YANGI G‘OZG‘ON.UZ | G‘OZG‘ON SHAHAR HOKIMLIGI
2.76K subscribers
24.9K photos
2.52K videos
9 files
9.56K links
Gʻozgʻon shahar hokimligi axborot xizmatining rasmiy kanali

WEB SAYT: www.gazgan.uz
INSTAGRAM: instagram.com/gazganuz__official
YOUTUBE: https://www.youtube.com/@GAZGAN1904
FACEBOOK: https://www.facebook.com/gazgonaxborotxizmati?mibextid=kFxxJD
Download Telegram
HASHAR - ELGA YARASHAR!

Xalqimizda “Biror yurtni yaxshiroq bilmoqchi bo‘lsang, uning bozorini va mozorini ziyorat qil”, degan naql bor. Darhaqiqat, qabristonlar bu o‘lka ahlining ma’naviy dunyosi, ajdodlar merosiga munosabati va iymon-e’tiqodi darajasini ifoda etadi.

Ayni vaqtda G‘ozg‘on shahrida keng ko‘lamli hashar tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Hashar tadbirlarida ko‘ngilli yoshlar hamda keng aholi qatlami faol ishtirok etishmoqda.

"Shayxon" qabristonida amalga oshirilayotgan hashar tadbirlaridan lavhalar

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan futbol va mini-futbol boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogining respublika bosqichi oʻyinlari 19–23-avgust kunlari “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida har kuni soat 08:00 dan start oladi.

Final oʻyini 24-avgust kuni soat 18:30 da “Jar” stadionida boshlanadi.

Eslatib o’tamiz ushbu musobaqada viloyatimiz sharafini futbol va mini-futbol qizlar bo’yicha Xatirchi tumani “Tasmachi” MFY hamda 3-sektor jamoasi, mini-futbol bahslarida esa G’ozg’on shahar “Tumar” MFY jamoasi himoya qilishadi.

Jamoalarimizga final bosqichida omad tilaymiz!

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
OBODLIK KO‘NGILDAN BOSHLANADI!

🌱 Tozalik, ozodalik, saranjom-sarishtalik xalqimizga xos odat. Bunday xayrli ishlar
ota-bobolarimiz tomonidan o‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan.

Hashar davomida mahallalar, aholi turar joylari, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, mo‘tabar maskanlar tartibga keltiriladi.

Ayni vaqtda barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Jarayon

G‘ozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev hokimi boshchiligidagi tegishli mas’ullar "Shayxon" MFY hududida joylashgan qadimiy manzilgohlardan biri "Shohimardon" ziyoratgohida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida ushbu hududda bo‘ldi.

Ayni vaqtda Madaniy meros agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ziyoratgohda restavratsiya, ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook