β#Boshlandi βΆ & #Yakunlandi βΉ
Diktator filmini ko'rganimdan keyin, tanishim maslahat bergandi shuni ko'ring deb. Aslida o'zbekchada ko'rish niyyat yo'q edi, shundoq ham audio ichida o'zbekchasi yo'q ekan)
Filmni 18 yoki 21 yoshdan past (behayo hazillarni tushuna olmaydigan)lardan umuman tomosha qilmaslikni so'rab qolardim. Kayfiyat bilan o'ylaringizni birdan ko'tarib yuboradigan "Komediya" film.
Boshidan to oxirigacha umuman zeriktirmasdan, kayfiyatni 100da ushlab turishni muvaffaqqiyatli eplay olgan film bo'ldi. Umuman olganda, juda kam o'tib ketgan (18+) sahna va hazillarni olmaganda hammasi yaxshi. Har holda Β«DiktatorΒ» filmidan sal kamroq ishlatilgan. Personajlari yaxshigina tanlangan, ssenariy ham ajoyib chiqqan. Gap bo'lishi mumkin emas. (Yetarlicha inglizcha QORA vocabulary yig'ib oldim..π)
Plot twist umuman kutilmagan vaqt, kutilmagan joyda bo'ldi. Spoiler qilmaslik uchun maksimum harakat qilyabman, bilselar bilasilar))
P.S) Film Ingliz tili bo'limiga joylandi. Maroqli tomosha..
β Shaxsiy reyting - 10/10
β¬οΈ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
ππ» @KinogarBot - dan topasiz
π₯ Hangover
(c) 2009
π° 1 soat 47 minut
π 21+
Β«In a healthy relationship, a guy should be able to do what he wants.Β»
Diktator filmini ko'rganimdan keyin, tanishim maslahat bergandi shuni ko'ring deb. Aslida o'zbekchada ko'rish niyyat yo'q edi, shundoq ham audio ichida o'zbekchasi yo'q ekan)
Filmni 18 yoki 21 yoshdan past (behayo hazillarni tushuna olmaydigan)lardan umuman tomosha qilmaslikni so'rab qolardim. Kayfiyat bilan o'ylaringizni birdan ko'tarib yuboradigan "Komediya" film.
Boshidan to oxirigacha umuman zeriktirmasdan, kayfiyatni 100da ushlab turishni muvaffaqqiyatli eplay olgan film bo'ldi. Umuman olganda, juda kam o'tib ketgan (18+) sahna va hazillarni olmaganda hammasi yaxshi. Har holda Β«DiktatorΒ» filmidan sal kamroq ishlatilgan. Personajlari yaxshigina tanlangan, ssenariy ham ajoyib chiqqan. Gap bo'lishi mumkin emas. (Yetarlicha inglizcha QORA vocabulary yig'ib oldim..π)
Plot twist umuman kutilmagan vaqt, kutilmagan joyda bo'ldi. Spoiler qilmaslik uchun maksimum harakat qilyabman, bilselar bilasilar))
P.S) Film Ingliz tili bo'limiga joylandi. Maroqli tomosha..
β Shaxsiy reyting - 10/10
β¬οΈ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
ππ» @KinogarBot - dan topasiz
1
β#Boshlandi βΆ & #Yakunlandi βΉ
Film horror janrida emas! U triller bo'lishiga qaramay, voqealar yetarlicha jonli chiqmaydi. Hikoya avvaliga qiziq tuyuladi, keyin tezda silliq va oldindan taxmin qilinadigan holatga o'tib qoladi. Qahramonlar qarorlarida o'ziga xoslik ko'rmadim to'g'risi, shu uchun ham ularning boshidan kechirayotganiga befarq bo'lib qolish oson.
Rostini aytsam, ko'proq qotillik kutgandim. Yarmiga kelib zerikish boshlandi, 10 sekunddan o'tkazib-o'tkazib ko'rdim...
βοΈ Shaxsiy reyting - 4/10
β¬οΈ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
ππ» @KinogarBot - dan topasiz
πΏ β @xus4n.
π₯ Panic room (Qo'rquv xonasi)
(c) 2022
π° 1 soat 51 minut
Film horror janrida emas! U triller bo'lishiga qaramay, voqealar yetarlicha jonli chiqmaydi. Hikoya avvaliga qiziq tuyuladi, keyin tezda silliq va oldindan taxmin qilinadigan holatga o'tib qoladi. Qahramonlar qarorlarida o'ziga xoslik ko'rmadim to'g'risi, shu uchun ham ularning boshidan kechirayotganiga befarq bo'lib qolish oson.
Rostini aytsam, ko'proq qotillik kutgandim. Yarmiga kelib zerikish boshlandi, 10 sekunddan o'tkazib-o'tkazib ko'rdim...
βοΈ Shaxsiy reyting - 4/10
β¬οΈ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
ππ» @KinogarBot - dan topasiz
πΏ β @xus4n.
Β«Oltin 2025-yil KuzΒ» #sarhisob π
π₯ Filmlar:
β’ Black swan
β’ Formula 1 (F1)
β’ 127 hours
β’ Green Mile
β’ Final destination 1
β’ Final destination 2
β’ Final destination 3
β’ Final destination 4
β’ Final destination 5
β’ Alice in Borderland
β’ Ready player one
β’ Gone girl
β’ Spirited away
β’ Chernobyl
β’ Harry Potter (rewatch full, 3 marttadan)
β’ Dictator
β’ The silence of lambs
β’ Frankenstein
β’ Hangover
β’ Panic room
π Kitoblar:
β’ Ikki eshik orasi
β’ Oydin tunlar
P.S) Menimcha kitoblar har doimgidek barakali qiymatda bo'lmadi, kino va seriallar joy-joyida.. Har doimgidan-da ko'proq Kuz faslida serial ko'ribman. "Stranger things" (s05 oxirigacha chiqmagan) hamda "Merlin" (Stranger Things sabab oxiriga yetmadi π) serialini oxirgacha yetkaza olmaganim uchun keyingi oy hisobiga qo'shiladi.
βοΈ @xus4n β zerikishni birga yo'qotamiz))
11
ββ Dambldor yaxshiroqmi, yoki Gaius?
Garri Potter va Merlin olami barchamizga yoshligimizdan beri birdek tanish. Hayotimizda bu seriallarni chinakam muxlislariga ko'p marotaba duch kelamiz. Admin ham ushbu filmlarni jinnisi :) Shuningdek, ba'zi vaqtlarda ular o'rtasidagi bahsning guvohi ham bo'lamiz. Ko'pchilik Merlin kuchliroq deyishsa, qolganlar Garri'ni qobiliyatlarini sanab ketishadi. Umuman olganda, Merlin rostdan ham kuchli va ziyrakroq. Boisi Merlin sehrni qandaydir tayoqchada qilmaganida emas, hamma vaziyatlardan o'zi (yoki Dragon va Gaius bilan) chiqib ketadi. Garri Potter bo'lsa har doim o'zining do'stlari (Ron va Germiona) va Dambldor bilan masalani hal qiladi.
Endi Dambldor bilan Gaius'ga kelsak, ancha dalil va isbotlar ko'p. Ulardan birini olib qarasak, Dambldor'ning kuch-qudrati 90% afsungarlar olamidagi sehrgarlardan ustunroq. Chuqurroq kirib borsak, Gaius sehr-jodu bilan ancha yillar davomida shug'ullanmay qo'ygan va salkam afsun so'zlari (spelling)ni unutib qo'ygan. Dambldorga kelsak, faoliyati davomida umuman sehr-jodu qobig'idan chiqmagan, umri davomida ko'pgina ishlarning guvohi bo'lgan. Qisqa qilib aytganda, Gaius tinch va farovon hayoti uchun sehrdan voz kechgan bo'lsa, Dambldor sehrga hayotini bag'ishlagan.
Savolga javob esa β Gaius Dambldordan yaxshiroq. Ha, harakter tomonlama Gaius yaxshiroq. Har birimiz bilgan voqea β Dambldor Garri Potter'ni Voldemort'dan himoya qilishi Severus Sneyp iltimosiga ko'ra bo'ladi. Bunga filmda yaxshilab e'tibor berilmagan, kitobida aniq va ravshan yozilgan. To'g'ri Gaius ham Merlin'ni Hunith (Merlin'ning onasi) iltimos qilgani uchun o'z qaramog'iga olgan bo'lsayam Dambldor'dan farqli o'laroq, Merlin uchun o'z jonidan voz kechishga ham tayyor bo'lgan.
Garri Potter kitobini to'liq o'qib chiqmaganman, qayerdadur xato sezsangiz bilingki, o'z fikrimdan kelib chiqilgan.
π¨ @xus4n β Kino va kitob, boshqa hech narsa.

ββ#Yakunlandi βΉοΈ ( #ReWatch πΊ )
π₯ Merlin (serial)
π¬ 65 seriya, 5 sezon
(c) 2008
Β«I will always stand by you, no matter what happens.Β»
Dekabr oyi, ya'ni qish fasli kutilmagan burilish bilan boshlandi. Qish kelishi bilan GOT serialini boshlashni ahd qilib qo'ygandim, birdan kuz faslida Β«yetimΒ» qolib ketgan sevimli serialim esimga tushdi. Asliga olib,bekor qilmabman. TVda beradigan paytlarda ko'rgandim buni. Qishloq, dodam, buvimning uylari, amakivachchalarim... Ancha xotiralar yodga olindi.
Hozirdagi ba'zi Β«eng yaxshiΒ» filmlardan 10 martta, kerak bo'lsa 100 martta mukammal va benuqson serial β aynan Merlin. Tomosha vaqtida umuman kamchilik ko'rmadim, keraksiz (serial vaqtini cho'zish uchun) qismlar yo'q desa ham bo'ladi. Shuning uchun ham serialning qizishi yurak impulsiga o'xshab tepaga-pastga (fluctuating) tarzida davom etadi. Juda zerikarli qismlari yo'q, shunchaki umuman mavzudan chetga chiqib ketishgan. Balki har bitta faslni barqaror, ya'ni 13 tadan qilib chiqarish uchundir.
Β«Yaxshilik va yomonlikΒ» hayotimizning muhim qismi aslida. Har doim ezgu odamlarni uchratish qiyin, va keraksiz ish. Serial ham bunga chuqurroq kirib, bizga yoritib bergan. Filmda yomon qilib ko'rsatilgan personaj bor, shunga alohida to'xtalmoqchi edim. Morgana Pendragon β o'ta zaif va noziklikni ifodalagan personaj. Kuchli, biroq egiluvchan shaxs.. Morgana'ni boshqa egoist personajlar bilan solishtirganda, uni Pure Heart ekanligiga guvoh bo'lamiz. Agar Morgana'ni rostdan ham qorong'ulik (yovuzlik) tarafdori deb o'ylasangiz ozgina o'ylashni maslahat berardim. Shuningdek, Merlin obrazi orqali kuch va mas'uliyat o'rtasidagi ziddiyat, Arthur timsolida esa adolatli hukmdor bo'lish yo'lidagi sinovlar ko'rsatiladi. Β«MerlinΒ» seriali afsona doirasidan chiqib, insoniy qadriyatlar, ishonch, do'stlik, sevgi, sadoqat va fidoyilik haqida yaxlit va esda qolarli xulosa bera oladi. Va, sehr olamini Merlin seriali ochib beradi desak adashmagan bo'lamiz.
Xulosaga keladigan bo'lsak, chuqur kirganimiz sari u ham ortib boraveradi. Har bir fasldagi fikr-xulosani yozishga bitta post kamlik qiladi. Beshta fasl davomida ancha qo'rqinchili, quvonchli, qayg'uli voqealar guvohi bo'lamiz. Hattoki aka-singil bir-biridan yuz o'girib ketishi, tog'a-jiyan, ota-bola va do'stlar orasidagi sotqinlikni ko'ramiz.. Sehrni ta'qiqlanishi fonida haqiqatni yashirish majburiyati, qahramonlar o'rtasidagi munosabatlarga keskin ta'sir koβrsatadi va bu ichki ziddiyat syujetning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantiradi. Qo'shimchasiga, qahramonlar idealistik qarashlardan voz kechib, og'ir tanlovlar qarshisida yetuklashadi. Yakun esa afsonaviy taqdirning muqarrarligini ko'rsatadi, adolat yo'lidagi g'alaba har doim ham baxt bilan yakunlanmasligini ko'rsatib beradi. Qisqa qilib aytganda, mukammallikning cho'qqisiga soyuz vaqtida chiqqan serial β Merlin seriali.
Ha aytgancha, reytingda 10ning oldidagi "+" β undan ham yuqori reyting berilsa arzirli ekanligni ko'rsatadi. Faqat masterpiece'larga + qo'yaman.. Serial shunchaki a'lo!
βοΈ Shaxsiy reyting - 10+/10
β¬οΈ Serialni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
ππ» https://t.me/+-Z1f7hsWcbphNzUy
π β @xus4n :)

5
Β«Erkak ko'ngliga yo'l β oshqozonidan topiladi.Β» degan gap aslida haqiqat :)
β#Yakunlandi βΉ
π₯ The Shining (Porlash)
(c) 1980
π€΅π»ββοΈ Stanley Kubrick
π° 2 soat 23 minut
Β«TrillerΒ» janrli degan nomga loyiq film. Anchadan beri sifatli va nomiga loyiq triller film ko'rmagandim, ko'nglim ham qolib ketgandi.. Kamiga, film oddiy qo'rqinchli chiqmagan. Bu asar tomoshabinni birdan cho'chitishdan ko'ra, asta-sekin bosim o'tkazib, ruhiy jihatdan ezishga harakat qiladi. Boshidagi sahnalarini o'zidan ichkariga olib kira oladigan film chiqqan, maslahat berishga loyiq)
Voqealar markazida yozuvchi kasbidagi Mister Torrans turadi. U oilasi bilan qish mavsumida butunlay bo'sh qoladigan Overlook mehmonxonasiga qorovul bo'lib ishga joylashadi. Aktyor janrga, filmga, tasavvurga mos qilib tanlangan. Kamchilik topa olmadim, rolini super qilib o'ynab bergan.
Filmda Overlook mehmonxonasining o'zi ham go'yo tirik mavjudotga o'xshatishgan. U faqat joymas, voqealarning faol ishtirokchisidek korsatib berilgan. Aynan shu film voqealarini Β«Ready player oneΒ» filmida ko'rsatib o'tib ketishgan, o'shandan keyin bu film borligini bilgandim.. Voqealar tanishdek tuyuldi, Β«Arvoh kemaΒ» filmiga juda yaqin chiqqan. Ayniqsa uyning joni borligi β kemaning joni borligidek bir xil.
Gapni qisqa qilsam, bu film boshqalardan farqli ravishda tez unutilib ketmaydi. Uni ko'rib bo'lgach ham, ayrim sahnalar xayoldan chiqmaydi. Film odamga savol beradi: yolg'izlik rostdan ham aqldan ozdiradimi?
β Shaxsiy reyting - 10/10
β¬οΈ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
ππ» @KinogarBot - dan topasiz
π§£ @xus4n.

10
β#Yakunlandi βΉ
π₯ Fahrenheit 451 (Farangeyt bo'yicha 451β°)
(c) 2018
π° 1 soat 40 minut
Β«Men ikki karra ikki to'rt degan fikrga qo'shilaman. Bu juda ajoyib. Ammo, biroz aqlingizni ishlatsangiz ikki karra ikki besh bo'lishi mumkinligini anglab yetasiz.Β»
Tasavvur qiling, aynan hozirgi vaqtdan 100-150 yil o'tib umuman kitobga ehtiyoji qolmagan, uyida smart yordamchisi bor, hamma joyda ekran.. Xullas, hammasi boshqacha β texnikaga mukkasidan ketganmiz.
Film bizni texnologiya, nazorat va fikrlash erkinligi o'rtasidagi murakkab munosabatlar haqida o'ylashga majbur qiladi.
Unda tasvirlangan (kelajakdagi) jamiyat tashqi tomondan tartibli va osoyishta ko'rinadi. Ammo bu tinchlik sun'iy: odamlar his-tuyg'udan, chuqur fikrlashdan va savol berishdan asta-sekin uzoqlashib boradi. Eng xavflisi bu holat majburlash orqali emas, balkiqulaylik niqobi ostida amalga oshiriladi... Umuman olganda, hissiyotlarni ham ko'rsatib berdi desam adashmagan bo'laman... Sifatga ham gap yo'q, faqat biroz yuzakiroq ishlangandek tuyuldi xolos..
Filmni kitobi ham bor ekan, o'qib chiqaman keyingi yil, nasib qilsa :)
P.S) Kitobdan "jirkanadigan", kinoni yaxshi ko'radigan tanishingizga maslahat berishga loyiq film...π