YANGI G‘OZG‘ON.UZ | G‘OZG‘ON SHAHAR HOKIMLIGI
2.76K subscribers
24.9K photos
2.52K videos
9 files
9.56K links
Gʻozgʻon shahar hokimligi axborot xizmatining rasmiy kanali

WEB SAYT: www.gazgan.uz
INSTAGRAM: instagram.com/gazganuz__official
YOUTUBE: https://www.youtube.com/@GAZGAN1904
FACEBOOK: https://www.facebook.com/gazgonaxborotxizmati?mibextid=kFxxJD
Download Telegram
#Amal_qiling

Tungi vaqtda (soat 23.00 dan 06.00 gacha) fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, yaʼni baland ovoz bilan qoʻshiq aytish, musiqa chalish, tovush signallari berish, xonadonlarda, turar joylarning yoʻlaklari va eshiklarida, koʻchalarda ovozi baland qilib qoʻyilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish, turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur boʻlmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, quyidagi miqdorda jarima solishga sabab boʻladi:

🔹fuqarolarga BHMning uchdan bir qismi;

🔹mansabdor shaxslarga BHMning uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍃Assalomu alaykum. Yakshanba tonggi muborak bo‘lsin.

Alloh xonadoningizdan huzur, oilangizdan totuvlik, rizqingizdan barakot, tillaringizdan zikru-duo, qalbingizdan mehr-oqibatni aritmasin!

Tongingiz xayrli, kuningiz mazmunli bo‘lsin!

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Kun_iqtibosi

Bizni ezgu o‘y va amallarga yo‘llovchi yagona vosita – buyuk va ma’naviy pokiza insonlar timsolidir. Odamga biror narsani o‘rgatishning yagona oqilona yo‘li – misol keltirishdir.

✍️ Albert Eynshteyn

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

G‘ozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev tegishli mas’ullar bilan birgalikda hududdagi mavjud marmar va granit konlaridagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Jarayonda, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar bilan ham uchrashilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar, taklif va tashabbuslari yuzasidan atroflicha suhbatlashildi.

Tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarini bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar belgilab berildi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
❗️Yangi Navoiy shaharchasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

🔸Shaharchaning umumiy maydoni 1098 gektarni tashkil etib, birinchi bosqichda 450 gektar yer maydonida qurilish ishlari amalga oshiriladi.

🔸Navoiy shahri markazining me’moriy qiyofasini yanada yaxshilash, hududni obodonlashtirish, investorlar uchun jozibadorligini oshirish, zamonaviy ob’yektlar qurish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashni maqsad qilgan loyiha “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashadi.

🔸Yangi Navoiy shaharchasi yirik zamonaviy biznes va turar-joy binolaridan tashkil topgan infra tizim bo‘lib, undan ko‘p qavatli uylar, biznes markazlari, yirik kutubxona, ko‘ngilochar va istirohat bog‘lari, sun’iy ko‘l, hunarmandchilik ustaxonalari, va hokazo bino va inshootlar o‘rin olishi loyihaga kiritilgan.

🔸Bugun tashkil etilgan tadbirda Navoiy viloyati hokimi Normat Tusunov rahbarligidagi mas’ullar, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati