"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali
3.46K subscribers
12.1K photos
1.22K videos
8 files
2.54K links
"Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Xorazm hududiy filialining telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanali

""Ishonch" telefon: 1154
Murojaatlar uchun: @xorazmhetmuloqot
Download Telegram
TURKISTON PODSTANSIYASIGA 10 000 kVA KUCH TRANSFORMATOR O'RNATILDI

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan ortiqcha yuklamada ishlayotgan podstansiyalarni quvvatini oshirib, iste'molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, Bo'g'ot tumanida joylashgan 110/10 kV "Turkiston" podstansiyasidagi T-1 6 300 kVA transformator o'rniga 10 000 kVA transformator o'rnatildi va 3,7 MVA qo'shimcha zahira quvvat yaratildi.

Ushbu podstansiyaga 10 000 kVA transformator o'rnatilishi orqali Bog'ot tumanining jami 12 000 dan oshiq aholi xonadonlari va 500 ga yaqin kichik, o'rta va yirik ishlab chiqarish obektlarining elektr energiyasi ta'minoti yaxshilandi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Forwarded from MINENERGY.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elektr energiyasi tariflari bilan bog‘liq murojaatlarga munosabat berildi.

📹
Batafsil videoni ko‘rish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda tizim tashkilotlarining rasmiy bayonoti

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda aholi uchun 2024-yil 1-maydan joriy qilingan elektr energiyasi iste’molining 200 kVt·soat oylik bazaviy me’yori keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ushbu holatlar bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarori bilan joriy yil 1-maydan boshlab, maishiy iste’molchilarga elektr energiyasi uchun bir oylik iste’molning “bazaviy me’yorlari” tasdiqlangan.

Bundan asosiy maqsad iste’molchilarda elektr energiyasi iste’moli samaradorligini oshirish, Davlat tomonidan aholining xarajatini qoplashga ajratilayotgan mablag‘larni to‘g‘ri va manzilli taqsimlash hamda yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash hisoblanadi.

👉 Batafsil / Батафсил

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
200 kilovatt soat elektr energiyasi ijtimoiy normami yoki limit? – Mutaxassis izoh berdi (+video)

Joriy yilning 16 aprel kuni О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy meyorlari tasdiqlangan edi.

🎥 https://youtu.be/ti3FIkfZto4

Батафсил: https://uza.uz/posts/614450

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
HUDUDLARDA AHOLI OʻRTASIDA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ishchi guruh tuzilib Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-aprelda “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori muvofiq, Viloyatimizning bir nechta hududlarida aholi oʻrtasida toʻlov intizomiga rioya qilish boʻyicha Mahalla vakillari bilan birgalikda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Bugun Urganch tuman "Qumrovot" mahalla fuqarolari yig'inida aholi iste'molchilari uchun belgilangan elektr energiyasi tariflari hisobi va to’lov intizomiga rioya qilish bo’yicha keng jamoatchilik ishtirokida tushuntirish ishlari olib borildi.

Hududlarda targ‘ibot-tashviqot ishlari davom etmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
ISHCHI GURUH TOMONIDAN TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Hududlarda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qaroriga muvofiq targ‘ibot ishlari davom etmoqda.

Jumladan, Xiva shahrining "Shixlar" mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi aholi uchun biriktirilgan ishchi guruh tomonidan targ'ibot ishlari olib borilib, iste'mol qilinayotgan elektr energiyasini tejashda asosan e'tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar tushuntirib o‘tildi.

Aholi tomonidan elektr energiyasi tariflari hisobi kabi savollarga javoblar oldilar.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati