YANGI G‘OZG‘ON.UZ | G‘OZG‘ON SHAHAR HOKIMLIGI
2.76K subscribers
25.1K photos
2.54K videos
9 files
9.63K links
Gʻozgʻon shahar hokimligi axborot xizmatining rasmiy kanali

WEB SAYT: www.gazgan.uz
INSTAGRAM: instagram.com/gazganuz__official
YOUTUBE: https://www.youtube.com/@GAZGAN1904
FACEBOOK: https://www.facebook.com/gazgonaxborotxizmati?mibextid=kFxxJD
Download Telegram
⚡️ Малака ошириш курслари давом этмоқда.

▫️ Хабар бериб бораётганимиздек, Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Навоий вилоят филиали ҳамда Навоий давлат педагогика институти ҳамкорлигида ташкил этилган қисқа муддатли малака ошириш курсларининг навбатдаги босқичи бошланди.

▫️ Унда туман ва шаҳар ҳокимликларининг молия-иқтисодиёт ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича бош мутахассислари ҳамда рақамли иқтисодиётни жорий этиш бўйича лойиҳалар менежерлари иштирок этишмоқда.

📙 Бугунги машғулотлар "Ўзбекистон Республикасининг “Давлат фуқаролик хизмати тўғрисида”ги Қонуни мазмун-моҳияти ва давлат фуқаролик хизматчисининг одоб-ахлоқ қоидалари", "Ҳудудларни ижтимоий - иқтисодий ривожлантириш дастурини ишлаб чиқиш", "Рақамли иқтисодиёт шароитида ҳудуд ва тармоқларни рақамли трансформация қилиш" каби долзарб мавзуларда бўлиб ўтди.

Эслатиб ўтамиз, ҳокимлик мутахассислари учун малака ошириш курслари жорий йилнинг 29 май кунига қадар давом этади.

|Telegram |YouTube|Facebook |
#JARAYON

G'ozg'on shahar hokimi Azim Bazarov boshchiligidagi tegishli mas’ullar yangi shahar hududida bunyod etilayotgan zamonaviy tipdagi ko‘p qavatli uylar qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#XAYRLI_TONG

Asl saodat nafas olib turgan har onimizga shukr qila olishdir. Assalomu alaykum azizlar! Chorshanba tonggi muborak bo‘lsin!

Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Kun_iqtibosi

​​Qiyin bir davrga kirganingda va har narsa senga qarshidek ko‘ringanida, bir daqiqa ham bardosh berolmaydigan holga tushganingda, aslo taslim bo‘lma.
Chunki ana o‘sha nuqta, yo‘nalishning o‘zgaradigan o‘rni va zamonidir.


©️Jaloliddin Rumiy

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Bilasizmi

❗️Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘lovchilarga loyqa sachratishi BHMning ikkidan bir qismi miqdorida (170 ming so‘m) jarima solishga sabab bo'ladi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
❗️ИЖОД МАКТАБЛАРИ 2024/2025-ЎҚУВ ЙИЛИ УЧУН ҚАБУЛ ЭЪЛОН ҚИЛАДИ!

⚡️ Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги тизимидаги Ижод мактабларига 2024/2025 ўқув йили учун ҳужжатлар қабули 1 июндан – 20 июнга қадар ОНЛАЙН шаклда ariza.piima.uz сайти орқали амалга оширилади.

Ижод мактабларига қандай ҳужжатлар талаб этилади?
🗂Талабгорнинг:
туғилганлик тўғрисидаги гувоҳномаси;
фотосурати (охирги 2 ойда олинган);
ота-онаси ёки унинг ўрнини босувчи шахснинг паспорт маълумотлари ва телефон рақамлари (доимий ишлаб турган телефон рақамлари) аниқ ва бехато киритилиши лозим.

Ижод мактабларига нечанчи синфларга қабул қилинади?

Ижод мактабларига 6 синфни тугатган ўқувчилар 7 синфга қабул қилинади.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Rossiya safari doirasida Omskdagi o‘zbekistonlik migrantlar bilan uchrashdi.

Viloyat hokimi vatandoshlarimizning u yerdagi yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi, muammo va takliflarini tingladi. Vatanga qaytishni istaganlarga yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha takliflar berdi.

Shuningdеk, u yеrda mеhnat qilayotgan vatandoshlarimizni ijtimoiy, huquqiy, moddiy va madaniy qo'llab-quvvatlash hamda barcha sharoitlarni yaratish bo'yicha Omsk gubеrnatori bilan alohida muzokalar olib borildi.

Normat Tursunov viloyatdan borgan migrantlar bilan uchrashar ekan, ular uchun yaratilgan mеhnat, dam olish, ovqatlanish sharoitlari bilan atroflicha tanishib, zarurat tug'ilganda tibbiy xizmat ko'rsatilishi, ularni qiynayotgan muammolarini ham o'rgandi, oilalaridan xabardorligi, oilalaridagi vaziyat bilan ham qiziqdi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

Бугун Навоий вилояти ҳокими Нормат Турсунов Россия сафари доирасида Омскдаги ўзбекистонлик мигрантлар билан учрашди.

Вилоят ҳокими ватандошларимизнинг у ердаги яшаш шароитлари билан яқиндан танишди, муаммо ва таклифларини тинглади. Ватанга қайтишни истаганларга ёрдам кўрсатилиши бўйича таклифлар берди.

Шунингдек, у ерда меҳнат қилаётган ватандошларимизни ижтимоий, ҳуқуқий, моддий ва маданий қўллаб-қувватлаш ҳамда барча шароитларни яратиш бўйича Омск губернатори билан алоҳида музокалар олиб борилди.

Нормат Турсунов вилоятдан борган мигрантлар билан учрашар экан,  улар учун яратилган меҳнат, дам олиш, овқатланиш шароитлари билан атрофлича танишиб, зарурат туғилганда тиббий хизмат кўрсатилиши, уларни қийнаётган муаммоларини ҳам ўрганди, оилаларидан хабардорлиги, оилаларидаги вазият билан ҳам қизиқди.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🌐Veb Sayt | Telegram | Facebook | 🌐Instagram | 📹 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XALQ DEPUTATLARI GʻOZGʻON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI ELLIK YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TADI

Bugun soat 10.00 da xalq deputatlari Gʻozg‘on shahar Kengashining navbatdagi ellik yettinchi sessiyasi o‘z ishini boshlaydi.

Sessiya ishi ijtimoiy tarmoqlar, xususan, G‘ozg‘on shahar hokimligi axborot xizmatining
Instagramdagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib boriladi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Navoiy viloyati bo'yicha 1350 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqariladi

🔷 Navoiy shahridan 4 ta (ko'rish)
🔷 Zarafshon shahridan 90 ta (ko'rish)
🔷 G'ozg'on shahridan 57 ta (ko'rish)
🔷 Karmana tumanidan 295 ta (ko'rish)
🔷 Konimex tumanidan 76 ta (ko'rish)
🔷 Qiziltepa tumanidan 249 ta (ko'rish)
🔷 Navbahor tumanidan 119 ta (ko'rish)
🔷 Nurota tumanidan 124 ta (ko'rish)
🔷 Uchquduq tumanidan 54 ta (ko'rish)
🔷 Tomdi tumanidan 77 ta (ko'rish)
🔷 Xatirchi tumanidan 205 ta (ko'rish)

Batafsil ma'lumot olish uchun:
☎️ Tel: 99-207-36-02, 99-207-26-02
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Manzil: Navoiy shahri S.Ayniy 27
Mo'ljal: Davlat xizmatlari markazi

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook