ㅤ𝘅𝘂𝘀𝟰𝗻.
120 subscribers
256 photos
2 videos
1 file
40 links
— Zerikkanimda qiziqroq film tomosha qilib yoki kitob o'qib vaqtimni o'tkazaman. Shuningdek, fikrlarim va ichimdagilarni yozib bo'lishaman... :)

🪁 Ba'zi-ba'zida siz uchun ham, men uchun ham foydali postlar bo'ladi...

ㅤㅤㅤㅤㅤ✉️@xusangaBot
Download Telegram
🤩 O'tgan haftani butun qismi «Ghibli Studio»ga bag'ishlandi. Ya'ni animedan uyog'iga umuman o'tmadim. Yengilroq nimadur ko'rishim kerak edi...

#yakunlandi

Birinchi poster — Princess Mononoke:
Voqealar Ashitaka ismli bolani la'natga duch kelib, davo izlab safarga chiqishi bilan boshlanadi. U yo'lda temir ishlab chiqaruvchi odamlar va o'rmon ruhlari o'rtasidagi shafqatsiz kurashga guvoh bo'ladi... Voqealar bir tekis ketsayam, nimadur ko'p yoki kamdek tuyuldi. Dam olaman deb yig'gan animelarimdan bittasi unchalik zo'r chiqmadi..
Shaxsiy reyting - 6/10

Ikkinchi poster — Howl's moving castle:
Tomosha qilayotganda odamni asta-sekin o'z dunyosiga tortib keta oladigan anime. Sophie qari kampirni sehriga uchrab, qariyaga aylangach, hayoti butunlay o'zgaradi va u g'alati, lekin yaxshi sehrgar Howl bilan tanishadi. Hammasi birin ketin boshlanadi.... Animega gap bo'lishi mumkinmas, ranglar tasviri anime rostdan ham «Ghibli Studio»ga tegishli ekanligini bildirib turadi. Hordiq chiqarish uchun yaxshi va yengil tavsiya)
Shaxsiy reyting - 9/10

Oxirgi va uchuni poster esa — The wind rises:
Aeroplanlar va ularni yasash haqida orzu qiladigan bir bolani taqdiri. Anime tomoshabinga sokinlik va qiziqishni bittada, maromida berib qo'yadi. Tasvirlar va musiqalar bir biriga mos. Romance va dramma ishqibozlari uchun 'special one'.
Shaxsiy reyting - 7.5/10

P.S) Animelarni «MX player» ilovasida ochib, 'smart enhance' funksiyasini yoqib ko'rsa bo'larkan. Yanayam yorqinroq bo'ladi..

🤩@xus4n.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Yakunlandi

🎥 An awfully big adventure
(Ужасно больше приключение)
(c) 1995
🕰 1 soat 52 minut


Haqiqiy Alan Rickmandan maxsus tavsiya qilingan film)

Kino oddiy ishlanmagan. Hamma narsa yoritilgan — o'sish, xatolar va ichki yolg'izlik... Film tomoshabinni baland ovozlar yoki keskin burilishlar bilan emas, balki sekin-asta yurakka yetib boradigan his-tuyg'ular bilan ushlab turoladi. Ko'rib bo'lib, film atmosferasidan chiqishga qiynaldim, to'g'risi....

Filmni asosy qismida hali hayotni to'liq tushunib yetmagan, juda ko'p narsaga harakat qiladigan yosh qiz turadi. U teatr olamiga kirib keladi va shu joyda kattalar dunyosining murakkab, ba'zan esa shafqatsiz tomonlariga duch keladi. Film shu va boshqa kontrastlarni ko'rsatadi, ortiqcha sahnalarsiz.

Shaxsan o'zimga eng yoqqan jihati — film hech kimni oqlamaydi ham, qoralamaydi ham. Qahramonlar xato qiladi, chalkashadi, o'zlari ham nima xohlayotganini aniq bilishmaydi. Shu sababli ular juda haqiqiy ko'rinadi. Yana, film 95-yilda chiqarilganiga qaramay hozirgi "zamonaviy" filmlardan ustunroq.. Aynan shu jihati uchun ham respect))

Agar siz shovqinli syujetdan ko'ra, ruhiy chuqurlik va hayotiy haqiqatlarni yoqtirsangiz, bu film siz uchun.


Shaxsiy reyting - 7/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
👉🏻
@KinogarBot - dan topasiz (rus tili menyusida)

🌟@xus4n.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Huvillab qolmaydi sensiz bu olam,
Do’stlaring zor emas bilganingchalik.
O’lsam ne bo’lgay deb sira tortma g’am,
Ketganing xabari kelganingchalik.

Har inson zotiga zarurman dema,
Kimgadir tuproqsan, kimgadir olmos.
Xudo saqlasin-u, gohi-gohida
Hatto o’zingga ham keraging qolmas.

O’tkirbek Muhammadsobir
@QonliBitiklarim 🤩
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Yakunlandi

🎥 Prisoners (Asiralar)
(c) 2013
🕰 2 soat 33 minut

«Pray for the best, prepare for the worst, yeah?»


Boshlashdan oldin, triller janr aslida qanaqa bo'lishini, nima qilish, nimani ko'rsatish kerakligini ideal holatda ko'rsatib bergan Denis Villeneuve'ga alohida rahmat aytamiz.

Ko'pchilik aytganidek, film oddiygina triller emas. U qo'rquv, umidsizlik, aybdorlik va adolat tushunchalarini murakkab, ammo nihoyatda ta'sirli tarzda singdiradi. Filmni ko'rgan har bir tomoshabin o'zicha fikr chiqarishni boshlaydi.

Vizual uslubi triller janrni berib turadi. Qorong'i ranglar, siqilgan makon, sovuq muhit — bularning barchasi ichki bosim, umidsizlik va ruhiy siqilishni ifodalaydi. Film davomida umuman quyoshni ko'rsatishmadi, bu noodatiylikni belgisi. Natijada film tomosha qilinmaydi — his qilinadi.

Aktyorlik ijrosiga kelsak, ular alohida e'tiborga loyiq. Tanlangan har bir aktyor va aktrisalar roliga mos. Ayniqsa, bosh qahramonning ruhiy parchalanishi tomoshabinni yuragigacha yetib boradi. Qo'shimchasiga, ota-onalik mas'uliyatini ham ko'rsatib, ham singdirib berishgan. Aynan shu tomoni ham filmni 10 dan 10 qiladi)


#spoiler

Gap o'rnida aytib o'tsam, rejissiyor ateizm yoki iymoni pastlik qanaqa ko'rinishini ochib bergan. Bolasi rak sababli o'lganidan so'ng, xudodan qasos olishga tushgan xola bunga misol. Shu sababli bu asar nafaqat triller, balki chuqur falsafiy drama sifatida ham yuqori bahoga loyiq.

P.S) Chuqurroq tahlillarni o'qimoqchi bo'lsangiz:
https://t.me/QonliBitiklarim/1219
https://t.me/kinoekrani/822

Shaxsiy reyting - 10+/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
👉🏻
@KinogarBot (ingliz tili menyusida)

🏄🏻‍♂️
@xus4n.
2
#Yakunlandi
#ReWatch

🎥 Lake house (Ko'l bo'yidagi uy)
(c) 2006
🕰 1 soat 39 minut
🤵🏻‍♂️ Alejandro Agresti

«I could be a shoulder for you like you've been for me. And tell you that everything gonna be okay.»


Ko'pchilik kutayoygan (14-fevral) Valentin kuniga yaxshigina film topib oldim. Voqealari oldindan tanish tuyuldi, mailbox'ni ko'rib oldin TVda ko'rganim esimga tushib qoldi..

Film Jane Austen'ning "Persuasion" asaridan ilhomlangan holda olinganligi sababli alohida qadrlanadi. Shaxsan o'zimga voqealari yoqdi. Fantastikani ham romantikani ham bo'rttirmay ishlashgan. Bizga film shov-shuvli sahnalari bilan emas, balki samimiylik va tuyg'ular orqali ta'sir qiladi.

Asarda inson qalbidagi sog‘inch, umid va kutish kabi hislar aniq yetkazilgan. Shuning uchun ham, u tomosha qilingach uzoq vaqt xotirada qoladi. Filmdagi aktyor va aktrisada moslik bor, sahnalarida ham kamchilik yo'q. Qizig'i, 2006-yil uchun bu juda katta narsa.

14-fevralga nima ko'rishni bilmasangiz, "Lake house" siz uchun tayyor)


Shaxsiy reyting - 10/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
👉🏻
@KinogarBot (ingliz tili menyusida)

🏄🏻‍♂️
@xus4n.
1
Forwarded from Kino Memlar (Катта Оға 🎬)
Яна 10 та одамни расмини чиқарамиз, 10 та. Шулардан кейингиси сиз бўлишингиз мумкин
15
#Yakunlandi

🎥 Memento
(c) 2000
🕰 1 soat 53 minut
🤵🏻‍♂️ Christopher Nolan


(Kechiktirilgan post)

«We all need mirrors to remind ourselves who we are»

Kristofer Nolan'ning yana bir shedevr filmi boshqalaridan ancha ajralib turadigan, noodatiy chiqibdi. Tomoshabinni boshidan oxirigacha o'ziga mahliyo qilib turadigan noodatiy syujetga ega psixologik triller. Filmning asosiy qahramoni qisqa muddatli xotira yo'qotishidan aziyat chekadi va u o'z hayotidagi eng muhim jumboq — o'zini ayolining qotilini topishga harakat qiladi. Biroq voqealar oddiy ketma-ketlikda emas, balki teskari tartibda ko'rsatilgani filmni yanada qiziqarli va sirli qiladi.

Filmni anglash uchun eng kamida — narsalarini tez-tez yo'qotib yuradigan odam bo'lishingiz kerak. Tasavvur qiling, uyingizni kalitini yo'qotib qo'ydingiz. Qayerga qo'yganingizni eslash uchun aynan hozirgi vaqtdan orqaga — o'tmishga qaytasiz. Bittalab detallarni sinchiklab, yoki topasiz, yoki yo'q. Menga filmni aynan shu tarafi eng ideal ko'rindi.

Nolan har doimgidek, tomoshabinni qahramon bilan birga o'ylashga, har bir detalga e'tibor berishga majbur qiladi. Har bir sahna, har bir dialog keyingi voqea uchun muhim ahamiyatga ega. Film davomida haqiqat va yolg'on, xotira va ishonch tushunchalari chuqur ochib beriladi. Ayniqsa, bosh rol ijrochisining aktyorlik mahorati filmga alohida ruh bag'ishlagan.

Finalga keladigan bo'lsak, nimadur yetishmadi yoki men tushunmay qoldim. O'zi aslida eng ko'p kutgan narsam — plot twist edi. Xullas, oxiridagi bo'shliqni hisobga olmasa, shedevr film.

Shaxsiy reyting - 9/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
👉🏻
@KinogarBot (ingliz tili menyusida)

🏄🏻‍♂️
@xus4n.
1
رَمَضَان مُبَارَك 🌻
4
Postlar ancha kamayib qoldi-a)

Chunki ko'p kino, serial, animelarni ko'rib bo'lib post yozmayabman, letterboxd'da shunchaki baholab ketishni boshladim. Postga loyiq deb bilganlarimni ajratib olib, vaqtga qarab chiqaraman..

Letterboxd akkauntim👇🏻
https://boxd.it/hwp25
Forwarded from ZakovArt
Hazil aytaman. Xafa bo'lmaysan.

Bir turk shifokorga borib: "barmogʻim bilan tanamga tegsam, ogʻriyabdi, boshim, qornim, oyogʻimni ushlasam ham dard bor". Shifokor tekshiruvdan keyin: "tanangiz sogʻlom, faqat barmogʻingiz singan ekan".

Qadrdonim, seni kasalliging miyangda. Dunyoqarashingni oʻzgartir.

"Gilos ta'mi" filmidan.

🎨 ZakovArt
1