Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
541 subscribers
6.7K photos
666 videos
1.93K links
Telegram:https: //t.me/xorazmtransport_uz

Facebook: http://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
Viloyat hokimi Joʼrabek Raximov aholiga transport xizmati koʼrsatishni yaxshilash boʼyicha amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Joriy yilda viloyatimizda 19 nafar tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan oʼz mablagʼlari va bank kreditlari hisobiga  umumiy qiymati 3 mln АQSh dollariga teng boʼlgan 100 ta mikroavtobuslar xarid qilindi. Ularning 52 tasi Xitoyda ishlab chiqarilgan “JAC “, 4 tasi “FATON” va 44 tasi Rossiyada ishlab chiqarilgan “GАZEL-NEXT” rusumli mikroavtobuslardir. Natijada viloyatda 6 ta yangi yoʼnalishlarda jamoat transporti qatnovi yoʼlga qoʼyildi, ilgaridan mavjud yoʼnalishlarda qatnovlarning oraliq vaqti qisqarib, yoʼlovchilar uchun qulaylik yaratildi.
Kuni kecha viloyatimizga “ COMFORT AUTO HAMKOR” MChJ tomonidan umumiy qiymati 1 mln 104 ming АQSh dollariga teng boʼlgan 4 ta “YUTONG“  va     4 ta “ZHONGTONG” avtobuslari  keltirildi. Mazkur avtobuslar  Urganch-Toshkent-Urganch yoʼnalishida yoʼlovchilarga xizmat koʼrsatadi. Yoʼlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni mobilь ilova orqali xarid qilish va “Catering” xizmati ham yoʼlga qoʼyiladi.
🇺🇿Sizni Urganch shahridagi ochiq muloqotga taklif qilamiz!

Uzbekistan Airways faoliyatiga oid savollaringiz bormi? 31-oktabr kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida aviakompaniya vakillaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olishingiz mumkin bo‘ladi.

Sayyor qabulda ishtirok etishni xohlovchilar Xorazm viloyati SSP hududiy boshqarmasiga kelishlarini so‘raymiz. Manzil: Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 23-uy, soat 11:00 da.

Batafsil maʼlumot uchun telefon +99878 770-51-01 (51-02); +99899 424-27-16.

🇷🇺Приглашаем вас к открытому диалогу в городе Ургенч!

У вас есть вопросы, связанные с деятельностью Uzbekistan Airways? 31 октября вы сможете получить ответы напрямую у представителей авиакомпании в городе Ургенч, Хорезмская область.

Желающих принять участие в выездном приеме, приглашаем в Территориальное управление ТПП Хорезмской области по адресу г. Ургенч, ул. Аль-Хорезми, дом 23 в 11:00.

Подробная информация по номеру +99878 770-51-01 (51-02); +99899 424-27-16.

#uzbekistanairways
TAYINLOV

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Karimov Jamshid Abduxamidovich O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Karimov Jamshid Abduxamidovich O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - yo‘l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.


НАЗНАЧЕНИЕ

Соответствующим постановлением Президента Республики Узбекистан Каримов Жамшид Абдухамидович назначен на должность начальника Инспекции по надзору в сфере транспорта при Министерстве транспорта Республики Узбекистан.

До назначения на данную должность Каримов Жамшид Абдухамидович работал первым заместителем начальника Главного управления безопасности дорожного движения Министерства внутренних дел Республики Узбекистан - начальником Управления координации безопасности дорожного движения.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aholiga jamoat transportida xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanmoqda

So‘nggi yillarda aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, jamoat transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini kengaytirish va harakat tarkibini zamonaviy, ekologik toza avtobuslar bilan yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yo'lovchilar diqqatiga!

Urganch va Xiva shaharlari jamoat transportlaridan foydalanish bo'yicha yo'l kira tariflariga quyidagicha o'zgartirish kiritildi.

Urganch shahar jamoat transportida bir yo'lovchi qatnovi uchun cheklangan tariflar naqd pulda 2000 so'm, barcha plastik kartalari va "ATTO" transport kartalari orqali to'lov uchun esa 1600 so'm etib belgilandi.

Yo'lovchilar "ATTO" transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida ikkinchi marotaba avtobusdan foydalansa yo'l haqi bepul bo‘ladi.

Ma'lumot uchun: ushbu tarif faqat Urganch shahar yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi avtobuslarda amal qiladi.
Butun mamlakatimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirish ishlari davom etmoqda. Ushbu loyiha o‘z xissalarini qo‘shish maqsadida Xorazm viloyati transport boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning 10-noyabr kuni Urganch shahrida joylashgan Xorazm trolleybus boshqarmasi va Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi hududiga 350 tadan ortiq mevali va manzaralari ko‘chatlar ekdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Urganch shahrida “АTTO” kartasi bilan bogʼliq xolat oqsamoqdami?” nomli sarlavha yuzasidan rasmiy munosabat.

Ushbu murojaat yuzasidan Xorazm viloyati transport boshqarmasi xodimlari tomonidan murojaat yuzasidan o’rganish ishlari o’tkazildi. O’rganish jarayonida “OPEL-TRANS” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo‘lgan 90 399 VAA davlat raqamiga ega bo‘lgan avtobusda ma’lum bir sabablarga ko‘ra elektron to‘lov tizimi nosoz holatda ekanligi aniqlandi. Holat yuzasidan boshqarma hodimlari tomonidan nosoz holatda bo’lmasligi yuzasidan haydovchiga tushuntirish berilib, mazkur avtobusning elektron to‘lov tizimi soz holatga keltirildi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan jamoat transportlaridagi elektron to‘lov tizimida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarni oldini olish yuzasidan ishchi guruh shakillantirib nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida” qarorining ijrosini ta’minlash yuzasidan Xorazm viloyati transport nazorati inspeksiyasi tomonidan viloyatdagi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyati o‘rganildi.

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan yo‘lga chiqishdan oldin belgilangan tartibda avtotransport vositasining texnik ko‘rikdan va haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladigan sharoitlari o’rganildi. O‘rganishlar davomida yo‘l qo‘yilgan kamchilarni bartaraf etish bo‘yicha korxona rahbarlariga tushuntirishlar berildi.