YANGI G‘OZG‘ON.UZ | G‘OZG‘ON SHAHAR HOKIMLIGI
2.63K subscribers
22.4K photos
2.23K videos
8 files
8.67K links
Gʻozgʻon shahar hokimligi axborot xizmatining rasmiy kanali

WEB SAYT: www.gazgan.uz
INSTAGRAM: instagram.com/gazganuz__official
YOUTUBE: https://www.youtube.com/@GAZGAN1904
FACEBOOK: https://www.facebook.com/gazgonaxborotxizmati?mibextid=kFxxJD
Download Telegram
MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI

Bugun Gʻozg‘on shahar hokimining 2024-yil 30-yanvardagi “Gʻozg‘on shahar aholisi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2023-yilda bajarilgan ishlar yakuni va 2024-yil asosiy vazifalar to‘g‘risida”gi 1-FM-sonli buyruqlari talablariga asosan, hududdagi "Marmar-standart" MCHJda “Tabiiy xususiyatli (zilzila) favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha shahar FVDqT kiruvchi xizmatlarning hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan o‘quv mashqlari davomida obyekt ishchi-xodimlariga favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar sodir bo‘lganda zudlik bilan bartaraf etish va harakat qilish bo‘yicha ko‘nikmalar o‘rgatildi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
⚡️Hurmatli iste’molchilar!

Ertaga, 14-avgust kuni elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli G‘ozg‘on shahrining "Marmarobod" MFY sanoat zonasi hamda na'munali uylar (kottedj) hududida 06.30 dan 18.00 gacha, "Marmarobod", "Tumar", "Shayxon", "Guliston" MFY (to‘liq) soat 10.00 dan 15.00 gacha elektr energiyasi oʼchiriladi.


Elektr ta’minoti bo’yicha savollar, murojaatlar bo’lsa 1154 qisqa raqamiga qo’ng’iroq qilishingizni so’raymiz.

Elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so’raymiz.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
"Tashabbusli byudjet"da ikki marta ketma-ket yutgan mahallaga 1 yil tanaffus berish tartibi qachondan amal qiladi?

Avval xabar berganimizdek, Senat qaroriga asosan "Tashabbusli byudjet" tartibiga bir qator o‘zgarishlar kiritildi.

O‘zgarishlar orasida ketma-ket ikkita mavsumda g‘olib bo‘lgan mahalla yoki tashkilotga kelasi ikkita mavsumda, ya’ni 1 yil davomida tanaffus berish qoidasi ham bor. Bundan maqsad hadeb bitta mahalla yoki tashkilot yutavermasdan, boshqalarga ham imkon berishdir.

Ushbu o‘zgarish e’lon qilingach, bu qoida qachondan amal qilishi haqida ko‘plab savollar ham kelib tushmoqda. Avval o‘tgan ikkita mavsumda yutgan mahalla (tashkilot) ayni paytda bo‘layotgan 2024-yil ikkinchi mavsumda qatnasha olmaydimi, deb so‘rashmoqda.

Bunga Iqtisodiyot va moliya vazirligi tushuntirish bergan.

Tanaffus haqidagi qoida avval yutganlarga taalluqli emas. Ketma-ket ikkita mavsumni hisoblash 2024-yil ikkinchi mavsumdan boshlanadi. Ya’ni 2024-yil ikkinchi mavsumda hamda 2025-yil birinchi mavsumda ketma-ket ikki marta g‘olib bo‘lgan mahalla (tashkilot) 2025-yil ikkinchi va 2026-yil birinchi mavsumda qatnasha olmaydi.

Boshqacha aytganda, hozirgacha o‘tgan mavsumlardagi g‘oliblarga hech qanaqa cheklov yoki tanaffus qo‘llanmaydi.

❗️Ma’lumot uchun: joriy yilgi ikkinchi mavsum uchun ovoz berish jarayonlari 22-avgustdan boshlanadi va 10 kun davom etadi. Ilgari ovoz berish 20 kun bo‘lardi, endilikda bu muddat 10 kunga qisqartirildi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Navoiy viloyati bo'yicha 1561 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqariladi

🔷 Navoiy shahridan 2 ta (ko'rish)
🔷 Zarafshon shahridan 79 ta (ko'rish)
🔷 G'ozg'on shahridan 88 ta (ko'rish)
🔷 Karmana tumanidan 372 ta (ko'rish)
🔷 Konimex tumanidan 124 ta (ko'rish)
🔷 Qiziltepa tumanidan 224 ta (ko'rish)
🔷 Navbahor tumanidan 106 ta (ko'rish)
🔷 Nurota tumanidan 114 ta (ko'rish)
🔷 Uchquduq tumanidan 64 ta (ko'rish)
🔷 Tomdi tumanidan 75 ta (ko'rish)
🔷 Xatirchi tumanidan 313 ta (ko'rish)

Batafsil ma'lumot olish uchun:
☎️ Tel: 99-207-36-02, 99-207-26-02
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Jarayon

Bugun DXX Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.Usmanov, Gʻozg‘on shahar hokimi N.Jo‘rayev, DXX Nurota tumani bo‘lim boshlig‘i A.Bo‘riyev tegishli tashkilot rahbarlari bilan birgalikda ayni vaqtda amalga oshirilayotgan Gʻozg‘on shahrida sanoat korxonalarining uzluksiz ishlashi va yangi rejalashtirilgan loyihalarga zarur bo‘ladigan elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida quvvati 25000 kVA bo‘lgan 2 ta transformatorli, 110/35/10 kvli podstansiya hamda 12 kilometr uzunlikdagi 2 zanjirli 110 kvli havo elektr tarmog‘i qurish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Mutasaddilar mas’ullar bilan usbhu hududda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha suhbatlashib, mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, mazkur loyiha “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” buyurtmasi asosida pudratchi "Mubina Marjona" MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha qiymati 54,7 mlrd. so‘mni tashkil qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев сунъий интеллект ва IT соҳасидаги стартап лойиҳаларни ривожлантириш чора-тадбирларига доир тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по развитию технологий искусственного интеллекта и стартапов в сфере IT.

#Mirziyoyev #taqdimot #suniyintellekt #startap

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
EZGU MAQSAD YO’LIDA...

Gʻozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev hudud rahbari bo‘lganligining ilk kunidan boshlab xalqning duosini olish maqsadida talaygina xayrli ishlarga qo‘l urdi.

Xususan, hududning qadimiy ziyoratgohlaridan biri "Shohimardon" qadamjosiga olib boradigan yo‘lni obod qilishga kirishdi.

Shu munosabat bilan, aholining ushbu ishga nisbatan munosabatini bilish, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, oldinga qo‘yilgan maqsadlar haqida o‘rtoqlashish maqsadida shahar hokimi boshchiligida tegishli mas’ullar bilan birgalikda xonadonbay tushuntirish ishlari olib borildi.

Yakunda, har bir xonadon egasi bunday xayrli ishlarga xayrixoh ekanligini bildirib, qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tishdi.

Yaqin kunlar ichida ushbu hududda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook