"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali
3.4K subscribers
12K photos
1.17K videos
8 files
2.49K links
"Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Xorazm hududiy filialining telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanali

""Ishonch" telefon: 1154
Murojaatlar uchun: @xorazmhetmuloqot
Download Telegram
Mustaqillik podstansiyasining quvvati oshiriladi

Viloyatimizda bo'ylab iste'molchilarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus Farmoyishiga asosan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan yangidan elektr tarmog'larini qurish podstansiyalarni quvvatini oshirish ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan viloyatimizga quvvati 25 000 kVA bo'lgan yangi transformator yetib kelib, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan Urganch tumani hududida joylashgan "Mustaqillik" podstansiyasidagi mavjud 16 000 kVA transformator bilan almashlash uchun olib kelindi.

Ayni vaqtda xodimlar tomonidan "Mustaqillik" podstansiyasidan chiquvchi elektr tarmog'larini vaqtinch boshqa podstansiyalarga o'tkazish, 25 000 kVA transformatorni elektr qurilmalarini podstansiyaga joylashtirish ishlari olib borilmoqda.

XORAZMENERGO
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik podstansiyasining quvvati oshiriladi

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
⚡️Xiva Xonqa Shovot Bog‘ot tumanlarining va Xiva shahrining ayrim hududlari elektr energiyasida uzilishlar bо‘lishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari
О‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning

🔸Xiva tumanining Polasulton, Otajon tо‘ra, Gandimiyon, Juryon, Arvik, Indavak, Shо‘rkо‘l, Varangzon mahallalarida

🔸Xonqa tumanining Tomadurvadik, Amudaryo mahallalarida

🔸Shovot tumanining Paxtakor, Qiyot, Yangi yо‘l, Ogahiy, Navrо‘z, Bo'zqal'a Beshchiqir, Ijtimoyat mahallalarida

🔸Bog‘ot tumanining О‘zgarish, Xunarmand, Bog‘iston, Dexqonobod, mahallalarida va Uzumzor shaharchasida

🔸Xiva shahrining Qiyot mahallasida

Joriy yilning 2-noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bо‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr sо‘raymiz.


Xorazmenergo
#Jarayon

Urganch tumani hududida joylashgan "Mustaqillik" podstansiyasidagi 16 000 kVA transformator o'rniga 25 000 kVAli transformatorni o'rnatish ishlari olib borilmoqda.

Ayni vaqtda xodimlar tomonidan 16 000 kVA transformatorni elektr qurilmalarini olish va moyini vaqtincha maxsus texnika vositalari orqali bo'shatish ishlari bajarilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Mevazor mahallasiga yangi transformator punkti o'rnatildi

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan Vazirlar Mahkamasining maxsus Farmoyishiga asosan belgilangan rejali ishlar hududlar kesimida davom etmoqda.

Jumladan, Shovot tumani "Mevazor" mahallasiga o'rnatilishi rejalashtirilgan yangi 400 kVA transformator punkti mutaxassislar tomonidan belgilangan hududga o'rnatildi.

Dastur asosida belgilangan keng ko'lamli ishdar davom etmoqda

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Yangi tarmoqlar qurilishi endilikda Porloq mahallasida ham amalga oshirilmoqda

Bugungi kunda iste'molchilarga barqaror elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida, transformator puntidan aholi xonadonining xisoblagichigacha yangidan kabel tarmoqlarini tortish ishlari Vazirlar Mahkamasining maxsus Farmoyishiga asosan viloyatimizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich davom etib kelinmoqda.

Xususan, Xonqa tumanining "Porloq" mahallasida mutaxassislar tomonidan yangidan 2,4 km uzunlikda tortiladigan SIP kabel tarmog'ining temir beton tayanchlar o'rnatish ishlari bajarilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида гидроэнергетика соҳасида амалга оширилаётган лойиҳалар ва энергетика тизимини куз-қиш мавсумига тайёрлаш бўйича вазифалар ижроси юзасидан йиғилиш бўлиб ўтади.

Сегодня при Президенте Шавкате Мирзиёеве состоится совещание по проектам в сфере гидроэнергетики и задачам подготовки энергетической системы к осенне-зимнему сезону.

Facebook|Instagram|Twitter
Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari О‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning

Qo'shko'pir tumanida joylashga "Qo'shko'pir" podstansiyasidan chiquvchi "Xonobod" 10 kVli elektr uzatish tarmog'ida ta'mirlash ishlari davom etayotganligi bois, ta'mirlash ishlari to'liq 18:40 gacha tugatilishini ma'lum qilamiz.

Ushbu elektr uzatish tarmog'i orqali Qo'shko'pir tumanining Nezaxos, О‘rta qishloq, Polvon, Kо‘ktom, Qadriyat, Oltin voxa, Durdona, Xonobod mahallalari elektr energiyasi bilan ta'minlangan.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Mustaqillik podstansiyasiga 25 000 kVA transformator o'rnatish ishlari davom etmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati