XIVALIKLAR
2.51K subscribers
11.1K photos
2.05K videos
40 files
3.37K links
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, XIVA shahar bo'linmasi kanali. XIVA shahrida bo`layotgan madaniy, ma'naviy va ma'rifiy faoliyatlar yoritb boriladi.

https://www.facebook.com/profile.php?id=100091454397699
Download Telegram
Хива шаҳрида Хотира майдонида 9 май — Хотира ва қадрлаш куни ҳамда Иккинчи жаҳон урушида қозонилган Ғалабанинг 80 йиллигига бағишланган тадбир бўлиб ўтди.
Tabibning xatosi yer ostiga ko‘miladi, muhandisning xatosi yer ustiga to‘kiladi, ammo muallimning xatosi yer yuzida yuradi…
Bu esa eng xavflisidir.

✍️Ikrom Sharif
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"DO‘STLIK"DA XOTIRALAR YODGA OLINDI

Xiva shahridagi “Do‘stlik” mahallasida 9-may — Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlab noodatiy tadbir tashkil etildi. Sayl ko‘rinishida o‘tkazilgan ushbu yig‘in mahalla ahlining faol ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida urush janggohlarida jonini fido qilgan, yoshligini faxr bilan qurbon aylagan mahalladoshlar yodga olindi. Yig‘ilganlar bir-biriga hurmat-ehtirom ko‘rsatib, mehr-muhabbat ila iliq suhbatlar qurdilar.

Mahalla markazida qadalgan katta o‘choq atrofida oqila onaxonlar milliy taomlar tayyorlab, yoru-birodarni siylashdi. Otaxonlar esa bir piyola choy ustida dildan suhbat qurib, o‘tganlarni duo bilan eslashdi.

Tadbir so‘ngida, oqshom fursatida katta monitorda urush yillarini aks ettiruvchi “Oy borib, omon qaytganlar!” serialining namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tomoshabinlar serial orqali yuraklarni larzaga solgan og‘ir yillar xotirasiga yana bir bor chuqur nazar tashladilar.
Mirzo Ulug‘bekning Samarqandda qurdirgan mashhur ilmiy markazi nima edi?
Anonymous Quiz
9%
Kutibxona
15%
Madrasa
6%
Maqbara
3%
Karvonsaroy
67%
Rasadxona
#Diqqat

⚡️ Maktab imtihonlari 26 maydan boshlanadi

🗓 Imtihonlar sanasi:

🔹 9- va 11-sinflar uchun — 26 maydan 15 iyungacha
🔹 9-sinflar uchun Jismoniy tarbiya imtihoni — 1-6 may
🔹 11-sinflarda Kasbiy ta’lim fani imtihoni — 17-20 iyun (amaliy shaklda (https://uzedu.uz/uz/news/1944))

📝 Imtihon fanlari:

📚 9-sinf:
Ona tili va adabiyoti / Davlat tili (yozma)
Matematika (yozma)
O‘zbekiston tarixi (yozma/og‘zaki)
Jismoniy tarbiya (amaliy)

📚 11-sinf:
Ona tili va adabiyoti / Davlat tili (yozma)
Matematika (asosiy yoki chuqurlashtirilgan) (yozma)
Tarix (yozma)
Tanlov fanlari (yozma)
Chet tili (yozma/og‘zaki)

❗️Eslatma: Milliy sertifikati bor va chet tili sertifikati bor o‘quvchilar imtihondan ozod qilinadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SEN YETIM EMASSAN

(Ikkinchi jahon urushining ota-onasiz qolgan go‘daklariga)

Sen yetim emassan,
Tinchlan, jigarim.
Quyoshday mehribon
Vataning-onang,
Zaminday vazminu
Mehnatkash, mushfiq
Istagan narsangni tayyorlaguvchi
Xalq bor - otang bor.
Cho‘chima, jigarim,
O‘z uyingdasan,
Bu yerda
Na g‘urbat, na ofat, na g‘am.
Bunda bor: harorat, muhabbat, shafqat
Va mehnat nonini ko‘ramiz baham,
Sen yetim emassan,
Uxla, jigarim.
Falonchining yaxshi xulqli eri balki o‘sha falonchi bilan yashayotgani uchun yaxshidir.
Falonchining itoatkor xotini balki o‘sha falonchi bilan yashayotgani uchun itoatkordir.

O‘zga bog‘ning guli chiroyli bo‘ladi, deydi ba’zilar. Lekin uni chiroyli qilgan bog‘bonning mehnatini, mashaqqatini, sabrini ko‘rishmaydi. U gulni gul qilgan qo‘ligul bog‘bon ekanini inobatga olishmaydi.

Erning yaxshi bo‘lishi — xotinining aql-zakovati, sabri va yaxshi muomalasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Xotinning itoatkor bo‘lishi — erning oqilona rahbarligi va mehribonligi tufayli bo‘lishi mumkin.
Boshqalar baxtli ko‘rinayotgan bo‘lsa, buni faqat natija sifatida baholamay, ortidagi sa’y-harakat, sabr va mehnatni ham anglash kerak.

Xulosa shuki, har qanday go‘zal natijaning ortida mehnat, tushunish, bag‘rikenglik va sabr-toqat bor. Baxtli oila, saodatli turmush tasodif emas, u ikki insonning bir-biriga qo‘shgan hissasidir.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hollivud aktyorlari xayratda!..

Har doim ham eshtganingga aldanma, korganingga ishonma!
Alisher Navoiy qaysi humdorning saroyida xizmat qilgan?
Anonymous Quiz
5%
Amir Temur
3%
Shohruh Mirzo
10%
Mirzo Ulug'bek
83%
Husayin Boyqaro
⚡️Ertaga O‘zbekistonda ob-havo keskin isiydi — 43°S gacha

14–16 may kunlari mamlakatning katta qismida havo harorati 42–43°C darajani tashkil etadi.

Bu ayniqsa yosh bolalar, keksalar va yurak-qon tomir xastaliklari borlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Doyimo yoningizda suv olib yuring, quyoshda ko‘p yurmang va soyali joyda bo‘lishga harakat qiling.
Айрим оилаларнинг талаба қизларига махсус стипендия тўланади

Бу бўйича Президент фармони қабул қилинди.

Унга кўра, 1-июндан бошлаб 🔴 “қизил” тоифага киритилган оилаларнинг “аъло” баҳоларга ўқиган талаба қизларига базавий стипендиянинг 2 баравари миқдоридаги махсус стипендия тўланади.

✔️ 1-сентябрдан бошлаб эса умумий ўрта таълим муассасасининг узайтирилган кун гуруҳларига қатнайдиган болалар умумий сонининг 15 фоизи миқдорида камбағал оилалар фарзандлари учун алоҳида квота ажратилади ва улар ота-оналар тўловидан озод этилади.

📝 2026-йил 1-январдан камбағал оилаларнинг “аъло” баҳоларга ўқийдиган фарзандларининг Касаба уюшмалари федерацияси тизимидаги оромгоҳларда дам олиши ва соғломлаштирилиши харажатлари тўлиқ қоплаб берилади.
Депорт қилинган фуқароларга 2 йил мобайнида хорижга чиқиш паспорти берилмайди

Ҳукумат қарорига кўра, 1 сентябрдан бошлаб, хорижда қонунбузарлик содир этиб, Ўзбекистонга реадмиссия асосида қайтарилган шахсларга икки йил давомида хорижга чиқиш учун биометрик паспорт расмийлаштирилмайди.

Шунингдек, Миграция агентлиги томонидан хорижий давлатнинг қонунчилик ҳужжатларини бузиши натижасида депортация қилинган, шунингдек, Ўзбекистон Республикасининг халқаро нуфузига ва обрў-эътиборига салбий таъсир кўрсатувчи хатти-ҳаракатларни содир этган фуқароларга доир маълумотлар Миграция жараёнларига доир маълумотларнинг ягона электрон базаси орқали юритилади.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xulosa_sizdan

🔺 Qaytar dunyo bu nima qilsang, o‘zingga ham shunday bo‘ladi. Yaxshilik qilsang, yaxshilikni ko‘rasan, yomonlik qilsang, yomonlikni...
#iqtibos

Kitoblar yolg‘izlar uchun taskin, qalblar uchun najot, hamsuhbat istaganlarga suhbat manbai, tafakkur egasi uchun rohat, tunda yo‘lga chiqqan yo‘lovchiga chiroq kabidir.
Urganchga yangi aviareys yo‘lga qo‘yildi

Davlatimiz rahbari 1- 2 may kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida faollar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Xorazmda ichki aviaqatnovlar faqatgina ikkita aviakompaniya tomonidan amalga oshirilayotganini ta’kidlab, bu borada jozibadorlikni oshirish, boshqa xususiy kompaniyalarni ham jalb qilgan holda mahalliy qatnovlarda raqobat yaratish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.
Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz borishi mumkin

Bitim 1-iyundan kuchga kiradi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/27911
Oʻzbekistonlik oʻquvchilar xalqaro olimpiadada eng kuchli TOP-3 jamoa qatoridan joy oldi

Taʼkidlanishicha, 1500 nafar oʻquvchi qatnashgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ilk bor ishtirok etgan.