ㅤ𝘅𝘂𝘀𝟰𝗻.
119 subscribers
256 photos
2 videos
1 file
40 links
— Zerikkanimda qiziqroq film tomosha qilib yoki kitob o'qib vaqtimni o'tkazaman. Shuningdek, fikrlarim va ichimdagilarni yozib bo'lishaman... :)

🪁 Ba'zi-ba'zida siz uchun ham, men uchun ham foydali postlar bo'ladi...

ㅤㅤㅤㅤㅤ✉️@xusangaBot
Download Telegram
#Boshlandi

📽 Titanlar hujumi
(c) 2013


ReWatch. Oldin ruschasini ko'rib 3-sezonga keb qogandim.. Esimdan chiqqan ko'p narsa.. Barakasini bersin ))
🍓114🌚4🔥1
#Arxiv

Ajoyib vaqtladan esdalik🚶🏻‍♂️
+ o'sha qadrdon joy..

05.04.2025
🍓64🔥3🌚1
Agar meni o'ldi desalar..
Bunga qanday berarkinsan dosh?
Tilovatlar qilarmikinsan,
Ayt, qabrimga qo'yib marmar tosh?

Agar meni o'ldi desalar..
Vujudimni tark etsa nafas.
Bir o'tinchim meni unutmay,
Oyda, yilda eslab tursang bas..


@xus4n🕯.
2🌚9🔥4🍓32
137🍓3🌚2🔥1
Bundan ikki yil oldin..

05.08.2023

Bomdod vaqtida onamga telefon bo'gandi kimdurdan.. Bilsam, katta tog'am ekan. O'sha paytlada mazzalari bo'mey yurgandila. 2 kun lldin rentgenga borib kelishgandi.. Birinchi qilishlarida - «Adammi mazzalari bo'mayabdi, tez yetib ke.».. Shoshib qoganmiz. Tayyorlandik. Oradan 5 minut o'tar-o'tmas, yana telefon bo'ldi. Bilmadim qanaqqilib, lekin yig'lab «Adammi berib qo'ydik» db dod soganlari hali esimda. Battar shoshgandik.. Yetib borganimizda, har doim krovatida yotadigan inson – bu safar yerda yotibdi. Odam o'lganida yuzidan rang qocharkan.. O'shanda ko'rgandim birinchi martta o'lik murdani.. Anchagina xotiralarimiz bor)) Qo'llari gul oshpaz bo'ganla.. Ayniqsa mantilari😅 Joylari jannatdan bo'sin.. Haqlariga duo qib qo'ysela xursand bo'lardim..

05.08.2025
7🍓3🔥2
ㅤ𝘅𝘂𝘀𝟰𝗻.
@KinogarBot - mojet esdalikka, mojet nabiralarimga korsataman 👨🏻‍🦯😂)) #reklama .
@KinogarBot — 1 Yoshda 🥳

Shu bir yil ichida 300 dan ortiq foydalanuvchi yig'ibmiz..

Donat uchun:
9860 1766 1877 1255
18🍓3🔥2
#Boshlandi

🎥 La'natlangan Orol
(c) 2010
🕰 2 soat 19 minut


«AOT» sababli kino ko'rmay qo'yibman.. Ikkalasini birga ob ketsam hich nima bomasa kerak 😅. Summer WatchList tugab qoldi, ReadList'ga keladigan bosek..😂
2🍓73🌚2🔥1
Ba'zan odamga o'lishdan ko'ra «obliviate» – xotiralarni o'chiruvchi afsun malham bo'ladi....

@xus4n ))
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🍓94🌚3🔥2
ㅤ𝘅𝘂𝘀𝟰𝗻.
#Boshlandi 🎥 La'natlangan Orol (c) 2010 🕰 2 soat 19 minut «AOT» sababli kino ko'rmay qo'yibman.. Ikkalasini birga ob ketsam hich nima bomasa kerak 😅. Summer WatchList tugab qoldi, ReadList'ga keladigan bosek..😂
#Yakunlandi

🎥 La'natlanganlar oroli
(c) 2010
🕰 2 soat 19 minut
🤵🏻‍♂️ Martin Scorsese
🛑 18+


«Which would be worse: to live as a monster, or to die as a good man?»

Kino tomoshabinni birinchi daqiqasidan oxirigacha qo'yib yubormaydigan psixologik tarzda ishlanibdi. Bo'layotgan voqealar 1950-yillarda, dengiz bilan o‘ralgan sirli orolda joylashgan ruhiy kasallar kasalxonasida kechadi. Asosiy qahramon – Leonardo DiCaprio ijrosidagi Teddi bir voqeani tergov qilish uchun keladi va asta sekin u borgan orol, uning ichidagi odamlar ham o'ziga xos sirlarini sezibqoladi. Filmning asosiy mavzularidan biri — haqiqat va hissiyot o'rtasidgi farq. Kamera burchaklari, qorong'ulik va bezovta qiluvchi fon tovushlari tomoshabinni ham qahramon singari shubha va ishonch o'rtasida qoldiradi. Shuningdek, yana bir narsa – xotira va travma. Kinoda xotirani ishonchlimasligi, og'ir voqealar inson idrokini qanday o'zgartirishi haqida hikoya qiladi. Ba'zan qahramonlar ichki og'riqdan qochish yoki o'zlarini jazolash uchun haqiqatni inkor etishafi. Rejissyor film atmosferasini yirik va og'ir qilib bergan: namli havo, qorong'u yo'llar, to'lqin ovozlari tomoshabinni ichkariga tortadi. Yaqin kadrlar va noan'anaviy joylar qahramonning ichki holatini ifodalaydi, tovush va musiqa esa bezovtalik hissini kuchaytiradi. Bu faqat kinodagi holat emas, hayotda ham uchraydi: masalan, yaqinini yo'qotgan odam uni bor deb his qilib yashashi, urushdan qaytgan inson kechalari tushida voqealarni qayta boshdan kechirishi yoki tizim odamning gapini “ishonchsiz” deb rad etishi. Ba'zan biror narsani tinmay izlash insonni boshqa haqiqatlardan ko'r qilib qo'yadi — bu ham filmda ko'rsatilgan. Shutter Island bir marta ko‘rish uchun emas — ikkinchi, uchinchi marotaba qaraganda ham yangi detallar, yashirin belgilar va ramzlarni anglab olsa bo'ladigan kino. Bu film nafaqat sirli voqeani o'z ichiga oladi, balki inson psixikasining nozik tomonlarini ochib beradi, tomoshabinni ichki savollarga duchor qiladi va javobni o'zi izlashga majbur qiladi. Shu bois uni faqat “triller” deb emas, insoniy zaiflik va ong haqidagi badiiy izlanish sifatida ko'rish kerak bo'ladi.. Filmda bosh qahramonda o'zimni his qildim. Kimnidur o'zim yo'q qilib, afsuslansh, illyuziya yaratishlik.. Xullas, tavsiya beraman :)

⭐️ Shaxsiy reyting - 8.5/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
👉🏻
@KinogarBot - dan topasiz
1🍓6🌚32🔥1
Ko'ngil na qahva istar, na qahvaxona.
Ko'ngil diydor istar, qahva bahona.


~ 🌾 @xus4n 🌾
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🍓71🔥1🌚1
Bir kitob o‘qidim, sarlavhasi Sen,
Va sening haqingda boshdan oyog‘i.
Mazmunini yaxshi tushunmadimu,
Ammo ko‘z yoshlarning yo‘qdir adog‘i.

Har varog‘ so‘ngida cho‘kaverdi tun,
Har yangi varog‘da porlar oftobing,
Balki men ming bora o‘qishim uchun,
Chiroyli yaratgan Alloh kitobing!

O‘tgan kunlaringda kezdim faromush,
Aralashmoq bo‘ldim muammolarga.
Qancha sahifasin o‘qidim homush,
Quvonsang shod bo‘ldim sen bilan birga!

Tugatdim,
Va qaytdim boshiga yana,
Yana har misraga ketdim to‘kilib.
O‘qilmagan betlar qilardi gina,
O‘sha sahifaning cheti bukilib.

Kunduzlar qo‘limdan qo‘ymasdim bir zum,
Yostig‘im ostida tunlar kitobing,
Men undan o‘qidim sevaman degan,
Hech kimga bermayman degan xitobing!
Harflar tizilib dedilar bu chin,
Ishon so‘zlarimga, begumon ishon.
Odamlardan ko‘nglim qolib ketgan-u,
Nahot kitoblar ham so‘zlasa yolg‘on?!

(c) Malika Tavfiq
(Qalbxonam`dan olindi..)


° @xus4n 🕯
2🍓65🌚2🔥1
Qiyinchilikda qolgan insonga – Hiro kabi bir gʻor, yoki Abu Bakr kabi bir doʻst kerak..)

🌾 | @xus4n
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥8🍓41🌚1
ㅤ𝘅𝘂𝘀𝟰𝗻.
#Boshlandi 📘 Ikki eshik orasi (c) O'tkir Hoshimov 📅 2023 🖨 «Global books» 555 bet. «Rost bilan yolg‘onning o‘rtasi – to‘rt enlik», degan gap bor. Qiziq, nega endi oz emas, ko‘p emas, to‘rt enlik? Gap shundaki, ko‘z bilan quloqning orasi – to‘rt enlik ekan.…
Kitob ham qob ketti, animeni aytmasayam bo'ladi..

Xohlaganimdey kunim (pochti) zerikishsiz o'tib turibdi, lekin boshlagan narsalarimmi tugatishim kerak) Shu bilan birga Summer WatchList'da o'qilmasdan qob ketgan talaygina kitob, 3 dona film qogan. O'ylashimcha avgust oxirigacha AOT'ni zo'rg'a tugataman..

P.S/ Kitob o'qish ishtiyoqi oldingiga o'xshab zo'o'rmas. Balki qishgacha o'qirman.😅
18🔥3🍓1
#Boshlandi ▶️

🎥 Kichkina Shahzoda
(c) 2015
🕰 1 soat 48 minut


Ancha muddatli tanaffusdan keyin nimadur qilib davom etish kerak) AOT ham tugab qoldi..
38🌚2🍓2🔥1
ㅤ𝘅𝘂𝘀𝟰𝗻.
#Boshlandi ▶️ 🎥 Kichkina Shahzoda (c) 2015 🕰 1 soat 48 minut Ancha muddatli tanaffusdan keyin nimadur qilib davom etish kerak) AOT ham tugab qoldi..
#Yakunlandi

🎥 Kichkina Shahzoda
(c) 2015
🤵🏻‍♂️ Mark Osborne
🕰 1 soat 48 minut


«Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Kichkina shahzoda bo'lgan ekan. U judayam do'sti bo'lishini xohlarkan..☺️»


Aslida bu ReWatch bo'ldi. Ikki yilcha oldin ruschada ko'rib qo'ygandim)) Shunga qaramay, zeriktirib qo'ymadi. Tomoshadan rohatlandim. Qizig'i, oldinlari gaplari va uning ma'nolariga umuman e'tibor bermaganakanman. Mana bu ReWatch'ni katta foydasi 😄. Filmda hayotdan olingan ko'pgina misollar berilgan – har bitta kun bir xil, rangsiz holda o'tishi (kun tartibi), uyalish ortidan orzularni yo'qotish, o'z fikrida qat'iy tura olmaslik va shu kabilar. Xulosalar yetarlicha. Har bitta sayyora – bitta mulohazaga loyiq. Biznes, do'stlik, sevgi, olqishlar va h.k. Tushunib yetish uchun hali ham kech emas rostanam.
Hammanikiga o'xshab fav personajim Shahzoda bo'lmadi, bunga Aviator'ni loyiq deb bildim. U o'z hikoyasi (Kichkina shahzoda)ni aytib berishni yoqtirardi. Men esa o'zimnikini (Harry Potter 😂)). Uyalish yo'q, faqat havotiri bor edi. Kun kelib hikoyasini hech kim eshitmasligi haqida o'ylardi..


«Katta bo'lishning yomon joyi yo'q, muhimi unutmaslik..👍»


Shaxsiy reyting - 10+/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
👉🏻
@KinogarBot - dan topasiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🌚2🍓2🔥1
#Boshlandi

🎥 G'isht devor
(c) 2025
🕰 1 soat 40 minut


Posteri attractive chiqibdi, golovolomkali filmla yoqadi negadur. Zerikish + kasallikni yengish uchun 2-kino😂
17🌚2🍓2🔥1
ㅤ𝘅𝘂𝘀𝟰𝗻.
#Boshlandi 🎥 G'isht devor (c) 2025 🕰 1 soat 40 minut Posteri attractive chiqibdi, golovolomkali filmla yoqadi negadur. Zerikish + kasallikni yengish uchun 2-kino😂
#Yakunlandi

🎥 G'isht devor
(c) 2025
🕰 1 soat 40 minut
🛑 18+


Kino norm, lekin hayron qoldirgan narsa – IMDB reytingi 5.5 ekan. Kvest, Golovolomka film bogani uchundir balki. Nima bogandayam hali premyera film. Bir yil ichida ancha o'sish bo'ladi hali.
Film ichiga kirsak. Har bitta qahramonda o'ziga xos harakter hamda qobiliyat. Lekin esa.. Ha mayli spoiler qilmaslikka harakat qilaman😁. Aynan xohlagan voqeamni qilishibdi lekin. Dildan suhbat qurish, hammasini to'kib sochish uchun men xohlagan ish. Repsect. O'sha ikki bosh qahramonga aynan shu kerak edi aslida.... Xullas, maslahat berishga arzigulik ekan. IMDB reyting esa ba'zida chalg'itishi mumkinligiga amin bo'ldik 😂))

P.S/ Kinogar'da «O'zbek tili 🇺🇿» bo'limi to'lib qolganligi sababli yangi 2-bo'limni ochishga majbur bo'ldim. Bitta menyuda maksimum 40 ta tugma joylasa bo'lar ekan.


Shaxsiy reyting - 8/10

⬇️ Filmni tomosha qilmoqchi bo'lsangiz:
👉🏻
@KinogarBot - dan topasiz
58🌚2🍓2🔥1
📖 Ikki eshik orasi..

Bu kitob qo'limda emas, balki butun e'tiborimda. Sahifalari orasida borgan sari vaqt unutiladi, real dunyo sokinlashadi.. Har bir bob yangi sirlarni ochganda yangi hislarni uyg'otadi. Og'irroq bo'lganidan qo'llarga og'ir tuyulsa ham, ichidagi olam yengil nafas olib turadi. O'qigan sayin o'zingni boshqa odamdek his qilasan. Kitob – bu suhbatdoshing, yo'ldoshing va o'qituvching. Shu sababli uni qo'yib yuborish qiyin ))

🌖@xus4n .
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
56🍓4🔥2🌚2
ㅤ𝘅𝘂𝘀𝟰𝗻.
#Boshlandi 📽 Titanlar hujumi (c) 2013 ReWatch. Oldin ruschasini ko'rib 3-sezonga keb qogandim.. Esimdan chiqqan ko'p narsa.. Barakasini bersin ))
– The end.
Yaqin orada ko'p-ko'p fikr, xulosa yozib chiqaman.. Tayyorlaning bir dunyo post o'qishga :)
47🍓3🔥2🌚2
ㅤ𝘅𝘂𝘀𝟰𝗻.
#Boshlandi 📽 Titanlar hujumi (c) 2013 ReWatch. Oldin ruschasini ko'rib 3-sezonga keb qogandim.. Esimdan chiqqan ko'p narsa.. Barakasini bersin ))
#Yakunlandi ⏹️

🎥 Titanlar hujumi
(c) 2013
🤵🏻‍♂️ Hajime Isayama
🎞 4 ta sezon


«Aynan sevgan sevilganni himoya qiladi-da, so'ng sevilgan uni yakson qiladi :)»
— Xa, aynan shu xulosa bilan bu animeni yakunladim.

Oldin ko'rganimda bunchalik mazza bermagandi to‘g‘risi. Endi qayta tomosha qilganim uchunmi, mazza qilib ko‘ribman. Balki bu safar faqat janglarni emas, orqasidagi falsafani tushunganim uchundir. Gaplarimmi personajlar bilan boshlasam.

Ko'p AOT fanlarini fikricha Gabi Braun – heyt qilishga arziydigan personaj. Aslida umuman unaqa emas. Chunki bu qizning harakati ortida propagandaning kuchi yotibdi. Animeda PROPAGANDA yoshlarga qanday ta'sir qilishini juda aniq ko‘rsatishgan. O‘ylab ko‘ring, u bolaligidan o‘sha g‘oyalar bilan yashagan, qanday qilib boshqa yo‘lni tanlashi mumkin edi? Ayb umuman Gabi'da emas, balki uni shunday qilib tarbiyalagan tizimda. Shu bilan birgalikda Eren. U – qul bo'lib yashaydiganlarni yomon ko‘rardi. Shuning uchun ham u hayotini kurashga bag‘ishladi. Hamma bilgan o‘sha mashhur hamda hissiyot bilan o‘ynashgan sahnada Mikasa'dan nafratlanishini aytgan edi. Bu nafaqat Mikasa uchun, balki biz uchun ham og‘ir zarba edi. Mikasa «Eren boshidanoq o'zgarmagandi, oldin ham shunaqa edi.» degan gapi xato bo‘ldi. Chunki Eren haqiqatan ham o‘zgardi. U bolalikdagi orzularini ortda qoldirdi va butunlay boshqa yo‘lga kirdi. Asoschi titan bo‘lmish Ymir ham qul bo‘lishni tanlagan. Bu tanlov erkinlik va qullik haqida juda katta savol tug‘diradi: inson nima uchun erkinlikni istamaydi? Yoki ba’zida sevgi erkinlikdan ham ustun bo‘ladimi? Eren Ymir'ga buyruq berishni boshladi. Undan nafratlanmadi, lekin kuch so‘radi. Mana bu o‘zgarganining bir sababi. Shu joyida qo‘shimcha qilsam — Mikasa bilan Ymir'ni bog‘lab turgan narsa Sevgi va Sadoqat. Ikkisi ham sevgani uchun hammasiga rozi bo‘lishni tanlashdi. Bu esa butun asar bo‘ylab takrorlanadigan bir mavzu: inson nimaga tayyor sevgani uchun?
Favourite va ideal personaj sifatida – Hange'ni tanladim. 4-sezonda chiroyliroq tuyuldi negadur) Uning xarakterida ilm-fan, hazil-mutoyiba va insoniyat uchun xavotir uyg‘unlashgan. Ayniqsa oxirgi qarorida uning qanday buyuk shaxs ekani ko‘rinadi. Animeni stili o'zgacha chiqqan. Shu bilan birga soundtrekiga gap bo‘lishi mumkin emas. Har bitta sahna uchun mos qo‘yilgan. Ba’zi kuylar esa sahnaning o‘zidan ham ko‘proq his uyg‘otadi. Ayniqsa hal qiluvchi janglar yoki qahramonlarning hissiy daqiqalarida musiqaning ta’siri yodda qoladi. To‘g‘risini aytsam 2022-2023 yil esimga tushib ketti boshlang‘ich sezonlarda.. Anime davomida ancha-muncha yo‘qotish va qotilliklar bo‘ldi, ularga ko‘nikdim-u lekin kapitan Erwin uchun norozi bo‘ldim.. Uning sahnasi yurakni larzaga soladi. Qahramonlikning eng sof ko‘rinishi shu edi.
Yurakni larzaga soluvchi sahnalar, burilishlar va iqtiboslarni hech esimdan chiqara olmasam kerak...

Agar yutsang — yashaysan. Agar mag‘lub bo‘lsang — o'lasan. Agar kurashmasang — yuta olmaysan.
(c) Eren Yeager


Animeda anchagina kerakli iqtiboslar bo‘ldi, lekin yozib olmadim. Sababi animeni «detskiy»lar uchun deb o‘ylaydiganlar ko‘rib xulosa qilishgani yaxshi bo‘ladi deb bildim. Chunki bu asarda bolalarga emas, kattalarga xos haqiqatlar bor: zulm, erkinlik, g‘urur, nafrat, sevgi. Ba'zi bir anime'larni aytmaganda hammasi yaxshi. Biz ko‘rgan ko‘p film, seriallar bilan solishtirilsa ichida anchagina ma'no-mazmun bor.

Shinzou wo sasageyo..! ⚔️


P.S/ Animeshnikmasman.


⭐️ Shaxsiy reyting - 10+/10
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4