γ…€π˜…π˜‚π˜€πŸ°π—».
120 subscribers
256 photos
2 videos
1 file
40 links
β€” Zerikkanimda qiziqroq film tomosha qilib yoki kitob o'qib vaqtimni o'tkazaman. Shuningdek, fikrlarim va ichimdagilarni yozib bo'lishaman... :)

πŸͺ Ba'zi-ba'zida siz uchun ham, men uchun ham foydali postlar bo'ladi...

γ…€γ…€γ…€γ…€γ…€βœ‰οΈ β€” @xusangaBot
Download Telegram
Nimadur demoqqa bezib qoldi dil..
Sizda dilsiz til-u, bizda tilsiz dil )
1🌚26
O, men hamisha magΚ»rur bo'lganman, hech qachon o'rtamiyonaga toqat qilmaganman, yo hammasiga erishishni yo hammasidan birato'la voz kechishni istaganman. Yarimta baxtga toqat qilolmaganim, yaxlit, butuniga intilganim sababli ham Β«o'zing bilib ol va qadrimga yetΒ» qabilida ish tutishga majbur edim. Axir, o'zingiz o'ylab ko'ring, agar men unga tushuntirishni, aytib turishni boshlasam, yaltoqlansam, xurmat qilishini so'rasam – gadodan nima farqim qoladi?..

πŸ“š Ma'suma, Dostoyevskiy.


β˜•οΈ β€”
@xus4n ))
1🌚23
Hammasini to'laymiz.
Ba'zan β€” pulimiz,
Ba'zan qalbimiz bilan....


☁️ β€” @xus4n
1🌚20
#Boshlandi ▢️ & #Yakunlandi ⏹️

πŸŽ₯ Chernobyl
(c) 2019
πŸ€΅πŸ»β€β™‚οΈ Johan Renck


1986-yil, 26-aprel. Ukraina... Real voqealarga asoslangan.


4-reaktor testi. Nosozlik... Voqea 1986-yilda Chernobyl AES'da sodir bo'lgan portlashdan so'ng boshlanadi. Dastlab odamlar hodisaning asl darajasini tushunishmaydi, ba'zilar bu kichik nosozlik deb o'ylaydi. Ammo vaqt o'tgan sayin, holat tobora jiddiylashib boradi. Rasmiylar, olimlar va oddiy ishchilar muammoni nazoratga olishga harakat qiladi. Ba'zi joylarda odamlar o'z hayotini xavf ostiga qo'yib, yong'inni to'xtatish, radiatsiyani kamaytirish yoki falokatning tarqalishiga yo'l qo'ymaslik uchun kurashadi. Shu bilan birga, voqealar davomida turli nuqtai nazarlar ko'rsatiladi β€” kimdir haqiqatni yashirishga urinadi, kimdir esa uni oshkor etishga. Har bir epizod falokatning nafaqat texnik, balki insoniy tomonlarini ham ochib boradi.

Film mukammal holatda ishlangan. Har bitta sahna, har bir ish va har bir qahramon. Umuman olganda, filmni ishlash uchun ssenariyni real voqeaga asoslantirib yozishgan (buning uchun ancha izlanishgan.). Ko'rinib turibdiki, 5ta epizodning hammasi benuqson. Sababi β€” rejissiyor aynan AES voqealari bilan chegaralanib qolmay, boshqa mayda detallarni ham ochib bera olgan. Natijada tomoshabinda zerikish paydo bo'lmasligi aniq, lekin hazm qilish qiyin kechadi..

Geografiyaga qiziqmaydiganlar ko'rishsa aniq qiziqib qolishadi)) Qancha maqtasam ham kam aslida. Ko'p gapirsam spoiler aralashib ketadi πŸ˜…, shunchaki ko'ring. Tamom)


⭐️ Shaxsiy reyting - 10+/10

⬇️ Serialni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
πŸ‘‰πŸ»
https://t.me/+-Z1f7hsWcbphNzUy

πŸ‚ β€” @xus4n .
2🌚11
​#Boshlandi ▢️ & #Yakunlandi ⏹️

πŸŽ₯ Dictator (Diktatator)
(c) 2012
πŸ€΅πŸ»β€β™‚οΈ Larry Charles
πŸ•° 1 soat 23 minut
πŸ›‘ 18+


Β«I am not a racist. I love all races β€” even the 100 meters.Β»


Oddiygina bir video kinoni ko'rishga majbur qildi.. Film nomidan, editlaridan, aktyorlaridan Β«KomediyaΒ» filmga o'xshamaydi, biroq u shunaqa. πŸ˜„

Bosh aktyor sifatida rol ijro etgan shaxs β€” Sacha Baron Cohen film va rol uchun eng mos variantligini film davomida ko'p martta guvohi bo'ladi odam. Hamma sahna, har bir hazil va hazil ortidagi haqiqatlar bir o'ylantirib qo'ysa, bir to'xtamay kulishga sabab bo'ladi. Aladeen'ning (qora) yumorlari ba'zida o'tib ketgani uchun ham ko'pchilik underrate qilishgan ekan. Menga ba'zi hazillari biroz g'alati tuyuldi, ammo kayfiyat anchagina ko'tarildi. Inglizchada tomosha qilishni xavfli tomonlari ko'p ekan. Aktyorlar Arab bo'lgani uchundir (bilmadim), har unli harf talaffuz qilishga kelganda "ΨΉ" ni qo'shib aytishlari, ataylab so'zlarni buzishidan tilingizga o'rnashib qolarkan....

Asablarni dam oldirish uchun eng yaxshi film. Komediyani xushlamasangiz ham, xushlasangiz ham dam olish uchun albatta ko'ring, racist bo'lsangiz albatta )

P.S) Lekin "ΨΉ" ni qo'shib aytishiga mazza qildim :)


⭐️ Shaxsiy reyting - 10/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
πŸ‘‰πŸ»
@KinogarBot - dan topasiz

🍿 β€” @xus4n.
6
memory is a punishment.
​#Boshlandi ▢️ & #Yakunlandi ⏹️

πŸŽ₯ The silence of the lambs
(Qo'zichoqlar sukunati)
πŸ•° 1 soat 58 minut
(c) 1991


Β«We begin by coveting what we see every day..Β»


Film tomoshabinni o'ylantiradi, qo'rqitadi va savol bilan yuzlanadi.. Umuman olganda ko'p narsa paradoks. Asosiy qahramon β€” Clarice Starling kuchli, jasur va tirishqoq qiz. Shuningdek, hamma yovuz deb bilgan Lecter esa yovuz odam emas. U tinch gapiradi, muloyim qaraydi, lekin so'zlari va harakatlarida umuman boshqa narsani his qiladi odam...

Film ancha eski bo'lishiga qaramasdan, sifati va o'z maqomi bilan lol qoldira oladi. Kimga qanaqa bilmadim-u, film boshidagi 40-50 daqiqasi kirish sahnalari bo'ldi menimcha. Qizig'i, qolgan vaqtga shuncha voqea va plot twist'ni sig'dira olishgan. Voqealar ketma-ketligi davomida qiziqtirish bir lahza ham pasaymadi. Ko'pchilik taxmin qila olmagan va hayron qoldirgan plot twist filmni peak darajaga olib chiqadi. Asosiy mavzu Clarice'ning qo'rquvi (yohud qo'rqinchili tushi) yoki Bill'ning jirkanch (3-jins vakili bo'lish) orzusi emas.....


⭐️ Shaxsiy reyting - 7/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
πŸ‘‰πŸ»
@KinogarBot - dan topasiz

🍿 β€” @xus4n.
1
Qayerda rashk bo'lsa, u yerda soflik bor.
12
Jannat talab qilishda biz bilan sahobiylar o'rtasidagi yagona farq β€” ular uni amal bilan istashdi, biz esa orzu-xayol bilan.

Β© Ayman Yog'iy.
2
​#Boshlandi β–Ά & #Yakunlandi ⏹

πŸŽ₯ Frankenstein (Frankenshteyn)
(c) 2025
πŸ•° 2 soat 32 minut
πŸ€΅πŸ»β€β™‚οΈ Guillermo del Toro


Β«If you are not to award me love, then I will indulge in rage.Β»


Filmning asosiy kuchi – uning mavzusi va muhitida. O'zi asl mahluq kim? Yaratilgan monstrlarmi, yohud biz (insonlar) ?

Xudoga qarshi borib, tirilishni, o'limni, umuman olganda hayotni insonning o'z qo'liga topshirmoqchi bo'lgan (ateist) jarroh. Asliga olib, qattiqqo'llik va bizning Β«O'zbek mentalitetiΒ»da haddan ortiq ko'p uchraydigan "farzandini kim bo'lib yetishishini aynan ota-ona tanlashi"ning oqibatlarini ko'rsatib bera oladi. Filmni ko'rish vaqtida savol tug'iladi: Β«Haddan tashqari qattiqqo'llik va (keraksiz) bilim bizni jarlikka chorlaydimi?Β». Xo'sh, sizning fikringiz qanday?

Film nafaqat dahshat elementi bilan, balki axloqiy teranlik bilan ham ajralib turadi. Ilmning chegaralari, mas'uliyat, yolg'izlik, jamiyat tomonidan rad etilish – bularning barchasi voqealar davomida sekin-asta ochiladi va tomoshabinga chuqur ta'sir qiladi. Aynan shu filmni qiziqroq qilib ko'rsatib beradi. Qalbga yoki miyyaga quloq solib yo'l tutishni, ba'zan yolg'izlik odamni yeb bitirishini his qiladi kishi.

P.S) Agar siz falsafiy ma'noga ega bo'lgan, atmosfera jihatdan kuchli filmlarni yoqtirsangiz, Β«FrankensteinΒ» sizni befarq qoldirmaydi.


⭐ Shaxsiy reyting - 9/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
πŸ‘‰πŸ»
@KinogarBot - dan topasiz
​#Boshlandi β–Ά & #Yakunlandi ⏹

πŸŽ₯ Hangover
(c) 2009
πŸ•° 1 soat 47 minut
πŸ›‘ 21+


Β«In a healthy relationship, a guy should be able to do what he wants.Β»



Diktator filmini ko'rganimdan keyin, tanishim maslahat bergandi shuni ko'ring deb. Aslida o'zbekchada ko'rish niyyat yo'q edi, shundoq ham audio ichida o'zbekchasi yo'q ekan)

Filmni 18 yoki 21 yoshdan past (behayo hazillarni tushuna olmaydigan)lardan umuman tomosha qilmaslikni so'rab qolardim. Kayfiyat bilan o'ylaringizni birdan ko'tarib yuboradigan "Komediya" film.

Boshidan to oxirigacha umuman zeriktirmasdan, kayfiyatni 100da ushlab turishni muvaffaqqiyatli eplay olgan film bo'ldi. Umuman olganda, juda kam o'tib ketgan (18+) sahna va hazillarni olmaganda hammasi yaxshi. Har holda Β«
Diktator» filmidan sal kamroq ishlatilgan. Personajlari yaxshigina tanlangan, ssenariy ham ajoyib chiqqan. Gap bo'lishi mumkin emas. (Yetarlicha inglizcha QORA vocabulary yig'ib oldim..😁)

Plot twist umuman kutilmagan vaqt, kutilmagan joyda bo'ldi. Spoiler qilmaslik uchun maksimum harakat qilyabman, bilselar bilasilar))

P.S) Film Ingliz tili bo'limiga joylandi. Maroqli tomosha..


⭐ Shaxsiy reyting - 10/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
πŸ‘‰πŸ»
@KinogarBot - dan topasiz
1
​#Boshlandi β–Ά & #Yakunlandi ⏹

πŸŽ₯ Panic room (Qo'rquv xonasi)
(c) 2022
πŸ•° 1 soat 51 minut


Film horror janrida emas! U triller bo'lishiga qaramay, voqealar yetarlicha jonli chiqmaydi. Hikoya avvaliga qiziq tuyuladi, keyin tezda silliq va oldindan taxmin qilinadigan holatga o'tib qoladi. Qahramonlar qarorlarida o'ziga xoslik ko'rmadim to'g'risi, shu uchun ham ularning boshidan kechirayotganiga befarq bo'lib qolish oson.

Rostini aytsam, ko'proq qotillik kutgandim. Yarmiga kelib zerikish boshlandi, 10 sekunddan o'tkazib-o'tkazib ko'rdim...


⭐️ Shaxsiy reyting - 4/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
πŸ‘‰πŸ»
@KinogarBot - dan topasiz

🍿 β€” @xus4n.
Β«Oltin 2025-yil KuzΒ» #sarhisob πŸ‚


πŸŽ₯ Filmlar:
β€’
Black swan
β€’
Formula 1 (F1)
β€’
127 hours
β€’
Green Mile
β€’
Final destination 1
β€’
Final destination 2
β€’
Final destination 3
β€’
Final destination 4
β€’
Final destination 5
β€’
Alice in Borderland
β€’
Ready player one
β€’
Gone girl
β€’
Spirited away
β€’
Chernobyl
β€’ Harry Potter (rewatch full, 3 marttadan)

β€’ Dictator
β€’
The silence of lambs
β€’
Frankenstein
β€’ Hangover
β€’ Panic room

πŸ“š Kitoblar:
β€’
Ikki eshik orasi
β€’
Oydin tunlar

P.S) Menimcha kitoblar har doimgidek barakali qiymatda bo'lmadi, kino va seriallar joy-joyida.. Har doimgidan-da ko'proq Kuz faslida serial ko'ribman. "Stranger things" (s05 oxirigacha chiqmagan) hamda "Merlin" (Stranger Things sabab oxiriga yetmadi 😁) serialini oxirgacha yetkaza olmaganim uchun keyingi oy hisobiga qo'shiladi.

☁️ @xus4n β€” zerikishni birga yo'qotamiz))
11