ㅤ𝘅𝘂𝘀𝟰𝗻.
120 subscribers
256 photos
2 videos
1 file
40 links
— Zerikkanimda qiziqroq film tomosha qilib yoki kitob o'qib vaqtimni o'tkazaman. Shuningdek, fikrlarim va ichimdagilarni yozib bo'lishaman... :)

🪁 Ba'zi-ba'zida siz uchun ham, men uchun ham foydali postlar bo'ladi...

ㅤㅤㅤㅤㅤ✉️@xusangaBot
Download Telegram
So'zlarda kuch bor.
ㅤ𝘅𝘂𝘀𝟰𝗻.
#Boshlandi 🎥 Formula 1 / F1 🕰 2 soat 32 minut Kxm, 2-uyimda kino ko'raman db yurgandim o'zi) Nasib qigan kun + nasib qigan kino shu bo'ldi😄. Brad Pitt akammi 'prime davr'larida ko'rib o'rganib qoganakanman
#Yakunlandi

🎥 Formula 1
🕰 2 soat 35 minut


«Sen oynaga qaraganda o‘zingni eski maktab qahramoni, buyruq olmaydigan, o‘z yo‘lidan boradigan, yolg‘iz bo‘ri deb hisoblaysan. Lekin yangilik — Formula 1 bu jamoaviy sport. Har doim shunday bo‘lgan.»


Bred Pitt rol o'ynagan yana bir ajoyib atmosferada ishlangan ajoyib Kino. Film voqealari mashhur poygalar olami fonida kechib, tomoshabinga nafaqat tezlik va adrenalinni, balki insoniy kurash, orzu va qayta tiklanish jarayonini ham ko'rsatadi. Kadrlar texnik jihatdan juda sifatli olingan: kameralar burchagi, ovoz va musiqiy hamroh sahnalarni yanada jonli qiladi. Brad Pitt va boshqa aktyorlarning ijrosi filmning dramatik tomonini kuchaytirib, poyga ortidagi insoniy hissiyotlarni ochib beroldi. Har bitta sahnada alohida atmosferani his qilish mumkin.
O'ylaganimchalik chiqibdi) Poygani sevuvchilar uchun maxsus..


Shaxsiy reyting - 8/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
👉🏻
@KinogarBot - dan topasiz
#Boshlandi ▶️
+
#Yakunlandi ⏹️

🎥 127 soat
🕰 1 soat 33 minut
🤵🏻‍♂️ Danny Boyle


«You never know… you never know what's next. You just have to keep going.»


Boshida posterini ko'rganimda o'ziga jalb qilgan film. Odatda hayotiy voqealarga asoslangan filmlar odamni hayajonga solishi, chuqur o'ylashga majbur qilishi yoki qiziqarli taassurot qoldirishi kerak. Lekin kino umuman bunday ta'sir bermadi.

Film bir insonning tosh orasida qolib ketgani haqida bo'lsa-da, deyarli butunlay bitta joyda suratga olinganligi sababli juda zerikarli va cho'zilgan ko'rinadi. Boshidan turib oxirini bemalol taxmin qilish mumkin.. To'g'risini aytsam vaqtimga achindim. Meni hayron qoldirgan yagona narsa — IMDb'da 10 dan 7.5 olganligi. Nahotki meni miyyam ishlamadi yoki baholaganlarni ?

Buni ko'rgandan ko'ra «Вышка», «Vaqt tuzog'i» yoki «Haqiqat yoki Jasort» filmini ko'rib bemalol hordiq chiqarsa bo'ladi..

P.S/ Filmni Kinogar*ga joylamayman, undan ko'ra yaxshi filmlar bilan to'ldirganim ma'qul.


⭐️ Shaxsiy reyting - 0/10
Inson unutilganda — o'ladi.
1🌚4
Qaysidur insonni hayotiga havas qiganmisiz qachondur?

O'ylashimizcha, aynan o'sha havas qilgan odamimizning hayotida hech qanday muammolari yo'q. Aslida-chi? Ularda kerak bo'lsa siznikidanda og'ir va ko'proq muammolari bor. Ko'pchiligimizning miyyamizga allaqachon har bir odamning o'ziga yarasha tashvishi borligi yetib kelgan. Demak, havas qilgan odamingiz katta ehtimolda «yopiq» harakter, ya'ni muammolari va ichidagilarini (salkam) hech kimga aytmaydi. Ularning havas qilishga arzigulik faqatgina bitta tomoni — yopiqlik. Bekorga «Og'zi yumiq baliq hech qachon qarmoqqa ilinmaydi», — deb aytishmaydi. Kimdurga nolishdan ko'ra ko'proq shukr qilib, o'z ustimizda ishlasak, «biz havas qilgan odam»dek bo'la olamiz.
1🌚5
#Boshlandi & #Yakunlandi

🎥 Yashil maskan
(c) 1999
🕰 3 soat 8 minut
🤵🏻‍♂️ Frank Darabont

«Yaxshi odamning qalbi – nurli chiroq. Uni o‘chirib qo‘yish — eng katta jinoyat..»


Film boshlanishidan oldin davomiyligi 3 soatligini ko'rib ancha qiziq, plot twist'lari ko'proq deb o'ylagandim. Adashibman. Lekin, Frank Darabont qiziq voqealardan ko'ra, ko'proq ma'no-mazmun qo'shishni afzal ko'ribdi. «Summer WatchList»ni tugatmaganman, tugatishim kerak...

Filmda ancha muncha iqtiboslarga duch kelsa bo'ladi.. Mag'zini chaqish uchun miyyamni ozgina kuchi yetmadi shekilli, zerikib qoldim. Xullas, ko'p gapirmayman..


Shaxsiy reyting - 7.5/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
👉🏻
@KinogarBot - dan topasiz

@xus4n. 🍂
3🌚4
#Boshlandi ▶️ & #Yakunlandi ⏹️

📽 Ajal rejasi | Final destination
(c) 2000
🤵🏻‍♂️ James Wong, Gien Morgan


We don’t decide who lives or dies. But we can decide how we live.


Oldin eshitgandim bu film (yoki serial) haqida. Horror joyi yo'q deyishgandi, lekin ishonmagandim. Film tugaguncha ancha taxminlarim bor edi-yu, lekin umuman boshqacha chiqdi. Voqealari ajoyib, lekin zeriktiradi.

Endigina 1-qismini tugatibman, xulosam unchalik zo'r emas. "Thriller" nomiga ham unchalik mos deb o'ylamadim, rosti. Biroq, «Summer WatchList»imga bekorga qo'shilmagani aniq.. (Bundoq o'ylab qarasam ancha pessimistlashib qobman 😄, ko'rgan kinolarimmi underrate qimasdim bunchalik)

P.S) Qolgan qismlarini ko'rib bo'lishim bilan botga qo'shib qo'yaman.

⭐️ Shaxsiy reyting - 6.5/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
👉🏻
@KinogarBot - dan topasiz

🍿 @xus4n.
1🌚3
«born to live, forced to study.»
🌚3
#Boshlandi & #Yakunlandi

🎥 Ajal rejasi 2 | Final destination 2
(c) 2003
🕰 1 soat 30 minut
🤵🏻‍♂️ David Ellis


«If you think you can stop this, you can’t. Death always wins.»


Gaplarimni sekin qaytvolaman shekilli. 1-qismidan ko'ra 2-sini yaxshiroq va mukammalroq ishlashibdi. Aytgancha, underrate qilib aytgan gaplarimni bu qismda qaytvoldim😅, faqat bittagina minusi bor. U ham bo'lsa — voqealar juda tez sodir bo'lishi.

Qisqa qilib aytganda, har bitta qahramon harakteri bilan o'limi mukammalroq chiqqan. Fon musiqasi alohida mavzu)) Bilmadim, horrorga emas-ku, thriller nomiga endi mosdek tuyuldi. Ko'rishni maslahat beraman, 10 martta eshitgandan ko'ra 1 martta ko'rgan yaxshi axir..)

P.S) MX player yoki boshqa programma bilan subtitr chiqarsa bo'ladi yoki asl tili — Inglizchada ko'rsa bo'ladi.


⭐️ Shaxsiy reyting - 8.5/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
👉🏻
@KinogarBot - dan topasiz

🍿@xus4n.
🌚3
#Boshlandi & #Yakunlandi

🎥 Ajal rejasi 3 | Final destination 3
(c) 2006
🕰 1 soat 33 minut
🤵🏻‍♂️ James Wong


«You can’t escape what’s meant to be...»


Kino sifati balki rejissiyorga bog'liqdir, balki ssenaristga.. Uncha qoniqtirmadi xullas. Bu qismi tashab ketilsa hech nima yutqazmasligiz aniq :)

P.S) Kecha tugatilgan kino bu. Ko'zim og'rib turibdi, hech nima qilomay qoldim🚶🏻‍♂️

⭐️ Shaxsiy reyting - 4.5/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
👉🏻
@KinogarBot - dan topasiz

🍿 — @xus4n.
🌚3
#Boshlandi ▶️ & #Yakunlandi ⏹️

🎥 Ajarl rejasi 4 | Final destination 4
(c) 2009
🕰 1 soat 22 minut
🤵🏻‍♂️ David Ellis


============================

🎥 Ajarl rejasi 5 | Final destination 5
(c) 2011
🕰 1 soat 35 minut
🤵🏻‍♂️ Steven Quale


«Men nimaga ishonaman aytaymi? Har narsaning javobi bor.»


Alohida yozishgayam erindim, uni ustiga kasal bo'lish yoqmayabdi. Bilmadim, bu qismlari (faqat 3,4 va 5-qismlarini) ni ko'rib o'tirishni maslahat bermagan bo'lardim. Shunchaki boshidagi 2tasi yetarli. (Yoki thriller men uchun emas 😁) Ko'nglimdagidek chiqmadi bular.. Mayli, thriller ishqibozlari uchun botga joylab qo'yaman hamma qismini, gapimga kirmaganilaga afsus qib qolasila hali ))

⭐️ Shaxsiy reyting - 4.5/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
👉🏻
@KinogarBot - dan topasiz

🍿 — @xus4n.
1🌚9
«When there are no lights in the city, the stars look really beautiful.»
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤ(c) Arisu.

🌕
@xus4n .
2🌚21
Allaqachon oddiy hol bo'lib ulgurgan narsalar ba'zan insonni cho'chitadi...

☁️ @xus4n )
1🌚19
#Boshlandi ▶️ & #Yakunlandi ⏹️

🎥 Alice in Borderland
(s01/s02/s03 full )


«Living is not a punishment. Dying is not salvation.»


Boshlashdan oldin sal chetga chiqib turamiz. Serialning nomi o'ziga tortarli darajada chiqmagan negadur, lekin ko'rishni maslahat berganlarni hammasi «Squid Game'ni orqada qoldiradigan serial» deyishdi. Hammaga o'xshab nomidan «Alice in Wonderland» filmi bilan adashtiribman (ko'rmagan bo'lsam ham).

Serialga kelsak, rostakam «orqada qoldiradigan» deyishga arzigulik. Hissiyot bilan o'ynashishi odam yuragini otilib ketay deyishiga sabab bo'ladi. Ssenaristga rahmat, fav personajlarimga tegmadi) Har bitta personajni ajralib turadigan hususiyati, serial davomida qiladigan maxsus ishlari borligi hayratlanarli chiqibdi. Faqat, 1-bilan 2-sezonni g'alati ulab qo'yishgan.


P.S) Kinogarga joylasam limit to'lib qolarkan, alohida serial uchun baza ochib qo'ydim. Faqat inglizcha 🌚


⭐️ Shaxsiy reyting - 10+/10


⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
https://t.me/+MPmS4pQjSCw5NDNi

🎬 — @xus4n .
2🌚14