YANGI G‘OZG‘ON.UZ | G‘OZG‘ON SHAHAR HOKIMLIGI
2.76K subscribers
24.9K photos
2.52K videos
9 files
9.56K links
Gʻozgʻon shahar hokimligi axborot xizmatining rasmiy kanali

WEB SAYT: www.gazgan.uz
INSTAGRAM: instagram.com/gazganuz__official
YOUTUBE: https://www.youtube.com/@GAZGAN1904
FACEBOOK: https://www.facebook.com/gazgonaxborotxizmati?mibextid=kFxxJD
Download Telegram
#JARAYON

Gʻozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev tegishli mas’ullar bilan birgalikda "Navoiy suv ta’minoti" AJ shahar bo‘limiga qarashli "Marmarobod" MFY hududida joylashgan oqova suvlarni tozalash inshooti bilan tanishdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, ushbu inshoot sutkasiga 400 m3 oqova suvlarni tozalab berish quvvatiga ega bo‘lib, shahar hududi bo‘ylab umumiy 9.2 km asosiy tarmoq quvurlaridan iborat.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Jarayon

G‘ozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev hokimi boshchiligidagi tegishli mas’ullar "Shayxon" MFY hududida joylashgan qadimiy manzilgohlardan biri "Shohimardon" ziyoratgohida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida ushbu hududda bo‘ldi.

Ayni vaqtda Madaniy meros agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ziyoratgohda restavratsiya, ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#JARAYON

📌Mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nuroniylar, farzandlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, hurmat, ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bag‘ishlagan uy bekalari va keksa avlod vakillaridan bir guruhi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandilar.

Ushbu mukofotlarni tantanali topshirish marosimi viloyat hokimligida tashkil etildi.

💠Tadbirda viloyat rahbari Normat Tursunov ishtirok etib, nuroniylarni qutladi.

Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
#JARAYON

G‘ozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev tegishli mas’ullar bilan birgalikda hududdagi mavjud marmar va granit konlaridagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Jarayonda, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar bilan ham uchrashilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar, taklif va tashabbuslari yuzasidan atroflicha suhbatlashildi.

Tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarini bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar belgilab berildi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
▶️#JARAYON

🔋Bugun viloyat rahbari Normat Tursunov rahbarligida o‘tkazilayotgan apparat yig‘ilishida hokim o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, shahar va tuman hokimlari hamda tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etishmoqda.

🔋Kun tartibidagi masalalar 5 ta bo‘lib, dastlab ijro intizomini mustahkamlash (oldingi apparat yig‘ilishida berilgan topshiriqlar, edo.gov.uz platformasidagi nazoratdagi hujjatlar ijrosi tahlil etildi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati

▶️#ЖАРАЁН

🔋Бугун вилоят раҳбари Нормат Турсунов раҳбарлигида ўтказилаётган аппарат йиғилишида ҳоким ўринбосарлари, сектор раҳбарлари, шаҳар ва туман ҳокимлари ҳамда ташкилот ва муассаса раҳбарлари иштирок этишмоқда.

🔋Кун тартибидаги масалалар 5 та бўлиб, дастлаб ижро интизомини мустаҳкамлаш (олдинги аппарат йиғилишида берилган топшириқлар, edo.gov.uz платформасидаги назоратдаги ҳужжатлар ижроси таҳлил этилди.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▶️#JARAYON

🔋Viloyat hokimi Normat Tursunov rahbarligidagi apparat yig‘ilishi davom etmoqda. Eng muhim masalalardan yana biri aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish va ish so‘rab murojaat qilganlar bandligini ta’minlash bo‘yicha mahallalarga biriktirilgan mas’ullar va sektor rahbarlarining hisoboti tinglanmoqda.

🪫Achinarlisi, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha Konimex, Nurota tumanlari yolg‘on hisobot berishgan. Bandlik bo‘yicha Nurota tumani va Zarafshon, Navoiy shaharlarida ish bo‘yicha ko‘mak so‘ragan 88 nafar aholidan atigi 10 nafari ishga joylashtirilgan.

🔋Shuningdek, yig‘ilishda Boshqaruv servis kompaniyalari va shirkatlar faoliyati, ularning hamda “Navoiy suv ta’minoti” AJ va “Issiqlik manbai” DUKlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlardan hosil bo‘lgan debitor qarzdorliklarni keskin kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama etildi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

G'ozg'on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev boshchiligidagi tegishli mas’ullar yangi shahar hududida bunyod etilayotgan zamonaviy tipdagi ko‘p qavatli uylar qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
------------------
араён

Ғозғон шаҳар ҳокими Нурали Жўраев бошчилигидаги тегишли масъуллар янги шаҳар ҳудудида бунёд этилаётган замонавий типдаги кўп қаватли уйлар қурилиш ишлари билан яқиндан танишди.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Jarayon

Joriy yil "Tashabbusli budjet" loyihasining 1-mavsumida g‘olib topilgan "Marmarobod" mahallasi "Konchilar", "Sangtarosh" hamda "Osiyo" ko‘chalari hududidagi umumiy 6.9 km yo‘lga asfalt qoplamalari yotqazish bo‘yicha ishlar amalga oshirilayotganligi haqida xabar bergan edik.

Ayni vaqtda mahallaning "Osiyo" guzari hududidagi ichki yo‘llarga asfalt qoplamalari "Auto Gold service" MCHJ tomonidan yotqazilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida shahar hokimi Nurali Jo‘rayev boshchiligidagi tegishli mas’ullar ushbu hududda bo‘ldi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Jarayon

HOKIM KO‘P TARMOQLI MARKAZIY POLIKLINIKA FAOLIYATI BILAN TANISHDI


Bugun Gʻozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev boshchiligidagi mas’ullar shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi faoliyati bilan tanishdi.

Shahar rahbari tanishish davomida, bemorlar bilan yaqindan suhbatlashdi

Keyingi navbatda, birlashmada faoliyat yurituvchi tibbiyot xodimlarining ish faoliyati yuzasidan suhbat olib borib, ularga yaratib berilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan bo‘lgan suhbat davomida birlashmaga shifo istab kelgan bemorlarga sadoqat bilan xizmat qilish lozimligi haqida, shu bilan bir qatorda shifoxonada kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar belgilab berildi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
▶️#JARAYON

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda viloyat rahbari Normat Tursunov bayramga munosib tayyorgarlik ko‘rish hamda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, umumxalq hashar ishlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida shahardagi 36 ta “mahalla yettiligi”, bandlik bo‘yicha mas’ul xodimlar, viloyat hokimining mutasaddilari bilan uchrashdi

Viloyat hokimi mas’ullar bilan uchrashar ekan, umumxalq hashari «Mahalla obod — yurt obod» shiori ostida mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlarni obodonlashtirish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, “Sayhunobod va Uychi tajribasi” asosida aholi daromadlarini oshirish, Navoiy shahrini ishsizlikdan holi hududga aylantirish va mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga alohida e’tibor berish hamda oilalardagi ajrimlarni oldini olishga qaratilgan zarur amaliy ishlar qilinishi kerakligi aytib o‘tildi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
⬅️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▶️#JARAYON

📌O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan joriy yilning 22-23-avgust kunlari Navoiy viloyatida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari tashkil qilingan.

🔠Unga ko‘ra, Navoiy viloyatida mexanizatsiyalashgan yig‘ma otryadi va doimiy tayyorgarlikdagi xizmatlarning saf ko‘rigi, inshootda sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish va ichimlik suv chiqarish jarayonini tiklash kabi tadbirlar hamda “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali zaxira materiallarni saqlash ombori hamda Karmana tumanidagi “Bog‘ishamol” MFY 5- sonli gaz taqsimlash stansiyasi bilan tanishildi.

🔠Bugun ham Navoiy shahrida tadbirning uzviy davomi sifatida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari tashkil etildi. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev, viloyat hokimi Normat Tursunov ishtirok etib, nutq so‘zladi.

🔠Shuningdek, qo‘mondonlik – shtab o‘quv mashqi yakunlari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
⬅️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

Viloyat rahbari Normat Tursunov Navoiy shahridagi 15-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi hamda qo‘shimcha binoning qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Bugungi kunda 400 o‘rinli ushbu maktab qurilish yakuniga yetganidan so‘ng 940 o‘ringa mo‘ljallanadi.

Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati



#ЖАРАЁН

Вилоят раҳбари Нормат Турсунов Навоий шаҳридаги 15-умумтаълим мактабида бўлиб, таълим муассасасининг янги ўқув йилига тайёргарлиги ҳамда қўшимча бинонинг қурилиш-таъмирлаш ишлари билан танишди.

Бугунги кунда 400 ўринли ушбу мактаб қурилиш якунига етганидан сўнг 940 ўринга мўлжалланади.

Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
#Jarayon

G'ozg'on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev boshchiligidagi tegishli mas’ullar yangi shahar hududida bunyod etilayotgan zamonaviy tipdagi Prokuratura binosi bilan yaqindan tanishdi.
------------------
араён

Ғозғон шаҳар ҳокими Нурали Жўраев бошчилигидаги тегишли масъуллар янги шаҳар ҳудудида бунёд этилаётган замонавий типдаги Прокуратура биноси билан яқиндан танишди.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Jarayon

TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

G‘ozg‘on shahar hokimi N.Jo‘rayev va shahar Prokurori Sh.G'afforov hamda tegishli mas’ullar hududda faoliyat yurituvchi marmar va granit plitalar ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tanishish asnosida, Atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslarni oqilona sarflash va energiya manbalaridan tejamkorlik bilan foydalanish, kelajak avlod uchun barqaror hayotni kafolatlash maqsadida ishlab chiqarish korxonalarini muqobil energiya manbalari bilan ta’minlash maqsadida quyosh panellari o‘rnatilmoqda.



🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Jarayon

EZGU MAQSAD YO’LIDA...

Xabar berganimizdek, Gʻozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev boshchiligida tog‘ yonbag‘ri bo‘ylab "Shohimardon" qadamjosiga olib boradigan yo‘l hamda uning atrofini obod qilishga kirishildi.

Shahar hokimi boshchiligidagi tegishli mas’ullar birgalikda ushbu hududda ayni vaqtda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida ushbu hududda bo‘ldi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#JARAYON

💠G'ozg'on shahar hokimi Nurali Jo'rayev boshchiligidagi sektor rahbarlari va mas’ullar "Shayxon" MFY hududida joylashgan qadimiy manzilgohlardan biri "Shohimardon" ziyoratgohida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida ushbu qadamjoga tashrif buyurdi.

Ayni vaqtda Madaniy meros agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ziyoratgohda restavratsiya, ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, majmua agentlik jamg‘armasining 1 mlrd. 601 mln. so‘m mablag‘i hisobiga "Gʻolib Bekzod" MCHJ tomonidan restavratsiya qilinmoqda.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Jarayon

AHOLINI ROZI QILISH FAOLIYATIMIZNING BOSH MEZONI
!
"KAMBAG'ALLIKDAN-TADBIRKORLIK SARI"

Xabar berganimizdek, G'ozg'on shahrida sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan yangicha tizim asosida, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlari, muammo va takliflari o'rganilib, ularni "Kambag'allikdan-tadbirkorlik sari" tamoyili asosida ijtimoiy holatini yaxshilash hamda doimiy daromad manbaiga ega bo'lishlari uchun ko'maklashish maqsadida "Shayxon" MFYdagi 20 dan ortiq oilalar o'rganildi va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bu kabi ishlar hududlar bo'ylab davom etmoqda.

🌐Gʻozgʻon shahri hokimligi
Axborot xizmati
#Jarayon

TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

G‘ozg‘on shahar hokimi N.Jo‘rayev va shahar Prokurori Sh.G'afforov hamda tegishli mas’ullar hududda faoliyat yurituvchi marmar va granit plitalar ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tanishish asnosida, Atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslarni oqilona sarflash va energiya manbalaridan tejamkorlik bilan foydalanish, kelajak avlod uchun barqaror hayotni kafolatlash maqsadida ishlab chiqarish korxonalarini muqobil energiya manbalari bilan ta’minlash maqsadida quyosh panellari o‘rnatilmoqda.



🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook