XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.46K subscribers
7.09K photos
996 videos
9 files
4.57K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Halqa avtomobil yo‘li — bir nuqtadan boshlanib shahar va aholi punktlari atroflarini o‘rab turuvchi boshlangan nuqta bilan tutashuvchi aylana shaklidagi yo‘l.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#bilasimi?

📝 Bazaviy fazoviy ma’lumotlar — hamma foydalana oladigan, fazoviy ma’lumotlarga ishlov berish jarayonlari uchun birxillashtirilgan raqamli koordinata — fazoviy asosni tashkil etadigan fazoviy ma’lumotlar;.

🔸Bazaviy fazoviy ma’lumotlar quyidagi fazoviy obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:

🔹geodeziya, nivelir va gravimetriya tarmoqlari punktlari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi, ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralari;

🔹gidrografik obyektlar va gidrotexnika inshootlari;
aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlari (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, dahalar, mavzelar, massivlar, bog‘lar, xiyobonlar);

🔹sanoat, qishloq xo‘jaligi obyektlari va ijtimoiy-madaniy obyektlar;

🔹binolar va inshootlar;

🔹avtomobil yo‘llari;

🔹temir yo‘llar;

🔹magistral quvurlar;

🔹muhandislik kommunikatsiyalari;

🔹aeroportlar, daryo bandargohlari;

🔹o‘simlik qoplami va tuproqlar;

🔹yer uchastkalarining chegaralari;

🔹muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va madaniy meros obyektlari;

🔹aholi punktlarining chegaralari va zonalashtirish obyektlari, shuningdek, shahar atrofidagi zonalar;

🔹muhofaza etiladigan zonalar hamda hududlardan foydalanishning alohida shartlariga ega bo‘lgan zonalar;

🔹aholi punktlari hududidagi va undan tashqaridagi
ko‘chalarning reyestrlari hamda obyektlarning manzillari;

🔹geografik obyektlarning nomlari;

🔹joy relyefi;

🔹ortofotoxaritalar, aero- va kosmik suratlar hamda Yerni masofadan turib zondlashga doir ishlarning natijalari.


⚠️ Bazaviy fazoviy ma’lumotlar tarkibiga qo‘shimcha tarzda bazaviy ma’lumotlar maqomini berish maqsadga muvofiq deb topilgan boshqa obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi mumkin.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
RASMIY MUNOSABAT

Telegram ijtimoiy tarmog'i orqali qilingan ( https://t.me/muxbirdaliev/18621) murojaatlar yuzasidan

🏛Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan murojaatni o'rganish olib borish maqsadida ishchi guruh shakllantirilganligini ma'lum qilamiz.

🔸Holat yuzasidan o'rganish o‘tkazilib, o'rganish natijalari bo‘yicha qo'shimcha ma'lumot beramiz.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
▫️Yerni elektron tarzda xususiylashtirish▫️

Yer uchastkasini ham my.gov.uz yordamida xususiylashtirish mumkin

🟦 Fuqarolar o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulk – yer uchastkalarini (ko‘p qavatli uylar bundan mustasno) my.gov.uz yordamida masofadan turib xususiylashtirish imkoniyatiga ega (agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yer xususiylashtirilmaydi).

🔹Arizani ko‘rib chiqish uchun – 24 300 so‘m
🔹Yer uchastkasini xususiylashtirish uchun differensial to‘lov undiriladi.

🧑‍💻Xizmat ko‘rsatish muddati – 5 ish kuni

#DavKadastrPalata #ma_lumot_uchun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#qonunchilikda_yangilik #qonun_loyiha_muhokamasi

⚡️Ko‘chmas mulk huquqi va yer bo‘yicha sud ishlarida prokuror ishtiroki shart

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan muhokamaga qo‘yilgan Qonun loyihasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 50-moddasiga o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda.

Unga ko‘ra, prokuror quyidagi sud ishlarida ishtirok etish shart:

🔹qonunda nazarda tutilgan hollarda;

🔹mulk huquqini tan olish;

🔹o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish;

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga nisbatan huquqni belgilash, bunday yerlarni ijaraga berish majburiyatini yuklashga oid yer bilan bog‘liq ishlar;

🔹prokurorning arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha fuqarolik ishining muhokamasi.

❗️Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Berk ko‘chalar — boshqa yo‘llarga o‘zaro o‘tib bo‘lmaydigan, ko‘cha oxiri obyekt bilan to‘silgan ko‘chalar.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#bilasimi?

📝 Bazaviy fazoviy ma’lumotlar va ularning metama’lumotlarini saqlash, dolzarblashtirish va taqdim etish uchun FMMI administratori tomonidan bazaviy fazoviy ma’lumotlar banki tashkil etiladi.

🔸Bazaviy fazoviy ma’lumotlar banki bazaviy fazoviy ma’lumotlar, ularning metama’lumotlari, klassifikatorlar, ma’lumotnomalar va reyestrlar to‘plamlaridan, shu jumladan, Geografik obyektlarning nomlari davlat reyestri, ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri, MGAT ma’lumotlar bazasi hamda kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi ma’lumotlar bazasidan iborat bo‘ladi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#vakansiya #Xorazm #kadastr

⚡️SHOSHILING AYNAN SIZ BIZNING JAMOADA BO‘LISHINGIZ MUMKIN !

🔻Kadastr agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi
bilan Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorlikda quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

🔸 Kadastr agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi:

— Kadrlar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis.

❗️Hujjatlar 2022-yil 26-noyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.

🔷 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #bayroq

🟢 Barchangizni 18-noyabr-O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i 🇺🇿 qabul qilingan kun bilan samimiy qutlaymiz.

Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini aks ettiruvchi bayrog‘imiz baland hilpirayversin!

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

🇺🇿 “Vatanim bayrog‘i”

✍️ Zulfiya Mo‘minova

🎙Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda vazirlik, idoralar rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari hamda⭐️ Kadastr agentligi jamoasi O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan muborakbod etadi!

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️Huquqiy ma’lumot▫️

⚜️ Qonunchilikka ko‘ra, basharti jarima solingan shaxs ishlamayotgan bo‘lsa yoxud jarimani huquqbuzarning ish haqi yoki boshqa daromadidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan boshqa sabablarga ko‘ra undirib olishning iloji bo‘lmasa, uni undirib olish huquqbuzarning mulkidan, shuningdek umumiy mulkdagi uning hissasidan undirib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Xorazm_kadastr #geografik_obyekt_nomlari

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasining "Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida" gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi "Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" gi 1010-son qaroriga muvofiq, geografik obyektlarning nomlari Davlat reyestri bazasi hamda koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri yuritilishini yanada jadallashtirishni tashkil qilish maqsadida Xorazm viloyati hokimi maslahatchisi R.Xudayberganov va Davlat kadastrlar palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr #chorlov #bayroq

VATANIMIZ BAYROG‘I — FAXRIMIZ, G‘URURIMIZ!

🇺🇿 Har bir mamlakatni dunyoga tanitadigan asosiy ramzlaridan biri — bu uning bayrog‘idir.

🇺🇿 Sana munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari xodimlari ham #bayrog_mizfaxrimiz chorlovini ommalashtirishda faol qatnashmoqdalar.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun tasdiqlanganiga bugun 31 yil to‘ldi.

🇺🇿Ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ - kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsoli Davlat bayrog‘i doimo ko‘klarda hilpirayversin.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#Live #manaviyat_soati #Xorazm_viloyati

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalari xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"da faol qatnashmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom qiling :
Telegram l Instagram
Facebook l Youtube