XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.34K subscribers
6.93K photos
979 videos
9 files
4.48K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
#seminar #UzKad

Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasida Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha Arxivda saqlanayotgan “Yer hisobi” kitoblarini saqlanishi, «UzKad» dasturiga kiritilgan yer maydonlarini yer turlarida aniqlangan xato ва kamchiliklarni bartaraf etish, “Milliy yer hisoboti”ga tayyorgarlik ko‘rish ва maʼlumotlarni jamlash yuzasidan filial Yer kadastri mutaxassislariga «ZOOM» orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

ZOOM platformasida masʼullar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish davomida davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha amaldagi qonun ва qarorlar asosida ish tashkil etish ва yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritish, “Yer hisobi” kitoblarini arxivda saqlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma ва topshiriqlar berildi.

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
▪️Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar qarzdorlik mavjud emasligi tekshirilgandan so‘ng tasdiqlanadi▪️

💸Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–278, 15.08.2023 y.) qabul qilindi.

📃 Qarorga ko‘ra, respublikadagi chegaralari belgilanmagan ko‘p kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari chegaralari belgilanib, “YERELEKTRON” axborot tizimiga kiritiladi.

📆 2024-yil 1-yanvardan:

◾️ ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar notariuslar tomonidan mulkdorning majburiy badallar yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanadi;

◾️ majburiy badallarning yoki to‘lovlarning eng kam miqdori Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi;

📃 Qaror bilan shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar beriladi:

◾️ ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik ta’minotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

◾️ ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va ularga tutash yer uchastkalarida amalga oshirilgan ta’mirlash-tiklash ishlarining qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Xorazm viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Xorazm viloyati Yangiariq tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 29-avgust kuni soat 10:30 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig‘i O‘razbayev Ruslan Xajibayevich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Xorazm viloyati Yangiariq tumani Yangiobod mahallasi, Jaloladdin Manguberidi ko‘chasi 10/1-uy ( Mo‘ljal: Kadastr agentligi Yangiariq tuman bo‘limi binosi )

📲 Murojaat uchun: +998 (62) 224-67-05
▪️Bu muhim!▪️

▶️ Xabaringiz bor, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kelib tushgan arizalar orasida respublika bo‘yicha to‘lovini kutayotgan murojaatlar juda ko‘pligi haqida ma’lum qilgan edik.

📃 Qonunchilikka ko'ra, belgilangan vaqt ichida haq to‘lanmasligi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etilishiga asos bo'lishini yana bir bor eslatib o'tamiz.

◼️ Shu munosabati bilan, fuqarolarimizdan ariza ijobiy xulosa olgan kundan boshlab 30 ish kuni ichida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to'lovlarini amalga oshirishlari so'raladi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bartaraf #XorazmKadastrAgentlik

♦️ Kadastr agentligi Xonqa tuman bo‘limi tomonidan Xonqa tumani “Jannatmakon” mahallasida yashovchi fuqaro S.Z tomonidan Xonqa tumani “Yangilanish” mahallasida o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan jami 24 kv.metrdan iborat noqonuniy qurilma aniqlandi.

🔸Mazkur holat yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda fuqaroning o‘z hisobidan ixtiyoriy ravishda buzilishi taʼminlanib, qurilma joyida bartaraf qilindi.

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar

🔺Geokod — berilgan koordinatalar tizimida obyektning fazoviy joylashuvini identifikatsiya qiluvchi ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lib, ular obyektni uni ma’lum bo‘lgan koordinatalar yordamida topish imkonini beradigan geografik joyga bog‘lab qo‘yishni nazarda tutadi

*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣

#terms_in_the__cadastral_field

🔺A geocode is a set of data that identifies the spatial location of an object in a given coordinate system, which involves tying the object to a geographic location that allows it to be located using known coordinates.

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_agentligi #qaror #vm_424

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 🏙 "“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi (2023-yil 25-avgust 424-son).

📄 Qarorning 1-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

😎 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va yagona hujjatga birlashtirish;

😎jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili;

😎ko‘chmas mulkni bo‘lish, birlashtirish va ularning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili hamda ushbu xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori;

😎davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, bu haqda guvohnoma berilgan ko‘chmas mulklarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va undan ko‘chirma berish, shu jumladan mazkur xizmatlarni bepul amalga oshirish.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹 KORRUPSIYA TARAQQIYOT DUSHMANI 🔹

Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarmasi Hazorasp tumani filiali xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyat boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisi X.Matkarimov ishtirok qildi.

Davra suhbatida, xodimlarni o'z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarilishiga alohida to'xtalib, huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni keltirib chiqaradigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiya holatlariga yo'l qo'ymaslik, uning oqibatlari tizim xodimlariga salbiy ta'sir yetkazishi alohida tushuntirildi.

#korrupsiyagaqarshikurash #kadastr

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
☺️☺️☺️☺️☺️
UzKAD tizimiga bosqichma-bosqich o‘tilmoqda

📃 Ilgari qog‘oz shaklida yoki boshqa axborot tizimlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar endilikda har bir ko‘chmas mulk obyektini identifikatsiyalagan holda bosqichma-bosqich UzKAD tizimiga o‘tkazilmoqda.

➡️Hududlarda o'tgan hafta o'tkazilgan Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha “UzKad” dasturiga kiritilgan yer fondi toifalarini huquqiy hujjatlarga asosan qayta ko‘rib chiqish va yer hisoboti bilan bir xilligini taʼminlash bo‘yicha seminarlar haqida ma'lumot bergandik.

◼️Mazkur yo'nalish bo'yicha Surxondaryo viloyatida amalga oshirilgan ishlar haqida UzA maqolasida batafsil yoritildi.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalari mutaxassis xodimlari va Xorazm viloyat Ma'muriy sudi sudyalari ishtirokida Yer munosabatlariga oid qonunchilikka kiritilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalar, Maʼmuriy sudlar tomonidan soliq organlari mansabdor shaxslarining qarorlarini haqiqiy emas, harakat (harakatsizligi)ini qonunga xilof deb topishga oid ishlarni ko‘rishning o‘ziga xos xususiyatlari, Maʼmuriy sudlar tomonidan Kadastr organlari bilan bog‘liq nizolarni ko‘rish amaliyoti hamda Maʼmuriy sudlarda yer munosabatlariga oid nizolarni ko‘rishning o‘ziga xos xususiyatlari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #qarorga_sharx #vm_424



🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 🏙 "“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi 424-son Qaroriga sharx.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Sayyor_qabul

🔸O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi  Qonunining ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 2023-yil davomida sayyor qabul kunlari rejasi ijrosi yuzasidan aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi  Xorazm viloyat boshqarmalari rahbariyati  boshchiligida Yangiariq tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

♦️Sayyor qabul davomida kadastr sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qonunchilikda  kiritilayotgan o‘zgarishlar va sohadagi yangiliklar batafsil tushuntirishlar berildi.

♦️Shuningdek fuqarolar va tadbirkorlarni  qiynab kelayotgan bir qator muammolar jumladan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda bir qator murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube