γ…€π˜…π˜‚π˜€πŸ°π—».
120 subscribers
256 photos
2 videos
1 file
40 links
β€” Zerikkanimda qiziqroq film tomosha qilib yoki kitob o'qib vaqtimni o'tkazaman. Shuningdek, fikrlarim va ichimdagilarni yozib bo'lishaman... :)

πŸͺ Ba'zi-ba'zida siz uchun ham, men uchun ham foydali postlar bo'ladi...

γ…€γ…€γ…€γ…€γ…€βœ‰οΈ β€” @xusangaBot
Download Telegram
#Boshlandi ▢️ & #Yakunlandi ⏹️

πŸŽ₯ Gone Girl
πŸ•° 2 soat 29 minut
πŸ€΅πŸ»β€β™‚οΈ David Fincher
πŸ›‘ 21+


Ko'rishni maslahat bermayman!

David Fincher tomonidan ishlangan yana bitta shedevr. To'g'risini aytsam, buni ko'rishimga aynan bu post majbur qildi. F.C boshlang'ich minutlarda o'z qariga olib kirib ketsa, G.G yarim soatlarda qizishni boshlarkan. Lekin bu yomon ekan degani emas) F.C bilan bir xil o'rinda turibdi, ikkisi ham super.

Boshidanoq Plot Twist bo'lishini kutib, sezib turgandim. Lekin hammasi boshqacha (ya'ni kutilmagan shok) bo'ldi. "Meni sevsang yashaysan, sevmasang azoblanasan" tipida Amy bo'lsa, Nick "Seni tushuna olmayman, lekin sevaman" deydigan odam. Aslida Amy'da ayb yo'q, ayb β€” jamiyatda! Bekorga Β«Amazing AmyΒ» nomli asar yozmagan. Insonlar uchun perfect bo'lgan odamni yaratgan, o'zi ham shu girdobda yo'qolgan. Natijasi esa β€” ko'rib turganingizdek.

Aynan shuning uchun ham nomi Β«Yo'qolgan ayol»… O'zligingizcha qoling.


⭐️ Shaxsiy reyting - 10/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
πŸ‘‰πŸ»
@KinogarBot
1🌚9
#Meme πŸ˜…

Menimcha qaysi kitobni boshlaganimni topib bo'ldingiz )) Bugun-erta fikrlarimni bo'lishaman, qiziqarli tuyulyabdi. Hozircha...
🌚13
Bugun havo boshqacha..
🌚16
Bexosdan Β«MolxonaΒ» asari esimga tushdi.
Hayronman, haliyam shu fikr bilan yurganlar bor ekan..

Siz kommunizmga qanaqa qarardingiz?

☁️ β€” @xus4n
🌚10
​#Boshlandi ▢️ & #Yakunlandi ⏹️

πŸ“š Oydin tunlar (roman va hikoyalar)
✍️ Fyodor Dostoyevskiy
πŸ–¨ Β«Oltin qalamΒ» 128-bet.


Β«O'zimiz ham baxtsiz bo'lganda o'zgalarning baxtsizligini kuchliroq his etamiz. Tuyg'u sinmaydi, andarmon qilinadi...Β»


Muqovasida yozilganidek, Oydin tunlar*dan tashqari 2ta asar qo'shilgan: «НСвинная» (Ma'suma) va Β«Π‘ΠΎΠ½ смСшного Ρ‡Π΅Π»ΠΎΠ²Π΅ΠΊΠ°Β» (Kulgili odamning tushi).

Dostoyevskiyni birinchi martta o'qishim edi. Rosti, yutish oson β€” hazm qilish qiyin ekan. Kitob betini ko'rib turib katta ketvorgandim 1 kunda tugatib qo'yaman deb))

Asarlarni o'ziga keladigan bo'lsak, qisqa bo'lishiga qaramasdan yurakni ezadi. Shu o'rinda bir savol keladi.
Qaysi biri achinarliroq yohud baxtliroq?
β€” Sevgilisi Β«o'z sevganiΒ» bilan baxtli ekanligini ko'rib his etish;
β€” Bir yillik umidini yoki bir necha kunlik tanishni tanlashda ikkilanib vijdon azobida qiynalish;
β€” Ota-onasiz, xolalar qo'lida cho'ridek yashab turib mehr yoki sevgi nimaligini his qila olmaslik;
β€” O'zi xohlaganidek sevilmaslik;
β€” Odamlarni gapi bilan yashab, o'lishga ham rozi bo'lish....

Hayotni butunlay yoritib bergan. Mukammal asar. Har bir asar baxtliroq yoki baxtsizroq. Xuddi real hayotda odamlarning taqdiri kabi.

Hozirda trend bo'lishga ulgurgan bu asar ba'zilarda savol tug'diribdi:
Β«Nima deysiz, Nastenka to'g'ri ish qildimi?Β»
β€” Shaxsan men uchun ha! Izohlashni, tushuntirishni lozim topmadim, siz nima degan bo'lardingiz?)


⭐ Shaxsiy reyting - 8.5/10

πŸ‚ β€”
@xus4n .
1🌚18
​#Boshlandi ▢️ & #Yakunlandi ⏹️

πŸŽ₯ Spirited Away (Ruhlar olami)
πŸ•° 2 soat 5 minut
(c) 2001
πŸ€΅πŸ»β€β™‚οΈ Hayao Miyazaki


Β«Uchrashuvlar hech qachon unutilmaydi...Β»


Β«Ghibli StuidoΒ»ni animelarini maqtashdan hech qachon to'xtamasam kerak. Har 2-3 oyda ko'rib tursa bo'ladi hammasini. Ham ko'zingiz chizilgan ajoyib tasvirlardan dam oladi, ham anime Β«detskiyΒ» emasligini tushunib yetasiz..))

Esimda ekan boshidagi 15-20 minut, salkam rewatch bo'ldi desam ham bo'ladi. Inglizcha yoki ruscha dublyaj yo'q ekan, o'zbekcha dublyaj uncha yoqmadi shu bilan ko'rishni kechiktirmoqchi bo'ldim-u, ko'zim qiymadi. Maqtashga arzigulik, aniq!

Har bitta personajni o'ziga xos o'rni, o'ziga xos roli bor. Umuman olganda har bittasidan xulosa chiqarsa bo'ladi. Masalan, tasodifiy tarzda tunnelga kirib qolish β€” kutilmagan muammo.. Yosh qizchaβ€” Chihiro (yohud Sen) bir o'zi shuncha vaqt ichida qiyin, og'ir va jirkanch ishlarni eplay olishi.. Ta'sirlanish uchun, xulosa chiqarish uchun yuzlab sahna bor.. Ko'pchilik aytgan bu Β«multikΒ» shuncha voqea, ta'sirlantiruvchi personajlar, baxt, qayg'u xullas hamma hissiyotlarni ifoda qilib bera olgan. Bundan hozir ayrim (overrated) kinolar orqada qoladi. Ghibli β€” fikringizni bemalol o'zgartiradi.

Ko'p gapirmayman, watchlist*da ko'rishga kino qolmasa bemalol Ghibli Studio*dan random anime tomosha qiling.

⭐️ Shaxsiy reyting - 8.5/10

⬇️ Animeni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
πŸ‘‰πŸ»
@KinogarBot

☁️ β€” @xus4n .
1🌚18
Nimadur demoqqa bezib qoldi dil..
Sizda dilsiz til-u, bizda tilsiz dil )
1🌚26
O, men hamisha magΚ»rur bo'lganman, hech qachon o'rtamiyonaga toqat qilmaganman, yo hammasiga erishishni yo hammasidan birato'la voz kechishni istaganman. Yarimta baxtga toqat qilolmaganim, yaxlit, butuniga intilganim sababli ham Β«o'zing bilib ol va qadrimga yetΒ» qabilida ish tutishga majbur edim. Axir, o'zingiz o'ylab ko'ring, agar men unga tushuntirishni, aytib turishni boshlasam, yaltoqlansam, xurmat qilishini so'rasam – gadodan nima farqim qoladi?..

πŸ“š Ma'suma, Dostoyevskiy.


β˜•οΈ β€”
@xus4n ))
1🌚23
Hammasini to'laymiz.
Ba'zan β€” pulimiz,
Ba'zan qalbimiz bilan....


☁️ β€” @xus4n
1🌚20
#Boshlandi ▢️ & #Yakunlandi ⏹️

πŸŽ₯ Chernobyl
(c) 2019
πŸ€΅πŸ»β€β™‚οΈ Johan Renck


1986-yil, 26-aprel. Ukraina... Real voqealarga asoslangan.


4-reaktor testi. Nosozlik... Voqea 1986-yilda Chernobyl AES'da sodir bo'lgan portlashdan so'ng boshlanadi. Dastlab odamlar hodisaning asl darajasini tushunishmaydi, ba'zilar bu kichik nosozlik deb o'ylaydi. Ammo vaqt o'tgan sayin, holat tobora jiddiylashib boradi. Rasmiylar, olimlar va oddiy ishchilar muammoni nazoratga olishga harakat qiladi. Ba'zi joylarda odamlar o'z hayotini xavf ostiga qo'yib, yong'inni to'xtatish, radiatsiyani kamaytirish yoki falokatning tarqalishiga yo'l qo'ymaslik uchun kurashadi. Shu bilan birga, voqealar davomida turli nuqtai nazarlar ko'rsatiladi β€” kimdir haqiqatni yashirishga urinadi, kimdir esa uni oshkor etishga. Har bir epizod falokatning nafaqat texnik, balki insoniy tomonlarini ham ochib boradi.

Film mukammal holatda ishlangan. Har bitta sahna, har bir ish va har bir qahramon. Umuman olganda, filmni ishlash uchun ssenariyni real voqeaga asoslantirib yozishgan (buning uchun ancha izlanishgan.). Ko'rinib turibdiki, 5ta epizodning hammasi benuqson. Sababi β€” rejissiyor aynan AES voqealari bilan chegaralanib qolmay, boshqa mayda detallarni ham ochib bera olgan. Natijada tomoshabinda zerikish paydo bo'lmasligi aniq, lekin hazm qilish qiyin kechadi..

Geografiyaga qiziqmaydiganlar ko'rishsa aniq qiziqib qolishadi)) Qancha maqtasam ham kam aslida. Ko'p gapirsam spoiler aralashib ketadi πŸ˜…, shunchaki ko'ring. Tamom)


⭐️ Shaxsiy reyting - 10+/10

⬇️ Serialni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
πŸ‘‰πŸ»
https://t.me/+-Z1f7hsWcbphNzUy

πŸ‚ β€” @xus4n .
2🌚11
​#Boshlandi ▢️ & #Yakunlandi ⏹️

πŸŽ₯ Dictator (Diktatator)
(c) 2012
πŸ€΅πŸ»β€β™‚οΈ Larry Charles
πŸ•° 1 soat 23 minut
πŸ›‘ 18+


Β«I am not a racist. I love all races β€” even the 100 meters.Β»


Oddiygina bir video kinoni ko'rishga majbur qildi.. Film nomidan, editlaridan, aktyorlaridan Β«KomediyaΒ» filmga o'xshamaydi, biroq u shunaqa. πŸ˜„

Bosh aktyor sifatida rol ijro etgan shaxs β€” Sacha Baron Cohen film va rol uchun eng mos variantligini film davomida ko'p martta guvohi bo'ladi odam. Hamma sahna, har bir hazil va hazil ortidagi haqiqatlar bir o'ylantirib qo'ysa, bir to'xtamay kulishga sabab bo'ladi. Aladeen'ning (qora) yumorlari ba'zida o'tib ketgani uchun ham ko'pchilik underrate qilishgan ekan. Menga ba'zi hazillari biroz g'alati tuyuldi, ammo kayfiyat anchagina ko'tarildi. Inglizchada tomosha qilishni xavfli tomonlari ko'p ekan. Aktyorlar Arab bo'lgani uchundir (bilmadim), har unli harf talaffuz qilishga kelganda "ΨΉ" ni qo'shib aytishlari, ataylab so'zlarni buzishidan tilingizga o'rnashib qolarkan....

Asablarni dam oldirish uchun eng yaxshi film. Komediyani xushlamasangiz ham, xushlasangiz ham dam olish uchun albatta ko'ring, racist bo'lsangiz albatta )

P.S) Lekin "ΨΉ" ni qo'shib aytishiga mazza qildim :)


⭐️ Shaxsiy reyting - 10/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
πŸ‘‰πŸ»
@KinogarBot - dan topasiz

🍿 β€” @xus4n.
6
memory is a punishment.
​#Boshlandi ▢️ & #Yakunlandi ⏹️

πŸŽ₯ The silence of the lambs
(Qo'zichoqlar sukunati)
πŸ•° 1 soat 58 minut
(c) 1991


Β«We begin by coveting what we see every day..Β»


Film tomoshabinni o'ylantiradi, qo'rqitadi va savol bilan yuzlanadi.. Umuman olganda ko'p narsa paradoks. Asosiy qahramon β€” Clarice Starling kuchli, jasur va tirishqoq qiz. Shuningdek, hamma yovuz deb bilgan Lecter esa yovuz odam emas. U tinch gapiradi, muloyim qaraydi, lekin so'zlari va harakatlarida umuman boshqa narsani his qiladi odam...

Film ancha eski bo'lishiga qaramasdan, sifati va o'z maqomi bilan lol qoldira oladi. Kimga qanaqa bilmadim-u, film boshidagi 40-50 daqiqasi kirish sahnalari bo'ldi menimcha. Qizig'i, qolgan vaqtga shuncha voqea va plot twist'ni sig'dira olishgan. Voqealar ketma-ketligi davomida qiziqtirish bir lahza ham pasaymadi. Ko'pchilik taxmin qila olmagan va hayron qoldirgan plot twist filmni peak darajaga olib chiqadi. Asosiy mavzu Clarice'ning qo'rquvi (yohud qo'rqinchili tushi) yoki Bill'ning jirkanch (3-jins vakili bo'lish) orzusi emas.....


⭐️ Shaxsiy reyting - 7/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
πŸ‘‰πŸ»
@KinogarBot - dan topasiz

🍿 β€” @xus4n.
1
Qayerda rashk bo'lsa, u yerda soflik bor.
12
Jannat talab qilishda biz bilan sahobiylar o'rtasidagi yagona farq β€” ular uni amal bilan istashdi, biz esa orzu-xayol bilan.

Β© Ayman Yog'iy.
2
​#Boshlandi β–Ά & #Yakunlandi ⏹

πŸŽ₯ Frankenstein (Frankenshteyn)
(c) 2025
πŸ•° 2 soat 32 minut
πŸ€΅πŸ»β€β™‚οΈ Guillermo del Toro


Β«If you are not to award me love, then I will indulge in rage.Β»


Filmning asosiy kuchi – uning mavzusi va muhitida. O'zi asl mahluq kim? Yaratilgan monstrlarmi, yohud biz (insonlar) ?

Xudoga qarshi borib, tirilishni, o'limni, umuman olganda hayotni insonning o'z qo'liga topshirmoqchi bo'lgan (ateist) jarroh. Asliga olib, qattiqqo'llik va bizning Β«O'zbek mentalitetiΒ»da haddan ortiq ko'p uchraydigan "farzandini kim bo'lib yetishishini aynan ota-ona tanlashi"ning oqibatlarini ko'rsatib bera oladi. Filmni ko'rish vaqtida savol tug'iladi: Β«Haddan tashqari qattiqqo'llik va (keraksiz) bilim bizni jarlikka chorlaydimi?Β». Xo'sh, sizning fikringiz qanday?

Film nafaqat dahshat elementi bilan, balki axloqiy teranlik bilan ham ajralib turadi. Ilmning chegaralari, mas'uliyat, yolg'izlik, jamiyat tomonidan rad etilish – bularning barchasi voqealar davomida sekin-asta ochiladi va tomoshabinga chuqur ta'sir qiladi. Aynan shu filmni qiziqroq qilib ko'rsatib beradi. Qalbga yoki miyyaga quloq solib yo'l tutishni, ba'zan yolg'izlik odamni yeb bitirishini his qiladi kishi.

P.S) Agar siz falsafiy ma'noga ega bo'lgan, atmosfera jihatdan kuchli filmlarni yoqtirsangiz, Β«FrankensteinΒ» sizni befarq qoldirmaydi.


⭐ Shaxsiy reyting - 9/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
πŸ‘‰πŸ»
@KinogarBot - dan topasiz