γ…€π˜…π˜‚π˜€πŸ°π—».
120 subscribers
256 photos
2 videos
1 file
40 links
β€” Zerikkanimda qiziqroq film tomosha qilib yoki kitob o'qib vaqtimni o'tkazaman. Shuningdek, fikrlarim va ichimdagilarni yozib bo'lishaman... :)

πŸͺ Ba'zi-ba'zida siz uchun ham, men uchun ham foydali postlar bo'ladi...

γ…€γ…€γ…€γ…€γ…€βœ‰οΈ β€” @xusangaBot
Download Telegram
πŸ§˜πŸ»β€β™‚οΈ Β«2025-yilΒ»ning umumiy "#sarhisob"i


πŸŽ₯ Filmlar:

~ The Boy in the Stripped Pyjamas
~ Time trap
~ La La Land
~ Substance
~ The Mother
~ 500 days of Summer
~ Smile
~ Mr.Smith and Mrs.Smith
~ Whiplash
~ The fault is in our stars
~ 100 days to live
~ Five feet apart
~ Come to play
~ Nowhere
~ Countdown
~ The Prestige
~ Escape room
~ Dark Knight
~ Capernaum
~ Dead Poets Society
~ Pawn sacrifice
~ Untouchables (1+1)
~ Shawshank redemption
~ Fight Club
~ Se7en (seven)
~ Inception
~ Pursuit of happiness
~ Unbearable weight of great talent
~ Shutter Island
~ Brick
~ Black Swan
~ Formula 1 (F1)
~ 127 hours
~ Green Mile
~ Ready player one
~ Final destination (1,2,3,4,5)
~ Gone girl
~ Dictator
~ The silence of Lambs
~ Frankenstein
~ Hangover
~ Panic room
~ The Shining
~ Fahrenheit 451
~ Barbarian

β€” Umumiy hisobda 44 ta kino.



🎴 Animelar:

~ Your name
~ Grave of fireflies
~ Ponyo (rewatch)
~ Attack on Titan
~ Spirited away (rewatch)


β€” Umumiy hisobda 5 ta anime.


🎬 Seriallar:

~ Harry Potter (rewatch, 5x)
~ Arcane
~ Squid Game
~ Alice in Borderland
~ Chernobyl
~ Merlin (rewatch)
~ Game of thrones (S01)


β€” Umumiy hisobda salkam 7 ta serial.


🎭 Multfilmlar:

~ Inside out (full)
~ Little Prince

...........

πŸ“š Kitoblar:

~ Yashamoq
~ Alloh sari 20 bekat
~ Harry Potter and the Cursed Child (chala)
~ Molxona
~ Garri Potter va Azkaban mahbusi
~ Garri Potter va Olov kubogi
~ Ikki yetim
~ Iqtidorlilar
~ Ikki eshik orasi
~ Oydin tunlar


β€” Umumiy hisobda 10 ta kitob.


Shaxsan men uchun, barakali yil bo'ldi desam ham bo'ladi. Keyingi yilni yaxshiroq o'tkazamiz, nasib... :)

🌚 β€” @xus4n.
8
β€” Bilasanmi u menga nimani aytdi?
U 6 ta farzandli bo'lishni xohlaydi



🌟 β€” @xus4n
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Bitta uzuuun postga ko'zim tushgandi, keyin o'qirman deb yo'qotib qo'ygandim. Va nihoyat, topib olib o'qib bitirdim)

β€” Ancha foydali bo'ladi nasib, oxirigacha borilsa albatta :)
1
Yanvarning deyarli yarmi uchun boshqalariga qaraganda sezilarli pastga o'sgan natija bilan tanishing. πŸ˜‡

To'g'risini aytsam WatchList'im to'lib ketganini ko'rib umuman boshqa filmlarni ko'rvorishni boshladim. Ishlarim ko'payib ketsa tashlab ketish eng qulay variant bo'lgani uchundir balki)) Xullas, har biriga alohida post yozish uchun hozir sabrim ham, xohishim ham yo'q. Hammasini bittada hazm qilamiz endi.



Hamma ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv bo'lib ulgurgan bizni deyarli 10 yil kuttirgan
Stranger Things:
β€” O'zim serialni 10 yillik fanati bo'lmasam ham, serial atmosferasida ancha-muncha yashab qo'ydim) Oxirgi sezonni cho'zishganiga qaraganda taxmin qilib bo'lmas darajadagi yakun va Olov voqealarni kutmagan odam yo'q menimcha. Gapni qisqa qilib aytganda, ko'p narsa kutgan odam har doim yutqazar ekan. Olov voqealarni oz qismini olsak ham, mantiqiy va kerakli yakunni olmadik. Shaxsan o'zim ham aynan oxirgi qismidan xatolik topdim.... Ancha fikrim o'zgardi..
⭐ Shaxsiy reyting - 9/10


Ko'pchilik bilgan, romantik janrlar bo'yicha ham old, ham OLD film β€” Titanic:
β€” Siyqasi chiqqan bo'lsa ham, ko'p "balandparvoz" gaplarga arziydigan romantik-drama film. Qayta ko'rishni maslahat beraman, iloji bo'lsa original chiqqan tili β€” Inglizchada. Boshqa gap-so'z bo'lishi mumkin emas.
⭐ Shaxsiy reyting - 9/10


Bizda uchinchisi, ya'ni desertga qattu anime β€” Death Note:
β€” Animeni multik deb o'ylaydiganlar uchun maxsus. Aytgancha, IQ darajasi yuqori odamlarga ko'proq tavsiya etiladi.
WatchList'da, o'zi rejada ham umuman yo'q edi. Bitta editni o'zi tomosha qilishga majburladi. Animeni boshlanishi yomonmas, o'rtalariga kelib zerikish boshlandi. Ko'rganim sari paradoks'ni his qilish kuchayib ketdi. Hech nimaga tushunmay qoldim, keyin tushuntirib berishganda miyyam shuchaki portlab ketdi. Surunkali zerikishdan o'tib, tushuntirishlarni olganimdan keyin mazza qildim o'ziyam. O'ylab qaralsa har bir voqea, har bir qahramonni o'z o'rni, o'z vaqti roppa-rosa o'z o'rniga qo'yilgan. Shu uchun ham respect) Shunchaki ko'ring tamom.

⭐ Shaxsiy reyting - 8/10


πŸ’€ β€” @xus4n .
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#Yakunlandi ⏹

πŸŽ₯ The Truman Show
(c) 1998
πŸ•° 1 soat 43 minut
πŸ€΅πŸ»β€β™‚οΈ Peter Weir


Β«That's a lot of world for a man, Truman..Β»


Qisqacha qilib boshlasam, film bir qarashda oddiy hayot haqida boβ€˜lib tuyuladi, ammo mazmuni o'ylaganimizdanda aaancha chuqur. Kinoda Truman Burbank ismli insonning hayoti ko'rsatiladi. U kichik shaharchada yashaydi, odatiy odamlarga o'cshab ishga boradi, oilasi va do'stlari bor... Boshida hammasi odatdagidek koβ€˜rinadi. Lekin vaqt o'tib, uning atrofidagi voqealar gβ€˜alati tus ola boshlaydi. Xullas, sekingina hammasi boshlanadi.

Filmning eng kuchli jihati β€” g'oyasi. Inson erkinligi, haqiqat va yolgon, jamiyatning tomoshabinlikka bo'lgan qaramligi juda nozik va aqlli tarzda ochib berilgan. Jim Carrey'ning aktyorligi esa alohida e’tiborga loyiq: u komediyachi sifatida tanilgan bo'lsa-da, bu filmda juda chuqur, hissiyotlarga boy sahnalarni yaratib berolgan. Bu bilan u professional ekanlgini yana bir martta isbotlab bergan..

Ko'plab Β«quoteΒ»ga yozish uchun sahnalar bo'ldiku-ya, lekin skrinshot olishga ulgurmadim. Mazza qilib ko'ribman o'ziyam. Kamchilik ko'rmadim, aktyorlar ideal tanlangan, ssenariy prosto brilliant!

Bir tanishim aytgandi, yaxshiroq kinoni ko'rsam ichida yashab qolaman vaqtinchaga, kino tugaganida esa real hayot keyin esimga tushadi deb. Aynan shu filmda huddi shu voqea bo'ldi, demak yaxshi ekan)) Tomosha qilinglar.


⭐ Shaxsiy reyting - 10+/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
πŸ‘‰πŸ»
@KinogarBot - dan topasiz

πŸ₯Ί β€” @xus4n.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
"O'zbekchilik" bunga yo'l qo'ymaydi, afsuski )
1
🀩 O'tgan haftani butun qismi «Ghibli Studio»ga bag'ishlandi. Ya'ni animedan uyog'iga umuman o'tmadim. Yengilroq nimadur ko'rishim kerak edi...

#yakunlandi

Birinchi poster β€” Princess Mononoke:
Voqealar Ashitaka ismli bolani la'natga duch kelib, davo izlab safarga chiqishi bilan boshlanadi. U yo'lda temir ishlab chiqaruvchi odamlar va o'rmon ruhlari o'rtasidagi shafqatsiz kurashga guvoh bo'ladi... Voqealar bir tekis ketsayam, nimadur ko'p yoki kamdek tuyuldi. Dam olaman deb yig'gan animelarimdan bittasi unchalik zo'r chiqmadi..
⭐ Shaxsiy reyting - 6/10

Ikkinchi poster β€” Howl's moving castle:
Tomosha qilayotganda odamni asta-sekin o'z dunyosiga tortib keta oladigan anime. Sophie qari kampirni sehriga uchrab, qariyaga aylangach, hayoti butunlay o'zgaradi va u g'alati, lekin yaxshi sehrgar Howl bilan tanishadi. Hammasi birin ketin boshlanadi.... Animega gap bo'lishi mumkinmas, ranglar tasviri anime rostdan ham Β«Ghibli StudioΒ»ga tegishli ekanligini bildirib turadi. Hordiq chiqarish uchun yaxshi va yengil tavsiya)
⭐ Shaxsiy reyting - 9/10

Oxirgi va uchuni poster esa β€” The wind rises:
Aeroplanlar va ularni yasash haqida orzu qiladigan bir bolani taqdiri. Anime tomoshabinga sokinlik va qiziqishni bittada, maromida berib qo'yadi. Tasvirlar va musiqalar bir biriga mos. Romance va dramma ishqibozlari uchun 'special one'.
⭐ Shaxsiy reyting - 7.5/10

P.S) Animelarni Β«MX playerΒ» ilovasida ochib, 'smart enhance' funksiyasini yoqib ko'rsa bo'larkan. Yanayam yorqinroq bo'ladi..

🀩 β€” @xus4n.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
​#Yakunlandi ⏹

πŸŽ₯ An awfully big adventure
(УТасно большС ΠΏΡ€ΠΈΠΊΠ»ΡŽΡ‡Π΅Π½ΠΈΠ΅)
(c) 1995
πŸ•° 1 soat 52 minut


Haqiqiy Alan Rickmandan maxsus tavsiya qilingan film)

Kino oddiy ishlanmagan. Hamma narsa yoritilgan β€” o'sish, xatolar va ichki yolg'izlik... Film tomoshabinni baland ovozlar yoki keskin burilishlar bilan emas, balki sekin-asta yurakka yetib boradigan his-tuyg'ular bilan ushlab turoladi. Ko'rib bo'lib, film atmosferasidan chiqishga qiynaldim, to'g'risi....

Filmni asosy qismida hali hayotni to'liq tushunib yetmagan, juda ko'p narsaga harakat qiladigan yosh qiz turadi. U teatr olamiga kirib keladi va shu joyda kattalar dunyosining murakkab, ba'zan esa shafqatsiz tomonlariga duch keladi. Film shu va boshqa kontrastlarni ko'rsatadi, ortiqcha sahnalarsiz.

Shaxsan o'zimga eng yoqqan jihati β€” film hech kimni oqlamaydi ham, qoralamaydi ham. Qahramonlar xato qiladi, chalkashadi, o'zlari ham nima xohlayotganini aniq bilishmaydi. Shu sababli ular juda haqiqiy ko'rinadi. Yana, film 95-yilda chiqarilganiga qaramay hozirgi "zamonaviy" filmlardan ustunroq.. Aynan shu jihati uchun ham respect))

Agar siz shovqinli syujetdan ko'ra, ruhiy chuqurlik va hayotiy haqiqatlarni yoqtirsangiz, bu film siz uchun.


⭐ Shaxsiy reyting - 7/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
πŸ‘‰πŸ»
@KinogarBot - dan topasiz (rus tili menyusida)

🌟 β€” @xus4n.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Huvillab qolmaydi sensiz bu olam,
Do’stlaring zor emas bilganingchalik.
O’lsam ne bo’lgay deb sira tortma g’am,
Ketganing xabari kelganingchalik.

Har inson zotiga zarurman dema,
Kimgadir tuproqsan, kimgadir olmos.
Xudo saqlasin-u, gohi-gohida
Hatto o’zingga ham keraging qolmas.

O’tkirbek Muhammadsobir
@QonliBitiklarim 🀩
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
​#Yakunlandi ⏹

πŸŽ₯ Prisoners (Asiralar)
(c) 2013
πŸ•° 2 soat 33 minut

Β«Pray for the best, prepare for the worst, yeah?Β»


Boshlashdan oldin, triller janr aslida qanaqa bo'lishini, nima qilish, nimani ko'rsatish kerakligini ideal holatda ko'rsatib bergan Denis Villeneuve'ga alohida rahmat aytamiz.

Ko'pchilik aytganidek, film oddiygina triller emas. U qo'rquv, umidsizlik, aybdorlik va adolat tushunchalarini murakkab, ammo nihoyatda ta'sirli tarzda singdiradi. Filmni ko'rgan har bir tomoshabin o'zicha fikr chiqarishni boshlaydi.

Vizual uslubi triller janrni berib turadi. Qorong'i ranglar, siqilgan makon, sovuq muhit β€” bularning barchasi ichki bosim, umidsizlik va ruhiy siqilishni ifodalaydi. Film davomida umuman quyoshni ko'rsatishmadi, bu noodatiylikni belgisi. Natijada film tomosha qilinmaydi β€” his qilinadi.

Aktyorlik ijrosiga kelsak, ular alohida e'tiborga loyiq. Tanlangan har bir aktyor va aktrisalar roliga mos. Ayniqsa, bosh qahramonning ruhiy parchalanishi tomoshabinni yuragigacha yetib boradi. Qo'shimchasiga, ota-onalik mas'uliyatini ham ko'rsatib, ham singdirib berishgan. Aynan shu tomoni ham filmni 10 dan 10 qiladi)


#spoiler

Gap o'rnida aytib o'tsam, rejissiyor ateizm yoki iymoni pastlik qanaqa ko'rinishini ochib bergan. Bolasi rak sababli o'lganidan so'ng, xudodan qasos olishga tushgan xola bunga misol. Shu sababli bu asar nafaqat triller, balki chuqur falsafiy drama sifatida ham yuqori bahoga loyiq.

P.S) Chuqurroq tahlillarni o'qimoqchi bo'lsangiz:
β€’
https://t.me/QonliBitiklarim/1219
β€’
https://t.me/kinoekrani/822

⭐ Shaxsiy reyting - 10+/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
πŸ‘‰πŸ»
@KinogarBot (ingliz tili menyusida)

πŸ„πŸ»β€β™‚οΈ β€”
@xus4n.
2
​#Yakunlandi ⏹
#ReWatch

πŸŽ₯ Lake house (Ko'l bo'yidagi uy)
(c) 2006
πŸ•° 1 soat 39 minut
πŸ€΅πŸ»β€β™‚οΈ Alejandro Agresti

Β«I could be a shoulder for you like you've been for me. And tell you that everything gonna be okay.Β»


Ko'pchilik kutayoygan (14-fevral) Valentin kuniga yaxshigina film topib oldim. Voqealari oldindan tanish tuyuldi, mailbox'ni ko'rib oldin TVda ko'rganim esimga tushib qoldi..

Film Jane Austen'ning "Persuasion" asaridan ilhomlangan holda olinganligi sababli alohida qadrlanadi. Shaxsan o'zimga voqealari yoqdi. Fantastikani ham romantikani ham bo'rttirmay ishlashgan. Bizga film shov-shuvli sahnalari bilan emas, balki samimiylik va tuyg'ular orqali ta'sir qiladi.

Asarda inson qalbidagi sogβ€˜inch, umid va kutish kabi hislar aniq yetkazilgan. Shuning uchun ham, u tomosha qilingach uzoq vaqt xotirada qoladi. Filmdagi aktyor va aktrisada moslik bor, sahnalarida ham kamchilik yo'q. Qizig'i, 2006-yil uchun bu juda katta narsa.

14-fevralga nima ko'rishni bilmasangiz, "Lake house" siz uchun tayyor)


⭐ Shaxsiy reyting - 10/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
πŸ‘‰πŸ»
@KinogarBot (ingliz tili menyusida)

πŸ„πŸ»β€β™‚οΈ β€”
@xus4n.
1