Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
5.61K subscribers
56.2K photos
4.68K videos
6 files
6.55K links
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
📈Toshkent Fitch Ratings’dan BB- xalqaro kredit reytingini oldi

🛡2025-yil 25-aprelda Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Toshkent shahriga "Barqaror" prognozi hamda BB- darajasidagi uzoq muddatli kredit reytingini berdi. Bu agentlik bilan hamkorlik qayta tiklanganidan so‘ng poytaxtning ilk mustaqil xalqaro reytingidir.

🇺🇿Berilgan reyting Toshkent shahrining moliyaviy holati mustahkamligi va asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqarorligini aks ettiradi. Fitch Ratings o‘z tahlilida shaharning qarz yuki boshqariladigan darajada qolayotganini, daromad bazasining o‘sishi esa ijobiy rivojlanish ko‘rsatayotganini ta’kidlaydi. Bu esa moliyaviy mas’uliyat va boshqaruv samaradorligining yuqori darajasidan dalolat beradi.

Toshkent mintaqa shaharlari orasida

O‘zbekiston poytaxti xalqaro reytingda xuddi shu darajadagi shaharlar qatoriga qo‘shildi, jumladan:
Yerevan (Armaniston) - 2023-yil avgust oyidan beri BB- reytingiga ega;
Ummon (Iordaniya) - mamlakatning BB- darajasidagi suveren reytingini aks ettiradi;
Turkiyaning Istanbul, Anqara, Izmir, Antaliya, Bursa, Manisa, Mersin va Mug‘la kabi yirik shaharlari - 2024-yil sentyabr oyidan boshlab BB- reytingiga ega.

Shunday qilib, Toshkent Markaziy Osiyoda BB- xalqaro reytingini olgan birinchi va yagona shahar bo‘ldi. Bu uning xalqaro maydondagi mavqeini sezilarli darajada mustahkamlaydi va poytaxtning investitsiyaviy jozibadorligini oshiradi.

Fitch Ratings reytingining berilishi shaharni yanada rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va aholining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan strategik loyihalarni amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir.



📈Ташкент получил международный кредитный рейтинг BB- от Fitch Ratings

🛡25 апреля 2025 года международное рейтинговое агентство Fitch Ratings присвоило городу Ташкенту долгосрочный кредитный рейтинг на уровне BB- с прогнозом «Стабильный». Это первый независимый международный рейтинг столицы после возобновления сотрудничества с агентством.

🇺🇿Присвоенный рейтинг отражает устойчивость финансового положения Ташкента и стабильность ключевых макроэкономических показателей. В своём анализе Fitch Ratings отмечает, что долговая нагрузка города остаётся управляемой, а рост доходной базы демонстрирует положительную динамику, что свидетельствует о высокой степени финансовой ответственности и эффективности управления.

Ташкент на фоне городов региона

Столица Узбекистана присоединилась к числу городов с аналогичным уровнем международного рейтинга, таких как:
Ереван (Армения) — рейтинг BB- с августа 2023 года;
Амман (Иордания) — отражает суверенный рейтинг страны на уровне BB-;
Крупные города Турции, включая Стамбул, Анкару, Измир, Анталью, Бурсу, Манису, Мерсин и Муглу — рейтинг BB- с сентября 2024 года.

Таким образом, Ташкент стал первым и единственным городом Центральной Азии, получившим подтверждённый международный рейтинг BB-, что значительно укрепляет его позиции на международной арене и повышает инвестиционную привлекательность столицы.

Присвоение рейтинга Fitch Ratings — важный шаг на пути дальнейшего развития города, привлечения инвестиций и реализации стратегических проектов, направленных на повышение качества жизни его жителей.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев "ИННОПРОМ. Марказий Осиё" V халқаро саноат кўргазмаси очилиши ҳамда Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги ҳудудларининг I форумида иштирок этади. Тадбирлар доирасида икки томонлама учрашувлар ўтказилиши кўзда тутилган.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев примет участие в открытии V Международной промышленной выставки "ИННОПРОМ. Центральная Азия" и I Форуме регионов Содружества Независимых Государств. В рамках мероприятий планируется проведение двусторонних встреч.

Facebook|Instagram|X
E’lon!

💢 Yakkasaroy tuman hokimligi shuni ma’lum qiladiki, Yakkasaroy tuman suv tarmoqlari bo‘limining bizga bergan ma’lumotiga ko‘ra 2025-2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik rejasiga asosan tumandagi Bobur ko‘chasi Salar ko‘prigi oldida katta suv tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, 29-aprel kuni soat 09:00 dan 30-aprel soat 13:00 gacha quyidagi manzillarda suv vaqtinchalik bo‘lmasligini ma’lum qilamiz.

👉Sh.Kulol ko‘chasi,
👉 Damariq tor ko‘chalari bilan
👉 A.Qahhor 7-tor ko‘chasidagi 49/1.49/2.49/3.49/4.49/5.49/6.49/7.49/8.49/9.49/10.49/11.49/12.49/13.49\14.49\14.49/15.49/. 128/1.128/2.128/3.128/4.128/5.128/6 sonli ko‘p qavatli uylar.
👉 Glinka ko‘chasi, M.Tarobiy ko‘chasi, Xumo ko‘chasi, U.Umarbekov ko‘chasi, Kulol Tuproq ko‘chasi. Sh.Rustaveli ko‘chasi hamda Toshkent issiqlik elektr markazi.

🙏🏻 Vaqtincha uzilishlar sababli tumandagi ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bobur mahallasida “Obod mahalla” doirasida ishlar olib borilmoqda

🖇 Yurtimizda amalga oshirilayotgan “Obod mahalla”, “Obod xonadon” va “Obod ko‘cha” umummilliy dasturlari doirasida mamlakatimiz bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng qamrov olgani barchamizga ma’lum. Shu maqsadda Yakkasaroy tumanidagi Bobur mahallasida ham tinimsiz va samarali ishlar olib borilmoqda.

💢 Xususan, mahallaning 69/7-uyi orqa tomonida yangi zamonaviy bog‘ barpo etilmoqda. Mazkur hududda 28 dona beryoza va 1000 dona atirgul ko‘chatlari ekildi. Shuningdek, hozirgi kunga qadar 664 kvadrat metr maydonga sifatli gazon yotqizildi. Bu o‘z navbatida mahallaga yanada ko‘rk va nafosat bag‘ishladi.

👍 Bundan tashqari, 71-uy hududida 400 metrli suv ta’minoti va sug‘orish tizimi o‘rnatilmoqda. Hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 8 dona kashtan, 33 dona yasen, 16 dona chinor, 4 dona akatsiya, 14 dona katalpa, 10 dona lola, 10 dona safaro va 10 dona klyon daraxti ko‘chatlari ekildi.

🖇 Olib borilayotgan bunday ezgu ishlar mahalla aholisining yashash sharoiti va kayfiyatini yanada yaxshilashga, atrof-muhitning ekologik holatini sog‘lomlashtirishga xizmat qilmoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, obodonlashtirish ishlarida mahalla faollari, yoshlar va fuqarolarning ham faol ishtirok etishayotgani barchani quvontirmoqda. Bu esa Bobur mahallasida jamoaviy birlik va hamjihatlik ruhining yuqori ekanligini yaqqol namoyon etmoqda.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yakkasaroy tumanida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati bo‘yicha muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

💢 Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonunlarga kiritilgan o‘zgartishlar hamda ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🖇 Tadbirda asosiy e’tibor qonunchilikka kiritilgan yangi normalarga ko‘ra, endilikda mahalla raislarining vakolat muddati amaldagi 3 yil emas, balki 5 yil etib belgilanganligi. Shuningdek, vakant bo‘lib qolgan fuqarolar yig‘ini raisligi lavozimlariga ham yangi saylovlar o‘tkaziladi va ular ham 5 yillik muddatga saylanadi.

👍 Yig‘ilish davomida fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazish jarayonini samarali tashkillashtirish uchun tuzilgan komissiya a’zolariga o‘z vazifalari va mas’uliyatlari keng tushuntirildi. Ularga saylov jarayonini qonunchilik talablariga muvofiq ravishda, oshkoralik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazish lozimligi alohida ta’kidlandi.

🖇 Mazkur yig‘ilish Yakkasaroy tumanida mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va mahalla tizimining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM