Xurshid.Com || Shaxsiy Blog
1.54K subscribers
1.82K photos
116 videos
478 files
715 links
👨‍💻 Dasturchi "Xurshidjon Yunusov"ning Telegram Kanaliga Xush Kelibsiz.

youtube.com/@xurshid_com

instagram.com/xurshid_com

twitter.com/xurshid_com

vk.com/xurshid_com

facebook.com/xurshidcom

linkedin.com/in/xurshidcom
Download Telegram
📝 YouTubeda video ko'rishda trafikni tejash yo‘li..!

Aksariyat biladiki, oqimli video tomosha qilishda internet-trafik ko‘p sarflanadi, ayniqsa, lavha yuqori sifatda olingan bo‘lsa. Agar internetingiz tezligi past yoki trafik miqdori cheklangan bo‘lsa, u holda pastroq sifatda ko‘rishga to‘g‘ri keladi.

Shuni inobatga olib, eng ommabop videoxosting – YouTube tarmog‘ida roliklarni turli sifatlarda tomosha qilish imkoni berilgan. Lekin ularning har birida qancha trafik sarflanishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Qisqacha aytganda, bir daqiqalik videolavhani turli sifat rejimlarida ko‘rganda, quyidagicha miqdorlarda trafik sarflanadi:

• 144p — 1,90 MB
• 240p — 2,70 MB
• 360p — 4,40 MB
• 480p — 7,70 MB
• 720p — 14,50 MB
• 1080p — 27,61 MB

Endi shundan kelib chiqib, biror rolikni har bir rejimda tomosha qilishga ketadigan trafikni hisoblash mumkin. Ya’ni, videolavha davomiyligi necha daqiqaga teng bo‘lsa, yuqoridagi ro‘yxatda ko‘rsatilgan megabaytni o‘sha songa ko‘paytirasiz.

Demak, YouTube’dagi roppa-rosa bir soatlik videoni o‘rtacha rezolyusiyada – 480p rejimida ko‘rish 460 megabayt “turadi”. Ayni shu lavhaning o‘zini Full HD formatida (1080p rejimida) tomosha qilsangiz esa – naq 1,7 gigabaytga “tushasiz”! Agarda uni eng past – 144p rejimida ko‘rsangiz, salkam o‘n besh baravarga kam – taxminan 114 megabayt trafik sarflanadi, xolos.

Videoni ko‘rish rejimini tanlash uchun YouTube mobil ilovasida yuqori o‘ng burchakdagi vertikal uch nuqta belgisini bosasiz. Ochilgan menyudan Quality (yoki “Качество”) bandini tanlab, kerakli aniqlik rejimini belgilab qo‘yasiz.


•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

📢 Bizning kanal: @xurshid_com
📝 Dunyoni O’zgartirib Yuborgan Eng Nufuzli 12 ta Dasturchi:

1️⃣Linus Torvalds – Linux OS yaratuvchisi.

2️⃣Sir-Tim Berners-Li – Internet tarmog’i yaratuvchisi.

3️⃣Donald Knut – Algoritm qiroli.

4️⃣Brendan Ike, JavaScript dasturlash tilining yaratuvchisi.

5️⃣Solomon Hayks, Docker-ning yaratuvchisi.

6️⃣Mark Zukerberg, Facebook ijtimoiy tarmog’i asoschisi.

7️⃣Devid Heinemeyer Hansson, Ruby on Rails-ning yaratuvchisi.

8️⃣Richard Stallman, GNU asoschisi, “copyleft” g’oyasining muallifi.

9️⃣Bram Koen, BitTorrent protokolini yaratuvchisi.

🔟Jeyms Gosling, Java dasturlash tilini yaratuvchisi.

1️⃣1️⃣Bjarne Straustrup, C++ dasturlash tili asoschisi.

1️⃣2️⃣John Carmack, id Software dasturining asoschilaridan biri.

☝️Menga qolsa bu ro'yxatni davom ettirib ✉️Telegram va ✉️Vkontakte asoschisi Pavel Durevni ham kiritgan bo'lar edim..!


•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

📢 Bizning kanal: @xurshid_com
Vkontakte» ижтимоий тармоғи Ўзбекистон бозорига кириб келмоқчи экан. Ҳозирда улар «Vkontakte» ни оммалашишига ёрдам берадиган маркетологлар излашмоқда.

Кейинги йил бизда бу платформа Телеграм сингари хайп бўлиши мумкин. Шунинг учун ҳозирдан у ерда канал очиб, ривожлантирсангиз, биринчилардан бўлиб муваффақиятга эришишингиз мумкин..!

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

📢 Бизнинг канал: @xurshid_com
📝 VKontakte ijtimoiy tarmog'ida yangi funksiya paydo bo'ldi - endi vafot etgan foydalanuvchilarga tegishli sahifalarni darhol oddiy profillardan ajratib olish mumkin.

Foydalanuvchi vafot etgan taqdirda, uning qarindoshlari qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishlari va o'lim haqidagi guvohnomaning fotosuratini taqdim etishlari mumkin. Qarindoshlarning iltimosiga binoan marhumning sahifasi o'chirilishi yoki yaqinlari uchun xotira sifatida qoldirilishi mumkin. Ikkinchi variant bilan endi "Marhumning sahifasi" belgisi paydo bo'ladi..!


•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

📢 Bizning kanal: @xurshid_com
FastStone Image Viewer by Soft 2X.zip
7 MB
☑️ Fayl nomi: FastStone Image Viewer.

🆚 Versiya: 7.3.

💻 Windows Tizimi Uchun (.exe).

⚙️ Razryad (OS): 32/64 bit.

💾 Fayl hajmi: 7 MB.

📝 Izoh: FastStone Image Viewer — программа для просмотра изображений в Microsoft Windows. Включает в себя файловый менеджер и базу данных. Считается одной из наиболее функциональных бесплатных программ в своём классе.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

📢 Bizning kanal: @xurshid_com
💟 Github Sahifani To'g'ri Boshqarish:

🤨 Odatda ko'p dasturchilar Githubda o'z sahifalarini ochishadi. Ammo bir yilda ikki yoki uch dona loyihani joylashadi. Ammo undan ko'ra Githubda sahifani yuritmay qo'ygan yaxshi.

😉 Yana bir talab qilinadigan narsalardan biri Github sahifangizni to'g'ri sozlab qo'yish. Misol uchun sahifani to'g'ri sozlashda qilinishi kerak bo'lgan ishlar:

Har bir loyiha uchun to'g'ri description (tavsif) yozish!

Github sahifangizda o'zingiz haqingizda ma'lumotlar bo'lishi!

Repolar uchun to'g'ri nom tanlash!

Va commitlar uchun to'g'ri ma'lumotni berish!

🤓 Eng muhimi shularga rioya qilish! Va siz uchun shuni o'zi ham portfolio vazifasini bajara oladi..!

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

📢 Bizning kanal: @xurshid_com
📝 IQ nima..?

Intellektuallik koeffitsiyenti (ing . intellectual quotent, qisqartma nomi IQ) — odamning turli test uslublari asosida aniqlanadigan aqliy rivojlanish koʻrsatkichi, bilim saviyasi. Test tizimlari yordamida bolalarning aqliy saviyasini miqdoriy koʻrsatkichlar orqali aniqlash gʻoyasini birinchi marta fransuz psixologi A. Bine ishlab chikdan (1903). Bunda har bir odam yoshi uchun u erishgan bilim va mahorat darajasi 100 ga teng deb olingan. Mazkur koʻrsatkichdan ortiq yoki kam miqdor aqlning biron-bir daraja rivojlanishi kamoloti yoxud orqada qolishi haqida hukm chiqarish imkonini bergan. AQSH va boshqa mamlakatlarda Intellektuallik koeffitsiyenti yordamida armiyaga yoshlarni saralab olish, oʻquvchilar bilimini baholash kabilar rasm boʻlgan..!

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

📢 Bizning kanal: @xurshid_com
​​💟​​Qanday Qilib Frontend Dasturchi Bo'lish Mumkin..?

Bugungi postimizda Frontend dasturchi bo'lish uchun qanday texnologiyalarni o'rganish kerakligini ko'rib chiqamiz..!

1. HTML

HTML
— bu (ing. HyperText Markup Language, uzb. Giper matnli belgilash tili) bo’lib, umumjahon internet tarmog’idagi hujjatlar uchun standartlashtirilgan belgilash tili hisoblanadi.
Barcha veb-sahifalarda HTML-belgilar mavjud bo’lib ular brauzerlar tomonidan izohlanadi. Natijada formatlangan matn kompyuter yoki mobil qurilmaning ekranida aks etadi.
Shuningdek HTML bu veb sahifaning poydevori hisoblanadi, HTML ning eng ommabop versiyasi bu HTML 5..!

2. CSS

CSS
(ing. Cascading style sheets, uzb. Kaskadlangan stillar jadvali) — bu belgilash tilidan foydalanib yozilgan hujjatlarning ko’rinishini tasvirlash uchun ishlatiladigan rasmiy til hisoblanadi.
U asosan HTMl belgilash tili yordamida yozilgan veb-sahifalarning ko’rinishini tasvirlash va loyihalash vositasi sifatida ishlatiladi. CSS veb-sahifa yaratuvchilari tomonidan ranglar, shriftlar, alohida bloklarning tartibini va ushbu veb-sahifalarning paydo bo’lishining boshqa jihatlarini belgilash uchun ishlatiladi..!

3. JavaScript

JavaScript yetakchi dasturlash tillaridan biri. Hozirda ushbu til brauzerdan tashqarida ham keng qoʻllanilmoqda. Soʻngi yillarda Node.js ning yaratilishi esa Java, Ruby, Python va PHP kabi anʼanaviy server tillarining hukmronligiga chek qoʻydi. Web brauzer toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllab quvvatlaydigan birinchi va hozirda, yagona script tili boʻlib kelmoqda. Hozirda, Javascript desktop ilovalar, maʼlumotlar bazasi kabi turli xil ishlanmalar, hattoki, mobil va TV ilovalar ishlab chiqarish uchun ham foydalanilmoqda. Shunday qilib, brauzer uchun yaratilgan kichkina til hozirda, eng kuchli dasturlash tillaridan biriga aylandi..!

4. React

React 2013-yili Facebook kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan edi. Bu kutubxona eng sevimli va talabgir kutubxonalardan biri va StackOverFlow da trenddagi texnologiya bo'ldi.
React — Open source JavaScript kutubxona bo'lib, foydalanuvchi interfeyslari yaratishda ishlatiladi. Hozirda Frontenddagi eng trend bo'layotgan kutubxonalardan biridir shu sababli HTML, CSS, JavaScriptdan keyin ushbu JS kutubxonasini o'rganishni tavsiya qilaman..!

Postimizni yakunida shuni etmoqchiman, agarda siz Frontend dasturchi bo'lishni xohlasangiz unda ushbu texnologiyalarni o'rganishingiz talab etiladi va bu 4 ta texnologiyalardan keyin yana qo'shimcha texnologiyalar bor. Qolgan qo'shimcha texnologiyalar haqida keyingi postlarimizda xabar beramiz..! 😉
Epson Stylus Photo P50, T50, T59 by Soft 2X.zip
39.8 MB
🖨 Epson Stylus Photo P50, T50, T59 Printeri Uchun Darayver..!

🗜 Razryad (OS): 32/64 Bit.

💻 Windows Tizimi Uchun (.exe).

💾 Fayl hajmi: 39,8 MB.


•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

📢 Bizning kanal: @xurshid_com
​​💟Frontend Dasturlashdagi Texnologiyalar Haqida..!


Hozirda O'zbekistonda ham Frontend dasturchilarga talab, ish o'rinlari ham ko'payib bormoqda. Shu sababli bu sohani ham o'rganayotgan insonlar ko'p..!

Endi savol bo'lishi mumkin, Frontendda qaysi texnologiyalarni o'rganish kerak, qaysi framework yoki texnologiya trend bo'lmoqda..?
Agarda siz Frontend dasturchi bo'lishni xohlasangiz unda siz HTML, CSS, JavaScript kabi asosiy texnologiyalarni bilishingiz shart va bularga qo'shimcha sifatida bitta CSS preprotsessori, bitta UI kutubxona va kamida bitta JS frameworkini bilishingiz zarur. Chunki texnologiyalar tezda rivojlanmoqda, oldin HTML, CSS, JS Frontend sohasida yetarli bo'lgan bo'lsa hozir bu texnologiyalar yetarli emas ya'ni HTML, CSS, JS ni bilib ish topish qiyin. Shu sababli qo'shimcha texnologiyalar va JS frameworklaridan birini bilishingiz kerak..!

JavaScript frameworklaridan birini o'rganing, masalan: Angular, Vue yoki React. Shaxsan o'zim Reactni o'rganishingizni tavsiya qilgan bo'lar edim. React bu JavaScriptning kutubxonasi, frameworki emas lekin hozirgi holatida React bemalol JS frameworklari darajasiga chiqaolgan..!
Hozirda React developerlarga dunyoda va yurtimizda ham talab ko'p. Reactning imkoniyatlar juda ko'p masalan Reactning eng qulay taraflaridan biri bu Single page applicationligi ya'ni bir sahifaning o'zidan boshqa sahifalarga o'tish yoki qandaydir jarayonlarni bajarish mumkin. Bunday holatda esa sahifangiz qayta yuklanmaydi bu esa foydalanuvchining internet trafigini sarflanishini oldini oladi..!

Reactni o'rganish uchun YouTube, Googleda resurslar ko'p va shu resurslar orqali Reactni o'zingiz mustaqil o'rganish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin faqat harakat qilish kerak..!


•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

↪️Bizning kanal: @xurshid_com
🎨 Grafik Dizayn Haqida..!

Bir necha yillardan beri talabgirlikdan tushmagan yana bir soha — grafik dizayn: Uni qayerdan o'rgansa bo'ladi?

Javob — bepul kurslar orqali..!

1. Grafik dizayn asoslari — Ellen Lupton

2. Ish beruvchi tipografika

3. Canva dizayn maktabi

P.S. Ushbu kurslar orqali professional grafik dizayner bo'lish mumkin. Asosiysi mehnat..!


•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

↪️Bizning kanal: @xurshid_com
​​💟 Frontend Dasturchi Uchun Kerak Bo'ladigan Vositalar (tools).

1. Code editors
Atom, VScode, Sublime, Webstorm...
2. Version control system - Versiyalarni boshqarish tizimlari
Git, Apache Subversion...
3. Front-End Boilerplates
HTML 5 Boilerplate, CSS Reset
4. Front-End Assets
Google fonts, Fontawesome, Unsplash ..
5. Frontend frameworks - Frontend freymvorklari
Bootstrap, Tailwind CSS, Semantic Ui
6. CSS Preprocessors
Less, Sass
7. JavaScript libraries - JavaScript kutubxonalari
Jquery, ReactJS
8. JavaScript frameworks - JavaScript freymvorklari
VueJs, AngularJs...
9. Developer tools
Chrome dev tools..

P.S. Ingliz tilidagi ba'zi atamalarni o'zbekchalashtirmay taqdim etdim..!


•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

↪️ Bizning kanal: @xurshid_com
​​💟​​Google, YouTubedan Samarali Foydalanishni O'rganish Zarur..!


Nega bugungi postning sarlavhasi shunday ko'rinish oldi? Sababi ko'pchiligimiz Google, YouTube kabi platformalardan to'g'ri, samarali foydalanishni bilmaymiz lekin to'g'ri foydalanishni biladigan insonlar bor faqatgina ularning son kam bo'lishi mumkin..!

Savollaringiz, muammolaringizga yechimlarni 70, 80 foizini Google, YouTubedan olishni bilasizmi? Agarda siz ushbu platformalardan to'g'ri foydalanishni bilsangiz savollaringiz tezda javoblarni olishingiz mumkin. Yangi bilimlarni tekinga o'rganish imkoniyatini qo'lga kiritishingiz mumkin albatta samarali qidiruvlar orqali..!

P.S/ Postimizning oxirida shunday demoqchiman, Google, YouTubedan foydalanishni o'rganing oddiy savollaringizga ham ushbu platformalardan javob olishingiz mumkin, sizdan faqat harakat, vaqt ketadi boshqa hech narsa yoqotmaysiz. Bu platformalarning imkoniyatlari juda keng..!


•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

↪️Bizning kanal: @xurshid_com
💟Frilanser Uchun Eng Muhim Narsa — Fantaziya: Uni Qayerdan Olish Mumkin..?

Frilanser fantaziyasi yuqori va keng bo'lishi kerak. Shundan kelib chiqib, u yaratgan narsa shedevr darajada bo'ladi..!

Siz kitob o'qing, har xil musiqalar, kino va seriallar tomosha qiling. Quyosh botishi va chiqishida sayr qiling. Shunda o'zingiz uchun energiya va ilhom olasiz..!


•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

↪️Bizning kanal: @xurshid_com
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇷🇺Самый ВАЖНЫЙ ЯЗЫК для ПРОГРАММИСТА..!

🇺🇿Dasturchi Uchun Eng Muhim Til..!


•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

↪️Bizning kanal: @xurshid_com
​​💟​​Nega Hozirgi Paytda Dasturlashni O'rganish Muhim..?

Bugungi kunda IT sohasiga talab yuqorilab borayotgani hech birimizga sir emas, bugun esa IT ning Dasturlash sohasining qanchalik talabgir sohalardan ekanligi haqida biroz suhbatlashamiz..!

Nima Uchun Aynan Dasturlashni O'rganishingiz Kerak..?

Dasturlash shunday sohaki, ushbu sohada sizga hechqanday diplom ham kerak bo'lmaydi va yana erkin inson sifatida xohlagan joyingizdan turib ishlash, yangi bilimlarni o'rganish imkoniyati, kelajak kasbiga ega bo'lish va yaxshigina daromadga ham ega bo'lishingiz ham mumkin. Bu soha asosan bir joyda o'tirib ishlayoladiganlar, ijodkorona, logikasi yaxshi shakllangan insonlarga tavsiya qilinadi..!

Dasturlashni esa qancha muddatda o'rganishingiz esa bu o'zingizga bog'liq. Bu sohada yaxshi mutaxasis bo'lishni xohlasangiz, ko'proq amaliyot qiling, amaliyot orqali yaxshi natijalarga erishish mumkin. Eng avvalo dasturlash sohasiga pul uchun yoki majburligingizdan kirib kelmang, bo'lmasa bu sohada yaxshi mutaxasis bo'lolmaysiz..!



•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

↪️Bizning kanal: @xurshid_com
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 How to publish an app on Google Play Store 2020..!

🇺🇿 Play Marketda Dastur Joylash..!

720p


•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

↪️Bizning kanal: @xurshid_com
💟Қачон Бизнес Бошлаш Лозим..?

Албатта, бу каби савол кўплаб инсонларни бошидан ўтиши ва аксар ҳолларда қониқарли жавоб беролмасликлари ёки ололмасликлари бор гап. Чунки, аксаримиз бутун дунё бизнес оламида ушбу саволга қандай жавоб берилиш борасида етарлича маълумотга эга эмасмиз..!

Ишонамизки, ушбу расм бу саволга қандай жавоб бериш лозимлиги, ва шунга қараб ҳаракат қилишни аниқ тушунтириб беради..!


•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

↪️Бизнинг канал: @xurshid_com
💟Grafik Dizaynerlar Uchun Foydali Bepul Saytlar To'plami..!

Freepik.com — Eng katta bepul vektor bazaga ega eng mashhur sayt..!

Humaaans.com — Personajlarni xohishingizga qarab yasashingiz mumkin..!

Digitaldesignlibrary.io — Sifatli illustratsiyalarni bepul yuklab olishingiz mumkin..!


•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

↪️Bizning kanal: @xurshid_com