YANGI G‘OZG‘ON.UZ | G‘OZG‘ON SHAHAR HOKIMLIGI
2.76K subscribers
25.1K photos
2.54K videos
9 files
9.63K links
Gʻozgʻon shahar hokimligi axborot xizmatining rasmiy kanali

WEB SAYT: www.gazgan.uz
INSTAGRAM: instagram.com/gazganuz__official
YOUTUBE: https://www.youtube.com/@GAZGAN1904
FACEBOOK: https://www.facebook.com/gazgonaxborotxizmati?mibextid=kFxxJD
Download Telegram
#Jarayon

HOKIM KO‘P TARMOQLI MARKAZIY POLIKLINIKA FAOLIYATI BILAN TANISHDI


Bugun Gʻozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev boshchiligidagi mas’ullar shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi faoliyati bilan tanishdi.

Shahar rahbari tanishish davomida, bemorlar bilan yaqindan suhbatlashdi

Keyingi navbatda, birlashmada faoliyat yurituvchi tibbiyot xodimlarining ish faoliyati yuzasidan suhbat olib borib, ularga yaratib berilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan bo‘lgan suhbat davomida birlashmaga shifo istab kelgan bemorlarga sadoqat bilan xizmat qilish lozimligi haqida, shu bilan bir qatorda shifoxonada kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar belgilab berildi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
▶️#JARAYON

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda viloyat rahbari Normat Tursunov bayramga munosib tayyorgarlik ko‘rish hamda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, umumxalq hashar ishlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida shahardagi 36 ta “mahalla yettiligi”, bandlik bo‘yicha mas’ul xodimlar, viloyat hokimining mutasaddilari bilan uchrashdi

Viloyat hokimi mas’ullar bilan uchrashar ekan, umumxalq hashari «Mahalla obod — yurt obod» shiori ostida mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlarni obodonlashtirish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, “Sayhunobod va Uychi tajribasi” asosida aholi daromadlarini oshirish, Navoiy shahrini ishsizlikdan holi hududga aylantirish va mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga alohida e’tibor berish hamda oilalardagi ajrimlarni oldini olishga qaratilgan zarur amaliy ishlar qilinishi kerakligi aytib o‘tildi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
⬅️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▶️#JARAYON

📌O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan joriy yilning 22-23-avgust kunlari Navoiy viloyatida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari tashkil qilingan.

🔠Unga ko‘ra, Navoiy viloyatida mexanizatsiyalashgan yig‘ma otryadi va doimiy tayyorgarlikdagi xizmatlarning saf ko‘rigi, inshootda sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish va ichimlik suv chiqarish jarayonini tiklash kabi tadbirlar hamda “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali zaxira materiallarni saqlash ombori hamda Karmana tumanidagi “Bog‘ishamol” MFY 5- sonli gaz taqsimlash stansiyasi bilan tanishildi.

🔠Bugun ham Navoiy shahrida tadbirning uzviy davomi sifatida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari tashkil etildi. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev, viloyat hokimi Normat Tursunov ishtirok etib, nutq so‘zladi.

🔠Shuningdek, qo‘mondonlik – shtab o‘quv mashqi yakunlari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
⬅️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

Viloyat rahbari Normat Tursunov Navoiy shahridagi 15-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi hamda qo‘shimcha binoning qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Bugungi kunda 400 o‘rinli ushbu maktab qurilish yakuniga yetganidan so‘ng 940 o‘ringa mo‘ljallanadi.

Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati



#ЖАРАЁН

Вилоят раҳбари Нормат Турсунов Навоий шаҳридаги 15-умумтаълим мактабида бўлиб, таълим муассасасининг янги ўқув йилига тайёргарлиги ҳамда қўшимча бинонинг қурилиш-таъмирлаш ишлари билан танишди.

Бугунги кунда 400 ўринли ушбу мактаб қурилиш якунига етганидан сўнг 940 ўринга мўлжалланади.

Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
#Jarayon

G'ozg'on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev boshchiligidagi tegishli mas’ullar yangi shahar hududida bunyod etilayotgan zamonaviy tipdagi Prokuratura binosi bilan yaqindan tanishdi.
------------------
араён

Ғозғон шаҳар ҳокими Нурали Жўраев бошчилигидаги тегишли масъуллар янги шаҳар ҳудудида бунёд этилаётган замонавий типдаги Прокуратура биноси билан яқиндан танишди.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Jarayon

TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

G‘ozg‘on shahar hokimi N.Jo‘rayev va shahar Prokurori Sh.G'afforov hamda tegishli mas’ullar hududda faoliyat yurituvchi marmar va granit plitalar ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tanishish asnosida, Atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslarni oqilona sarflash va energiya manbalaridan tejamkorlik bilan foydalanish, kelajak avlod uchun barqaror hayotni kafolatlash maqsadida ishlab chiqarish korxonalarini muqobil energiya manbalari bilan ta’minlash maqsadida quyosh panellari o‘rnatilmoqda.



🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Jarayon

EZGU MAQSAD YO’LIDA...

Xabar berganimizdek, Gʻozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev boshchiligida tog‘ yonbag‘ri bo‘ylab "Shohimardon" qadamjosiga olib boradigan yo‘l hamda uning atrofini obod qilishga kirishildi.

Shahar hokimi boshchiligidagi tegishli mas’ullar birgalikda ushbu hududda ayni vaqtda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida ushbu hududda bo‘ldi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#JARAYON

💠G'ozg'on shahar hokimi Nurali Jo'rayev boshchiligidagi sektor rahbarlari va mas’ullar "Shayxon" MFY hududida joylashgan qadimiy manzilgohlardan biri "Shohimardon" ziyoratgohida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida ushbu qadamjoga tashrif buyurdi.

Ayni vaqtda Madaniy meros agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ziyoratgohda restavratsiya, ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, majmua agentlik jamg‘armasining 1 mlrd. 601 mln. so‘m mablag‘i hisobiga "Gʻolib Bekzod" MCHJ tomonidan restavratsiya qilinmoqda.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Jarayon

AHOLINI ROZI QILISH FAOLIYATIMIZNING BOSH MEZONI
!
"KAMBAG'ALLIKDAN-TADBIRKORLIK SARI"

Xabar berganimizdek, G'ozg'on shahrida sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan yangicha tizim asosida, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlari, muammo va takliflari o'rganilib, ularni "Kambag'allikdan-tadbirkorlik sari" tamoyili asosida ijtimoiy holatini yaxshilash hamda doimiy daromad manbaiga ega bo'lishlari uchun ko'maklashish maqsadida "Shayxon" MFYdagi 20 dan ortiq oilalar o'rganildi va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bu kabi ishlar hududlar bo'ylab davom etmoqda.

🌐Gʻozgʻon shahri hokimligi
Axborot xizmati
#Jarayon

TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

G‘ozg‘on shahar hokimi N.Jo‘rayev va shahar Prokurori Sh.G'afforov hamda tegishli mas’ullar hududda faoliyat yurituvchi marmar va granit plitalar ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tanishish asnosida, Atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslarni oqilona sarflash va energiya manbalaridan tejamkorlik bilan foydalanish, kelajak avlod uchun barqaror hayotni kafolatlash maqsadida ishlab chiqarish korxonalarini muqobil energiya manbalari bilan ta’minlash maqsadida quyosh panellari o‘rnatilmoqda.



🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
🟦🟦🟦
#Jarayon
🇺🇿 Bugun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bo'lim boshlig'i Abror Qilichov,  Navoiy viloyati Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi rahbari A. Muqimov G'ozg'on  shahrida bo‘lib, shahar hokimligi faollar zalida  shahardagi nuroniy hamda yoshlar  bilan uchrashib,  ular bilan samimiy muloqot qildi.

🇺🇿 Uchrashuvda shahardagi muammolar hamda Nuroniy va yoshlarimizning takliflari tinglandi.  
G'ozg'on shahrida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va bu borada yana qanday chora-tadbirlar ko‘rilishi zarurligi muhokama markazida bo‘ldi.

❤️Gʻozgʻon shahri hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

#Жараён
🇺🇿 Бугун Республика Маънавият ва маърифат маркази бўлим бошлиғи Аброр Қиличов, Навоий вилояти Маънавият ва маърифат бўлими раҳбари А. Муқимов Ғозғон шаҳрида бўлиб, шаҳар ҳокимлиги фаоллар залида шаҳардаги нуроний ҳамда ёшлар билан учрашиб, улар билан самимий мулоқот қилди.

🇺🇿 Учрашувда шаҳардаги муаммолар ҳамда Нуроний ва ёшларимизнинг таклифлари тингланди.
Ғозғон шаҳрида амалга оширилган ишлар таҳлил қилиниб, мавжуд камчиликларни бартараф этиш ва бу борада яна қандай чора-тадбирлар кўрилиши зарурлиги муҳокама марказида бўлди.

❤️Ғозғон шаҳри ҳокимлиги
Ахборот хизмати

👍Telegram | 👍Instagram | 👍YouTube | 👍Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM