YANGI G‘OZG‘ON.UZ | G‘OZG‘ON SHAHAR HOKIMLIGI
2.76K subscribers
24.9K photos
2.52K videos
9 files
9.56K links
Gʻozgʻon shahar hokimligi axborot xizmatining rasmiy kanali

WEB SAYT: www.gazgan.uz
INSTAGRAM: instagram.com/gazganuz__official
YOUTUBE: https://www.youtube.com/@GAZGAN1904
FACEBOOK: https://www.facebook.com/gazgonaxborotxizmati?mibextid=kFxxJD
Download Telegram
“Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi”

Gʻozg‘on shahar Ichki ishlar bo‘limi tomonidan hududdagi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda keng qamrovli “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Profilaktika tadbirlari hududdagi mavjud barcha MFYda o‘tkazilib, jarayonda aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilib, fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi tarqatma materiallar tarqatilmoqda.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#JARAYON

Gʻozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev tegishli mas’ullar bilan birgalikda "Navoiy suv ta’minoti" AJ shahar bo‘limiga qarashli "Marmarobod" MFY hududida joylashgan oqova suvlarni tozalash inshooti bilan tanishdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, ushbu inshoot sutkasiga 400 m3 oqova suvlarni tozalab berish quvvatiga ega bo‘lib, shahar hududi bo‘ylab umumiy 9.2 km asosiy tarmoq quvurlaridan iborat.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OBODLIK KO‘NGILDAN BOSHLANADI!

🌱 Tozalik, ozodalik, saranjom-sarishtalik xalqimizga xos odat. Bunday xayrli ishlar
ota-bobolarimiz tomonidan o‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan.


Hashar davomida mahallalar, aholi turar joylari, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, mo‘tabar maskanlar tartibga keltiriladi.

Shahrimiz hududida, joriy yilning 17-18-avgust kunlari keng ko‘lamli hashar tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan.

📌Shu munosabat bilan, barcha g‘ozg‘onliklarni ushbu hasharda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
"BIR BO‘LSAK YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK VATANMIZ!" SHIORI OSTIDA BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI.

G‘ozg‘on shahar hokimligi hamda Navoiy shahridagi mudofaa 20022-harbiy qism xizmatchilari hamkorligida "Shayxon" MFY da O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan "Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!" shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda shahar hokimi Nurali Jo‘rayev, 20022-harbiy qism komandiri o‘rinbosari, podpolkovnik B.O‘rozov hamda tegishli mas’ullar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida faxriy qorovul guruhi xizmatchilari va harbiy orkestrning chiqishlari hamda shahar madaniyat bo‘limi yakkaxon xonandalarining kuy-qo‘shiqlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook