YANGI G‘OZG‘ON.UZ | G‘OZG‘ON SHAHAR HOKIMLIGI
2.64K subscribers
22.6K photos
2.27K videos
8 files
8.79K links
Gʻozgʻon shahar hokimligi axborot xizmatining rasmiy kanali

WEB SAYT: www.gazgan.uz
INSTAGRAM: instagram.com/gazganuz__official
YOUTUBE: https://www.youtube.com/@GAZGAN1904
FACEBOOK: https://www.facebook.com/gazgonaxborotxizmati?mibextid=kFxxJD
Download Telegram
#Jarayon

📌Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i R.Hayitova, shahar hokimi o‘rinbosari R.Shodiyev hamrohligida hududdagi 1- , 2- hamda 4-sonli umumta’lim maktablarida obodonlashtirish, yangi 2024-2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarining borishi bilan tanishdi.

📌Maktablarda sinf xonalari, faollar zali, kutubxona va texnologiya xonalarini zamonaviy talablarga mos, shuningdek, Farg‘ona tajribasi asosida jihozlash, bezatish borasida shahar bo‘limi mas’ullariga hamda ta’lim muassasalari rahbarlariga tezkor va muhim topshiriqlar berdi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Jarayon

Gʻozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev dastlabki ish kunini, hokimning birinchi o‘rinbosari N.Zoyirov, "Navoiy yo‘l loyiha" MCHJ vakillari hamda tegishli mas’ullar bilan birgalikda hududning qadimiy ziyoratgohlaridan biri "Shohimardon" qadamjosiga olib boruvchi yo‘l bo‘ylab amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida ushbu hududda bo‘ldi.
______________________________
#Жараён

Ғозғон шаҳар ҳокими Нурали Жўраев дастлабки иш кунини, ҳокимнинг биринчи ўринбосари Н.Зойиров, "Навоий йўл лойиҳа" МЧЖ вакиллари ҳамда тегишли масъуллар билан биргаликда ҳудуднинг қадимий зиёратгоҳларидан бири "Шоҳимардон" қадамжосига олиб борувчи йўл бўйлаб амалга оширилиши лозим бўлган ишларни кўздан кечириш мақсадида ушбу ҳудудда бўлди.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Jarayon

G‘ozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev, shahar prokurori Sh.Gʻafforov hamda tegishli mas’ullar bilan birgalikda "Motamsaro ona haykali" xotira maydoni va "Gulobod" qabristonida ayni vaqtda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Jarayon

G‘ozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev hududdagi eng yirik marmar va granit plitalar ishlab chiqarish klaster korxonasi "Marmarobod" MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tanishish asnosida, korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati, korxonaning eksport salohiyati, yaratilgan ish o‘rinlari va kelgusi rejalar, shu bilan bir qatorda tadbirkorni qiynab kelayotgan muammolar, takliflar xususida tadbirkor hamda mas’ullar bilan atroflicha suhbatlashdi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Jarayon

G‘ozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev, shahar sektor rahbarlari hamda tegishli mas’ullar "Guliston" va "Shayxon" mahallalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tanishish asnosida, MFY xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, ularni qiynab kelayotgan muammolar, shuningdek, taklif hamda mulohazalari tinglandi.

Kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Jarayon

Gʻozg‘on shahar Adliya bo‘limi va FHDY idorasi tomonidan  "Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak" huquqiy aksiyasi doirasida "Gender tengligi", "Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish" tartibini  jamoatchilikka yetkazish maqsadida "Shayxon" MFY da shahar xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Jarayon

Bugun DXX Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.Usmanov, Gʻozg‘on shahar hokimi N.Jo‘rayev, DXX Nurota tumani bo‘lim boshlig‘i A.Bo‘riyev tegishli tashkilot rahbarlari bilan birgalikda ayni vaqtda amalga oshirilayotgan Gʻozg‘on shahrida sanoat korxonalarining uzluksiz ishlashi va yangi rejalashtirilgan loyihalarga zarur bo‘ladigan elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida quvvati 25000 kVA bo‘lgan 2 ta transformatorli, 110/35/10 kvli podstansiya hamda 12 kilometr uzunlikdagi 2 zanjirli 110 kvli havo elektr tarmog‘i qurish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Mutasaddilar mas’ullar bilan usbhu hududda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha suhbatlashib, mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, mazkur loyiha “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” buyurtmasi asosida pudratchi "Mubina Marjona" MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha qiymati 54,7 mlrd. so‘mni tashkil qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook
#Jarayon

Gʻozg‘on shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, shahar SEO va JS bo‘limi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda shahar hokimining topshirig‘iga binoan hududda faoliyat olib borayotgan go‘sht do‘konlarida o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganish davomida savdo xizmat xonalarining sanitariya holati, go‘shtni saqlash, sotish gigiyena holatlari, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilish holatiga alohida e’tibor qaratildi.


Shuningdek, tadbirkorlarga narx-navoni asossiz oshirib yubormaslik to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Jarayon

TADBIRKORLAR FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

Ayni vaqtda Gʻozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev, hokimning birinchi o‘rinbosari N.Zoyirov hamda tegishli mas’ullar bilan birgalikda hududda faoliyat yurituvchi tadbirkor "Marmarstandart" MCHJ faoliyati yaqindan o‘rganilmoqda.

O‘rganish jarayonida, korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati, korxonaning eksport salohiyati, yaratilgan ish o‘rinlari va kelgusi rejalar, shu bilan bir qatorda tadbirkorni qiynab kelayotgan muammolar, takliflar xususida tadbirkor hamda mas’ullar bilan atroflicha suhbatlashdi.

🌐 Gʻozg‘on shahri hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook