XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.46K subscribers
7.09K photos
996 videos
9 files
4.57K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
▫️Obyektning taqiqini tekshirish▫️

🏠 Sotuvga qo'yilgan mulkni notarial tartibda oldi-sotdi qilishdan avval binoga taqiq qo'yilganmi, yo'qmi tekshirishingiz ortiqcha ovoragarchilikka chek qo'yadi.

📧 Ushbu ma'limotni elektron ko'rinishda uyda o'tirib ham tekshirishingiz mumkin. Ya'ni my.gov.uz orqali koʼchmas mulkka nisbatan taqiq bor-yoʼqligini aniqlashtiring.
👉 https://my.gov.uz/uz/service/471

#DavKadastrPalata #ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹 Tibbiyot xodimlari kuni🔹

💠 Inson hayoti muqaddas ne'mat, zero, sihat-salomatligimizni asrash, uni mustahkamlash yo'lida ushbu kasb fidoyilarining xalq sog'lig'ini o'z hayotidan ustun qo'ygan holda ko'rsatayotgan xizmatlari tahsinga sazovordir.

🏥 Yurtimizdagi barcha ana shunday jonkuyar, matonatli va qasamyodiga sodiq tibbiyot xodimlarini bugungi kasb ayyomlari bilan qutlaymiz! Sharafli va mas'uliyatli vazifalarini ado etishda mustahkam sog'lik, sabr-toqat, oilalariga tinchlik-xotirjamlik va fayz-u baraka tilab qolamiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🟢Xabaringiz bor, Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori o'rinbosari T.Abdullayev boshchiligida Xiva tumani “Gulshan” MFY «Doshyoq» Madaniyat saroyida sayyor qabul o‘tkazildi.

📝Sayyor qabulda jami 33 nafar tadbirkor va fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

➡️ Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish - 17 ta,

➡️ Noqonuniy qurilmani bartaraf qilish - 1 ta,

➡️ Auksionda yutilgan yer maydoniga aniqlik kiritish - 1 ta,

➡️ Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishni rad etish - 1 ta,

✔️ Tashkil etilgan sayyor qabulda murojaatchilarga huquqiy tushunchalar berildi.

Yer uchastkasiga egalik huquqini olish, Tadbirkorlik uchun yer uchastkasini auksionga chiqarish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa sohaga oid 13 ta murojaat shular jumlasidandir.

Murojaatchilarning murojaatlarini o‘rganish uchun tegishli tuman bo‘lim va filial rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Fazoviy obyektlar — joylashgan joyi belgilangan fazoviy-vaqt koordinatalari tizimida aniqlanishi mumkin bo‘lgan tabiiy, sun’iy va boshqa obyektlar (shu jumladan, binolar, inshootlar).

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#Kadastr

🟢Endi hech kim o‘z mulkidan sud qarorisiz mahrum etilmaydi

📝 Prezident farmoni bilan endilikda mulk huquqi faqatgina sud qarori bilan bekor qilinadi, yuridik shaxsning tugatilishi yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilmaydi.

🫥Davlatimiz rahbari joriy yilning 24 avgust kuni «Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

➡️ Batafsil

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasimi?

📝 Sohaga oid fazoviy ma’lumotlar — bazaviy fazoviy ma’lumotlar asosida yaratilgan mavzuga oid (tarmoqqa oid) fazoviy ma’lumotlar.

🔸Sohaga oid fazoviy ma’lumotlar quyidagi sohalarga tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:

🔹Davlat kadastrlari yagona tizimi tarkibiga kiruvchi davlat kadastrlari obyektlari haqidagi ma’lumotlar;
🔹statistik ma’lumotlar;
🔹aholining taqsimlanishi — demografiyaga oid ma’lumotlar;
🔹geologiya (zonalashtirish, yer qatlamlari va boshqa ma’lumotlar);
🔹tuproq, tuproq turlarining tarqalishi va degradatsiyasi;
🔹hududlarni rejalashtirish va rivojlantirish, inson salomatligi va xavfsizligiga oid ma’lumotlar;
🔹ta’lim (maktabgacha, maktab, o‘rta maxsus, oliy) yo‘nalishiga oid ma’lumotlar;
🔹kommunal xo‘jaligi;
🔹atrof muhit monitoringi;
🔹qishloq xo‘jaligi;
🔹meteorologik sharoitning geografik xususiyatlari va iqlim to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
🔹dengizlar, daryolar va ko‘llar mintaqalari;
🔹tabiiy energiya resurslari, ulardan foydalanish, boshqarish va baholash.

⚠️ Sohaga oid fazoviy ma’lumotlar tarkibiga qo‘shimcha tarzda boshqa ma’lum bir sohaga oid ma’lumotlar kiritilishi mumkin.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Кадастр агентлиги ва Давлат кадастрлари палатасининг Хоразм вилоят бошқармалари томонидан семинар-тренинг ўтказилди.

🔹 Хабарингиз бор 2022-йил 8-август куни Давлатимиз Раҳбари томонидан Ўзбекистон Республикасининг “Давлат фуқаролик хизмати тўғрисида”ги ЎРҚ-788-сон қонуни имзоланган бўлиб, мазкур қонун имзоланган кундан уч ой ўтиб қонуний кучга кириши белгиланган эди.

🔹 Шу муносабат билан Кадастр агентлиги ва Давлат кадастрлари палатасининг Хоразм вилоят бошқармалари ҳамда уларнинг шаҳар-туман бўлим ва филиаллари барча ходимлари иштирокида юқорида қайд этилган қонун кучга кирганлигига бағишлаб семинар-тренинг ўтказилди.
e-auksion.uz электрон савдо платформаси Xоразм вилоятида 4702 га яқин ер участкаларини таклиф этади.

⭕️ 3479 та тадбиркорлик учун ерлар (кўриш)
⭕️ 35 та уй-жой қуриш учун ерлар (кўриш)
⭕️ 70 та кўп қаватли турар жой учун ерлар (кўриш)
⭕️ 686 та деҳқон xўжалиги учун ерлар (кўриш)
⭕️ 81 та қишлоқ xўжалиги учун ерлар (кўриш)
⭕️ 242 та ёшлар саноат зоналаридаги ерлар (кўриш)
⭕️ 77 та кичик саноат зоналаридаги ерлар (кўриш)
⭕️ 32 та эркин иқтисодий зоналардаги ерлар (кўриш)

Кадастр агентлиги ва Давлат кадастрлари палатаси Хоразм вилояти бошқармалари Ахборот хизмати

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#vakansiya #Xorazm #kadastr

⚡️SHOSHILING AYNAN SIZ BIZNING JAMOADA BO‘LISHINGIZ MUMKIN !

🔻Kadastr agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi
bilan Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorlikda quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

🔸 Kadastr agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi:

— Kadastr agentligi Tuproqqala tuman bo‘limi Yetakchi inspektori.

❗️Hujjatlar 2022-yil 18-noyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.

🔷 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Halqa avtomobil yo‘li — bir nuqtadan boshlanib shahar va aholi punktlari atroflarini o‘rab turuvchi boshlangan nuqta bilan tutashuvchi aylana shaklidagi yo‘l.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#bilasimi?

📝 Bazaviy fazoviy ma’lumotlar — hamma foydalana oladigan, fazoviy ma’lumotlarga ishlov berish jarayonlari uchun birxillashtirilgan raqamli koordinata — fazoviy asosni tashkil etadigan fazoviy ma’lumotlar;.

🔸Bazaviy fazoviy ma’lumotlar quyidagi fazoviy obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:

🔹geodeziya, nivelir va gravimetriya tarmoqlari punktlari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi, ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralari;

🔹gidrografik obyektlar va gidrotexnika inshootlari;
aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlari (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, dahalar, mavzelar, massivlar, bog‘lar, xiyobonlar);

🔹sanoat, qishloq xo‘jaligi obyektlari va ijtimoiy-madaniy obyektlar;

🔹binolar va inshootlar;

🔹avtomobil yo‘llari;

🔹temir yo‘llar;

🔹magistral quvurlar;

🔹muhandislik kommunikatsiyalari;

🔹aeroportlar, daryo bandargohlari;

🔹o‘simlik qoplami va tuproqlar;

🔹yer uchastkalarining chegaralari;

🔹muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va madaniy meros obyektlari;

🔹aholi punktlarining chegaralari va zonalashtirish obyektlari, shuningdek, shahar atrofidagi zonalar;

🔹muhofaza etiladigan zonalar hamda hududlardan foydalanishning alohida shartlariga ega bo‘lgan zonalar;

🔹aholi punktlari hududidagi va undan tashqaridagi
ko‘chalarning reyestrlari hamda obyektlarning manzillari;

🔹geografik obyektlarning nomlari;

🔹joy relyefi;

🔹ortofotoxaritalar, aero- va kosmik suratlar hamda Yerni masofadan turib zondlashga doir ishlarning natijalari.


⚠️ Bazaviy fazoviy ma’lumotlar tarkibiga qo‘shimcha tarzda bazaviy ma’lumotlar maqomini berish maqsadga muvofiq deb topilgan boshqa obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi mumkin.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
RASMIY MUNOSABAT

Telegram ijtimoiy tarmog'i orqali qilingan ( https://t.me/muxbirdaliev/18621) murojaatlar yuzasidan

🏛Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan murojaatni o'rganish olib borish maqsadida ishchi guruh shakllantirilganligini ma'lum qilamiz.

🔸Holat yuzasidan o'rganish o‘tkazilib, o'rganish natijalari bo‘yicha qo'shimcha ma'lumot beramiz.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
▫️Yerni elektron tarzda xususiylashtirish▫️

Yer uchastkasini ham my.gov.uz yordamida xususiylashtirish mumkin

🟦 Fuqarolar o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulk – yer uchastkalarini (ko‘p qavatli uylar bundan mustasno) my.gov.uz yordamida masofadan turib xususiylashtirish imkoniyatiga ega (agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yer xususiylashtirilmaydi).

🔹Arizani ko‘rib chiqish uchun – 24 300 so‘m
🔹Yer uchastkasini xususiylashtirish uchun differensial to‘lov undiriladi.

🧑‍💻Xizmat ko‘rsatish muddati – 5 ish kuni

#DavKadastrPalata #ma_lumot_uchun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#qonunchilikda_yangilik #qonun_loyiha_muhokamasi

⚡️Ko‘chmas mulk huquqi va yer bo‘yicha sud ishlarida prokuror ishtiroki shart

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan muhokamaga qo‘yilgan Qonun loyihasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 50-moddasiga o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda.

Unga ko‘ra, prokuror quyidagi sud ishlarida ishtirok etish shart:

🔹qonunda nazarda tutilgan hollarda;

🔹mulk huquqini tan olish;

🔹o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish;

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga nisbatan huquqni belgilash, bunday yerlarni ijaraga berish majburiyatini yuklashga oid yer bilan bog‘liq ishlar;

🔹prokurorning arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha fuqarolik ishining muhokamasi.

❗️Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube