YAKKABOGʻ TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI BOʻLIMI AXBOROT XIZMATI
422 subscribers
6.74K photos
451 videos
28 files
668 links
YAKKABOGʻ TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI BOʻLIMINING SAHIFASI

🌍Tuman MMTB eʼlon va yangiliklari
🎓Taʼlimga oid yangiliklar
📝Tanlovlar va musobaqalar

🖥📱Savol va takliflaringizni
👉 @suyunjonkarimov75 ga yuborishingiz mumkin
Download Telegram
Yakkabog' tumanida yozgi oromgohlar faoliyatni tashkil etishga qaratilgan o'quv tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 53-sonli majlis bayoni ijrosi bo'yicha hamda Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligining chora-tadbirlar rejasini ijrosini ta'minlash maqsadida pedagog-tarbiyachilar uchun o'quvlar bo'lib o'tdi. Viloyat Barkamol avlod bolalar maktabi direktori Z.Qobilov, viloyat MMTB mas'ul xodimi S.Eshboboyev, Bolalarning dam olishi va  sog'lomlashtirishni tashkil etish departamenti mas'ul xodimi M.Umidov, Yakkabog' tuman MMTB boshlig'i J.Eshquvatov ishtirok etgan seminarda tinglovchilar o'zlari qiziqtirgan savollarga javob olib, kerakli bilimlarga ega bo'lishdi.

Bizni batafsil telegramdagi
@suyunjon75 kanalida kuzatishda davom eting,zero biz borliqni boricha ko'rsatamiz....
"Xotira aziz – qadr muqaddas”

Xotira shunday ruhiy-ma’naviy, insonning insonligini anglatuvchi, uni o‘tmish va istiqbol bilan bog‘lab turuvchi buyuk qadriyat, ilohiy qudratdir. O‘tganlarning nomlarini yod etish, xotirasini hurmat bilan eslash, ularning ruhlarini shod qilish muqaddas odat sifatida qon-qonimizga singib ketgan. Uzoq yillar yurt osoyishtaligi, mamalakat taraqqiyoti yo'lida mehnat qilgan keksa bobo va buvilarimiz mehnati va matonati oldida bosh egamiz. 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Yakkabog' tuman "Ezgulik monumenti" yodgorligi oldida katta bayram tadbiri tashkil etildi.Tuman hokimi L.Abdullayev, tuman MMTB boshlig'i J.Eshquvatov hamda faxriylar ishtirok etgan bayram tadbirida monument poyiga gulchambarlar qo'yilib o'tganlar ruhiga duolar qilindi.75-maktab o'quvchilari tomonidan ramziy sharaf lentalari taqilishi bayram tadbiriga o'zgacha kayfiyat baxsh etdi.

Bizni batafsil telegramdagi
@suyunjon75 kanalida kuzatishda davom eting,zero biz borliqni boricha ko'rsatamiz....
TIRIKLARNI QADRLAGANNI EL QADRLAR

Qadr va Xotira shunday ruhiy-ma’naviy, insonning insonligini anglatuvchi, uni o‘tmish va istiqbol bilan bog‘lab turuvchi buyuk qadriyat, ilohiy qudratdir. O‘tganlarning nomlarini yod etish, xotirasini hurmat bilan eslash, ularning ruhlarini shod qilish muqaddas odat sifatida qon-qonimizga singib ketgan. Uzoq yillar yurt osoyishtaligi, mamalakat taraqqiyoti yo'lida mehnat qilgan keksalarimiz mehnati va matonati oldida bosh egamiz. 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Yakkabog' tumani 103-maktabida shu joyda ishlab nagaqaga chiqqan ustozlardan S. Qodirova, E. Yunusov, Z. Haydarov, N. Xidirova kabi ustozlar taklif etilib, duolari olindi. Zero, keksalar duosi va go'daklar ma'sumligi bor ekan, dunyomiz obod bo'laveradi.103-maktab o'quvchilari tomonidan ham milliy ohanglarga raqs tushishi bayram tadbiriga o'zgacha kayfiyat baxsh etdi.

Bizni telegramdagi
@bekzodaxmedov103 kanalida kuzatishda davom eting, zero biz voqelikni boricha ko'rsatamiz...

MMIBDO': O. Behutov
Yakkabog' tuman MMTB ga qarashli 13-umumiy o'rta ta'lim maktabining 3-A-B-sinflar o'quvchilari tomonidan "Inson azziz qadri muqaddas"nomli tadbir otqazishdi shu tadbiridan lavhalar
MMIBDO': Jalilov Xabibulla