Xorazm IIB | Rasmiy kanal
20.8K subscribers
12.4K photos
5.09K videos
12 files
4.61K links
Xorazm viloyati ichki ishlar organlaridagi tezkor xabarlar
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlarida faol ishtirok eting
———
“Ёшлар орасида гиёҳвандлик воситалари ва психотроп моддалар тарқалишининг олдини олиш” комплекс тезкор-профилактик тадбирларида фаол иштирок этинг
Ayollarning jamiyatdagi faolligi oshmoqda

Batafsil
———
Аёлларнинг жамиятдаги фаоллиги ошмоқда

Батафсил
“TANLOVGA MARHAMAT”

XORAZM VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETI
BAKALAVRIATINING KUNDUZGI TA’LIM SHAKLIGA O‘QISHGA QABUL QILISH BO‘YICHA NOMZODLAR TANLOVINI E’LON QILADI

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning shaxsiy hujjatlari rasmiylashtiriladi.
Tanlovda bo‘yi 165 (bir yuz oltmish besh) santimetrdan past bo‘lmagan erkaklar hamda 160 (bir yuz oltmish) santimetrdan past bo‘lmagan ayollar yoshi o‘n yettidan kichik yigirma uchdan (harbiy xizmatni o‘tagan erkaklar uchun yigirma beshdan) katta bo‘lmagan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti bakalavriatining kunduzgi ta’lim shaklida o‘qish muddati 3 yilni tashkil qiladi.
Murojaat etuvchi nomzodlar Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mas’ul xodimlariga o‘zlari bilan fuqarolik pasporti, shahodatnoma, diplom, umumiy o‘rta ta’lim maktab yoki litsey bitiruvchilari tahsil olayotgan ta’lim muassasalaridan ma’lumotnoma olib kelishlari shart.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 10-fevral kunidan 20-mart kuniga qadar qabul qilinadi. Belgilangan kunlardan tashqari murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.

Manzil: IIV Xorazm akademik litseyi
Murojaat uchun telefon: 62-220-42-05
https://t.me/xorazm_iib
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inson o‘limiga olib kelgan jinoyat jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi
———
Инсон ўлимига олиб келган жиноят жамоатчилик иштирокида муҳокама қилинди
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm viloyatida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda
———
Хоразм вилоятида“Ёшлар орасида гиёҳвандлик воситалари ва психотроп моддалар тарқалишининг олдини олиш” комплекс тезкор-профилактик тадбирлари ўтказилмоқда
Yangibozor tumanining "Yuqoriboshqir" mahallasi 2023-yilda kriminogen vaziyatiga ko‘ra "qizil" toifaga tushganligi bois, ushbu mahalla faollari, shuningdek profilaktika inspektoriga maslahatchi-murabbiy sifatida biriktirilgan ichki ishlar organlarining faxriylari ishtirokida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
———
Янгибозор туманининг "Юқорибошқир" маҳалласи 2023 йилда криминоген вазиятига кўра "қизил" тоифага тушганлиги боис, ушбу маҳалла фаоллари, шунингдек профилактика инспекторига маслаҳатчи-мураббий сифатида бириктирилган ички ишлар органларининг фахрийлари иштирокида жиноят ва ҳуқуқбузарликларнинг олдини олишга қаратилган устувор вазифалар белгилаб олинди.
IIV Xorazm akademik litseyida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi munosabati bilan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda IIV Akademiyasi mas’ul xodimlari va viloyat ichki ishlar organlarida amaliyot o‘tayotgan bir guruh kursantlar tomonidan litsey o‘quvchilariga giyohvandlikning salbiy oqibatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
———
ИИВ Хоразм академик лицейида “Ёшлар орасида гиёҳвандлик воситалари ва психотроп моддалар тарқалишининг олдини олиш” ойлиги муносабати билан тарғибот учрашуви ўтказилди.

Учрашувда ИИВ Академияси масъул ходимлари ва вилоят ички ишлар органларида амалиёт ўтаётган бир гуруҳ курсантлар томонидан лицей ўқувчиларига гиёҳвандликнинг салбий оқибатлари тўғрисида маълумот берилди.
"Payshanba - huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" munosabati bilan Bog‘ot tumani IIB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori tomonidan 18-son umumta’lim maktabi o‘qituvchi-pedagoglar jamoasi bilan "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari" mavzusida huquqiy-targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
———-
"Пайшанба - ҳуқуқбузарликлар профилактикаси куни" муносабати билан Боғот тумани ИИБ Хотин-қизлар масалалари бўйича катта инспектори томонидан 18-сон умумтаълим мактаби ўқитувчи-педагоглар жамоаси билан "Хотин-қизларни тазйиқ ва зўравонликдан ҳимоя қилишнинг ҳуқуқий асослари" мавзусида ҳуқуқий-тарғибот учрашуви ўтказилди.