γ…€π˜…π˜‚π˜€πŸ°π—».
119 subscribers
256 photos
2 videos
1 file
40 links
β€” Zerikkanimda qiziqroq film tomosha qilib yoki kitob o'qib vaqtimni o'tkazaman. Shuningdek, fikrlarim va ichimdagilarni yozib bo'lishaman... :)

πŸͺ Ba'zi-ba'zida siz uchun ham, men uchun ham foydali postlar bo'ladi...

γ…€γ…€γ…€γ…€γ…€βœ‰οΈ β€” @xusangaBot
Download Telegram
Ey bratan! Kto legenda? Kto chempion?

- SKYGRIFFS❀️‍πŸ”₯!!!!


Vaxaxaxxa, oldin zakovatda, mafiada, werewolf gruppalada boganman. Turnirla bolardi, lekin bunchalik bomasdi. HP olami > qoganla! Uyalminan HP Fan'i ekanligimdan! Bu olam, bu tanishla bergan 'kaef'ni boshqa gruppala, loyihala beromidi!πŸ˜‚ Mana, kviddich.. Komandaga ZAXIRA sifatida qo'shilishim kerak edi, nimadur bob ASOSIY o'yinchila orasida paydo bobqoldim) Chunki bu men uchun - birinchi kviddich edi😎 Va birinchisidayoq g'alaba!! Mafia >🀣 Faxrlanaman bu komandadan. Ancha munchasi bilan tanishdik, chaq-chaq, suhbat qurdik. Bir birimizzi o'yladik, podderjka qildi, ma'suliyat his qiloldik. Har bir odammi hissasi katta bunda. Bu o'yin ancha muncha narsani beroldi. Va ancha muncha hissiyot va shaxs'ni ham. Shu yetishmay turgandiπŸ˜‚ Hayotimga ozgina bosayam quvonch xotira berdiπŸ˜‚)) Hakam akamizga alohida rahmat, har bir komandani "gaplarini" eshitdi, kritikaga uchradi... Xullas, tashkillashtirish oson ishamaaas) Buni qigan biladi...
G'alaba Muborak SKYGRIFFS!🌚
πŸ”₯5❀1🌚1πŸ“1
γ…€π˜…π˜‚π˜€πŸ°π—».
#Boshlandi β–Ά πŸŽ₯ Jumboqlar xonasi ⏳ 1 soat 39 minut (c) 2019 Zerikarli.. Fikrimcha, yaxshi film) Ko'raylikchi qani......
#Yakunlandi ⏹

πŸŽ₯ Jumboqlar xonasi
(c) 2019
πŸ€΅πŸ»β€β™‚οΈ Adam Robitel
πŸ•° 1 soat 39 minut
πŸ›‘ 16+


Mm, yaxshi. O'ylantirib qo'yadi odammi.. Adashmasam Β«Escape 50 roomsΒ» degan o'yin bo'lardi. Bu kinoni ko'rib o'sha esimga tushib ketti) Kvest Jumboqlari = Hayot Muammolari. Kuchli, aqlli, boy, kambag'al, yosh, qari, uzun, kalta, oq, qora hamma-hammasi bir xil imkoniyatga ega.. E'tibor bergan bosela, ssenariyda 6 likni huddi shunaqqilib, bir-biridan farqli qb yozishgan. Lekin kim omon qoldi? Kallasi, farosati ishlagan. Omadlisiyam omon qolishga erishdi, lekin o'lishigayam oz qogandi.. Zoe qutqarmaganida, selfish person bo'ganidachi.. Police ni chaqirib keganida, 1-xonaga kirishdi. Zoe nimanidur payqadi, lekin nimaligini bilomadim. NO WAY. Aynan nimani anglatdi u? Balki, hali o'yin tugamaganligini.. Yana bilmadim)

Yashash bu o'tmishdan qochish. Qochishdan charchaysan...
γ…€γ…€γ…€γ…€(c) Zoe


⭐ Shaxsiy reyting - 8/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
πŸ‘‰πŸ»
@KinogarBot - dan topasiz
❀5πŸ”₯1🌚1πŸ“1
#cl
Xotiralar girdobiga qayta-qayta tushish ba'zan zavq beradi, ba'zan azob. Lekin noiloj, har bir narsa mukammal Yozuvchi tomonidan yozilgan. O'ziga qo'yib berib, jimgina tark etasan..🌚
❀3πŸ“1
House Ackerya
Ba'zi mavzular odamni shunchalik bezdiradiki, birinchi soΚ»z yakunlanmasidanoq oΚ»limni orzu qilishga tushasan kishi.
Lekin ba'zi insonlar va mavzular bor, boshlanishini orzu qilasan. Go'yo tugaganida - sen ham, umring ham tugagandek bo'ladi..)
1❀5πŸ”₯1🌚1πŸ“1
γ…€π˜…π˜‚π˜€πŸ°π—».
#Boshlandi ▢️ πŸŽ₯ Qora Ritsar (c) 2008 πŸ•° 2 soat 32 minut 3 kun dam berilgan, ma'nosiz o'tkazvormaslik uchun)) Β«Welcome to the world without rules.Β» - e'tiborimmi tortvoldi... + imdb da 1-orinda turibdi ekan)).
#Yakunlandi ⏹

πŸŽ₯ Qora Ritsar
(c) 2008
πŸ€΅πŸ»β€β™‚οΈ Christopher Nolan
πŸ›‘ 16+


Qabul qilishim qiyin bo'ldi. Kino murakkab ishlangan lekin intriga saqlayomadi. Oxirida kino norm qizidi. Maslahat bergan odam'ga yozganimdanoq qizish boshlanib ketti.. Hayron qoldim. Aslida bunaqa bo'lishi mumkinmasdi..) Personaj ismlari esimda qomadi negadur)

Qismat shu. Yo qahramon bo'lib o'lasan, yoki keraksizga aylanguningcha yashayverasan
(c) Harvey

O'ylantirib qo'yadi-ya odammiπŸ˜…. Eshitiboq, miyyada tahlil qilishni boshladim. Qay biri yaxshiroq!?

Tartibsizlikni nima keltirib chiqaradi bilasanmi?...Qo'rquv..!
(c) Joker


Eng yoqqan scene - kemada bo'ldi. Aytiberishdan oldin, savol beray. Oddiy odamni vijdoni, insoniylik hislati ko'proq bo'ladimi, yoki (qamalgan) jinoyatch(gunoh qilgan)ning shu hissiyoti ko'proq bo'ladi? Albatta, jinoyatchining. Kinoda ham aynan ushbu fikr isbotlandi. Oddiy odamdan ko'ra ko'proq tushkunlikka tushgan, afsuslangan ham aslida ular. Xato qilishdi endi, qilishmaydi. Buyoqda odamlar "Ular bizni tunagan, bizga zarar yetqazishgan, o'ldirish kerak ularni!" deb turgan joyda "Sen 10 daqiqa oldin hal qilolmagan kerak bo'lgan ishni men hal qilaman!" deya bomba pultini uloqtirib yuborgan BOSS ga nechchi? Nega har doim insonlarni "background"i ga qatab xulosa chiqaramiz? Biz o'tmishda emasmiz, biz hozirda, hozir bilan yashayabmiz! Xulosa chiqarishga arzigulik film bo'ldi.. Haliyam to'liq yozolmadim..πŸšΆπŸ»β€β™‚οΈ

⭐ Shaxsiy reyting - 8.5/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
πŸ‘‰πŸ»
@KinogarBot - dan topasiz
❀6πŸ”₯1🌚1πŸ“1
#Boshlandi β–Ά

πŸŽ₯ Kapernaum
πŸ•° 2 soat 30 minut.
(c) 2018


Qiziq.. Editlarini instagramda ko'rgandim adashmasam. Judda qiziq.. (Yoz bo'yi ancha-muncha kino ko'rishga ahd qiganman, WatchList ham tayyor😁.) Maroqli tomosha bo'ladi fikrimchaπŸšΆπŸ»β€β™‚οΈ
🌚5πŸ”₯3❀1πŸ“1
Hayotda qayta yashaging kelaveradigan onlaring bor-ku..

O'shalani har doim ko'z oldingga keltirasan, yana shu vaziyat bo'lsa edi, shu odam yoki shu buyum bilan o'tkazsam edi deysan.. Qarabsanki vaqtni orqaga qaytarib bo'midi) Sen uchun bo'lgan Β«o'sha insonΒ»ni ayniqsaπŸ˜… Vaqtida qadriga yeet, ey Odam bolasi! Anglaganingda kech bo'gan bo'ladi, So'nggi pushaymon og'ir bo'ladii...

Β«Carpe diem!Β» - Lahzani tut..!πŸ˜…


#cl
πŸ“5❀3🌚2πŸ”₯1
γ…€π˜…π˜‚π˜€πŸ°π—».
#Boshlandi β–Ά πŸŽ₯ Kapernaum πŸ•° 2 soat 30 minut. (c) 2018 Qiziq.. Editlarini instagramda ko'rgandim adashmasam. Judda qiziq.. (Yoz bo'yi ancha-muncha kino ko'rishga ahd qiganman, WatchList ham tayyor😁.) Maroqli tomosha bo'ladi fikrimchaπŸšΆπŸ»β€β™‚οΈ
#Yakunlandi ⏹

πŸŽ₯ Kapernaum
πŸ•° 2 soat 2 minut (Kesilgan ekan)
(c) 2018
πŸ›‘ 16+

Spoiler bor*
Offtopic ham aralashgan*


Buni kino desa bo'ladi! Mana bu kino!! Haqiqatdanam reyting bo'yicha birinchida turishi kerak bo'gan film bu... La'nati..(Tomosha vaqti eng ko'p aytgan so'zim) Dayus ota va Rijol o'g'il, axaxaxa. Zain uchratib qolgan opasi (qora tanli) hech bo'masa u ilojini qiloldi.. Lekin qamaldi, farzandini unga ishonib tashlab ketgandi.. U ketish ilinjida Yonsu (uni bolasi)ni bervordi.. Bu Zain'ga bo'gan hurmatimmi pasaytirdi.. Zain - tirishqoq, aqlli, irodali, kuchli. Opasini obketishiga yo'l qo'ymadi, harakat qildi.. O'xshamadi. Unda haqiqat bor. Β«Kattalar o'zlarini kattalardek tutishni bilmasa - farzand ko'rishmasin.Β» Buni normal 9-11 yoshli bola aytoladimi hech zamonda? Hech qachoonπŸ˜…. Zain aslida 9-11 yoshli bolamas. Unga 20+ yosh deb baho bersa arziydi. Ota-onasida ayb yo'q deydiganlar ham bo'ldi, lekin bu sharoitni bilib turib farzand ko'rish.. Bilmadim.. Bu axmoqlikdan boshqa hech nima.Yana bir ajoyib joyi. Zain'ni chekkan sahnasi bor edi kinoda. Lekin hech qanaqa aktyor qatnashmagan. Zainga chektirishgan.. Buyam dis-respect ga sabab bo'ladi... Zain'ni otasi aytgan gapi esimga tushdi: Β«Menga oila qursang baxtli bo'lasan deyishgandi..Β» Ajoyib mavzu. Baxt o'zi nima?
Yaqinda bitta post ko'rib qoldim.
https://t.me/QonliBitiklarim/409?single - O'qib o'ylab ko'ring. Siz uchun baxt nima?

⭐ Shaxsiy reyting - 10/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
πŸ‘‰πŸ»
@KinogarBot - dan topasiz
πŸ“6❀1πŸ”₯1
#Boshlandi ▢️

πŸ“š Iqtidorlilar
(c) Elen


Tavsiya kitob bu)
«PDF o'qishdan ko'ra o'lish» ustun keb chiqdi. Chiqartirvoldim 😊 Koramiz.. Qiziq degandi tavsiya bergan odam..
🌚7πŸ“2❀1
Masofa hech nimani hal qimidi db yurardim oldin )
Adashibman.
❀8πŸ“1
Qani edi..
Hayotda Β«Qani edi..Β»larga hojat qolmasa )
❀9πŸ”₯1🌚1πŸ“1
#Boshlandi ▢️

πŸŽ₯ O'lik shoirlar jamiyati
πŸ•° 2 soat 9 minut
(c) 1989


Kayfiyat miiiinus. Nimadur qilish kerak edi) Albatta kinoni tanlash kerak πŸ˜…
πŸ“5❀1🌚1
Nomingni fahr-la aytaman har on,
Halovat beradi har aytgan so'zing.
Sendanda yaqinim yo'q dunyoda ishon,
Do'st desam do'stlarni zo'risan o'zing..

Ishonch chegaramni o'tmading kesib.
Bir boshda ikkitamas, bittadir yuzing,
Dardimni ko'zimdan turasan sezib.
Do'st desam do'stlarni zo'risan o'zing..


πŸ•― – @xus4n
πŸ“7❀3πŸ”₯2🌚1
γ…€π˜…π˜‚π˜€πŸ°π—».
Iqtidorlilar.pdf
#Yakunlandi ⏹

πŸ“š Iqtidorlilar
(c)
@future_writer (Elen)
212 bet.


Spoiler aralashgan*

Detektiv asar o'qish aslida hobbyim, lekin norm asar topish qiyinπŸ˜…. Xa, Agata Kristi mashxur, kimlarnidur yoqtirgan yozuvchisi bo'sayam uni asarlari IQTIDORLILAR ga qaraganda juda past o'rinda turadi.) IQTIDORLILAR boshidan o'z ichiga obkirib keta oldi, qiziq voqealari 2-sahifani o'zidan boshlandiπŸ”₯. A.K ga o'xshab asar boshlanishidan nimadur zerikarli voqea yoki Asar qahramonlarini tanitish bilanmas. Personajlari alohida e'tibor bilan tasvirlangan, rol oynashgan. Asar voobshe mukammal! Dialoglari takrorlanuvchan, kamchiligi bor bosayam o'zimga sezilmadi. Ko'proq voqealari mukammal ishlangan, umuman xato yo'q. Xattoki, Β«Eng Omadli O'quvchi – NikolasΒ»ni omadi bilan kichkinagina bo'sayam xato ko'rmadim)) Birinchi qotillik bo'lishidanoq, ya'ni Β«Eng Iqtidorli Oshpaz - MassimoΒ» sinf sardori bo'lgan o'quvchi Taylorni o'ldirib qo'yganida, Qur'a tashlashda (cho'p tortish) va oxirgi mukammal qotillik (o'z joniga) suiqasdda uni omadi keldi! To'g'risi asar ko'proq davom etishini xohladim😁, chunki bunaqa zo'r detektiv asar o'qimagandim hali ) Yozuvchi bemalol asar o'qigan odamni hislari bilan o'ynasha oldiπŸ˜‚ Va osonlik bilan chalg'itadi. Umuman hayol qilmagan personajim aslida - qotil. Qo'g'irchoq Dolly esa BOOM. (Spoiler umuman qigim kemayabdi aslidaπŸ€¦πŸ»β€β™‚οΈ) Har bitta qahramonni o'ziga yarasha Backgroundi bor. Eng qizig'i, yozuvchi buni proba qilish uchun yozganiπŸ€“. Asar boshqa kitob, kinolardan ilhomlanib yozilgan bo'sayam, MUKAMMAL ko'rinishga keltirilgan. Kalmar o'yini va Labirint kinolarini tasavvur qildim ba'zi sahnalarida. O'zbek adabiyotidagi ba'ziii (Havaskor) yozuvchilardan ko'ra Elen yaxshiroq. Bitta yoqmagan narsa FINAL bo'ldi. Mukammallikdan ozzgina chiqib ketilgan. Lekin voqealari o'sha-o'sha kutilmagan. Β«Monika Braun - Eng Iqtidorli O'yinchiΒ» tirik qolishini xohlagandim.. Afsus.

P.S/ Kitobni 2-qismi ham yozilgan ekan. Nasib uniyam boshlarman πŸ˜…


⭐ Shaxsiy reyting - 10/10
πŸ“8❀4πŸ”₯1
#Qayd πŸ“

(22.06.2025)

Hech e'tibor berganmisan, bobo yoki buvingnikiga borganingdagi hissiyot qanaqaligiga ?
Ularni oddiy narsa ham xursand qila oladi. Shahardan uzoq, qishloq sharoiti, qishloq atmosferasi.. Toza havo.. Ayniqsa, hovlidagi hayvonlar, bog'dagi mevalar boshqacha rohat beradi ) Qo'yib berishsa haftalab yokida oylab qolishga tayyorman to'g'risiπŸ˜… Ancha-muncha yoshlikdagi xotiralarni eslab mazza qilasan kishi. O'zing tengi qarindoshlar bilan maroqli suhbat, hazil-huzul πŸ˜‚. O'zingni (hayotingdagi) stressful ishladan qutulishga son mingta ish, ovunadigan nimadur bor.. Borida qadriga yetish kerak faqat. Nolimasdan.....

P.S/ Yaqinda konkurs qilamiz. Kanali bor tanishlardan yana repost kutib qolaman 🌚

@xus4n – πŸ•―.
πŸ“6❀2πŸ”₯2🌚1
Β«Kelajakka sayohat qilamizmi yoki O'tmishga?Β» deb so'rashsa haliyam o'tmishni tanlardimπŸ˜‚ Ozgarmasa kerak bu tanlov..) O'tmishda yashash ba'zan yoqimli, ba'zan esa..
1❀9πŸ”₯1πŸ“1