflaridan 1,6 mlrd kishi, yaʼni dunyo aholisining 20,5 foizi foydalanadi. Lekin tarqalish miqyosi boʻyicha yuqori oʻrinlarni egallamaydi. Hind yozuvidan ham deyarli shuncha aholi foydalanadi, buning katta qismi Hindistonning oʻziga toʻgʻri keladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Sayyor_qabul

DIQQAT E’LON!

Hurmatli Buxoro viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Buxoro viloyati Buxoro tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 29-oktabr kuni soat 14-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Abdushukur Xamidovich Abdullaev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Buxoro tumani "Robotak" MFY 1-sektor shtabi.

‼️Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

📝Murojaat uchun telefon: +998(65)221-01-34

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining texnik ko'magini ko'rsatish bo'yicha ishchi guruh vakillari tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati ishtirok etishmoqda.

Ushbu uchrashuv davomida 2021-2022-yillarda Rossiya Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga texnik yordam ko‘rsatish doirasida Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani misolida Noturar joy obyektlarini kadastr qiymatini aniqlash bo'yicha taqdimot bo'lib o'tmoqda
.
#Kadastr #IT_texnologiyalari

Kadastr agentligining "Davreestr" axborot tizimi yana bir Vazirlik bilan integratsiyalashtiriladi.

📌Hozirda Kadastr agentligining mas'ullari tomonidan ma’lumot almashish jarayonini yo‘lga qo‘yish uchun tegishli Texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqilgan bo'lib, mazkur Texnologik yo‘riqnomada o‘rnatilgan tartib o‘zaro kelishilgandan so‘ng, Kadastr agentligining “Davreestr” axborot tizimi va Moliya vazirligining “Passport-budjet” axborot tizimi bilan o‘zaro integratsiya qilish bo‘yicha ishlar boshlanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #Kadastr

Kadastr tizimidagi yangiliklar, sohadagi aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Abdurashid Qodirov "Sevimli" telekanalining "Xayrli Oqshom" teledasturiga intervyu berdi.

Batafsil 📹

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
​​#matbuot_anjumani #DIQQAT_ELON

❗️❗️❗️KADASTRDA MATBUOT ANJUMANI

🔷2021-yilning 29-oktabr kuni soat 15:00 da Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining "Toshkent viloyatida amalga oshirilgan xatlov ishlari yakuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 08-iyundagi PF-6243-son "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🔷Matbuot anjumanida Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i R.Payziev va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i J.Ahrorovlar boshchiligida filiallar rahbarlari hamda masalaga aloqador mutasaddi tashkilotlardan vakillar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
🔷Ushbu matbuot anjumaniga ommaviy axborot vositalari hodimlari hamda blogerlarni taklif etamiz!

🏢Manzil: Nurafshon shahar, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 33 uy, Ipoteka banki majlislar zali

📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (99) 087-64-18

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
​​#Kadastr #milliy_geoaxborot

Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiruvchi quyidagi O‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yuritadi. Fanlar akademiyasi o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri yuritilishini ilmiy jihatdan ta’minlaydi.

O‘SIMLIK DUNYOSI OBYEKTLARINING DAVLAT KADASTRI

🔹 o‘simlik dunyosi obyektlarining son va sifat holatini aniqlash;
🔹 o‘simlik dunyosi obyektlarini iqtisodiy baholash;
🔹 o‘simlik dunyosi obyektlaridan xo‘jalikda foydalanish hajmlarini aniqlash;
🔹 davlat organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga o‘simlik dunyosi obyektlarining holati va ular o‘sadigan muhit to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar taqdim etish;
🔹 o‘simlik dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan oqilona, barqaror foydalanish, himoya qilish, qayta ko‘paytirish va tiklash hamda ularning biologik xilma-xilligini saqlash;
🔹 o‘simlik dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan foydalanish, himoya qilish, qayta ko‘paytirish va tiklash talablariga rioya etilishini ta’minlash uchun yuritiladi.

Jami obyektlar soni: 598 tur
Shundan, DKYATga kiritilgan obyektlar soni: 598 tur, 100 % ni tashkil qiladi.

2021-yil 1-sentabr holatiga

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Sayyor_qabul #Buxoro_viloyati

⭕️Ayni damda, aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Buxoro tumanidagi "Madaniyat uyi"da sayyor qabul o‘tkazilmoqda.


📌Unda Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Abdushukur Xamidovich Abdullaev, viloyat boshqarmasi rahbarlari hamda tuman mas'ullari ishtirok etmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt