YANGI G‘OZG‘ON.UZ | G‘OZG‘ON SHAHAR HOKIMLIGI
4.62K subscribers
19.6K photos
1.89K videos
5 files
7.68K links
Gʻozgʻon shahar hokimligi axborot xizmatining rasmiy kanali

WEB SAYT: www.gazgan.uz
INSTAGRAM: instagram.com/gazganuz__official
YOUTUBE: https://www.youtube.com/@GAZGAN1904
FACEBOOK: https://www.facebook.com/gazgonaxborotxizmati?mibextid=kFxxJD
Download Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Rossiya safari doirasida Omskdagi o‘zbekistonlik migrantlar bilan uchrashdi.

Viloyat hokimi vatandoshlarimizning u yerdagi yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi, muammo va takliflarini tingladi. Vatanga qaytishni istaganlarga yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha takliflar berdi.

Shuningdеk, u yеrda mеhnat qilayotgan vatandoshlarimizni ijtimoiy, huquqiy, moddiy va madaniy qo'llab-quvvatlash hamda barcha sharoitlarni yaratish bo'yicha Omsk gubеrnatori bilan alohida muzokalar olib borildi.

Normat Tursunov viloyatdan borgan migrantlar bilan uchrashar ekan, ular uchun yaratilgan mеhnat, dam olish, ovqatlanish sharoitlari bilan atroflicha tanishib, zarurat tug'ilganda tibbiy xizmat ko'rsatilishi, ularni qiynayotgan muammolarini ham o'rgandi, oilalaridan xabardorligi, oilalaridagi vaziyat bilan ham qiziqdi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

Бугун Навоий вилояти ҳокими Нормат Турсунов Россия сафари доирасида Омскдаги ўзбекистонлик мигрантлар билан учрашди.

Вилоят ҳокими ватандошларимизнинг у ердаги яшаш шароитлари билан яқиндан танишди, муаммо ва таклифларини тинглади. Ватанга қайтишни истаганларга ёрдам кўрсатилиши бўйича таклифлар берди.

Шунингдек, у ерда меҳнат қилаётган ватандошларимизни ижтимоий, ҳуқуқий, моддий ва маданий қўллаб-қувватлаш ҳамда барча шароитларни яратиш бўйича Омск губернатори билан алоҳида музокалар олиб борилди.

Нормат Турсунов вилоятдан борган мигрантлар билан учрашар экан,  улар учун яратилган меҳнат, дам олиш, овқатланиш шароитлари билан атрофлича танишиб, зарурат туғилганда тиббий хизмат кўрсатилиши, уларни қийнаётган муаммоларини ҳам ўрганди, оилаларидан хабардорлиги, оилаларидаги вазият билан ҳам қизиқди.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🌐Veb Sayt | Telegram | Facebook | 🌐Instagram | 📹 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XALQ DEPUTATLARI GʻOZGʻON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI ELLIK YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TADI

Bugun soat 10.00 da xalq deputatlari Gʻozg‘on shahar Kengashining navbatdagi ellik yettinchi sessiyasi o‘z ishini boshlaydi.

Sessiya ishi ijtimoiy tarmoqlar, xususan, G‘ozg‘on shahar hokimligi axborot xizmatining
Instagramdagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib boriladi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Navoiy viloyati bo'yicha 1350 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqariladi

🔷 Navoiy shahridan 4 ta (ko'rish)
🔷 Zarafshon shahridan 90 ta (ko'rish)
🔷 G'ozg'on shahridan 57 ta (ko'rish)
🔷 Karmana tumanidan 295 ta (ko'rish)
🔷 Konimex tumanidan 76 ta (ko'rish)
🔷 Qiziltepa tumanidan 249 ta (ko'rish)
🔷 Navbahor tumanidan 119 ta (ko'rish)
🔷 Nurota tumanidan 124 ta (ko'rish)
🔷 Uchquduq tumanidan 54 ta (ko'rish)
🔷 Tomdi tumanidan 77 ta (ko'rish)
🔷 Xatirchi tumanidan 205 ta (ko'rish)

Batafsil ma'lumot olish uchun:
☎️ Tel: 99-207-36-02, 99-207-26-02
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Manzil: Navoiy shahri S.Ayniy 27
Mo'ljal: Davlat xizmatlari markazi

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
🔴LIVE

XALQ DEPUTATLARI GʻOZGʻON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI ELLIK YETTINCHI SESSIYASI O‘Z ISHINI BOSHLADI


Xalq deputatlari Gʻozg‘on shahar Kengashining navbatdagi ellik yettinchi sessiyasi ishini shahar hokimi Azim Bazarov ochib berdi.

Ayni vaqtda shahar sektor rahbarlarining "G‘ozg‘on shahrida aholi bandligini ta’minlash, kam ta'minlangan oilalarni kambag‘allik darajadasidan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan  uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, "mahalla yettiligi" faoliyatini samarali tashkil etish va ularning ma'suliyatini oshirish, shuningdek, shaharda "Sayxunobod tajribasi"ni samarali joriy etish bo‘yicha 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida" hisobotlari tinglanmoqda.

Sessiya ishi ijtimoiy tarmoqlar, xususan, G‘ozg‘on shahar hokimligi axborot xizmatining Instagramdagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib borilmoqda.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
⚡️XALQ DEPUTATLARI GʻOZGʻON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI ELLIK YETTINCHI SESSIYASI O‘Z ISHINI YAKUNLADI

Sessiya ishida shahar kengashi deputatlari, shahar hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari mas’ullari, tegishli tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiya
ishi ijtimoiy tarmoqlar, xususan, G‘ozg‘on shahar hokimligi axborot xizmatining Instagramdagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib borildi.

Sessiya kun tartibida ko‘rilgan masalalar, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan shahar hokim o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qilish idoralari mas’ul xodimlari va mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook