Forwarded from ℬ𝒾𝓉𝒾𝓀𝓁𝒶𝓇𝒾𝓂
Huvillab qolmaydi sensiz bu olam,
Do’stlaring zor emas bilganingchalik.
O’lsam ne bo’lgay deb sira tortma g’am,
Ketganing xabari kelganingchalik.
Har inson zotiga zarurman dema,
Kimgadir tuproqsan, kimgadir olmos.
Xudo saqlasin-u, gohi-gohida
Hatto o’zingga ham keraging qolmas.
O’tkirbek Muhammadsobir
@QonliBitiklarim🤩
Do’stlaring zor emas bilganingchalik.
O’lsam ne bo’lgay deb sira tortma g’am,
Ketganing xabari kelganingchalik.
Har inson zotiga zarurman dema,
Kimgadir tuproqsan, kimgadir olmos.
Xudo saqlasin-u, gohi-gohida
Hatto o’zingga ham keraging qolmas.
O’tkirbek Muhammadsobir
@QonliBitiklarim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Yakunlandi ⏹
🎥 Prisoners (Asiralar)
(c) 2013
🕰 2 soat 33 minut
«Pray for the best, prepare for the worst, yeah?»
Boshlashdan oldin, triller janr aslida qanaqa bo'lishini, nima qilish, nimani ko'rsatish kerakligini ideal holatda ko'rsatib bergan Denis Villeneuve'ga alohida rahmat aytamiz.
Ko'pchilik aytganidek, film oddiygina triller emas. U qo'rquv, umidsizlik, aybdorlik va adolat tushunchalarini murakkab, ammo nihoyatda ta'sirli tarzda singdiradi. Filmni ko'rgan har bir tomoshabin o'zicha fikr chiqarishni boshlaydi.
Vizual uslubi triller janrni berib turadi. Qorong'i ranglar, siqilgan makon, sovuq muhit — bularning barchasi ichki bosim, umidsizlik va ruhiy siqilishni ifodalaydi. Film davomida umuman quyoshni ko'rsatishmadi, bu noodatiylikni belgisi. Natijada film tomosha qilinmaydi — his qilinadi.
Aktyorlik ijrosiga kelsak, ular alohida e'tiborga loyiq. Tanlangan har bir aktyor va aktrisalar roliga mos. Ayniqsa, bosh qahramonning ruhiy parchalanishi tomoshabinni yuragigacha yetib boradi. Qo'shimchasiga, ota-onalik mas'uliyatini ham ko'rsatib, ham singdirib berishgan. Aynan shu tomoni ham filmni 10 dan 10 qiladi)
#spoiler
Gap o'rnida aytib o'tsam, rejissiyor ateizm yoki iymoni pastlik qanaqa ko'rinishini ochib bergan. Bolasi rak sababli o'lganidan so'ng, xudodan qasos olishga tushgan xola bunga misol. Shu sababli bu asar nafaqat triller, balki chuqur falsafiy drama sifatida ham yuqori bahoga loyiq.
P.S) Chuqurroq tahlillarni o'qimoqchi bo'lsangiz:
• https://t.me/QonliBitiklarim/1219
• https://t.me/kinoekrani/822
⭐ Shaxsiy reyting - 10+/10
⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
👉🏻 @KinogarBot (ingliz tili menyusida)
🏄🏻♂️ — @xus4n.

2
#Yakunlandi ⏹
#ReWatch
🎥 Lake house (Ko'l bo'yidagi uy)
(c) 2006
🕰 1 soat 39 minut
🤵🏻♂️ Alejandro Agresti
«I could be a shoulder for you like you've been for me. And tell you that everything gonna be okay.»
Ko'pchilik kutayoygan (14-fevral) Valentin kuniga yaxshigina film topib oldim. Voqealari oldindan tanish tuyuldi, mailbox'ni ko'rib oldin TVda ko'rganim esimga tushib qoldi..
Film Jane Austen'ning "Persuasion" asaridan ilhomlangan holda olinganligi sababli alohida qadrlanadi. Shaxsan o'zimga voqealari yoqdi. Fantastikani ham romantikani ham bo'rttirmay ishlashgan. Bizga film shov-shuvli sahnalari bilan emas, balki samimiylik va tuyg'ular orqali ta'sir qiladi.
Asarda inson qalbidagi sog‘inch, umid va kutish kabi hislar aniq yetkazilgan. Shuning uchun ham, u tomosha qilingach uzoq vaqt xotirada qoladi. Filmdagi aktyor va aktrisada moslik bor, sahnalarida ham kamchilik yo'q. Qizig'i, 2006-yil uchun bu juda katta narsa.
14-fevralga nima ko'rishni bilmasangiz, "Lake house" siz uchun tayyor)
⭐ Shaxsiy reyting - 10/10

Forwarded from Kino Memlar (Катта Оға 🎬)
15
#Yakunlandi ⏹
🎥 Memento
(c) 2000
🕰 1 soat 53 minut
🤵🏻♂️ Christopher Nolan
(Kechiktirilgan post)
«We all need mirrors to remind ourselves who we are»
Kristofer Nolan'ning yana bir shedevr filmi boshqalaridan ancha ajralib turadigan, noodatiy chiqibdi. Tomoshabinni boshidan oxirigacha o'ziga mahliyo qilib turadigan noodatiy syujetga ega psixologik triller. Filmning asosiy qahramoni qisqa muddatli xotira yo'qotishidan aziyat chekadi va u o'z hayotidagi eng muhim jumboq — o'zini ayolining qotilini topishga harakat qiladi. Biroq voqealar oddiy ketma-ketlikda emas, balki teskari tartibda ko'rsatilgani filmni yanada qiziqarli va sirli qiladi.
Filmni anglash uchun eng kamida — narsalarini tez-tez yo'qotib yuradigan odam bo'lishingiz kerak. Tasavvur qiling, uyingizni kalitini yo'qotib qo'ydingiz. Qayerga qo'yganingizni eslash uchun aynan hozirgi vaqtdan orqaga — o'tmishga qaytasiz. Bittalab detallarni sinchiklab, yoki topasiz, yoki yo'q. Menga filmni aynan shu tarafi eng ideal ko'rindi.
Nolan har doimgidek, tomoshabinni qahramon bilan birga o'ylashga, har bir detalga e'tibor berishga majbur qiladi. Har bir sahna, har bir dialog keyingi voqea uchun muhim ahamiyatga ega. Film davomida haqiqat va yolg'on, xotira va ishonch tushunchalari chuqur ochib beriladi. Ayniqsa, bosh rol ijrochisining aktyorlik mahorati filmga alohida ruh bag'ishlagan.
Finalga keladigan bo'lsak, nimadur yetishmadi yoki men tushunmay qoldim. O'zi aslida eng ko'p kutgan narsam — plot twist edi. Xullas, oxiridagi bo'shliqni hisobga olmasa, shedevr film.
⭐ Shaxsiy reyting - 9/10

Postlar ancha kamayib qoldi-a)
Chunki ko'p kino, serial, animelarni ko'rib bo'lib post yozmayabman, letterboxd'da shunchaki baholab ketishni boshladim. Postga loyiq deb bilganlarimni ajratib olib, vaqtga qarab chiqaraman..
Letterboxd akkauntim👇🏻
https://boxd.it/hwp25

Forwarded from ZakovArt
Hazil aytaman. Xafa bo'lmaysan.
Bir turk shifokorga borib: "barmogʻim bilan tanamga tegsam, ogʻriyabdi, boshim, qornim, oyogʻimni ushlasam ham dard bor". Shifokor tekshiruvdan keyin: "tanangiz sogʻlom, faqat barmogʻingiz singan ekan".
Qadrdonim, seni kasalliging miyangda. Dunyoqarashingni oʻzgartir.
"Gilos ta'mi" filmidan.
🎨 ZakovArt

❄ 2025-2026 #Qish #Sarhisob
🎥 Filmlar:
• Merlin (serial)
• The Shining
• Fahrenheit 451
• Barbarian
• Stranger things (serial)
• Titanic
• Death Note (anime-serial)
• The Truman Show
• Princess Mononoke
• Howl's moving castle
• The wind rises
• An awfully big adventure
• Prisoners
• Lake house
• Memento
• The curious case of Benjamin Button
• The boy who harnessed the wind
• American psycho
• Harry Potter 20th anniversary: Return to Hogwarts
📚 Kitoblar:
• Curious case of Benjamin Button
• Alice in Wonderland
P.S) Agar 1-2ta kino yoki kitobni esimdan chiqarib qo'ymagan bo'lsam, hammasi shular. Qish qanchalik "barakali" kelgani ko'rinib turibdi, bahordan uyg'onish kerak endi..
— @xus4n.
#Yakunlandi ⏹
🎥 Coraline
(c) 2009
🕰 1 soat 35 minut
«Be careful what you wish for.»
#spoiler bor
Ba'zan biz erishmoqchi bo'lgan narsalar biz uchun hayrli emas, film(yoki multfilm)da aynan shu narsaga fokus qaratilgan.
Voqealar kichkina qiz — Coraline'ning boshqa uyga ko'chib kelishi bilan boshlanadi. Yangi joy, yangi shaharchada juda kam odam bilan tanishadi. Ota-onasi qizga parvo qilmay, ishlari bilan ovvora bo'lishadi.. Hammasidan eng qiziq jihati ularning uylarida rang juda kam ishlatilgan, zerikarli ko'rinishi uchun. Boshqa tomonida – ancha yaxshi, uyg'unligi bor.
Animatsiya ancha yaxshi, boshqa hech qaysi multfilmda bunaqa stil ko'rmaganman, kamiga 2009-yilda chiqqan.
Boshida yaxshi ketayotgandi, keyin film o'rtalaridan o'tganda "buzuq" sahna qo'shvorishibdi. Aynan shunisi reyting pasaytirdi. Ehtiyot bo'lish kerak yosh bolalarga "multfilm" qo'yib berganda.
⭐ Shaxsiy reyting - 7/10