β#Boshlandi βΆοΈ & #Yakunlandi βΉοΈ
Film tomoshabinni o'ylantiradi, qo'rqitadi va savol bilan yuzlanadi.. Umuman olganda ko'p narsa paradoks. Asosiy qahramon β Clarice Starling kuchli, jasur va tirishqoq qiz. Shuningdek, hamma yovuz deb bilgan Lecter esa yovuz odam emas. U tinch gapiradi, muloyim qaraydi, lekin so'zlari va harakatlarida umuman boshqa narsani his qiladi odam...
Film ancha eski bo'lishiga qaramasdan, sifati va o'z maqomi bilan lol qoldira oladi. Kimga qanaqa bilmadim-u, film boshidagi 40-50 daqiqasi kirish sahnalari bo'ldi menimcha. Qizig'i, qolgan vaqtga shuncha voqea va plot twist'ni sig'dira olishgan. Voqealar ketma-ketligi davomida qiziqtirish bir lahza ham pasaymadi. Ko'pchilik taxmin qila olmagan va hayron qoldirgan plot twist filmni peak darajaga olib chiqadi. Asosiy mavzu Clarice'ning qo'rquvi (yohud qo'rqinchili tushi) yoki Bill'ning jirkanch (3-jins vakili bo'lish) orzusi emas.....
βοΈ Shaxsiy reyting - 7/10
β¬οΈ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
ππ» @KinogarBot - dan topasiz
πΏ β @xus4n.
π₯ The silence of the lambs
(Qo'zichoqlar sukunati)
π° 1 soat 58 minut
(c) 1991
Β«We begin by coveting what we see every day..Β»
Film tomoshabinni o'ylantiradi, qo'rqitadi va savol bilan yuzlanadi.. Umuman olganda ko'p narsa paradoks. Asosiy qahramon β Clarice Starling kuchli, jasur va tirishqoq qiz. Shuningdek, hamma yovuz deb bilgan Lecter esa yovuz odam emas. U tinch gapiradi, muloyim qaraydi, lekin so'zlari va harakatlarida umuman boshqa narsani his qiladi odam...
Film ancha eski bo'lishiga qaramasdan, sifati va o'z maqomi bilan lol qoldira oladi. Kimga qanaqa bilmadim-u, film boshidagi 40-50 daqiqasi kirish sahnalari bo'ldi menimcha. Qizig'i, qolgan vaqtga shuncha voqea va plot twist'ni sig'dira olishgan. Voqealar ketma-ketligi davomida qiziqtirish bir lahza ham pasaymadi. Ko'pchilik taxmin qila olmagan va hayron qoldirgan plot twist filmni peak darajaga olib chiqadi. Asosiy mavzu Clarice'ning qo'rquvi (yohud qo'rqinchili tushi) yoki Bill'ning jirkanch (3-jins vakili bo'lish) orzusi emas.....
βοΈ Shaxsiy reyting - 7/10
β¬οΈ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
ππ» @KinogarBot - dan topasiz
πΏ β @xus4n.
1
Jannat talab qilishda biz bilan sahobiylar o'rtasidagi yagona farq β ular uni amal bilan istashdi, biz esa orzu-xayol bilan.
Β© Ayman Yog'iy.
Β© Ayman Yog'iy.
2
β#Boshlandi βΆ & #Yakunlandi βΉ
Filmning asosiy kuchi β uning mavzusi va muhitida. O'zi asl mahluq kim? Yaratilgan monstrlarmi, yohud biz (insonlar) ?
Xudoga qarshi borib, tirilishni, o'limni, umuman olganda hayotni insonning o'z qo'liga topshirmoqchi bo'lgan (ateist) jarroh. Asliga olib, qattiqqo'llik va bizning Β«O'zbek mentalitetiΒ»da haddan ortiq ko'p uchraydigan "farzandini kim bo'lib yetishishini aynan ota-ona tanlashi"ning oqibatlarini ko'rsatib bera oladi. Filmni ko'rish vaqtida savol tug'iladi: Β«Haddan tashqari qattiqqo'llik va (keraksiz) bilim bizni jarlikka chorlaydimi?Β». Xo'sh, sizning fikringiz qanday?
Film nafaqat dahshat elementi bilan, balki axloqiy teranlik bilan ham ajralib turadi. Ilmning chegaralari, mas'uliyat, yolg'izlik, jamiyat tomonidan rad etilish β bularning barchasi voqealar davomida sekin-asta ochiladi va tomoshabinga chuqur ta'sir qiladi. Aynan shu filmni qiziqroq qilib ko'rsatib beradi. Qalbga yoki miyyaga quloq solib yo'l tutishni, ba'zan yolg'izlik odamni yeb bitirishini his qiladi kishi.
P.S) Agar siz falsafiy ma'noga ega bo'lgan, atmosfera jihatdan kuchli filmlarni yoqtirsangiz, Β«FrankensteinΒ» sizni befarq qoldirmaydi.
β Shaxsiy reyting - 9/10
β¬οΈ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
ππ» @KinogarBot - dan topasiz
π₯ Frankenstein (Frankenshteyn)
(c) 2025
π° 2 soat 32 minut
π€΅π»ββοΈ Guillermo del Toro
Β«If you are not to award me love, then I will indulge in rage.Β»
Filmning asosiy kuchi β uning mavzusi va muhitida. O'zi asl mahluq kim? Yaratilgan monstrlarmi, yohud biz (insonlar) ?
Xudoga qarshi borib, tirilishni, o'limni, umuman olganda hayotni insonning o'z qo'liga topshirmoqchi bo'lgan (ateist) jarroh. Asliga olib, qattiqqo'llik va bizning Β«O'zbek mentalitetiΒ»da haddan ortiq ko'p uchraydigan "farzandini kim bo'lib yetishishini aynan ota-ona tanlashi"ning oqibatlarini ko'rsatib bera oladi. Filmni ko'rish vaqtida savol tug'iladi: Β«Haddan tashqari qattiqqo'llik va (keraksiz) bilim bizni jarlikka chorlaydimi?Β». Xo'sh, sizning fikringiz qanday?
Film nafaqat dahshat elementi bilan, balki axloqiy teranlik bilan ham ajralib turadi. Ilmning chegaralari, mas'uliyat, yolg'izlik, jamiyat tomonidan rad etilish β bularning barchasi voqealar davomida sekin-asta ochiladi va tomoshabinga chuqur ta'sir qiladi. Aynan shu filmni qiziqroq qilib ko'rsatib beradi. Qalbga yoki miyyaga quloq solib yo'l tutishni, ba'zan yolg'izlik odamni yeb bitirishini his qiladi kishi.
P.S) Agar siz falsafiy ma'noga ega bo'lgan, atmosfera jihatdan kuchli filmlarni yoqtirsangiz, Β«FrankensteinΒ» sizni befarq qoldirmaydi.
β Shaxsiy reyting - 9/10
β¬οΈ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
ππ» @KinogarBot - dan topasiz
β#Boshlandi βΆ & #Yakunlandi βΉ
Diktator filmini ko'rganimdan keyin, tanishim maslahat bergandi shuni ko'ring deb. Aslida o'zbekchada ko'rish niyyat yo'q edi, shundoq ham audio ichida o'zbekchasi yo'q ekan)
Filmni 18 yoki 21 yoshdan past (behayo hazillarni tushuna olmaydigan)lardan umuman tomosha qilmaslikni so'rab qolardim. Kayfiyat bilan o'ylaringizni birdan ko'tarib yuboradigan "Komediya" film.
Boshidan to oxirigacha umuman zeriktirmasdan, kayfiyatni 100da ushlab turishni muvaffaqqiyatli eplay olgan film bo'ldi. Umuman olganda, juda kam o'tib ketgan (18+) sahna va hazillarni olmaganda hammasi yaxshi. Har holda Β«DiktatorΒ» filmidan sal kamroq ishlatilgan. Personajlari yaxshigina tanlangan, ssenariy ham ajoyib chiqqan. Gap bo'lishi mumkin emas. (Yetarlicha inglizcha QORA vocabulary yig'ib oldim..π)
Plot twist umuman kutilmagan vaqt, kutilmagan joyda bo'ldi. Spoiler qilmaslik uchun maksimum harakat qilyabman, bilselar bilasilar))
P.S) Film Ingliz tili bo'limiga joylandi. Maroqli tomosha..
β Shaxsiy reyting - 10/10

π₯ Hangover
(c) 2009
π° 1 soat 47 minut
π 21+
Β«In a healthy relationship, a guy should be able to do what he wants.Β»
Diktator filmini ko'rganimdan keyin, tanishim maslahat bergandi shuni ko'ring deb. Aslida o'zbekchada ko'rish niyyat yo'q edi, shundoq ham audio ichida o'zbekchasi yo'q ekan)
Filmni 18 yoki 21 yoshdan past (behayo hazillarni tushuna olmaydigan)lardan umuman tomosha qilmaslikni so'rab qolardim. Kayfiyat bilan o'ylaringizni birdan ko'tarib yuboradigan "Komediya" film.
Boshidan to oxirigacha umuman zeriktirmasdan, kayfiyatni 100da ushlab turishni muvaffaqqiyatli eplay olgan film bo'ldi. Umuman olganda, juda kam o'tib ketgan (18+) sahna va hazillarni olmaganda hammasi yaxshi. Har holda Β«DiktatorΒ» filmidan sal kamroq ishlatilgan. Personajlari yaxshigina tanlangan, ssenariy ham ajoyib chiqqan. Gap bo'lishi mumkin emas. (Yetarlicha inglizcha QORA vocabulary yig'ib oldim..π)
Plot twist umuman kutilmagan vaqt, kutilmagan joyda bo'ldi. Spoiler qilmaslik uchun maksimum harakat qilyabman, bilselar bilasilar))
P.S) Film Ingliz tili bo'limiga joylandi. Maroqli tomosha..
β Shaxsiy reyting - 10/10
β¬οΈ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
ππ» @KinogarBot - dan topasiz
1
β#Boshlandi βΆ & #Yakunlandi βΉ
Film horror janrida emas! U triller bo'lishiga qaramay, voqealar yetarlicha jonli chiqmaydi. Hikoya avvaliga qiziq tuyuladi, keyin tezda silliq va oldindan taxmin qilinadigan holatga o'tib qoladi. Qahramonlar qarorlarida o'ziga xoslik ko'rmadim to'g'risi, shu uchun ham ularning boshidan kechirayotganiga befarq bo'lib qolish oson.
Rostini aytsam, ko'proq qotillik kutgandim. Yarmiga kelib zerikish boshlandi, 10 sekunddan o'tkazib-o'tkazib ko'rdim...
βοΈ Shaxsiy reyting - 4/10
β¬οΈ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
ππ» @KinogarBot - dan topasiz
πΏ β @xus4n.
π₯ Panic room (Qo'rquv xonasi)
(c) 2022
π° 1 soat 51 minut
Film horror janrida emas! U triller bo'lishiga qaramay, voqealar yetarlicha jonli chiqmaydi. Hikoya avvaliga qiziq tuyuladi, keyin tezda silliq va oldindan taxmin qilinadigan holatga o'tib qoladi. Qahramonlar qarorlarida o'ziga xoslik ko'rmadim to'g'risi, shu uchun ham ularning boshidan kechirayotganiga befarq bo'lib qolish oson.
Rostini aytsam, ko'proq qotillik kutgandim. Yarmiga kelib zerikish boshlandi, 10 sekunddan o'tkazib-o'tkazib ko'rdim...
βοΈ Shaxsiy reyting - 4/10
β¬οΈ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
ππ» @KinogarBot - dan topasiz
πΏ β @xus4n.
Β«Oltin 2025-yil KuzΒ» #sarhisob π
π₯ Filmlar:
β’ Black swan
β’ Formula 1 (F1)
β’ 127 hours
β’ Green Mile
β’ Final destination 1
β’ Final destination 2
β’ Final destination 3
β’ Final destination 4
β’ Final destination 5
β’ Alice in Borderland
β’ Ready player one
β’ Gone girl
β’ Spirited away
β’ Chernobyl
β’ Harry Potter (rewatch full, 3 marttadan)
β’ Dictator
β’ The silence of lambs
β’ Frankenstein
β’ Hangover
β’ Panic room
π Kitoblar:
β’ Ikki eshik orasi
β’ Oydin tunlar
P.S) Menimcha kitoblar har doimgidek barakali qiymatda bo'lmadi, kino va seriallar joy-joyida.. Har doimgidan-da ko'proq Kuz faslida serial ko'ribman. "Stranger things" (s05 oxirigacha chiqmagan) hamda "Merlin" (Stranger Things sabab oxiriga yetmadi π) serialini oxirgacha yetkaza olmaganim uchun keyingi oy hisobiga qo'shiladi.
βοΈ @xus4n β zerikishni birga yo'qotamiz))
11
ββ Dambldor yaxshiroqmi, yoki Gaius?
Garri Potter va Merlin olami barchamizga yoshligimizdan beri birdek tanish. Hayotimizda bu seriallarni chinakam muxlislariga ko'p marotaba duch kelamiz. Admin ham ushbu filmlarni jinnisi :) Shuningdek, ba'zi vaqtlarda ular o'rtasidagi bahsning guvohi ham bo'lamiz. Ko'pchilik Merlin kuchliroq deyishsa, qolganlar Garri'ni qobiliyatlarini sanab ketishadi. Umuman olganda, Merlin rostdan ham kuchli va ziyrakroq. Boisi Merlin sehrni qandaydir tayoqchada qilmaganida emas, hamma vaziyatlardan o'zi (yoki Dragon va Gaius bilan) chiqib ketadi. Garri Potter bo'lsa har doim o'zining do'stlari (Ron va Germiona) va Dambldor bilan masalani hal qiladi.
Endi Dambldor bilan Gaius'ga kelsak, ancha dalil va isbotlar ko'p. Ulardan birini olib qarasak, Dambldor'ning kuch-qudrati 90% afsungarlar olamidagi sehrgarlardan ustunroq. Chuqurroq kirib borsak, Gaius sehr-jodu bilan ancha yillar davomida shug'ullanmay qo'ygan va salkam afsun so'zlari (spelling)ni unutib qo'ygan. Dambldorga kelsak, faoliyati davomida umuman sehr-jodu qobig'idan chiqmagan, umri davomida ko'pgina ishlarning guvohi bo'lgan. Qisqa qilib aytganda, Gaius tinch va farovon hayoti uchun sehrdan voz kechgan bo'lsa, Dambldor sehrga hayotini bag'ishlagan.
Savolga javob esa β Gaius Dambldordan yaxshiroq. Ha, harakter tomonlama Gaius yaxshiroq. Har birimiz bilgan voqea β Dambldor Garri Potter'ni Voldemort'dan himoya qilishi Severus Sneyp iltimosiga ko'ra bo'ladi. Bunga filmda yaxshilab e'tibor berilmagan, kitobida aniq va ravshan yozilgan. To'g'ri Gaius ham Merlin'ni Hunith (Merlin'ning onasi) iltimos qilgani uchun o'z qaramog'iga olgan bo'lsayam Dambldor'dan farqli o'laroq, Merlin uchun o'z jonidan voz kechishga ham tayyor bo'lgan.
Garri Potter kitobini to'liq o'qib chiqmaganman, qayerdadur xato sezsangiz bilingki, o'z fikrimdan kelib chiqilgan.
π¨ @xus4n β Kino va kitob, boshqa hech narsa.

ββ#Yakunlandi βΉοΈ ( #ReWatch πΊ )
π₯ Merlin (serial)
π¬ 65 seriya, 5 sezon
(c) 2008
Β«I will always stand by you, no matter what happens.Β»
Dekabr oyi, ya'ni qish fasli kutilmagan burilish bilan boshlandi. Qish kelishi bilan GOT serialini boshlashni ahd qilib qo'ygandim, birdan kuz faslida Β«yetimΒ» qolib ketgan sevimli serialim esimga tushdi. Asliga olib,bekor qilmabman. TVda beradigan paytlarda ko'rgandim buni. Qishloq, dodam, buvimning uylari, amakivachchalarim... Ancha xotiralar yodga olindi.
Hozirdagi ba'zi Β«eng yaxshiΒ» filmlardan 10 martta, kerak bo'lsa 100 martta mukammal va benuqson serial β aynan Merlin. Tomosha vaqtida umuman kamchilik ko'rmadim, keraksiz (serial vaqtini cho'zish uchun) qismlar yo'q desa ham bo'ladi. Shuning uchun ham serialning qizishi yurak impulsiga o'xshab tepaga-pastga (fluctuating) tarzida davom etadi. Juda zerikarli qismlari yo'q, shunchaki umuman mavzudan chetga chiqib ketishgan. Balki har bitta faslni barqaror, ya'ni 13 tadan qilib chiqarish uchundir.
Β«Yaxshilik va yomonlikΒ» hayotimizning muhim qismi aslida. Har doim ezgu odamlarni uchratish qiyin, va keraksiz ish. Serial ham bunga chuqurroq kirib, bizga yoritib bergan. Filmda yomon qilib ko'rsatilgan personaj bor, shunga alohida to'xtalmoqchi edim. Morgana Pendragon β o'ta zaif va noziklikni ifodalagan personaj. Kuchli, biroq egiluvchan shaxs.. Morgana'ni boshqa egoist personajlar bilan solishtirganda, uni Pure Heart ekanligiga guvoh bo'lamiz. Agar Morgana'ni rostdan ham qorong'ulik (yovuzlik) tarafdori deb o'ylasangiz ozgina o'ylashni maslahat berardim. Shuningdek, Merlin obrazi orqali kuch va mas'uliyat o'rtasidagi ziddiyat, Arthur timsolida esa adolatli hukmdor bo'lish yo'lidagi sinovlar ko'rsatiladi. Β«MerlinΒ» seriali afsona doirasidan chiqib, insoniy qadriyatlar, ishonch, do'stlik, sevgi, sadoqat va fidoyilik haqida yaxlit va esda qolarli xulosa bera oladi. Va, sehr olamini Merlin seriali ochib beradi desak adashmagan bo'lamiz.
Xulosaga keladigan bo'lsak, chuqur kirganimiz sari u ham ortib boraveradi. Har bir fasldagi fikr-xulosani yozishga bitta post kamlik qiladi. Beshta fasl davomida ancha qo'rqinchili, quvonchli, qayg'uli voqealar guvohi bo'lamiz. Hattoki aka-singil bir-biridan yuz o'girib ketishi, tog'a-jiyan, ota-bola va do'stlar orasidagi sotqinlikni ko'ramiz.. Sehrni ta'qiqlanishi fonida haqiqatni yashirish majburiyati, qahramonlar o'rtasidagi munosabatlarga keskin ta'sir koβrsatadi va bu ichki ziddiyat syujetning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantiradi. Qo'shimchasiga, qahramonlar idealistik qarashlardan voz kechib, og'ir tanlovlar qarshisida yetuklashadi. Yakun esa afsonaviy taqdirning muqarrarligini ko'rsatadi, adolat yo'lidagi g'alaba har doim ham baxt bilan yakunlanmasligini ko'rsatib beradi. Qisqa qilib aytganda, mukammallikning cho'qqisiga soyuz vaqtida chiqqan serial β Merlin seriali.
Ha aytgancha, reytingda 10ning oldidagi "+" β undan ham yuqori reyting berilsa arzirli ekanligni ko'rsatadi. Faqat masterpiece'larga + qo'yaman.. Serial shunchaki a'lo!
βοΈ Shaxsiy reyting - 10+/10
β¬οΈ Serialni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
ππ» https://t.me/+-Z1f7hsWcbphNzUy
π β @xus4n :)

5