ㅤ𝘅𝘂𝘀𝟰𝗻.
119 subscribers
256 photos
2 videos
1 file
40 links
— Zerikkanimda qiziqroq film tomosha qilib yoki kitob o'qib vaqtimni o'tkazaman. Shuningdek, fikrlarim va ichimdagilarni yozib bo'lishaman... :)

🪁 Ba'zi-ba'zida siz uchun ham, men uchun ham foydali postlar bo'ladi...

ㅤㅤㅤㅤㅤ✉️@xusangaBot
Download Telegram
Ko'ngil na qahva istar, na qahvaxona.
Ko'ngil diydor istar, qahva bahona.


~ 🌾 @xus4n 🌾
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🍓71🔥1🌚1
Bir kitob o‘qidim, sarlavhasi Sen,
Va sening haqingda boshdan oyog‘i.
Mazmunini yaxshi tushunmadimu,
Ammo ko‘z yoshlarning yo‘qdir adog‘i.

Har varog‘ so‘ngida cho‘kaverdi tun,
Har yangi varog‘da porlar oftobing,
Balki men ming bora o‘qishim uchun,
Chiroyli yaratgan Alloh kitobing!

O‘tgan kunlaringda kezdim faromush,
Aralashmoq bo‘ldim muammolarga.
Qancha sahifasin o‘qidim homush,
Quvonsang shod bo‘ldim sen bilan birga!

Tugatdim,
Va qaytdim boshiga yana,
Yana har misraga ketdim to‘kilib.
O‘qilmagan betlar qilardi gina,
O‘sha sahifaning cheti bukilib.

Kunduzlar qo‘limdan qo‘ymasdim bir zum,
Yostig‘im ostida tunlar kitobing,
Men undan o‘qidim sevaman degan,
Hech kimga bermayman degan xitobing!
Harflar tizilib dedilar bu chin,
Ishon so‘zlarimga, begumon ishon.
Odamlardan ko‘nglim qolib ketgan-u,
Nahot kitoblar ham so‘zlasa yolg‘on?!

(c) Malika Tavfiq
(Qalbxonam`dan olindi..)


° @xus4n 🕯
2🍓65🌚2🔥1
Qiyinchilikda qolgan insonga – Hiro kabi bir gʻor, yoki Abu Bakr kabi bir doʻst kerak..)

🌾 | @xus4n
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥8🍓41🌚1
ㅤ𝘅𝘂𝘀𝟰𝗻.
#Boshlandi 📘 Ikki eshik orasi (c) O'tkir Hoshimov 📅 2023 🖨 «Global books» 555 bet. «Rost bilan yolg‘onning o‘rtasi – to‘rt enlik», degan gap bor. Qiziq, nega endi oz emas, ko‘p emas, to‘rt enlik? Gap shundaki, ko‘z bilan quloqning orasi – to‘rt enlik ekan.…
Kitob ham qob ketti, animeni aytmasayam bo'ladi..

Xohlaganimdey kunim (pochti) zerikishsiz o'tib turibdi, lekin boshlagan narsalarimmi tugatishim kerak) Shu bilan birga Summer WatchList'da o'qilmasdan qob ketgan talaygina kitob, 3 dona film qogan. O'ylashimcha avgust oxirigacha AOT'ni zo'rg'a tugataman..

P.S/ Kitob o'qish ishtiyoqi oldingiga o'xshab zo'o'rmas. Balki qishgacha o'qirman.😅
18🔥3🍓1
#Boshlandi ▶️

🎥 Kichkina Shahzoda
(c) 2015
🕰 1 soat 48 minut


Ancha muddatli tanaffusdan keyin nimadur qilib davom etish kerak) AOT ham tugab qoldi..
38🌚2🍓2🔥1
ㅤ𝘅𝘂𝘀𝟰𝗻.
#Boshlandi ▶️ 🎥 Kichkina Shahzoda (c) 2015 🕰 1 soat 48 minut Ancha muddatli tanaffusdan keyin nimadur qilib davom etish kerak) AOT ham tugab qoldi..
#Yakunlandi

🎥 Kichkina Shahzoda
(c) 2015
🤵🏻‍♂️ Mark Osborne
🕰 1 soat 48 minut


«Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Kichkina shahzoda bo'lgan ekan. U judayam do'sti bo'lishini xohlarkan..☺️»


Aslida bu ReWatch bo'ldi. Ikki yilcha oldin ruschada ko'rib qo'ygandim)) Shunga qaramay, zeriktirib qo'ymadi. Tomoshadan rohatlandim. Qizig'i, oldinlari gaplari va uning ma'nolariga umuman e'tibor bermaganakanman. Mana bu ReWatch'ni katta foydasi 😄. Filmda hayotdan olingan ko'pgina misollar berilgan – har bitta kun bir xil, rangsiz holda o'tishi (kun tartibi), uyalish ortidan orzularni yo'qotish, o'z fikrida qat'iy tura olmaslik va shu kabilar. Xulosalar yetarlicha. Har bitta sayyora – bitta mulohazaga loyiq. Biznes, do'stlik, sevgi, olqishlar va h.k. Tushunib yetish uchun hali ham kech emas rostanam.
Hammanikiga o'xshab fav personajim Shahzoda bo'lmadi, bunga Aviator'ni loyiq deb bildim. U o'z hikoyasi (Kichkina shahzoda)ni aytib berishni yoqtirardi. Men esa o'zimnikini (Harry Potter 😂)). Uyalish yo'q, faqat havotiri bor edi. Kun kelib hikoyasini hech kim eshitmasligi haqida o'ylardi..


«Katta bo'lishning yomon joyi yo'q, muhimi unutmaslik..👍»


Shaxsiy reyting - 10+/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
👉🏻
@KinogarBot - dan topasiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🌚2🍓2🔥1
#Boshlandi

🎥 G'isht devor
(c) 2025
🕰 1 soat 40 minut


Posteri attractive chiqibdi, golovolomkali filmla yoqadi negadur. Zerikish + kasallikni yengish uchun 2-kino😂
17🌚2🍓2🔥1
ㅤ𝘅𝘂𝘀𝟰𝗻.
#Boshlandi 🎥 G'isht devor (c) 2025 🕰 1 soat 40 minut Posteri attractive chiqibdi, golovolomkali filmla yoqadi negadur. Zerikish + kasallikni yengish uchun 2-kino😂
#Yakunlandi

🎥 G'isht devor
(c) 2025
🕰 1 soat 40 minut
🛑 18+


Kino norm, lekin hayron qoldirgan narsa – IMDB reytingi 5.5 ekan. Kvest, Golovolomka film bogani uchundir balki. Nima bogandayam hali premyera film. Bir yil ichida ancha o'sish bo'ladi hali.
Film ichiga kirsak. Har bitta qahramonda o'ziga xos harakter hamda qobiliyat. Lekin esa.. Ha mayli spoiler qilmaslikka harakat qilaman😁. Aynan xohlagan voqeamni qilishibdi lekin. Dildan suhbat qurish, hammasini to'kib sochish uchun men xohlagan ish. Repsect. O'sha ikki bosh qahramonga aynan shu kerak edi aslida.... Xullas, maslahat berishga arzigulik ekan. IMDB reyting esa ba'zida chalg'itishi mumkinligiga amin bo'ldik 😂))

P.S/ Kinogar'da «O'zbek tili 🇺🇿» bo'limi to'lib qolganligi sababli yangi 2-bo'limni ochishga majbur bo'ldim. Bitta menyuda maksimum 40 ta tugma joylasa bo'lar ekan.


Shaxsiy reyting - 8/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
👉🏻
@KinogarBot - dan topasiz
58🌚2🍓2🔥1
📖 Ikki eshik orasi..

Bu kitob qo'limda emas, balki butun e'tiborimda. Sahifalari orasida borgan sari vaqt unutiladi, real dunyo sokinlashadi.. Har bir bob yangi sirlarni ochganda yangi hislarni uyg'otadi. Og'irroq bo'lganidan qo'llarga og'ir tuyulsa ham, ichidagi olam yengil nafas olib turadi. O'qigan sayin o'zingni boshqa odamdek his qilasan. Kitob – bu suhbatdoshing, yo'ldoshing va o'qituvching. Shu sababli uni qo'yib yuborish qiyin ))

🌖@xus4n .
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
56🍓4🔥2🌚2
ㅤ𝘅𝘂𝘀𝟰𝗻.
#Boshlandi 📽 Titanlar hujumi (c) 2013 ReWatch. Oldin ruschasini ko'rib 3-sezonga keb qogandim.. Esimdan chiqqan ko'p narsa.. Barakasini bersin ))
– The end.
Yaqin orada ko'p-ko'p fikr, xulosa yozib chiqaman.. Tayyorlaning bir dunyo post o'qishga :)
47🍓3🔥2🌚2
ㅤ𝘅𝘂𝘀𝟰𝗻.
#Boshlandi 📽 Titanlar hujumi (c) 2013 ReWatch. Oldin ruschasini ko'rib 3-sezonga keb qogandim.. Esimdan chiqqan ko'p narsa.. Barakasini bersin ))
#Yakunlandi ⏹️

🎥 Titanlar hujumi
(c) 2013
🤵🏻‍♂️ Hajime Isayama
🎞 4 ta sezon


«Aynan sevgan sevilganni himoya qiladi-da, so'ng sevilgan uni yakson qiladi :)»
— Xa, aynan shu xulosa bilan bu animeni yakunladim.

Oldin ko'rganimda bunchalik mazza bermagandi to‘g‘risi. Endi qayta tomosha qilganim uchunmi, mazza qilib ko‘ribman. Balki bu safar faqat janglarni emas, orqasidagi falsafani tushunganim uchundir. Gaplarimmi personajlar bilan boshlasam.

Ko'p AOT fanlarini fikricha Gabi Braun – heyt qilishga arziydigan personaj. Aslida umuman unaqa emas. Chunki bu qizning harakati ortida propagandaning kuchi yotibdi. Animeda PROPAGANDA yoshlarga qanday ta'sir qilishini juda aniq ko‘rsatishgan. O‘ylab ko‘ring, u bolaligidan o‘sha g‘oyalar bilan yashagan, qanday qilib boshqa yo‘lni tanlashi mumkin edi? Ayb umuman Gabi'da emas, balki uni shunday qilib tarbiyalagan tizimda. Shu bilan birgalikda Eren. U – qul bo'lib yashaydiganlarni yomon ko‘rardi. Shuning uchun ham u hayotini kurashga bag‘ishladi. Hamma bilgan o‘sha mashhur hamda hissiyot bilan o‘ynashgan sahnada Mikasa'dan nafratlanishini aytgan edi. Bu nafaqat Mikasa uchun, balki biz uchun ham og‘ir zarba edi. Mikasa «Eren boshidanoq o'zgarmagandi, oldin ham shunaqa edi.» degan gapi xato bo‘ldi. Chunki Eren haqiqatan ham o‘zgardi. U bolalikdagi orzularini ortda qoldirdi va butunlay boshqa yo‘lga kirdi. Asoschi titan bo‘lmish Ymir ham qul bo‘lishni tanlagan. Bu tanlov erkinlik va qullik haqida juda katta savol tug‘diradi: inson nima uchun erkinlikni istamaydi? Yoki ba’zida sevgi erkinlikdan ham ustun bo‘ladimi? Eren Ymir'ga buyruq berishni boshladi. Undan nafratlanmadi, lekin kuch so‘radi. Mana bu o‘zgarganining bir sababi. Shu joyida qo‘shimcha qilsam — Mikasa bilan Ymir'ni bog‘lab turgan narsa Sevgi va Sadoqat. Ikkisi ham sevgani uchun hammasiga rozi bo‘lishni tanlashdi. Bu esa butun asar bo‘ylab takrorlanadigan bir mavzu: inson nimaga tayyor sevgani uchun?
Favourite va ideal personaj sifatida – Hange'ni tanladim. 4-sezonda chiroyliroq tuyuldi negadur) Uning xarakterida ilm-fan, hazil-mutoyiba va insoniyat uchun xavotir uyg‘unlashgan. Ayniqsa oxirgi qarorida uning qanday buyuk shaxs ekani ko‘rinadi. Animeni stili o'zgacha chiqqan. Shu bilan birga soundtrekiga gap bo‘lishi mumkin emas. Har bitta sahna uchun mos qo‘yilgan. Ba’zi kuylar esa sahnaning o‘zidan ham ko‘proq his uyg‘otadi. Ayniqsa hal qiluvchi janglar yoki qahramonlarning hissiy daqiqalarida musiqaning ta’siri yodda qoladi. To‘g‘risini aytsam 2022-2023 yil esimga tushib ketti boshlang‘ich sezonlarda.. Anime davomida ancha-muncha yo‘qotish va qotilliklar bo‘ldi, ularga ko‘nikdim-u lekin kapitan Erwin uchun norozi bo‘ldim.. Uning sahnasi yurakni larzaga soladi. Qahramonlikning eng sof ko‘rinishi shu edi.
Yurakni larzaga soluvchi sahnalar, burilishlar va iqtiboslarni hech esimdan chiqara olmasam kerak...

Agar yutsang — yashaysan. Agar mag‘lub bo‘lsang — o'lasan. Agar kurashmasang — yuta olmaysan.
(c) Eren Yeager


Animeda anchagina kerakli iqtiboslar bo‘ldi, lekin yozib olmadim. Sababi animeni «detskiy»lar uchun deb o‘ylaydiganlar ko‘rib xulosa qilishgani yaxshi bo‘ladi deb bildim. Chunki bu asarda bolalarga emas, kattalarga xos haqiqatlar bor: zulm, erkinlik, g‘urur, nafrat, sevgi. Ba'zi bir anime'larni aytmaganda hammasi yaxshi. Biz ko‘rgan ko‘p film, seriallar bilan solishtirilsa ichida anchagina ma'no-mazmun bor.

Shinzou wo sasageyo..! ⚔️


P.S/ Animeshnikmasman.


⭐️ Shaxsiy reyting - 10+/10
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Ona mehri. ❤️
3
«Rost bilan yolg‘onning o‘rtasi – to‘rt enlik», degan gap bor. Qiziq, nega endi oz emas, ko‘p emas, to‘rt enlik? Gap shundaki, ko‘z bilan quloqning orasi – to‘rt enlik ekan. Eshitganingga emas, ko‘rganingga ishon... Maqsad – shu.

📚 Ikki eshik orasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Odam qimmatbaho narsasini yo‘qotsa achinadi. Tuhmatga qolsa boshini tog‘-toshga uradi. Qadri yerga urilsa, isyon ko‘taradi. Yaqin kishilaridan ayrilsa dod soladi... Lekin umidingdan ayrilsang g‘alati bo‘larkan. Hech nimaga, hech kimga, hatto o‘z qadringga ham achinmaysan. Dod solmaysan. Isyon ko‘tarmaysan... Go‘yo sen o‘lgansan. O‘zing o‘lib, quruq surating qolgan...

📚 Ikki eshik orasi

🤩@xus4n
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
«Agar hech kim yoki hech nima yordam bermasa — kutubxonaga choping!»

🕯@xus4n :)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yozni tahlil qilamizmi ?

P.S/ Ba'zi filmlar @KinogarBot da.
«Maroqli 2025-yil "Yoz"i» #sarhisob ☀️


🎥 Filmlar:
Countdown
• Harry Potter (rewatch)
The Prestige
Escape room
The dark night
Capernaum
Dead Poets Society
Squid Game
Pawn Sacrifice
«1+1»
The Shawshank redemption
Fight Club
Your name
Se7en
Inception
The grave of fireflies
Ponyo (rewatch)
• Shum bola (rewatch)
The pursuit of happiness
The unbearable weight of massive talent
Shutter Island
Little Prince (rewatch)
Brick
Attack on Titan

📚 Kitoblar:
Ikki yetim
Iqtidorlilar

🌾 Kitoblar soni hech bo'lmaganida 5 dan oshmaganligi yoqmadi, ba'zi overrated hamda ReWatch'larni o'rniga kitoblarni bitirsam foydali bo'larmidi.. Ha mayli, unchalik yomonamas))

🌾 @xus4n – zerikishni birga yo'qotamiz))
«The only person standing in your way is you.»

🦢 Black Swan (movie)

P.S/ Premium o'chdi, postlar uzunligi endi nisbatan qisqaradi 😅
#Boshlandi
+
#Yakunlandi

🎥 Black Swan
(c) 2010
🕰 1 soat 48 minut
🛑 21+


«The only thing you have to do is lose yourself.»


Mukammal bo'lishni chin dildan xohlagan Nina.. Bir tarafdan motivatsiya bersa, bir tarafdan jirkanchlikdan ko'ngilni aynitadigan film chiqqan.
O'zi orzu qilgan rolni o'ynash uchun har nimaga tayyor bo'lgan va buning uchun o'zligini yo'qotgan bu raqqosaga rahmim keldi-yu, hurmatim ham oshdi. Discipline, Perfectness nima ekanligini bitta filmda, bitta qahramonda ko'rsatgan rejissiyor — Darren Aronofsky uchun alohida tashakkur.. Horror film deb yozib qo'yilgani uchun ko'rgandim o'zi. Asliga olib qo'rqinch — Nina'ning ichki olamida ekan. Bu tarafda Nina'ni yiqitish uchun ko'p harakat qilib ko'rgan qiz unga «Black Swan»ni yaratishga ko'makchi bo'ldi... Ko'rganimga afsuslanmadim desam ham bo'ladi. Xullas, ajoyib ishlangan film..)


Yoshingiz yetmasa filmni ko'rishni maslahat bermayman.

Shaxsiy reyting - 10/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
👉🏻
@KinogarBot - dan topasiz