Kadastr - Live
4.56K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#Kadastr #mamuriy_bulim

🔰Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Agentlikning hududiy organlari tomonidan yer va kadastr nazorati sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan 24039 nafar shaxsga nisbatan 6 545 mln.so‘m miqdorda ma’muriy jarimalar qo‘llanilib, 4 506,3 mln.so‘m undirildi.
Xususan,
🔷 Xorazm viloyatida 100 % (4272ta),
🔷Namangan viloyatida 99 % (4238 tadan 4218 tasi undirilgan),
🔷Qashqadaryo viloyati 97 % (1249 tadan 1222 tasi undirilgan),
🔷Qoraqalpog‘iston Respublikasi 96 % (3145 tadan 3126 tasi undirilgan),
🔷Navoiy viloyati 96% (1306 tadan 1258 tasi undirilgan), boshqa viloyatlarda ham 70 % dan yuqori bo‘lib, Respublikada undiruv darajasi 80 % dan oshdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон президенти сайловидаги ғалабаси расман эълон қилинди

МСК эълон қилган дастлабки натижаларга кўра, ЎзЛиДеП номзоди 80 фоиздан ортиқ овоз олди, Мақсуда Ворисова иккинчи бўлди.

👉 https://kun.uz/46804808

Kun.uz Telegram каналлари👇

Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
#Prezident #Kadastr #Xalq_bilan_birga #Tashkiliy_nazorat

Ижобий ҳал бўлган мурожаатлар ҳудудлар кесимида:

Қорақалпоғистон Республикаси - 436 та
Андижон вилояти - 684 та
Бухоро вилояти - 765 та
Жиззах вилояти - 748 та
Қашқадарё вилояти - 1 146 та
Навоий вилояти - 247 та
Наманган вилояти - 542 та
Самарқанд вилояти - 894 та
Сурхондарё вилояти - 1 462 та
Сирдарё вилояти - 375 та
Тошкент вилояти - 1 142 та
Фарғона вилояти - 1 561 та
Хоразм вилояти - 791 та
Тошкент шаҳар - 503 та

Telegram Instagram YouTube Facebook
​​#kadastr #chegara_o‘zgarishi #Toshkent_viloyati

ZANGIOTA TUMANIDAN SERGELI TUMANIGA O‘TAYOTGAN OBYEKTLAR

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 16-avgust 2021 yildagi 1290-IV-son va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 27-avgust 2021 yildagi SQ-379-IV-son Qarorlari ijrosi yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarmalari hamda hududiy bo‘linmalari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan Toshkent shahrining Sergeli tumaniga quyidagi ijtimoiy obyektlar o‘tkazilishi taʼminlandi:

🟢 mahallalar – 13 ta;

🟢 ko‘p qavatli turar joylar – 23 ta;

🟢 ko‘p qavatli turar joylardagi honadonlar – 335 ta;

🟢 yakka tartibdagi uy-joylar – 10 954 ta;

🟢 noturar joylar – 535 ta;

🟢 maktablar – 7 ta;

🟢 maktabgacha taʼlim muassasalari – 5 ta;

🟢 diniy muassasalar – 2 ta;

🟢 qabristonlar – 4 ta;

🟢 madaniyat markazlari – 1 ta;

🟢 tibbiy muassasalar – 2 ta.

Zangiota tumanidan Sergeli tumaniga o‘tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri Sergeli tumani etib belgilanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #geodeziya_kartografiya

🇺🇿“O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiya ish turlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

📌O‘zgarishlarga muvofiq:

Kadastr agentligiga o‘ndan ortiq umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajaradi.

Agentlik tomonidan «Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq maxsus ahamiyatga molik geodeziya va kartografiya ishlari bajariladi.

Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiya faoliyati bilan litsenziya yoki xabardor qilish tartibi orqali geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ham bajarilishi mumkinligi belgilandi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #auksion

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kadastr idoralari tomonidan “Yerelektron” tizimiga 54 474 ta 22 045 gektar bo‘sh yer uchastkalari kiritildi.

📌Shundan vakolatli organlar tomonidan:

➡️14 567 ta yer uchastkalari rad etildi;

➡️24 686 ta yer uchastkalari ko‘rib chiqilmoqda;

➡️15 839 ta yer uchastkalari bo‘yicha ijobiy xulosa berilib, “E-Ijro auksion” orqali auksionga chiqarildi.

🚩Auksionga chiqarilgan 6008 ta 444 gektar yer uchastkalari auksionda sotildi.

Joriy yil 1-oktabr holatiga 20 462 ta yer uchastkalari bo‘yicha auksion savdolari davom etmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining texnik ko'magini ko'rsatish bo'yicha ishchi guruh vakillari Davlat kadastrlari palatasiga tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati ishtirok etishdi.

Ushbu uchrashuv davomida 2021-2022-yillarda Rossiya Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga texnik yordam ko‘rsatish doirasida soliq solish maqsadida ko‘chmas mulk ob’ektlarining kadastr qiymatini aniqlash bo'yicha taqdimot bo'lib o'tdi
.
​​#Kadastr #Andijon_viloyati

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-avgustdagi “Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlarida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 520-sonli qarori ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Xususan,

💠Shahrixon tumanida Kadastr va Soliq organlari xodimlari bilan hamkorlikda jami bo‘lib, 15 930 ta obyektlar xatlovdan o‘tkazildi (25 ta mahalla).

📌Shundan, 2 402 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tganligi va 13 528 tasi ro‘yxatdan o‘tmaganligi aniqlandi.

🔷Bundan tashqari, 11 818 ta obyekt egalari tomonidan to‘langan soliq summalari o‘rganildi.
Jumladan:
➡️15 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 5 298 tani;
➡️11-14 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 2 287 tani;
➡️6-10 yillik soliq to‘lagan obyektlarii soni 2 279 tani;
➡️1-5 yillik soliq to‘lagan obyektlari soni 1 939 tani tashkil etmoqda.

Bu borada ishlar Shahrixon tumanida tashkil etilgan «Shtab» tomonidan kunlik tahlil qilinib kunbay nazorat olib borilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#kadastr #dunyo_yozuvlari #manaviyat_va_marifat

📚Bugungi kunda eng keng tarqalgan yozuv turi lotin alifbosiga asoslangan yozuvlardir va ulardan dunyoning 42,8 foiz aholisi foydalanadi.

🈯️Xitoy iyerogliflaridan 1,6 mlrd kishi, yaʼni dunyo aholisining 20,5 foizi foydalanadi. Lekin tarqalish miqyosi boʻyicha yuqori oʻrinlarni egallamaydi. Hind yozuvidan ham deyarli shuncha aholi foydalanadi, buning katta qismi Hindistonning oʻziga toʻgʻri keladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Sayyor_qabul

DIQQAT E’LON!

Hurmatli Buxoro viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Buxoro viloyati Buxoro tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 29-oktabr kuni soat 14-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Abdushukur Xamidovich Abdullaev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Buxoro tumani "Robotak" MFY 1-sektor shtabi.

‼️Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

📝Murojaat uchun telefon: +998(65)221-01-34

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining texnik ko'magini ko'rsatish bo'yicha ishchi guruh vakillari tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati ishtirok etishmoqda.

Ushbu uchrashuv davomida 2021-2022-yillarda Rossiya Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga texnik yordam ko‘rsatish doirasida Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani misolida Noturar joy obyektlarini kadastr qiymatini aniqlash bo'yicha taqdimot bo'lib o'tmoqda
.